Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Saksovul zararkunandalariga qarshi olib borilgan monitoring kuzatuv ishlari
Shamuratova Nagima Genjemuratovna, Mixail Vitalevich Markov, Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna, Endirboev Jasur Xasanboyevich, Joldasbaeva Nurayziya Bekbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Orolqumning Urgu va Surgul hududida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan shishish hosil qiluvchi hasharotlar haqida aniqlanildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv ekotizimlarining ekologik holatini gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida baholash
Shamuratova Maftuna, Yeshchanova Sayyora · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi suv ekotizimlarining ekologik holatini baholashda gidrokimyoviy monitoring ma‘lumotlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy materialini 2025-yilda Amudaryo, Do‘stlik, Suenli va Kegeyli kanallari hamda «Pogranichniy» kollektoridan olingan suv namunalarining gidrokimyoviy tahlil natijalari tashkil etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Orolbo‘yi dengizi mintaqasida saksovulzorlarda gallitsalarning turlari va zarari
Shamuratova Nasima Genjemuratovna, Yakubbaeva Nargiza Dautbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida Orol dengizining qurishi oqibatida Orol dengiziga tutash hududlarda qator ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini yumshatish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Saksovulning foydali tomonlarini hisobga oladigan bo‘lsak, uni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan himoya qilish hozirgi vaqtda dolzarb muammolar hisoblanadi. Saksovulda uchraydigan zararkunandalar va kasalliklar uning o‘sishi va tarqalishiga ta‘sir etadi. Asosiy zararkunandalar orasida gallitsalar (Diptera, Cecidomyiidae) turlari va zarari haqida ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Конституционно-правовые механизмы обеспечения прав лиц с инвалидностью в Республике Узбекистан
Shagilova Gulxatisha Koptleuovna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari tadqiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchilik va inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning tenglikni ta‘minlash, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga qaratilgan qoidalari ko‘rib chiqiladi. Mehnat qilish, ta‘lim olish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot olish, axborot olish va sud orqali himoyalanish huquqlari kafolatlariga, shuningdek, ularning eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga nisbatan amalga oshirilishi xususiyatlariga alohida e‘tibor qaratiladi. Formal-yuridik, tizimli va qiyosiy-huquqiy usullar asosida konstitutsiyaviy kafolatlarni amalga oshirishning asosiy muammolari aniqlanadi va bu kafolatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari belgilanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekiston olima ayollarining yurtim taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi
O‘roqova Zilola Salomovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada O‘zbekiston olima ayollarining ilm-fan, oliy ta‘lim va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni rasmiy statistika, davlat portallari va ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – olima ayollarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini ishtirok, ilmiy daraja, rahbarlik, xalqaro e‘tirof va qo‘llab-quvvatlash tizimi kesimida baholash. Tahlilda Milliy statistika qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va davlat portallarining ochiq ma‘lumotlari hamda mahalliy ilmiy jurnallardagi maqolalar statistik, qiyosiy va kontent-tahlil usullari bilan o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 2025-yilda mutaxassis-tadqiqotchilar orasida ayollar ulushi 40,4 foizga yetgan, oliy ta‘limdan keyingi ta‘limda esa 48,2 foizni tashkil etgan. Biroq ilmiy daraja va lavozim oshgani sayin bu ulush kamayadi: fan doktorlari orasida 22,2 foiz, akademiklar orasida 7,7 foiz, faol ilmiy loyihalar rahbarlari orasida 28 foiz. Maqola yakunida ilmiy yetakchilikni kuchaytirish, xalqaro nashrlarda ishtirokni oshirish va yagona statistik monitoring joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Tibbiyotda sun‘iy intellektni rivojlantirishda mahalliy tibbiy ma‘lumotlarning ahamiyati: TAMES AI loyihasi asosida
