Malein angidridi asosidagi uretan oligomerining sintezi
Zayniyeva Raisa Bahodirovna1, Qiyomov Sharifjon Nozimovich2, Allamuratova Anargul Sultamuratovna32026
- 1Buxoro davlat texnika universiteti https://ror.org/005ag3869
- 2Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti
- 3Qoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb06
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1395–1396
Annotatsiya
Malein angidridi asosidagi uretan oligomerini, poliuretan materiallarni sanoat miqyosida olish an‘anaviy ravishda di- va poliizosianatlarning poliollar bilan o‘zaro ta‘sirlashish reaksiyasiga asoslanadi. So‘nggi yillarda ekologik talablarning kuchayishi va texnologik jarayonlar xavfsizligini oshirish zarurati tufayli uretan saqlovchi polimerlarni izosianatlarsiz sintez qilish usullarini faol rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Boshqa tillarda
ruschaСинтез уретанового олигомера на основе малеинового ангидрида
Получение в промышленных масштабах уретанового олигомера на основе малеинового ангидрида, а также полиуретановых материалов традиционно основано на реакции взаимодействия ди- и полиизоцианатов с полиолами. В последние годы в связи с ужесточением экологических требований и необходимостью повышения безопасности технологических процессов важное значение приобрело активное развитие методов безызоцианатного синтеза уретансодержащих полимеров.
inglizchaSynthesis of a urethane oligomer based on maleic anhydride
The industrial production of a maleic anhydride-based urethane oligomer and polyurethane materials has traditionally relied on the reaction of di- and polyisocyanates with polyols. In recent years, tightening environmental requirements and the need to make technological processes safer have made the active development of isocyanate-free methods for synthesizing urethane-containing polymers highly important.
Kalit so‘zlar
- malein angidridi
- uretan oligomeri
- poliuretan materiallar
- izosianatlarsiz sintez
- polikondensatsiya reaksiyasi
- diuretan diol
- molekulyar massa
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1395–1396 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Zayniyeva Raisa Bahodirovna, Qiyomov Sharifjon Nozimovich, Allamuratova Anargul Sultamuratovna. Malein angidridi asosidagi uretan oligomerining sintezi // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026- yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1395–1396. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910291
MALEIN ANGIDRIDI ASOSIDAGI URETAN OLIGOMERINING SINTEZI
Zayniyeva Raisa Bahodirovna Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti Qiyomov Sharifjon Nozimovich Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, t.f.d. Allamuratova Anargul Sultamuratovna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti
Annotatsiya: Malein angidridi asosidagi uretan oligomerini, poliuretan materiallarni sanoat miqyosida olish an’anaviy ravishda di- va poliizosianatlarning poliollar bilan o‘zaro ta’sirlashish reaksiyasiga asoslanadi. So‘nggi yillarda ekologik talablarning kuchayishi va texnologik jarayonlar xavfsizligini oshirish zarurati tufayli uretan saqlovchi polimerlarni izosianatlarsiz sintez qilish usullarini faol rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Poliuretan materiallarni sanoat miqyosida olish an’anaviy ravishda di- va poliizosianatlarning poliollar bilan o‘zaro ta’sirlashish reaksiyasiga asoslanadi. Mazkur usul keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, uning muhim kamchiligi yuqori zaharlilikka ega hamda inson va atrof-muhit uchun xavf tug‘diruvchi izosianat komponentlaridan foydalanilishidir [1]. Ekologik talablarning kuchayishi va texnologik jarayonlar xavfsizligini oshirish zarurati tufayli so‘nggi yillarda uretan saqlovchi polimerlarni izosianatlarsiz sintez qilish usullari faol rivojlanmoqda [2, 3]. Istiqbolli yo‘nalishlardan biri glitserin, karbamid va formaldegidning o‘zaro ta’sirlashish reaksiyasiga asoslangan oligomer smolalarni olishdir (1-rasm).
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
1-rasm. N,N`-dikarbinol etilenglikol bikarbamat va malein angidridi o‘rtasidagi polikondensatsiya reaksiyasi tenglamasi Malein angidridi asosidagi uretan oligomerini olish mochevinaning « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
etilenglikol bilan 2:1 molyar nisbatda o‘zaro ta’sirlashish kimyoviy reaksiyasidan boshlanadi. Keyin olingan diuretan formaldegid bilan mos ravishda 1:2 molyar nisbatda reaksiyaga kiritiladi. Natijada terminal gidroksil guruhlarga ega N,N`- dikarbinol etilenglikol bikarbamat (diuretan diol) hosil bo‘ladi. N,N`-dikarbinol etilenglikol bikarbamat bilan malein angidridi o‘rtasida polikondensatsiya reaksiyasi o‘tkaziladi (1-rasm). Polikondensatsiya reaksiyasining optimal harorati va davomiyligini aniqlash uchun reaksiya davomiyligi hamda reaksiya massasining harorati bilan farqlanuvchi namunalar tanlandi. 115, 130 va 145 °C haroratlarda uchta polikondensatsiya reaksiyasi o‘tkazildi. Har bir reaksiya tizimidan reaksiyaning 130-, 160- va 190- daqiqalarida namunalar olindi va krioskopik usulda o‘rtacha molekulyar massalar aniqlandi. Olingan mahsulot suvda eriydigan oqish-sariq rangli xona haroratida qattiq smolasimon massadan iborat. 130 °C da polikondensatsiya reaksiyasi o‘tkazilganda malein angidridi asosidagi uretan oligomerining molekulyar massasi reaksiyaning 160-daqiqasida 3498,4 ga yetgani va optimal sharoitligini ko‘rsatadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Randall D., Lee S. The Polyurethanes Book. – New York: Wiley, 2002. – 470 p.
- Джалилов А.Т., Киёмов Ш.Н., Зайниева Р.Б. Разработка технологии применения и получения эпоксиуретанов на основе местного сырья. Монография. – T.: Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi.- 2024.- 120 c.
- Джалилов А.Т., Киёмов Ш.Н., Зайниева Р.Б. Безизоцианатные методы получения уретановых олигомеров. Монография. – T.: Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi.- 2025.- 116 c. Zayniyeva R.B., Qiyomov S.N., Allamuratova A.S. DOI 10.66073/ReFocus-Conf/091029110.66073/refocus-conf/0910291
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014474
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910291
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1395–1396
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31