Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Jasalma intellekt dáwirinde informatikanı oqıtıwda oqıwshılardıń algoritmlik oylawın rawajlandırıwdıń sanlı-didaktikalıq modelin joybarlastırıw
A. Uteulieva · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Usı maqalada zamanagóy bilimlendiriw sharayatında Generativ Jasalma Intellekt (GenJI) qurallarınıń keń tarqalıwı fonında mektep informatika kursında oqıwshılardıń algoritmlik hám kompyuterlik oylawın (Computational Thinking) rawajlandırıwdıń kompleksli sanlı-didaktikalıq modeli islep shıǵılǵan hám tiykarlanǵan. Avtorlar dástúriy programmalastırıwdı úyretiw metodikasınıń tayar kod generaciyası sharayatında nátiyjeliliginiń páseyiwin analizlep, itibardı tayar kodtı yadlawdan algoritmlerdi dekompoziciyalaw, abstrakciyalaw hám model dúziwge ótkeriw zárúrligin dálilleydi. Izertlewde bes tiykarǵı bloktan (maqsetli, mazmunlı, texnologiyalıq hám ortalıq, iskerlik-metodikalıq hám nátiyjeli-bahalaw) ibarat bolǵan didaktikalıq sistema usınıs etilgen. Joybarlastırılǵan model oqıwshılardıń jasalma intellekt qurallarınan paydalanǵan halda máselelerdi logikalıq hám algoritmlew dárejesinde sheshiw kónlikpelerin sistemalı qáliplestiriwge xızmet etedi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Arxitektura yodgorliklarini saqlash va muhofaza qilishning zamonaviy yondashuvlari
Yu.M. Utemuratova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida mavjud arxitektura yodgorliklarini saqlash, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Arxitektura yodgorliklari xalqning tarixiy xotirasi, milliy madaniyati va me‘moriy tafakkurini o‘zida mujassam etgan muhim madaniy meros obyektlari hisoblanadi. Ularni asrab-avaylashda an‘anaviy restavratsiya usullari bilan bir qatorda zamonaviy qurilish texnologiyalari, raqamli modellashtirish, lazerli skanerlash, fotogrammetriya va monitoring tizimlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tarixiy binolarning konstruktiv holatini baholash, tabiiy va antropogen ta‘sirlardan himoyalash hamda ularni zamonaviy shahar muhitiga uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida arxitektura yodgorliklarini saqlashda kompleks ilmiy-texnik yondashuvdan foydalanish ularning uzoq muddatli saqlanishini ta‘minlashning muhim omili ekanligi asoslangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
The impact of dynamic H.265 video compression on YOLO-based object detection algorithms for high-speed UAV navigation
Utegenova Aliya Timurovna, Abdigappar Kydyrbek Seitzhapparuly · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada mikro uchuvchisiz uchish apparatlari uchun raqamli video uzatish tizimlarida (xususan, DJI O4 Unit Pro) dinamik bitreytli siqish kompyuter ko‘rish tizimlarining samaradorligiga qanday ta‘sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. H.265 kodlash artefaktlari va yuqori tezlikda havoda manevr qilish paytidagi tizim kechikishi tufayli PyTorch asosidagi YOLOv8 modellarida obyektlarni aniqlash aniqligining (mean Average Precision, mAP) pasayishi tahlil qilinadi. Pirovardida, empirik natijalar bortdan tashqaridagi sun‘iy intellekt arxitekturalarini optimallashtirish uchun asos yaratadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslari
Uspanova Gulnaz Bekjan qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish ochib beriladi. Shu bilan birga kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi nazariy asoslari o‘rganiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qaraqalpaq etnografizmleriniń bala tárbiyasındaǵı áhmiyeti
Úsenova Qızlargúl Ubaydullaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Hárbir xalıqtıń ózine tán tariyxı, mádeniyatı, úrp-ádeti, dástúrleri hám milliy qádiriyatları boladı. Bul qádiriyatlar áwladtan-áwladqa berilip, xalıqtıń milliy ózligin saqlap keliwine úlken úles qosadı. Bul maqalada qaraqalpaq xalqınıń bala tárbiyasına baylanıslı dástúrleri xalıqtıń etnografiyalıq mádeniyatınıń ajıralmas bóligi ekenligi úyrenilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Ipak qurti kapalaklarining reproduktiv ko‘rsatkichlari (Qoraqalpog‘iston sharoitida)
