Qoraqalpog‘istonning karbonat tarkibli gilli xomashyo materiallarining tavsifi
Xojametova B.K., Ibrayimova D.B., Pirniyazov N.S.Qoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1363–1365
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy xomashyo hisoblangan Qoraqalpog‘istonning gil xomashyolarining, xususan Bekboy lessi, Xo‘jako‘l gili va bentonitning kimyoviy-mineralogik va granulometrik tarkibi bo‘yicha tadqiq etish va olingan tahlil natijalari haqida so‘z yuritiladi. Granulometrik tahlil va mineralogik tahlili natijalariga ko‘ra, ularning tarkibida, asosan kvars, dala shpati, illit, montmorillonit, dolomit va karbonat minerallari mavjudligi va ushbu o‘rganilayotgan xomashyolar mayda dispersli gil xomashyosi guruhiga kirishi aniqlandi.
Boshqa tillarda
ruschaХарактеристика карбонатсодержащих глинистых сырьевых материалов Каракалпакстана
В статье рассматривается исследование химико-минералогического и гранулометрического состава глинистого сырья Каракалпакстана, являющегося местным сырьём в Республике Узбекистан, в частности бекбойского лёсса, ходжакульской глины и бентонита, а также полученные результаты анализов. По результатам гранулометрического и минералогического анализов установлено, что в их составе присутствуют в основном кварц, полевой шпат, иллит, монтмориллонит, доломит и карбонатные минералы, а изучаемое сырьё относится к группе тонкодисперсного глинистого сырья.
inglizchaCharacterization of carbonate-bearing clay raw materials of Karakalpakstan
The article discusses a study of the chemical, mineralogical and granulometric composition of clay raw materials of Karakalpakstan, regarded as local raw materials in the Republic of Uzbekistan, in particular Bekboy loess, Khojakul clay and bentonite, and the analytical results obtained. Granulometric and mineralogical analyses showed that these materials contain mainly quartz, feldspar, illite, montmorillonite, dolomite and carbonate minerals and that the raw materials under study belong to the group of finely dispersed clay raw materials.
Kalit so‘zlar
- Keramik materiallar
- tuproq
- less
- gil
- bentonit
- polidispers
- kaolin
- qum
- granulometrik tarkib
- montmorillonit
- gidroslyudal
- plastik xomashyo
- olovbardoshlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1363–1365 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Xojametova B.K., Ibrayimova D.B., Pirniyazov N.S. Qoraqalpog‘istonning karbonat tarkibli gilli xomashyo materiallarining tavsifi // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026- yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1363–1365. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910284
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
QORAQALPOG‘ISTONNING KARBONAT TARKIBLI GILLI XOMASHYO MATERIALLARINING TAVSIFI
Xojametova B.K. Ibrayimova D.B. Pirniyazov N.S. Qoraqalpoq davlat universiteti Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy xomashyo hisoblangan Qoraqalpog‘istonning gil xomashyolarining, xususan Bekboy lessi, Xo‘jako‘l gili va bentonitning kimyoviy-mineralogik va granulometrik tarkibi bo‘yicha tadqiq etish va olingan tahlil natijalari haqida so‘z yuritiladi. Granulometrik tahlil va mineralogik tahlili natijalariga ko‘ra, ularning tarkibida, asosan kvars, dala shpati, illit, montmorillonit, dolomit va karbonat minerallari mavjudligi va ushbu o‘rganilayotgan xomashyolar mayda dispersli gil xomashyosi guruhiga kirishi aniqlandi.
Kalit so‘zlar: Keramik materiallar, tuproq, less, gil, bentonit, polidispers, kaolin, qum, granulometrik tarkib, montmorillonit, gidroslyudal, plastik xomashyo, olovbardoshlik.
Ma’lumki, gilli jinslar hamda maydalangan boshqa keramik xomashyo materiallari va massalari turli kattalik, shakl va tarkibdagi alohida tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Mineral xomashyo materiallarining aksariyat ko‘pchiligi odatda polidispers bo‘ladi [1,2].
Biz tomonimizdan devorbop qurilish keramik materiallarining samarali tarkiblarini ishlab chiqish uchun standart uslubga muvofiq Qoraqalpog‘istonning gil xomashyolarining, xususan Bekboy lessi (BL), Xo‘jako‘l gili (XG) va bentonitning (XB) kimyoviy-mineralogik va granulometrik tarkibi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi [3,4].
Bekboy koni lyossi kulrang-sariq rangli jins bo‘lib, strukturasi g‘ovak. 10% li xlorid kislota ta’sirida namuna qaynaydi, bu unda karbonatlar borligini ko‘rsatadi. Kimyoviy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilayotgan xomashyo qizdirilgan holatdagi alyuminiy oksidi (Al2O3) miqdori bo‘yicha gilli xomashyoning kislotali guruhiga kiradi. Keramik xossalariga ko‘ra Bekboy lyosslari o‘rtacha plastiklikka ega, chunki lyossning plastikligi 5,2 ga teng. O‘tga chidamliligi 1160 0C. O‘tga chidamlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yengil eriydigan xomashyo sinfiga kiradi.