Zufarova Nargiza Nigmat qizi, Zamira Yusufovna Xalimova, Kamiljanova Barnoxon Raximovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Tibbiy diagnostika uchun sun‘iy intellekt (SI) tizimlari nazorat qilinadigan ilmiy tadqiqot sharoitlarida yuqori natijalarni namoyon etgan bo‘lsa-da, ularni turli klinik sharoitlarga joriy etish ma‘lumotlar taqsimotining siljishi (dataset shift), aholi populyatsiyasining geterogenligi va mahalliy validatsiyaning yetarli emasligi sababli muammoli bo‘lib qolmoqda. Qalqonsimon bez tugunlarini baholash bunga yaqqol misol bo‘la oladi: asosan Shimoliy Amerika va Yevropa populyatsiyalari ma‘lumotlari asosida o‘qitilgan diagnostik algoritmlar yod bilan ta‘minlanganlik darajasi, genetik xususiyatlari va sog‘liqni saqlash infratuzilmasi jihatidan farq qiluvchi, masalan, Markaziy Osiyo kabi mintaqalarda qo‘llanganda ko‘pincha kutilgan darajadagi natijalarni bermasligi mumkin. Ushbu maqolada TAMES AI (Thyroid-AI Malignancy Evaluation System) loyihasi misolida tibbiy sun‘iy intellekt tizimlarini ishlab chiqishda mahalliy manbalardan olingan multimodal klinik ma‘lumotlarning metodologik va strategik ahamiyati tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Malein angidridi asosidagi uretan oligomerining sintezi
Zayniyeva Raisa Bahodirovna, Qiyomov Sharifjon Nozimovich, Allamuratova Anargul Sultamuratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Malein angidridi asosidagi uretan oligomerini, poliuretan materiallarni sanoat miqyosida olish an‘anaviy ravishda di- va poliizosianatlarning poliollar bilan o‘zaro ta‘sirlashish reaksiyasiga asoslanadi. So‘nggi yillarda ekologik talablarning kuchayishi va texnologik jarayonlar xavfsizligini oshirish zarurati tufayli uretan saqlovchi polimerlarni izosianatlarsiz sintez qilish usullarini faol rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Agriculture in Karakalpakstan (1985–1991)
Yusupov Kadirbay Asenbayevich · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada 1985–1991-yillarda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligining rivojlanish xususiyatlari, asosiy tarmoqlari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, shuningdek, sohada yuzaga kelgan iqtisodiy va ekologik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligining qayta qurish davridagi sovet rejali iqtisodiyoti tizimida tutgan o‘rni, yetakchi tarmoqlar sifatida paxtachilik va sholichilikning ahamiyati, chorvachilik holati, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, Orol dengizi ekologik inqirozining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Statistik ma‘lumotlarni qiyosiy tahlil qilish asosida 1985–1990-yillarda paxta yetishtirish hajmi va ekin maydonlaridagi o‘zgarishlar, sholi hosildorligining oshishi, don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tendensiyalar aniqlangan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi darajasi saqlab qolingani holda suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, yerlarning meliorativ holati yomonlashuvi va ekologik inqiroz kabi muammolar sezilarli darajada keskinlashganini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Samanbay toǵay ekosistemasın ekologiyalıq bahalaw
Yeshchanova Sayyora Shukurulla qızı, Seytmuratova Tursinay Jaksimuratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı Samanbay toǵay ekosistemasınıń ekologiyalıq jaǵdayın úyreniw, onıń biologiyalıq hám ekologiyalıq áhmiyetin bahalaw máselesi keltirilgen. Toǵay ekosistemaları ózine tán ósimlikler hám haywanatlar dúnyasına iye bolıp, suw resursların saqlawda, topıraq eroziyasınıń aldın alıwda, mikroklimattı retlewde hám biologiyalıq túrlilikti saqlawda úlken áhmiyetke iye. Samanbay toǵayınıń házirgi ekologiyalıq jaǵdayına tásir etiwshi tábiyiy hám antropogen faktorlar analizlenedi. Sonıń menen birge ekosistemanı qorǵaw, tiklew hám turaqlı paydalanıw boyınsha usınıslar keltirilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Raw material selection for children‘s knitwear: significance and structure of textile raw materials
Yerzhanova Dilaram Zhalgasbaevna, Karimova Nelufar Khomid kizi, Mukhtarova Zilola Nusratovna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Bolalar trikotaj buyumlari kattalar terisiga nisbatan yupqaroq va ta‘sirchanroq teriga bevosita tegib turadi, shu bois xomashyoni tanlash butun ishlab chiqarish zanjiridagi, ehtimol, eng muhim qarordir. Maqolada bolalar trikotaj mahsulotlari uchun to‘qimachilik xomashyosining tuzilishi (tola, ip, trikotaj mato) va uni tizimli tanlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Keng tarqalgan tolalar adabiyotlar va sinov standartlari ma‘lumotlari asosida taqqoslandi, tanlov uchun olingan yetti material esa olti mezonga asoslangan vaznli baholash modeli yordamida saralandi. Teriga bevosita tegib turadigan kiyimlar uchun taralgan paxta, organik paxta va modal eng yaxshi natija berdi, faol harakat uchun mo‘ljallangan kiyimlarda esa tarkibida 3–5 % elastan bo‘lgan paxta yoki poliester qo‘shilgan paxta maqsadga muvofiqdir. Go‘daklar uchun sof sintetik tolalar va mayin jun eng past o‘rinlarni egalladi. Maqola yakunida ishlab chiqaruvchilar uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda maktabning roli
