Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
Tleumuratova Aziza Jumabek qiziQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1281–1284
Annotatsiya
Maqolada Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari rejissura hamda rassomlik faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Professional jamoaning yuzaga kelishiga zamin yaratgan tarixiy jarayonlar, 1980-yillarda kadrlar tayyorlash, 1990-yilda davlat teatri sifatida tashkil etilish, mahalliy rejissura va rassomlik tajribasining shakllanishi hamda zamonaviy bosqichdagi xalqaro va texnologik izlanishlar umumlashtiriladi.
Boshqa tillarda
ruschaСтановление и этапы развития Каракалпакского государственного театра кукол
В статье анализируются становление и этапы развития Каракалпакского государственного театра кукол в связи с режиссёрской деятельностью и работой театральных художников. Обобщаются исторические процессы, подготовившие почву для появления профессионального коллектива, подготовка кадров в 1980-е годы, создание в 1990 году государственного театра, формирование местного опыта режиссуры и художественного оформления спектаклей, а также международные и технологические поиски на современном этапе.
inglizchaFormation and stages of development of the Karakalpak State Puppet Theatre
The article analyzes the formation and stages of development of the Karakalpak State Puppet Theatre in connection with the work of its directors and stage designers. It summarizes the historical processes that paved the way for a professional company, the training of personnel in the 1980s, the establishment of the state theatre in 1990, the development of local directing and stage design experience, and the international and technological explorations of the contemporary period.
Kalit so‘zlar
- Qoraqalpoq teatri
- qo‘g‘irchoq teatri
- ssenografiya
- rejissura
- teatr rassomi
- qo‘g‘irchoq
- sahna san‘ati
- teatr tarixi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1281–1284 O‘zbek
Tleumuratova Aziza Jumabek qizi. Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1281– 1284. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910264
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
QORAQALPOQ DAVLAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Tleumuratova Aziza Jumabek qizi Qoraqalpoq davlat universiteti E-mail: aziza.tleumuratova@gmail.com Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari rejissura hamda rassomlik faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Professional jamoaning yuzaga kelishiga zamin yaratgan tarixiy jarayonlar, 1980-yillarda kadrlar tayyorlash, 1990-yilda davlat teatri sifatida tashkil etilish, mahalliy rejissura va rassomlik tajribasining shakllanishi hamda zamonaviy bosqichdagi xalqaro va texnologik izlanishlar umumlashtiriladi. Kalit so‘zlar: Qoraqalpoq teatri, qo‘g‘irchoq teatri, ssenografiya,
rejissura, teatr rassomi, qo‘g‘irchoq, sahna san’ati, teatr tarixi. Qo‘g‘irchoq teatri teatr san’atining o‘ziga xos turi bo‘lib, uning tarixiy ildizlari xalqning qadimiy tomosha madaniyati, marosimlari va an’anaviy qo‘g‘irchoqbozlik tajribasi bilan bog‘liq. Professional sahna tizimiga o‘tish jarayonida qo‘g‘irchoqning badiiy qiyofasi, dekorativ muhit, libos, rekvizit va sahna makonining vazifalari murakkablashib, rejissyor hamda rassomning spektakl yaratishdagi o‘rni ortib bordi. Shu jihatdan Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri tarixini rejissura va rassomlik ishining o‘zaro aloqador rivoji asosida o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Qo‘g‘irchoq teatri tarixi M. Qodirov, M. Qodirov va S. Qodirova, M.S. Ubaydullayeva tadqiqotlarida tarixiy va nazariy jihatdan o‘rganilgan. Mustaqillik davri O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiyasidagi badiiy-plastik va texnologik izlanishlar F.N. Kobilova tomonidan tadqiq etilgan. Qoraqalpog‘istondagi qo‘g‘irchoq teatri tarixiga oid ma’lumotlar P. Mamutov ishlarida ham uchraydi. Mazkur tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini professional kadrlar tayyorlash, rejissura va rassomlik tajribasi hamda ijodiy hamkorlik jarayonlari asosida aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-xronologik, qiyosiy va san’atshunoslik tahlili usullaridan foydalanildi. Qoraqalpoq qo‘g‘irchoq teatri tarixini faqat 1990-yilda davlat teatri tashkil etilgan davrdan boshlash uning shakllanish jarayonini to‘liq yoritmaydi. P. Mamutov ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda qo‘g‘irchoq teatri bilan bog‘liq dastlabki jarayonlar 1935–1940-yillarga borib taqaladi, 1938-yilda esa qo‘g‘irchoq teatri uchun pyesalar yozilgani va teatr ochish tashabbusi mavjud bo‘lgani qayd etiladi. Bu holat professional teatr tashkil etilishidan avval hududda mazkur san’at turiga qiziqish va ijodiy ehtiyoj shakllanganini ko‘rsatadi.
