Bug‘doyning biologik xususiyatlari, foydasi va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
Tursinbekova U., Dauletmuratov M.M.Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av242026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1300–1303
Annotatsiya
Ushbu maqolada bug‘doyning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, uning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati hamda inson salomatligiga ta‘siri yoritilgan. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, mineral moddalar va oziq tolalarining inson organizmi uchun ahamiyati ilmiy jihatdan bayon etilgan. Shuningdek, bug‘doyning inson kundalik ovqatlanishidagi o‘rni, undan olinadigan un, non, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy xususiyatlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Bug‘doy tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar va oziqaviy komponentlarning organizm uchun foydali jihatlari tahlil qilingan. Maqolada bug‘doy yetishtirish, don sifatini saqlash va undan samarali foydalanishning oziq-ovqat xavfsizligi hamda sog‘lom ovqatlanishdagi ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan.
Boshqa tillarda
ruschaБиологические особенности пшеницы, её польза и значение в сельском хозяйстве
В статье освещены значение пшеницы в сельском хозяйстве и пищевой промышленности, её химический состав, пищевая ценность и влияние на здоровье человека. С научной точки зрения изложено значение содержащихся в зерне пшеницы белка, углеводов, жиров, витаминов, минеральных веществ и пищевых волокон для организма человека. Приведены также сведения о роли пшеницы в повседневном питании человека и о пищевых свойствах получаемых из неё муки, хлеба, макаронных изделий и других пищевых продуктов. Проанализированы полезные для организма свойства основных биологически активных веществ и пищевых компонентов пшеницы. Особое внимание уделено значению выращивания пшеницы, сохранения качества зерна и эффективного использования пшеницы для продовольственной безопасности и здорового питания.
inglizchaBiological characteristics of wheat, its benefits and importance in agriculture
This article examines the importance of wheat in agriculture and the food industry, its chemical composition, nutritional value, and effects on human health. The significance of proteins, carbohydrates, fats, vitamins, minerals, and dietary fiber contained in wheat grain for the human body is scientifically described. The article also discusses the role of wheat in the daily human diet and provides information about the nutritional properties of flour, bread, cereals, pasta, and other food products obtained from wheat. The beneficial effects of the main biologically active compounds and nutritional components found in wheat on the human body are analyzed. Particular attention is paid to wheat cultivation, grain quality preservation, and the effective use of wheat in ensuring food security and promoting healthy nutrition.
Kalit so‘zlar
- bug‘doy
- bug‘doy doni
- kimyoviy tarkib
- oziqaviy qiymat
- oqsil
- uglevodlar
- vitaminlar
- mineral moddalar
- oziq tolalari
- bug‘doy mahsulotlari
- oziq-ovqat xavfsizligi
- sog‘lom ovqatlanish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1300–1303 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Tursinbekova U., Dauletmuratov M.M. Bug‘doyning biologik xususiyatlari, foydasi va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026- yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1300–1303. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910269
BUG‘DOYNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI, FOYDASI VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Tursinbekova U. Dauletmuratov M.M. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, «Agrokimiyo» mutaxassisligi 1-kurs magistranti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, «Agrokimiyo va tuproqshunaslik» kafedrasi assistenti, q.x.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya: Ushbu maqolada bug‘doyning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, uning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati hamda inson salomatligiga ta’siri yoritilgan. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, mineral moddalar va oziq tolalarining inson organizmi uchun ahamiyati ilmiy jihatdan bayon etilgan. Shuningdek, bug‘doyning inson kundalik ovqatlanishidagi o‘rni, undan olinadigan un, non, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bug‘doy tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar va oziqaviy komponentlarning organizm uchun foydali jihatlari tahlil qilingan. Maqolada bug‘doy yetishtirish, don sifatini saqlash va undan samarali foydalanishning oziq-ovqat xavfsizligi hamda sog‘lom ovqatlanishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: bug‘doy, bug‘doy doni, kimyoviy tarkib, oziqaviy qiymat, oqsil, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar, oziq tolalari, bug‘doy mahsulotlari, oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish. Abstract: This article examines the importance of wheat in agriculture and the food industry, its chemical composition, nutritional value, and effects on human health. The significance of proteins, carbohydrates, fats, vitamins, minerals, and dietary fiber contained in wheat grain for the human body is scientifically described. The article also discusses the role of wheat in the daily human diet and provides information about the nutritional properties of flour, bread, cereals, pasta, and other food products obtained from wheat. The beneficial effects of the main biologically active compounds and nutritional components found in wheat on the human body are analyzed. Particular attention is paid to wheat cultivation, grain quality preservation, and the effective use of wheat in ensuring food security and promoting healthy nutrition. Keywords: wheat, wheat grain, chemical composition, nutritional value, protein, carbohydrates, vitamins, minerals, dietary fiber, wheat products, food security, healthy nutrition.
