Asosiy mazmunga o‘tish

Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslari

Uspanova Gulnaz Bekjan qizi11-sonli umumiy turdagi davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti; Urganch davlat pedagogika instituti2026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1323–1325

Annotatsiya

Maqolada kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish ochib beriladi. Shu bilan birga kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi nazariy asoslari o‘rganiladi.

Boshqa tillarda

ruschaТеоретические основы технологии подготовки будущих воспитателей к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода

В статье раскрывается совершенствование технологии подготовки будущих учителей к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода. Вместе с тем изучаются теоретические основы технологии подготовки будущих учителей к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода.

inglizchaTheoretical foundations of the technology of preparing future educators for professional activity within a competency-based approach

The article reveals the improvement of the technology of preparing future educators for professional activity based on a competency-based approach. At the same time, the theoretical foundations of the technology of preparing future educators for professional activity based on a competency-based approach are studied.

Kalit so‘zlar

  • Kompetensiya
  • kompetentlik
  • faoliyat
  • shart-sharoit
  • tajriba
  • modernizatsiya
  • tizim
  • kreativ
  • texnologiya
  • kognitiv
  • yondashuv
  • kasbiy faoliyat
  • rivojlantirish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1323–1325 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Uspanova Gulnaz Bekjan qizi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1323– 1325. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910274

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI Uspanova Gulnaz Bekjan qizi 11-sonli UTDMTT Tarbiyachi URDPI 1-kurs Doktoranti Annotatsiya: Maqolada kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish ochib beriladi. Shu bilan birga kompetentsiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi nazariy asoslari o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar: Kompetensiya, kompetentlik, faoliyat, shart-sharoit, tajriba, modernizatsiya, tizim, kreativ, texnologiya, kognitiv, yondashuv, kasbiy faoliyat, rivojlantirish.

Аннотация: В статье раскрывается совершенствование технологии подготовки будущих учителей к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода. Вместе с тем изучаются теоретические основы технологии подготовки будущих учителей к профессиональной деятельности на основе компетентностного подхода.

Ключевые слова: Компетенция, компетентность, деятельность, условия, опыт, модернизация, системный, творческий, технология, познавательный, подход, профессиональная деятельность, развитие.

Abstract: The article reveals the improvement of the technology of preparing future educators for professional activity based on a competency-based approach. At the same time, the theoretical foundations of the technology of preparing future educators for professional activity based on a competency-based approach are studied.

Keywords: Competence, competence, activity, conditions, experience, modernization, system, creative, technology, cognitive, approach, professional activity, development.

Kirish. Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish kabi ulkan vazifalar qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayoniga kompetentsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.1 Materiallar va uslublar. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimiga alohida to‘xtalib o‘tganlar va bir qancha vazifalar NUKUS · 2026

belgilab berganlar: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish. Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish. 2022 — 2026 yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish. Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tganlar.2 Shu bilan birga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab islohotlarda ham demokratik tamoyillar asosidagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida oliy ta’lim tizimida talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini yanada takomillashtirish zarurati ta’kidlab o‘tilgan. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim kontekstida ko‘p bosqichli uzviylik, uzluksizlik va izchillik tamoyillariga asoslangan samarali « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

innovatsion modellarni yaratish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Natijalar. Oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kasb ta’limi pedagoglari faoliyatini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ularning o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid kasbiy kompetentligini shakllantirish va ularni bo‘lajak kasbiy faoliyatida izchil qo‘llay olish mahoratiga ega bo‘lishini talab etadi. Zamonaviy jamiyatda u yoki boshqa mamlakatlarning rivojlanish darajasini nafaqat uning texnik holati, balki oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassislar kasbiy kompetentligini ham belgilaydi. Inglizcha "competence" tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish" ma’nosini anglatadi. "Kompetentlik" tushunchasi noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi. Xulosa va uslublar. Umuman bizning yondashuvimizga ko‘ra, kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi-O'zbekiston Respublikasining Oliy Ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5847 sonli farmoni 29.01.2022 dagi PF-60-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni tayyorlash texnologiyasining pedagogik muammosida quyidagilar muhim o‘rin tutadi: Kompetensiyaviy yondashuv mazmuni. Mazkur masalada biz quyidagilarni asosiy komponentlar hisoblaymiz: a) kasbiy bilimdonlik; NUKUS · 2026

b) amaliy ko‘nikmalik; c) faoliyatga tayyorgarlik. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarga ana shu komponentlarni shakllantirish bilan ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash masalasiga kompetensiyaviy yondashuv imkoniyatiga ega bo‘linadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosi. Ushbu masalada quyidagi zaruriyatlar pedagogik muammo hisoblanadi: a) bolalarni munosib tarbiyalash zaruriyati; b) maktabgacha tarbiya samaradorligiga erishish zaruriyati; c) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini professional tarbiyachilar bilan ta’minlash zaruriyati. Bu zaruriyatlar majmui kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik muammosini tashkil etadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik muammosini belgilashda pedagogik olimlarning tadqiqotlarida bayon qilingan nazariy qarashlar, pedagogik merosda ifodalangan tajribalar va bizning individual tahlilimiz asosida kelingan fikrlarga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. "O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-4038-son Qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabr.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi-O‘zbekiston Respublikasining Oliy Ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5847 sonli farmoni.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Qarori tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqiyyot strategiyasi.
  4. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. -Toshkent. 2008 yil.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014457
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910274
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1323–1325
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31