Professional teatrning yuzaga kelishida 1980-yillar muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘ldi. 1982-yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutida “Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi” bo‘yicha qoraqalpoq kursining ochilishi maxsus tayyorgarlikka ega kadrlarni shakllantirishga imkon berdi. 1986-yilda M. Begimov, J. Ibragimov, Q. Saparbaeva, M. Tajigalieva, S. Madetova, R. Piyazova, N. NUKUS · 2026
Pirimbetova va L. Abdimuratovalar, 1988-yilda esa Q. Qalilaev, A. Esimbetov, P. Baltabaev va B. Yusupov kabi yosh mutaxassislarning jamoaga kelishi professional tarkibni mustahkamladi. Institutda tayyorlangan “Masxaraboz akaning kulgisi”, “Uch to‘ng‘izcha” va “G‘aroyib musobaqa” kabi diplom spektakllarining repertuarga olib kirilishi sahnalashtirish tajribasini kengaytirdi. Demak, 1980- X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
yillarning ikkinchi yarmi professional kadrlar, repertuar va ijodiy tajriba shakllangan tayyorgarlik davri sifatida baholanishi mumkin. 1990-yil Qoraqalpoq qo‘g‘irchoq teatri tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 5-apreldagi 115-sonli buyrug‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 27-fevraldagi 50/2-sonli qarori asosida Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri tashkil etildi. Kengesbay Berdibayev teatr rahbari etib tayinlandi. Teatr ilk pardasini R. Toreniyazov rejissyorligida, I. Muxitov rassomligida yaratilgan K. Karimovning “Oriq mergan” spektakli bilan ochdi. Dastlabki yillarda qo‘g‘irchoq teatri rejissurasi bo‘yicha tajribali « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
mutaxassislar yetishmasligi boshqa teatr maktablari vakillari bilan hamkorlikni taqozo etdi. Qozog‘istondan rejissyor Bekpolat Parmanov taklif qilinib, 1993-yilda D. Xusaynovning “Kerak bo‘lganing kerak”, 1994-yilda V. Orlovning “Oltin jo‘ja” spektakllari sahnalashtirildi. Ularda S. Jiboyedov va Seduxin kabi rassomlarning qatnashishi teatrning dastlabki davrida turli professional tajribalarni o‘zlashtirish jarayoni kechganini ko‘rsatadi. 1990-yillarning ikkinchi yarmidan mahalliy rejissura tajribasi faol rivojlana boshladi. Maxsus teatr ta’limini olgan M. Begimov va A. Esimbetov aktyorlik bilan bir qatorda rejissura yo‘nalishida ham izlanish olib bordilar. M. Begimov rejissyorligida “Ayiqning quvnoq bolalari”, “Guldirsin”, “Shum eshak”, “Bedana va Tulki” kabi spektakllar yaratildi. Ularning badiiy bezagida D. Radjapov, I. Ilina, A. Xodjayev singari rassomlar ishtirok etdi. 1998–1999-yillarda Marat Dauletmuratovning ketma-ket bir necha spektaklda rassom sifatida faoliyat yuritishi esa teatr sahnasi bilan muntazam ishlaydigan rassomlik tajribasi shakllana boshlaganidan dalolat beradi. Shunday qilib, mazkur davr tashqi tajribani o‘zlashtirishdan mahalliy rejissura va rassomlik amaliyotini rivojlantirishga o‘tish bosqichi bo‘ldi. 2000-yillarda avvalgi davrda shakllangan tajriba mahalliy dramaturgiya va yangi ijodiy hamkorliklar asosida davom etdi. 2005-yilda P. Aytmuratovning “Otam aytgan afsona” asari M. Begimov rejissyorligida, I. Alibekov rassomligida sahnalashtirilib, Buxorodagi qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida “Eng yaxshi bolalar dramaturgiyasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. 2009-yilda “Sahrodagi do‘stlik” M. Begimov rejissyorligida va M. Baygeldiyev rassomligida yaratilib, Andijondagi festivalda e’tirof etildi. Bu natijalar dramaturgiya, rejissura va rassomlikning o‘zaro bog‘liq rivojlanganini ko‘rsatadi.