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» 1-rasm. Bug‘doy (Triticum L.) boshoqlari va donlari XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026 Bug‘doy (Triticum L.) — boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub bo‘lgan bir yillik donli ekin. U dunyo miqyosida eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri bo‘lib, donining yuqori oziqaviy qiymati va undan un, non, makaron hamda turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishi bilan katta ahamiyatga ega. Uning normal o‘sib-rivojlanishi uchun yetarli miqdorda namlik, issiqlik, yorug‘lik va mineral oziqa elementlari talab etiladi. Kelib chiqishi va tarqalishi. Bug‘doy (Triticum L.) — qadimdan yetishtirib NUKUS · 2026
kelinadigan, oziq-ovqat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan donli ekinlardan biridir. U boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub bo‘lib, arpa, javdar va suli kabi donli ekinlar bilan bir oilaga kiradi. Bug‘doyning kelib chiqishi asosan Yaqin Sharq va G‘arbiy Osiyo hududlari bilan bog‘lanadi. Ilmiy tadqiqotlarda bug‘doyning dastlabki madaniy shakllari X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Qadimgi davrlarda bug‘doy Yaqin Sharq hududlaridan asta-sekin Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning boshqa qismlariga tarqalgan. Savdo-sotiq, ko‘chib yuruvchi xalqlar va dehqonchilikning rivojlanishi natijasida bug‘doy yetishtirish geografiyasi kengayib borgan. Keyinchalik bug‘doy Amerika, Avstraliya va boshqa qit’alarga ham olib kirilgan. Hozirgi kunda u dunyoning turli iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan mamlakatlarida yetishtiriladi. Bug‘doy Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekiston hududida ham qadimdan yetishtirib kelinadi. Mintaqaning tabiiy-iqlim sharoiti, unumdor tuproqlari va sug‘orma dehqonchilikning rivojlanganligi bug‘doy yetishtirish uchun qulay sharoit yaratgan. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
O‘zbekistonda bug‘doy asosan kuzgi va bahorgi muddatlarda yetishtiriladi. Mamlakatning turli hududlarida iqlim va tuproq sharoitiga moslashgan bug‘doy navlari ekiladi. Bug‘doy doni tarkibida oqsil, kraxmal, vitaminlar, mineral moddalar va boshqa oziqaviy birikmalar mavjud bo‘lib, undan un, non, makaron va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Shu sababli bug‘doy qishloq xo‘jaligida va oziq-ovqat sanoatida katta iqtisodiy hamda oziqaviy ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibi. Bug‘doy doni oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan don ekinlaridan biridir. Uning tarkibida asosan uglevodlar, oqsillar, yog‘lar, kletchatka, vitaminlar va mineral moddalar mavjud. Bug‘doy donining asosiy qismini kraxmal tashkil etadi. Shuningdek, uning tarkibidagi oqsillar, xususan gliadin va glutenin, unning kleykovina hosil qilish xususiyatini belgilaydi. Bug‘doy tarkibida temir, magniy, fosfor, kaliy, rux va boshqa mineral moddalar ham mavjud. 1-jadval. Bug‘doy donining asosiy ozuqa moddalari (BJU) va energetik qiymati (100 g hisobida) Ko‘rsatkich / Modda 100 grammdagi Kunlik me’yordan ulushi nomi miqdori (%) Kaloriyasi (Energiya) 340 kkal 17 % Suv 11,5 g 0,5 % Uglevodlar 71,2 g 54,8 % — shundan kraxmal 59,5 g — — shundan shakarlar 0,4 g — Oqsillar 13,7 g 15,2 % Yog‘lar 1,9 g 2,1 % Kletchatka 10,7 g 42,8 % Kul (mineral moddalar) 1,7 g —