Yakubova Havvajon Kuchkorovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Mazkur maqolada alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda umumta‘lim maktabining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv ta‘lim muhitida har bir bolaning individual imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish, ularni jamoaga moslashtirish, tengdoshlari bilan samarali muloqotini ta‘minlash hamda kamsitish va ijtimoiy ajratilishning oldini olish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va maktab jamoasining hamkorligi asosida ijobiy psixologik muhitni yaratish yo‘llari tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Janubiy Orolbo‘yi gidroekologiyasining dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari
Xo‘jamuratova Roza, Berdimuratova Aysara, Saytova Iqlima · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Amudaryo quyi oqimining gidroekologik holatini yaxshilashning asosiy yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Amudaryo havzasi mamlakatlari davlatlararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashi va shu asosda Amudaryo havzasi suv resurslarini boshqarishda o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha yanada samarali, birgalikdagi ishlarni tashkil etishi lozim.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
M.Nızanovtıń «Tutqın» romanında leksikalıq sinonimlerdiń qollanılıwı
Xojamuratova Arıwxan Polatbay qızı, Abishov Genjebay Matjanovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Sinonimler leksikalıq quramnıń bir bálegin quraydı. Bul maqalada sinonimlerdiń qollanılıw ózgeshelikleri, olardıń til biliminde tutqan ornı Muratbay Nızanovtıń «Tutqın» romanı mısalında sóz etilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘istonning karbonat tarkibli gilli xomashyo materiallarining tavsifi
Xojametova B.K., Ibrayimova D.B., Pirniyazov N.S. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy xomashyo hisoblangan Qoraqalpog‘istonning gil xomashyolarining, xususan Bekboy lessi, Xo‘jako‘l gili va bentonitning kimyoviy-mineralogik va granulometrik tarkibi bo‘yicha tadqiq etish va olingan tahlil natijalari haqida so‘z yuritiladi. Granulometrik tahlil va mineralogik tahlili natijalariga ko‘ra, ularning tarkibida, asosan kvars, dala shpati, illit, montmorillonit, dolomit va karbonat minerallari mavjudligi va ushbu o‘rganilayotgan xomashyolar mayda dispersli gil xomashyosi guruhiga kirishi aniqlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Organization of Adaptive Physical Education and Sports Sessions at the Initial Training Stage
Xojabekova Nasiba Tanirbergen qi‘zi‘, Aybergenova Shi‘narxan · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Ushbu tezisda «Adaptiv jismoniy tarbiya va sport» mutaxassisligi talabalari uchun boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari va pedagogik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Qat‘iy tartiblashtirilgan mashq usullarini o‘yin elementlari bilan birgalikda qo‘llash, jismoniy yuklamalarni me‘yorlash hamda harakat ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish zarurati asoslab berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Orolbo‘yi sharoitida oltinsimon qorag‘at qalamchalarining tutuvchanligiga ekish muddatlarining bog‘liqligi
S. R. Xakimova, G. M. Karaxodjayeva · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Qoraqalpog‘iston sharoitida oltinsimon qorag‘atning besh navi qalamchalari kuzgi va erta bahorgi ekishda baholandi. Kuzgi tutuvchanlik 66–86%, bahorgi tutuvchanlik 43–63% bo‘ldi. Navlar bo‘yicha teng vaznli o‘rtacha mos ravishda 75,6 va 53,0% ni tashkil etdi. Barcha navlarda kuzgi ekish yuqori ko‘rsatkich berdi. Natijalar bir mavsumdagi tavsifiy kuzatuvlar bo‘lib, nav va ekish muddatini keyingi takrorli tajribalarda tekshirishga asos bo‘ladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Inglis hám qaraqalpaq kórkem shıǵarmalarında emotivlik kategoriyasınıń leksikalıq-semantikalıq xarakteristikası