Umbetbaeva Gulayda Baxadir qizi, Abdrimova Gulbaxor Ermatovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada Ipak qurti kapalaklarining Qoraqalpog‘iston sharoitida reproduktiv ko‘rsatkichlari aniqlandi va keng muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston sharoitida eng istiqbolli variantlardan C-10 x C-5 gibridi ekanligi haqida xulosaga kelindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Irım hám tıyımlarda somatikalıq kod
Umarova Úmitay Abaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada, Qoraqalpoq xalqining irim va taqiqlarida aks etgan somatik kodlar o‘rganiladi. Inson tana a‘zolari bilan bog‘liq birliklarning milliy-madaniy mazmuni, ularning xalq dunyoqarashi, e‘tiqodlari va urf-odatlari aks ettirilgan. Somatik komponentlar orqali irim va taqiqlardagi madaniy ma‘nolarning berilish xususiyatlari o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpoq hududida Crambe edentula Fisch. & C.A. Mey. ex Korsh. o‘simligining tarqalgan hududlari
Turg‘anbaeva Gulaysha Rustemovna, Bazarbaeva Saida Ansatbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada qoraqalpoq hududida o‘suvchi Crambe edentula o‘simligining tarqalgan hududlari haqida so‘z boradi. Tarqalgan hududlarning fiziko-geografik sharoiti, tuproq, iqlim sharoitlari va o‘simlik topilgan yerlar koordinatalari keltiriladi. Hududning maksimal, minimal haroratlari, relyefi, umumiy quyosh radiatsiyasi, o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik, tuproqning sho‘rlanishi ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Bug‘doyning biologik xususiyatlari, foydasi va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
Tursinbekova U., Dauletmuratov M.M. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada bug‘doyning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, uning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati hamda inson salomatligiga ta‘siri yoritilgan. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, mineral moddalar va oziq tolalarining inson organizmi uchun ahamiyati ilmiy jihatdan bayon etilgan. Shuningdek, bug‘doyning inson kundalik ovqatlanishidagi o‘rni, undan olinadigan un, non, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy xususiyatlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Bug‘doy tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar va oziqaviy komponentlarning organizm uchun foydali jihatlari tahlil qilingan. Maqolada bug‘doy yetishtirish, don sifatini saqlash va undan samarali foydalanishning oziq-ovqat xavfsizligi hamda sog‘lom ovqatlanishdagi ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Raqamli media davrida data-jurnalistikaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati va taraqqiyot bosqichlari
Turkmenbayeva Shahnoza Qudratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy media muhitida tobora ommalashib borayotgan data-jurnalistikaning shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ma‘lumotlar jurnalistikasi oddiy statistikadan tahlilga aylanishi, shuningdek, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiqlik, shaffoflikni ta‘minlashdagi roli ochib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qıyardıń kesellikleri hám olarǵa qarsı gúres ilajları
Turganbaeva Gulayim Baxtiyarovna, Dauletova Gozzalxan Boranbaevna, Xamidullaev Jangabergen Ubbiniyazovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Qorshalǵan maydanlarda ótkerilgen fitosanitariyalıq izertlewlerge qaraǵanda, qıyardıń zamarrıqlar qozǵatıwshı tiykarǵı keselliklerinen unlı shıq, jalǵan unlı shıq, antraknoz, fuzarioz solıw ushırasqanı anıqlandı. Usı keselliklerdiń vegetaciya dawamında jalpılamay tarqalıwı hám rawajlanıwı qıyardıń nabıt bolıwına alıp keledi. Biopreparatlardı birgelikte qollanıw vegetaciya dáwirinde qıyar ósimliginiń zamarrıqlar qozǵatatuǵın kesellikler menen zıyanlanıwın kemeytetuǵını dálillendi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Изучение антиаритмической активности и фармакологических свойств производных аминолупинина