Xo‘jako‘l koni gili tashqi ko‘rinishi bo‘yicha dolchinqizg‘ish sariq rangda, mineralogik tarkibi bo‘yicha montmorillonit – gidroslyudali. 10% li xlorid kislota ta’sirida loy qaynaydi. Olovbardoshligi bo‘yicha gil oson eriydigan xomashyolar guruhiga kiradi. Gil qizdirilgan holatdagi bo‘yovchi oksidlar miqdori bo‘yicha bo‘yovchi oksidlar miqdori yuqori bo‘lgan guruhga kiradi. Tadqiq qilinayotgan Xo‘jako‘l gili namunasining plastiklik soni 14,5 ga teng, demak, gil o‘rtacha plastik xomashyo guruhiga kiradi. Xo‘jako‘l koni bentoniti havoda quruq holatdagi dolchin-kulrang tusli gilli jins bo‘lib, strukturasi g‘adir-budur, notekis sinishli g‘ovakdir. 10% HCl ta’sirida qaynamaydi, bu esa namunada karbonatlar yo‘qligini ko‘rsatadi. NUKUS · 2026
O‘tkazilgan kimyoviy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, qizdirilgan holatdagi Al2O3 miqdori bo‘yicha ular yarim kislotali xomashyolar guruhiga kiradi. Qizdirilgan holatdagi bo‘yoq oksidlari (Fe2O3+TiO2) miqdori bo‘yicha bentonitlar ularning miqdori o‘rtacha bo‘lgan xomashyolar guruhiga kiradi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, keramik qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
mineral xomashyoning yaroqliligini belgilovchi asosiy tarkibiy qismlar qiyin eriydigan oksidlar hamda ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlaridir. Shu munosabat bilan, o‘rganilayotgan xomashyo resurslari – Bekboy lessi, Xo‘jako‘l gili va bentonitning moddiy tarkibi kimyoviy, xususan, silikat tahlili yordamida og‘irlik usuli bilan aniqlandi (1-jadvalda). Elakli tahlil usuli bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Bekboy lessi gil xomashyosining dag‘al dispers guruhiga kiradi, chunki 0,001 mm dan kichik zarrachalar miqdori 20% dan kam. Xo‘jako‘l koni gili va bentoniti mayda dispersli gil xomashyosi guruhiga kiradi. Shu bilan birga, yuqorida ko‘rsatilgan gilli jinslarning o‘rganilayotgan namunalarida disperslikni aniqlash uchun ularda yirik donali qo‘shimchalar « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
aniqlandi. 1-jadval. Gilli xomashyo materiallarining granulometrik tarkibi Xomashyo nomi Fraksiya miqdori, %, fraksiya o‘lchami, mm 0,063 0,063-0,01 0,01-0,005 0,005-0,001 <0,001 Bekboy lessi 3,7 62,54 10,1 8,61 14,94 Xo‘jako‘l gili 1,8 44,24 19,79 14,12 20,05 Xo‘jako‘l bentoniti 11,60 27,09 14,54 21,26 25,52 Granulometrik tahlil natijalari va ushbu gil xomashyo materiallarining yirik donali aralashmalarini aniqlash mos ravishda 1- va 2-jadvallarda keltirilgan. Bekboy lyossi xomashyosi, Xo‘jako‘l koni gili va bentonitining mineralogik tahlili natijalariga ko‘ra, ularda asosan kvars, dala shpati, illit, montmorillonit, dolomit va karbonat minerallari mavjudligi aniqlandi[5]. 2-jadval. Xomashyo materiallarida yirik donali qo‘shimchalar miqdori Xomashyo nomi Fraksiya miqdori, % hisobida, og‘irlik bo‘yicha Elakdagi qoldiq, mm 5,0 2,5 2,0 1,0 0,5 0,25 Общ, % Bekboy lessi 0,74 0,48 0,21 0,43 0,02 0,32 2,2 Xo‘jako‘l gili 0,14 0,76 0,77 2,33 1,41 0,90 6,3 Xo‘jako‘l bentoniti 1,82 1,01 2,20 2,42 1,57 0,28 9,3 Ushbu xomashyo jinslarining yengil va og‘ir fraksiyalarini mineralogik tahlil qilish natijalari 2-jadvalda keltirilgan. Bunda bu fraksiyalarning solishtirma massasi 2,9 g/sm3 ni tashkil etadi.
Xulosa. Umuman olganda, Qoraqalpog‘iston hududidagi Bekboy lessi, Xo‘jako‘l koni gil va bentonitlarining moddiy, xususan, kimyoviy-mineralogik va dispers tarkibini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar asosida, ularning ko‘rsatkichlari, geologik zaxiralari, mavjudligi, arzonligi va xususiyatlariga ko‘ra, keramik devorbop qurilish materiallarining samarali tarkiblarini ishlab chiqish uchun istiqbolli xomashyo resurslari ekanligi aniqlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Будников П.П. Химическая технология строительных материалов. М.: Изд. лит по стр-ву -1972. -545с.
- Qosimov E. O‘zbekiston Qurilish ashyolari. Toshkent – O‘qituvchi, 2003-340 bet
- Хожаметова Б.К., Эминов А.М., Кадырова З.Р. Возможности использо-вания X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA сырьевых ресурсов Каракалпакстана для производства стеновой керамики // Композиционные материалы. – 2009. - №4. – С.60-64.
- Хожаметова Б.К., Эминов А.М.,Эминов А.А. Химический анализ продуктов обжига карьбонатсодержащего сырья //Материалы научной конференции «Аналитика Сибири и Дальнего востока», Томск -2008.– С. 59.
- Методы испытаний глинистого сырья для производства керамических материалов: ПИИ СНБ. – Ташкент: Узбекистан, 2018. – 80 « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014467
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910284
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1363–1365
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31