Asosiy mazmunga o‘tish

Raqamli media davrida data-jurnalistikaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati va taraqqiyot bosqichlari

Turkmenbayeva Shahnoza QudratovnaiDQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1296–1299

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy media muhitida tobora ommalashib borayotgan data-jurnalistikaning shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ma‘lumotlar jurnalistikasi oddiy statistikadan tahlilga aylanishi, shuningdek, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiqlik, shaffoflikni ta‘minlashdagi roli ochib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСоциально-политическое значение и этапы развития дата-журналистики в эпоху цифровых медиа

В статье проанализированы история становления, этапы развития и социально-политическое значение дата-журналистики, приобретающей всё большую популярность в современной медиасреде. В ходе исследования раскрыто превращение журналистики данных из простой статистики в аналитику, а также её роль в обеспечении открытости и прозрачности в отношениях между государством и обществом.

inglizchaSocio-political significance and stages of development of data journalism in the digital media era

The article analyzes the history of the emergence, the stages of development and the socio-political significance of data journalism, which is becoming increasingly popular in the modern media environment. The study reveals the transformation of data journalism from simple statistics into analysis, as well as its role in ensuring openness and transparency between the state and society.

Kalit so‘zlar

  • data-jurnalistika
  • raqamli media
  • ochiq ma‘lumotlar
  • ijtimoiy-siyosiy ochiqlik
  • jurnalistika
  • statistika
  • tahliliy ma‘lumotlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1296–1299 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Turkmenbayeva Shahnoza Qudratovna. Raqamli media davrida data-jurnalistikaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati va taraqqiyot bosqichlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1296–1299. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910268

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

“RAQAMLI MEDIA DAVRIDA DATA-JURNALISTIKANING IJTIMOIY-SIYOSIY AHAMIYATI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI Turkmenbayeva Shahnoza Qudratovna Qoraqolpoq davlat universiteti 2-kurs magistranti, Shahnozaturkmenbayeva1506@gmail.com ORCID:0009-0001-6126-3061

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy media muhitida tobora ommalashib borayotgan data-jurnalistikaning shakllanish tarixi, taraqqiyot bosqichlari va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ma’lumotlar jurnalistikasi oddiy statistikadan tahlilga aylanishi, shuningdek, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiqlik, shaffoflikni ta’minlashdagi roli ochib berilgan. Kalit so‘zlar: data-jurnalistika, raqamli media, ochiq ma’lumotlar, ijtimoiy-siyosiy ochiqlik, jurnalistika, statistika, tahliliy ma’lumotlar.

Bugungi raqamli texnologiyalar rivojlangan asrda axborot oqimi shiddat bilan o‘smoqda, natijada jurnalistikaning an’anaviy shakllari auditoriya ehtiyojlarini qondira olmayapti. Faqat faktdan iborat bo‘lgan quruq xabarlar o‘rnini chuqur tahlilga asoslangan, katta hajmdagi ma’lumotlarni vizual tarzda ifodalovchi ma’lumotlar jurnalistikasi ya’ni data-jurnalistika egallamoqda. Data-jurnalistika – bu raqamli ma’lumotlar bazalarini to‘plash, saralash, tahlil qilish va ularni grafikalar yordamida o‘quvchiga yetkazishga ixtisoslashgan sohadir. Xorijiy tadqiqotchilardan F. Meyer o‘zining "Aniq jurnalistika" (Precision Journalism) asarida ma’lumotlar bilan ishlashning ilmiy usullarini jurnalistikaga joriy etish masalalarini ko‘targan bo‘lsa, S. Rojers va P. Bredshou kabi olimlar ma’lumotlar jurnalistikasining zamonaviy redaksiyalardagi o‘rni haqida qator tadqiqotlar olib borishgan. O‘zbekiston milliy mediasida bu yo‘nalish endi rivojlanayotgan bo‘lib, uning ijtimoiy-siyosiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda axborot ochiqligi va raqamlashtirishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Ochiq ma’lumotlar portali, masalan, data.gov.uz va davlat organlari faoliyatining ochiq tarzda taqdim qilinishi Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ulkan ma’lumotlar bazasini ochib berdi. Materiallar va uslublar. Data-jurnalistikaning taraqqiyot bosqichlarini asosan uchta asosiy davrga ajratish mumkin: Birinchi bosqich: Kompyuter yordamida hisobot berish (CAR