2-jadval. Bug‘doy donidagi vitaminlar va minerallar miqdori hamda ularning asosiy vazifasi (100 g hisobida) Vitaminlar / 100 Kunlik Asosiy vazifasi Minerallar grammdagi me’yordan miqdori ulushi (%) Fosfor (P) 346 mg 49,4 % Suyak va tishlarning mustahkamligini NUKUS · 2026
ta’minlaydi, energiya almashinuvida ishtirok etadi. Magniy (Mg) 138 mg 36,8 % Asab va mushak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Kaliy (K) 431 mg 9,2 % Yurak va mushaklar faoliyatini hamda suv-tuz muvozanatini boshqarishda qatnashadi. Temir (Fe) 3,9 mg 21,7 % Gemoglobin hosil bo‘lishida va kislorod tashilishida ishtirok etadi. Vitamin B1 0,45 mg 37,5 % Uglevodlar almashinuvi va asab tizimi (Tiamin) faoliyati uchun zarur. Vitamin B2 0,17 mg 13,1 % Energiya almashinuvi va (Riboflavin) hujayralarning normal faoliyatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. Bug‘doy qishloq xo‘jaligida eng muhim va « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
keng tarqalgan don ekinlaridan biri hisoblanadi. U insonlar uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bo‘lib, un, non, makaron va boshqa ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Bug‘doy yetishtirish mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bug‘doy yuqori hosildorligi, turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslasha olishi va saqlash qulayligi bilan boshqa don ekinlari orasida alohida o‘rin tutadi. Uning doni tarkibida oqsil, kraxmal, vitaminlar va mineral moddalar mavjud bo‘lib, chorvachilikda yem sifatida ham foydalaniladi. Bug‘doy somoni esa chorva mollari uchun ozuqa hamda ayrim hollarda to‘shama materiali sifatida ishlatiladi. Xulosa. Bug‘doy inson hayoti uchun eng muhim va foydali don ekinlaridan biridir. Uning tarkibida oqsil, uglevod, vitaminlar va mineral moddalar mavjud bo‘lib, inson organizmini zarur oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Bug‘doydan non, un, makaron va boshqa ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Bug‘doy qishloq xo‘jaligida ham katta ahamiyatga ega. U chorvachilik uchun yem-xashak sifatida foydalaniladi, fermer xo‘jaliklari uchun muhim daromad manbasi hisoblanadi hamda mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, bug‘doyning oziq-ovqat, iqtisodiy va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. Shuning uchun bug‘doy yetishtirishni rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va uning sifatini yaxshilash muhim vazifalardan biridir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Karimov A.A. Bug‘doy yetishtirishda biopreparatlarning samaradorligi. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2020.
- Abdullayev B.B. Biologik faol moddalar va ularning o‘simlik rivojlanishiga ta’siri. – Samarqand, 2021.
- Xolmatov D.D. Qishloq xo‘jaligida biotexnologiyalar. – Toshkent, 2022.
- Smith J. Role of biofertilizers in crop productivity. – Agricultural Journal, 2020.
- Agronomiya sohasiga oid zamonaviy ilmiy tadqiqotlar to‘plami. – Toshkent, 2021.
- .O‘simlikshunoslik bo‘yicha ilmiy maqolalar. – Toshkent, 2022. NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014452
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910269
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1300–1303
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31