Rivanna Xabipova Abdullaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Usı maqalada kórkem shıǵarmalar tekstinde emotivlik kategoriyasın bildiriwshi leksikalıq-semantikalıq qurallardan sinonimler hám antonimlerdiń qollanılıw ózgeshelikleri ilimiy tárepten tahlil etiledi. Teoriya tiykarı sıpatında V.I. Shaxovskiydiń emotiv semantika túrleri hám olardıń kórkem teksttegi konnotativlik imkaniyatları basshılıqqa alınǵan. Jumısta bir pútin tekstli, kontekstual, funkcional-stilistikalıq hám emotivlik valentlik metodlarınan paydalanıldı. Tallawlar kórsetkenindey, sinonimler emocional jaǵdaydıń intensivlik dárejesin, ashıw yamasa ıaza hareketlerin kúsheytip kórsetiwge xızmet etse, antonimler (sonıń ishinde, bolımsız prefiksli hám leksikalıq antonimler) qaharmannıń ishki ruwxıy zorıǵıwın, antitezalıq qarama-qarsılıǵın hám ambivalent (qospa) emocional jaǵdayların ashıwda áhmiyetli rol oynaydı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qaraqalpaq folklorında naqıl-maqallardıń tematikalıq hám janrlıq ózgeshelikleri
Uzakova Saltanat Paraxatovna, Klishbaeva Nelufar · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Bul maqalada qaraqalpaq folklorındaǵı kishi janr bolıp esaplanatuǵın naqıl-maqallar hám olardıń tematikalıq, janrlıq ózgeshelikleri sóz etiledi. Naqıl-maqallar xalıq awızeki dóretpeleri ishinde eń kóp tarqalǵan kishi janrlardıń biri bolıp, onda turmısımızdıń barlıq táreplerin jámlegen máseleler orın alǵan. Qaraqalpaq folklorındaǵı naqıl-maqallardıń tiykarǵı mazmunında milletimizdi awızbirshilikke, tatıw jasawǵa shaqırıw, watanǵa, tuwǵan elge sadıqlıq tuyǵların qáliplestiriw, kásip-óner iyelewdiń áhmiyetin túsindiriw, xalıqlıq dástúrler hám taǵı basqa túsinikler menen oqıwshılardı sanalılıqqa tárbiyalaw máselesi baslı orındı iyeleydi. Qaraqalpaq folklorında naqıl-maqallardıń basıp shıǵarılıw dáwiri, olardıń tereń filosofiyalıq, didaktikalıq máni beriwshi qásiyetleri mısallar menen analizlenip keń talqıǵa alınǵan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Distribution and ecological role of silver carp (Hypophthalmichthys molitrix, Valenciennes, 1844) in natural water bodies of Karakalpakstan under conditions of progressive eutrophication and salinization
Uteuova Jazira Jangabaevna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada 2023–2025-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining uchta yirik tabiiy suv havzasida (Sudoche, Jiltirbas va Mo‘ynoq ko‘llari) oq do‘ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix, Valenciennes, 1844) populyatsiyalarining bioekologik ko‘rsatkichlari tadqiq etiladi. Tadqiqot joylarida fitoplankton biomassasi, turning ixtiomassadagi ulushi, o‘rtacha tana vazni va suv minerallashuvini baholash uchun dala monitoringi standart gidrobiologik va ixtiologik usullar bilan birgalikda qo‘llanildi. Natijalar fitoplankton biomassasi bilan oq do‘ngpeshonaning umumiy ixtiomassadagi ulushi o‘rtasida ahamiyatli musbat korrelyatsiya borligini ko‘rsatadi (r = 0,98, p < 0,05), bu esa turning evtrofik sharoitdagi asosiy bioregulyator rolini tasdiqlaydi. Tur yaqqol evrigalinlik namoyon etib, minerallashuv 10,4 g/l gacha bo‘lgan sharoitda ham hayotchan populyatsiyalarni saqlab qoladi, bu Sharqiy Osiyodagi sho‘r-ishqoriy yetishtirish muhitlari uchun qayd etilgan natijalarga mos keladi. Olingan natijalar Orolbo‘yida ko‘l ekotizimlarini tiklash uchun noan‘anaviy biomanipulyatsiya chorasi sifatida oq do‘ngpeshonani introduksiya qilish dasturlarini strategik kengaytirishni asoslaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Assessment of the bio-ecological status and economic significance of silver carp (Hypophthalmichthys molitrix Val.) in natural water bodies of Karakalpakstan based on growth parameters
Uteuova Jazira Jangabaevna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sudoche, Jiltirbas va Mo‘ynoq ko‘llaridagi oq do‘ngpeshona populyatsiyalarining bioekologik holati o‘sish ko‘rsatkichlari asosida baholanadi, shuningdek, turning mintaqa uchun ekologik va iqtisodiy ahamiyatiga baho beriladi. 2023–2025-yillardagi nazorat ovlarida olingan o‘rtacha tana vazni O‘zbekiston suv havzalari uchun e‘lon qilingan uzunlik–vazn tenglamasi va yosh–vazn ko‘rsatkichlari bilan taqqoslandi. Uchala ko‘lda ham baliqlarning o‘rtacha vazni III yosh guruhiga mos keldi, hisoblangan umumiy uzunlik esa 65,4–69,2 sm oralig‘ida bo‘ldi. Nisbiy o‘sish indeksi Sudoche ko‘lida 98,5 %, Jiltirbas ko‘lida 89,1 % va Mo‘ynoq ko‘llarida 82,1 % ni tashkil etdi. Natijalar populyatsiyalar barqaror ekanini, biroq minerallashuvi yuqoriroq suv havzalarida o‘sish sezilarli darajada sekinroq kechishini ko‘rsatadi.