– Computer-Assisted Reporting) davri (1952-yil). Bu davrda CBS telekanali prezidentlik saylovi natijalari bo‘yicha taxminlarni hisoblash va baholash uchun birinchi marta kompyuterlardan unumli foydalanishadi. Ikkinchi bosqich: Raqamli ochiqlik va “Open Data” davri (2000-2010-yillar). Internetning ommalashishi va hukumatlar tomonidan “Ochiq ma’lumotlar” portallarining ishga tushirilishi nafaqat jurnalistlarga, balki oddiy xalqqa ham ulkan statistik ma’lumotlar bazasiga kirish imkonini berdi. Buyuk Britaniyaning "The Guardian" nashri ma’lumotlarni matn, balki infografika shaklida NUKUS · 2026

berishni boshlagan ilk yetakchi nashrlardan biri bo‘ldi. Uchinchi bosqich: Sun’iy intellekt va Big Data davri (2015-yildan hozirgi vaqtgacha). Bugungi kunda ma’lumotlar jurnalistikasi dasturlash tillari (Python), ma’lumotlarni qirqib olish (web scraping) va interaktiv dashboardlar (Tabloit, Flourish) orqali amalga oshirilmoqda. Jurnalist endi nafaqat yozuvchi, balki ma’lumotlar tahlilchisi X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

vazifasini ham bajarmoqda. Ushbu bosqichlarni o‘rganish ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari o‘zgargani bilan, uning tub mohiyati axborotning xolisligini ta’minlash o‘zgarmasdan qolayotganini isbotlaydi. Mazkur xalqaro tajribani o‘zlashtirish mamlakatimiz internet nashrlariga oddiy xabar berish usulidan interaktiv, dalillarga asoslangan yuqori texnologik jurnalistikaga o‘tish imkonini beradi. Data-jurnalistikaning bugungi kunda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy ahamiyati beqiyosdir. Birinchidan, u fuqarolik jamiyati va davlat boshqaruvi o‘rtasida shaffoflikni ta’minlaydi. O‘zbekistonda ham davlat byudjeti xarajatlari, davlat xaridlaridagi ma’lumotlarning xalqqa ochiqlanishi jurnalistlarga turli korrupsiya « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

holatlarini fosh qilish imkonini bermoqda. Masalan, O‘zbekistonda davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan tenderlar va davlat xaridlaridagi shubhali holatlarni tahlil qilishda jurnalistlar asosan openbudget.uz portalining ochiq ma’lumotlaridan foydalanadilar. Shuningdek, Gazeta.uz nashri 2026-yil 26-fevral kuni e’lon qilingan maqolasida E-tender portalidagi 120 mingdan ortiq tenderlar va raqobatsiz amalga oshirilgan davlat xaridlari bazasini tahlil qilib, davlat byudjeti mablag‘larining taqsimlanishidagi muammolarni raqamlar va grafiklar orqali jamoatchilikka ochiqlab berishgan. Ikkinchidan, ma’lumotlar jurnalistikasi auditoriyada ishonch shakllantiradi. Raqamli axborot asrida feyk (yolg‘on) xabarlar ko‘paygan bir vaqtda, aniq, rasmiy ochiq ma’lumotlar bazasi data.gov.uz ga tayangan holda yozilgan maqolalar rad etib bo‘lmas dalilga aylanadi. Bundan tashqari, jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining rasmiy bazasiga stat.uz ga tayanadilar. Ushbu ochiq datasetlar (ma’lumotlar to‘plami) va rasmiy grafiklar asosida tayyorlangan faktcheking maqolalari o‘quvchida nafaqat faktlar, balki barcha berilayotgan axborotlarga tahliliy ko‘nikma ham hosil bo‘ladi. Uchinchidan, ijtimoiy muammolarni, masalan, statistikalar, ekologik ko‘rsatkichlar hamda gender tengligi masalalarini vizual xaritalar va diagrammalar orqali ko‘rsatish hukumat va aholi e’tiborini o‘tkir muammolarga jalb etadi. Masalan, milliy onlayn nashrlarning mamlakatdagi xotin-qizlar bandligi bo‘yicha tayyorlagan vizual tahlillari. Ushbu yo‘nalish mamlakat xotin-qizlarining ham ilm-fan, ham media maydonidagi ishtirokini kengaytirish, xususan, olima va jurnalist ayollarning bilimi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Natijalar. Ilmiy-amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy mediada data-jurnalistika shunchaki quruq statistik ko‘rsatkichlar yoki raqamli jadvallarni e’lon qilish vositasi emas. U har bir raqam, xarita, diagramma va grafik ortida yashiringan insoniy taqdirlar, ijtimoiy jarayonlar hamda jamiyatdagi dolzarb muammolarni ochiqlab beruvchi, ularga chuqur tahlil bilan yondashuvchi qudratli vosita desak adashmagan bo‘lamiz. Data-jurnalistikaning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamoat oldidagi mas’uliyatini oshirishi, ijro hokimiyati faoliyatida ochiqlikni va jamoatchilik nazoratini NUKUS · 2026

kuchaytirishi hamda fuqarolarning huquqiy va siyosiy bilimining o‘sishiga bevosita xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekiston internet Ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlar bilan ishlash va ularni vizuallashtirish amaliyoti bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda. Ochiq ma’lumotlar portallari hamda davlat xaridlari tizimidan unumli foydalanish jurnalistlarga korrupsion holatlar, X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