Teatr rassomligi taraqqiyotida Muhametdin Baygeldiyev faoliyati alohida ahamiyatga ega. U 1998-yildan teatr bilan bog‘liq holda ishlab, qo‘g‘irchoqlarning tasviriy yechimi va konstruksiyasini takomillashtirishga hissa qo‘shdi. Uning kuzatuvlariga ko‘ra, dastlab sodda qo‘lqopli va tayoqchali qo‘g‘irchoqlardan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik mexanik imkoniyatlari keng, murakkab NUKUS · 2026
harakatlarni bajara oladigan konstruksiyalarni o‘zlashtirishga e’tibor kuchaydi. Bu jarayon rassom faoliyatining dekoratsiya yaratishdan tashqari qo‘g‘irchoq texnologiyasi, harakat imkoniyati va aktyor uchun funksional qulaylikni ham qamrab olganini ko‘rsatadi. 2010-yillarning ikkinchi yarmida teatr rejissurasi va rassomligida yangi ijodiy X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
bosqich kuzatildi. 2015-yilda M. Begimovning bosh rejissyor etib tayinlanishi mahalliy rejissura tajribasining davomiyligini ta’minladi. 2016-yildan teatr bilan hamkorlik qilgan Tolibay Shardemetov “Gulda bulbul sayraydi”, “O‘mirbek Shimboy bozorida”, “Oqtirnoq va oltin xo‘roz”, “Qirq qiz” kabi spektakllarda rassom sifatida ishladi. Uning amaliyotida qo‘g‘irchoq obrazi tashqi qiyofa bilangina emas, balki konstruktiv-plastik va harakat imkoniyatlariga ega sahnaviy shakl sifatida qaraldi. M. Baygeldiyev va T. Shardemetov tajribasi rassom, rejissyor va aktyor hamkorligining qo‘g‘irchoq obrazini to‘laqonli yaratishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. 2020-yillarda xalqaro ijodiy hamkorlik va zamonaviy texnologiyalar teatr « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
rivojining yangi yo‘nalishiga aylandi. 2022-yildan xorijiy teatrlar bilan aloqalar kengayib, Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya qo‘g‘irchoq teatrlari bilan tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. 2023-yilda jamoaning Istanbuldagi XXV xalqaro qo‘g‘irchoq teatri festivalida ishtirok etishi teatrning xalqaro maydondagi faoliyatini kengaytirdi. 2025-yilda B. Parmanov va rossiyalik rassom A. Govyazin hamkorligida yaratilgan “Sehrli uzuk” spektaklida dekoratsiya, qo‘g‘irchoq libosi, yorug‘lik va texnologik vositalarning yagona badiiy tizimda qo‘llanishi zamonaviy ssenografik izlanishlarning amaliy natijalaridan biri bo‘ldi. Tadqiqot natijalari Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri rivojini bir necha bosqichga ajratish imkonini beradi: 1930-yillardagi dastlabki tashabbuslar – tarixiy zamin; 1980-yillar – professional kadrlar va ijodiy tajriba shakllangan tayyorgarlik davri; 1990-yillar – davlat teatri sifatida professional shakllanish va mahalliy rejissuraning yuzaga kelishi; 2000–2010-yillar – repertuar, rassomlik va qo‘g‘irchoq texnologiyasining takomillashuvi; 2020-yillar – xalqaro hamkorlik va yangi texnologiyalar bilan bog‘liq zamonaviy bosqich. Ushbu bosqichlar rejissura, rassomlik va aktyorlik tajribasining o‘zaro ta’sirda rivojlanganini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatrining shakllanishi bir martalik tashkiliy hodisa emas, balki professional kadrlar tayyorlash, repertuar yaratish, mahalliy rejissura maktabining yuzaga kelishi va rassomlik amaliyotining takomillashuvi bilan kechgan uzluksiz tarixiy-badiiy jarayondir. Dastlab xorijiy va respublika teatr tajribasini o‘zlashtirish muhim bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda mahalliy ijodkorlarning faoliyati teatrning o‘z badiiy yo‘nalishini shakllantirdi. Zamonaviy bosqichdagi xalqaro hamkorlik va texnologik izlanishlar esa an’anaviy qo‘g‘irchoq teatri vositalarini yangi sahnaviy imkoniyatlar bilan uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Qodirov M., Qodirova S. Qo‘g‘irchoq teatri tarixi. (Maqola uchun foydalanilgan tadqiqot manbasi).
- Ubaydullayeva M.S. O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri taraqqiyotiga oid tadqiqot materiallari.
- Kobilova F.N. Mustaqillik davri O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlari ssenografiyasiga oid tadqiqot materiallari. NUKUS · 2026
- Mamutov P. Qoraqalpog‘istonda qo‘g‘irchoq teatri tarixi va rivojiga oid tadqiqot materiallari.
- Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri repertuari va rasmiy ma’lumotlari.
- Baygeldiyev M. bilan Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri rassomligi va qo‘g‘irchoq texnologiyasiga oid suhbat materiallari. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
- Shardemetov T. bilan Qoraqalpoq Davlat qo‘g‘irchoq teatri ssenografiyasi va qo‘g‘irchoq obrazlariga oid suhbat materiallari. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014447
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910264
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1281–1284
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31