Tureniyazova Dametken Ayniyazovna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Tadqiqot aminolupinin hosilalarining antiaritmik faolligini birlamchi skrining qilish, ularning kimyoviy tuzilishi va biologik ta‘siri o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, shuningdek, eng istiqbolli birikmaning antiaritmik faolligi, xavfsizligi va taxminiy ta‘sir mexanizmini baholashga qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Reversal reaction of quinazolin-4-one
Togaybaeva Altinay Sarsenbaevna, Tursinbaeva Aziza Ruslan qizi, Foziljon Ergashevich Saitkulov, Zoid Zohidovich Mirvaliyev, Muratbay Shamshetovich Turimbetov · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Xinazolin-4-onning teskari reaksiyasi — xinazolin-4-on molekulyar tuzilishi o‘zgarib, yangi birikmalar hosil bo‘lishiga yoki dastlabki tuzilish qayta tiklanishiga olib keladigan jarayon. Geterosiklik birikma bo‘lgan xinazolin-4-on ko‘pincha kondensatsiya reaksiyalari orqali sintez qilinadi, uning teskari reaksiyalari esa bunday birikmalarning reaksion qobiliyati va barqarorligini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada teskari reaksiyalarni amalga oshirishning turli usullari, jumladan, gidroliz, qaytarilish va boshqa katalitik jarayonlar o‘rganiladi. Bunday aylanishlar xinazolin-4-on xossalarini o‘zgartirib, uni organik sintez va tibbiy kimyoda foydali qilishi mumkin. Xinazolin-4-onning teskari reaksiyasini tushunish yangi sintez yo‘llarini ishlab chiqish va xinazolin hosilalarining qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun juda muhimdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
Tleumuratova Aziza Jumabek qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari rejissura hamda rassomlik faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Professional jamoaning yuzaga kelishiga zamin yaratgan tarixiy jarayonlar, 1980-yillarda kadrlar tayyorlash, 1990-yilda davlat teatri sifatida tashkil etilish, mahalliy rejissura va rassomlik tajribasining shakllanishi hamda zamonaviy bosqichdagi xalqaro va texnologik izlanishlar umumlashtiriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Texnikum talabalarini mehnatsevarlikka tarbiyalashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish
Tajibaeva Sarbinaz Tlegenovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Mazkur maqolada texnikum talabalarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik mazmuni, metodlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Texnikum ta‘limida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, talabalarda mehnatga ijobiy munosabat, kasbiy mas‘uliyat, intizom, tashabbuskorlik, mustaqillik va kasbiga sadoqat kabi sifatlarni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada amaliy mashg‘ulotlar, loyiha metodi, muammoli ta‘lim, kasbiy vaziyatlar, jamoaviy faoliyat, mentorlik va interfaol metodlardan foydalanish orqali mehnatsevarlik sifatlarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ta‘lim beruvchi va ishlab chiqarish ta‘limi ustasi hamkorligini kuchaytirish, ta‘lim jarayonini real kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda talabalarni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Balalarda awır bas miy jaraqatı keselliklerinde intensiv terapiya usıllarınıń nátiyjeliligin bahalaw
Tajibaeva Shaxnoza Anuar qızı, Tolıbaeva Altınay Ańsatbay qızı, Ajiniyazova Aksungul Polatovna, Begaliev S.M, Nurmaxova M.M, Babanov A.S, Seydakova G.S, Tleuniyazova D.M. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Izertlewdiń maqseti – retro hám prospektiv usılda Respublikalıq qıstawlı medicinalıq járdem ilimiy orayı (RQMJIO) Qaraqalpaqstan filialınıń Reanimaciya hám anesteziologiya bóliminde 2026-jıldıń birinshi yarım jıllıǵında emlengen 0-17 jasqa shekemgi 30 balada bas miy jaraqatı keselliklerinde intensiv terapiyası nátiyjeliligin jası, jaraqat awırlıǵı hám kelip shıǵıw mexanizmine qarap analizlew. Nawqaslardıń klinikalıq jaǵdayı shkala tiykarında bahalandı, intensiv terapiya kompleksine neyromonitoring, infuzion-transfuziyalıq terapiya, serebroprotektorlar, isikke qarsı hám jasalma dem alıw usılları kirgizildi. Ulıwma esapta, úyrenilgen 30 nawqastan 23 inde (76,7%) tolıq unamlı klinik nátiyjege erisilgen, besewinde (16,7%) qaldıq asqınıwlar saqlanıp qalǵan, ekewinde (6,6%) ólim jaǵdayı gúzetildi. Balalarda awır bas miy jaraqatların emlewde intensiv terapiya usılların óz waqtında hám basqıshpa-basqısh qollanıw ulıwma ólim kórsetkishin sezilerli dárejede (6,6%) kemeyttiriwge járdem berdi. Emlew nátiyjeleri tikkeley jaraqatlanıw awırlıǵına (GKS ballarına) baylanıslı bolıp, júdá awır topardaǵı nawqaslarda reanimacion ilájlardıń nátiyjeliligi tómen ekenligi baqlandı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Organizational and economic aspects of implementing innovative business models in the road transport services market
Sultanov Sulaymon Safarboy ugli · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Xizmatlar iqtisodiyotining jadal o‘zgarishi, raqobatning kuchayishi, raqamlashtirish va iste‘molchilar talablarining o‘zgarishi avtomobil transporti xizmatlari bozoriga innovatsion biznes-modellarni joriy etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotning maqsadi avtomobil transporti xizmatlari bozorida innovatsion biznes-modellarni joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini aniqlash va ularni O‘zbekistonda qo‘llashning amaliy yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda statistik, qiyosiy, tizimli va tarkibiy tahlil usullari qo‘llanilgan. Raqamli platformalar, ma‘lumotlarga asoslangan boshqaruv, marshrutlarni intellektual rejalashtirish, integratsiyalashgan logistika yechimlari va mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish modellariga alohida e‘tibor qaratilgan. Tahlil 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda avtomobil transporti xizmatlari hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi. Tadqiqotda raqamli platformalar, talab va taklifni muvofiqlashtirish, marshrutlarni optimallashtirish, xarajatlarni boshqarish, xizmat sifati va mijozlar bilan qayta aloqaning o‘zaro ta‘siriga asoslangan integratsiyalashgan innovatsion biznes-model taklif etiladi. Uni joriy etish tranzaksiya va operatsion xarajatlarni kamaytirish, transport vositalaridan foydalanish darajasini oshirish, xizmat sifatini yaxshilash va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qaraqalpaqstan sharayatında gúnji zıyankesleri hám olardıń keltiretuǵın zıyanın anıqlaw
Sultanbaeva Fatima Árepbay qızı, Tóreniyazov Elmurat Sherniyazovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida kunjut o‘simligi biotsenozida paydo bo‘ladigan zararkunandalar turlarini aniqlash va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari kiritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Pedofiliyanıń payda bolıwı hám onıń aldın alıw: ilimiy-psixologiyalıq talqılaw
Suletbaeva Ella Serikbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Usı maqalada pedofiliyanıń ilimiy-psixologiyalıq tárepleri, onıń payda bolıw mexanizmleri hám balalardı qorǵaw máseleleri kórip shıǵıladı. Zamanagóy medicina hám psixologiya pedofiliyanı ruwxıy kesellik sıpatında qaraydı. Izertlewler balalıqtaǵı jaraqatlar, shańaraqtaǵı tárbiya máseleleri hám psixoseksual rawajlanıwdaǵı buzılıwlar pedofiliyanıń qáliplesiwine tásir etetuǵının kórsetedi. Maqalada sonday-aq pedofiliya menen balalarǵa jınısıy zorlıq etiw arasındaǵı parıqlar, qorǵanıw mexanizmleriniń roli hám balalardı qorǵaw boyınsha ámeliy usınıslar berilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
A.Sadıqovtıń «Bostansız búlbil» hám T.Qayıpbergenovtıń «Túsiniksizler» romanlarında prototip hám obraz máselesi
Juldız Sulaymanova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada A.Sodiqovning “Bo‘stonsiz bulbul” va T.Qayipbergenovning “Gumrohlar” romanlaridagi Berdaq shoir obrazining tarixiy prototipga mosligi tahlil qilinadi. Mualliflarning chuqur o‘rganilgan tarixiy manbalar, shoirning o‘z she‘rlari hamda xalq og‘zaki ijodi an‘analari asosida Berdaq obrazini turli badiiy va falsafiy rakurslarda ochib berish xususiyatlari o‘rganiladi.