iqtisodiy va ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etishda rad etib bo‘lmas dalillar bazasini yaratib bermoqda. Ayniqsa, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ekologik muammolar va gender tengligi kabi dolzarb mavzularni ma’lumotlar tahlili orqali yoritishda yosh olima ayollar hamda jurnalist qizlarning texnologik va analitik salohiyatini oshirish milliy mediada yangi sifat bosqichiga o‘tishni ta’minlaydi. Xulosa va tavsiyalar. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida data-jurnalistika yo‘nalishini yanada rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish va milliy mediada sifatli data-materiallarni yaratish uchun quyidagi tavsiyalar ilgari suriladi: 1. Ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish: Oliy « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

ta’lim muassasalarining jurnalistika va media yo‘nalishidagi fakultetlarida amaliy o‘quv rejalarni qayta ko‘rib chiqish, xususan, "Data-analitika", "Axborotni vizuallashtirish" va “Mediada dasturlash tili" kabi amaliy fanlarni chuqurlashtirilgan va ixtisoslashgan holda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu jarayonda nafaqat bilimni, balki amaliyotda ham qo‘llashni kuchaytirish lozim. Olima ayollar va talaba qizlar o‘rtasida raqamli savodxonlik hamda analitik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus ilmiy-amaliy proyektlar va mahorat darslarini tashkil etish kerak.

2. Tahririyatlarda amaliyotlarni tadqiqotchi hisobida o‘qish bilan birga amalga oshirish: O‘zbekistonning yetakchi internet nashrlari va tahririyatlarida o‘qish bilan birgalikda ko‘p vaqt davomiylikka ega bo‘lgan amaliyot ya’ni professional jurnalist, data-analitik, dasturchi va grafik dizaynerdan iborat ixtisoslashgan mutaxassislardan ish o‘rganish, malaka oshirish, kerak bo‘lsa talabchan, izchil talabalarni yarim stavka ishga qabul qilish va mana shu sohaning rivojlanishi uchun doimo qo‘llab-quvvatlash.

3. Davlat organlarining axborot bazalarini rivojlantirish: Davlat idoralari va vazirliklar tomonidan taqdim etilayotgan va Ochiq ma’lumotlar portallariga, masalan, data.gov.uz joylashtirilayotgan statistik bazalarni mashina o‘qiy oladigan formatlarda muntazam va to‘liq yuklash tizimini yanada takomillashtirish talab etiladi. Ma’lumotlarning PDF formatida yoki yopiq holda berilishi tahlil jarayonini qiyinlashtirganligi sababli, ma’lumotlar bazasining doimiy ravishda yangilanib borishi va texnik qulayligi ta’minlanishi kerak.

Xulosa o‘rnida aytishimiz kerakki, data-jurnalistika zamon talabidir. Auditoriya texnologiyalar va zamon o‘zgargani sari faqatgina axborotni emas, balki biror mavzuda chuqur o‘rganilib, yoritilgan va albatta vizuallashtirilgan yangiliklarga qiziqish bildirmoqda. Albatta, grafiklar, xaritalar bilan boyitilgan har qanday maqola insonda birinchi qiziqishni uyg‘otadi, bu esa ishonchlilikni va zamon talabiga mos ekanini bildiradi. Masalan, ba’zi mamlakatlarda radio va gazetalar o‘lmoqda desalar, ba’zilarida esa qaytanga rivojlanmoqda, buning sababi esa zamon talabiga mos gazeta va radio eshittirishlar tayyorlanishidir. Data-jurnalistika ham NUKUS · 2026

aynan an’anaviy jurnalistikaning yangi turi. Kelgusida bu sohani chuqur o‘rgansak, xulosa qilsak, ilmiy salohiyatimizni oshirsak, albatta mamlakatimiz internet nashrlarining yanada rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘sha olamiz.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Ph. Meyer, “Precision Journalism: A Reporter’s Introduction to Social Science Methods”. 4th ed. Lanham: Rowman_ Littlefield Publishers, 2002.
  2. P. Bradshaw, “The Online Journalism Handbook: Skills to survive and thrive in the digital age”. 3rd ed. London: Routledge, 2023.
  3. S. Rogers, “Facts are Sacred: The Power of Data”. London: Guardian Books, 2013.
  4. Q.A. Begniyazova, B.O. Gulimova, T.S.Muxiyatdinova “Data Jurnalistika”. Nukus “Ilim Nur”, 2024.
  5. “Gazeta.uz” internet nashri, (26-fevral, 2026-yil soni). « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014451
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910268
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1296–1299
ORCID
Turkmenbayeva Shahnoza Qudratovna0009-0001-6126-3061
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31