Asosiy mazmunga o‘tish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv ekotizimlarining ekologik holatini gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida baholash

Shamuratova Maftuna, Yeshchanova SayyoraQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av242026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1422–1424

Annotatsiya

Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi suv ekotizimlarining ekologik holatini baholashda gidrokimyoviy monitoring ma‘lumotlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy materialini 2025-yilda Amudaryo, Do‘stlik, Suenli va Kegeyli kanallari hamda «Pogranichniy» kollektoridan olingan suv namunalarining gidrokimyoviy tahlil natijalari tashkil etdi.

Boshqa tillarda

ruschaОценка экологического состояния водных экосистем Республики Каракалпакстан по гидрохимическим показателям

В настоящих тезисах рассмотрены вопросы использования данных гидрохимического мониторинга при оценке экологического состояния водных экосистем на территории Республики Каракалпакстан. Основным материалом исследования послужили результаты гидрохимического анализа проб воды, отобранных в 2025 году из Амударьи, каналов Дустлик, Суэнли и Кегейли, а также коллектора «Пограничный».

inglizchaAssessment of the ecological state of aquatic ecosystems of the Republic of Karakalpakstan based on hydrochemical indicators

This paper examines the use of hydrochemical monitoring data in assessing the ecological state of aquatic ecosystems in the Republic of Karakalpakstan. The main research material comprised the results of hydrochemical analysis of water samples collected in 2025 from the Amu Darya, the Dustlik, Suenli and Kegeyli canals and the Pogranichniy collector.

Kalit so‘zlar

  • ko‘l ekotizimi
  • Qoraqalpog‘iston
  • Aralbo‘yi
  • Amudaryo
  • gidrokimyoviy monitoring
  • suv sifati
  • mineralizatsiya
  • azot
  • ammoniy
  • nitrit
  • XPK
  • BPK5
  • evtrofikatsiya
  • antropogen ta‘sir

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1422–1424 O‘zbek

IQTIBOS UCHUN Shamuratova Maftuna, Yeshchanova Sayyora. Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv ekotizimlarining ekologik holatini gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida baholash // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1422– 1424. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910296

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SUV EKOTIZIMLARINING EKOLOGIK HOLATINI GIDROKIMYOVIY KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASH Shamuratova Maftuna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti

Yeshchanova Sayyora Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti Annotatsiya: Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi suv ekotizimlarining ekologik holatini baholashda gidrokimyoviy monitoring ma’lumotlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy materialini 2025-yilda Amudaryo, Do‘stlik, Suenli va Kegeyli kanallari hamda «Pogranichniy» kollektoridan olingan suv namunalarining gidrokimyoviy tahlil natijalari tashkil etdi. Kalit so‘zlar: ko‘l ekotizimi, Qoraqalpog‘iston, Aralbo‘yi, Amudaryo, gidrokimyoviy monitoring, suv sifati, mineralizatsiya, azot, ammoniy, nitrit, XPK, BPK5, evtrofikatsiya, antropogen ta’sir.

Ko‘l va boshqa turg‘un suv ekotizimlari biologik xilma-xillikni saqlash, gidrologik rejimni tartibga solish, baliqchilik va qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash hamda mahalliy mikroiqlimni shakllantirishda muhim ekologik funksiyalarni bajaradi. Biroq arid va yarim arid hududlarda bunday ekotizimlar suv resurslaridan intensiv foydalanish, kollektor-drenaj oqimlari, qishloq xo‘jaligi faoliyati va iqlimiy omillar ta’siriga nisbatan juda sezgir hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi Aralbo‘yi ekologik tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, bu yerda suv havzalarining gidrologik va gidrokimyoviy holati Amudaryo oqimi, sug‘orish tizimlari hamda kollektor-drenaj suvlarining ta’siri bilan chambarchas bog‘liq. Amudaryo havzasining o‘rta va quyi oqimlarida suv sifatining o‘zgarishi ko‘p jihatdan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi maydonlaridan qaytuvchi suvlar bilan bog‘liqligi ilmiy tadqiqotlarda ko‘rsatilgan. Xususan, azotning yuvilishi va fosforning yuzaki oqim orqali suv tizimlariga tushishi qishloq xo‘jaligi hududlarida suv sifatining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Ko‘l ekotizimlarida azot va fosforning ortiqcha to‘planishi fitoplankton va makrofitlarning haddan tashqari rivojlanishiga, ya’ni evtrofikatsiya jarayonining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Natijada suvning shaffofligi pasayadi, organik moddalarning parchalanishi kuchayadi va erigan kislorod rejimi buziladi. Shu sababli ko‘l ekotizimlarining ekologik holatini baholashda suvning faqat fizik xususiyatlarini emas, balki uning gidrokimyoviy tarkibini ham kompleks o‘rganish zarur.

Tadqiqot materiali va usullari Tadqiqotning asosiy materiali sifatida tahlil uchun olingan Amudaryoning Taxiatash hududidagi qismi, Do‘stlik kanali, Suenli kanali, Kegeyli kanali va «Pogranichniy» kollektori suv namunalari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanildi. Suv namunalarida harorat, pH, qattiqlik, XPK, BPK5, ammoniy, nitrit, xlorid, NUKUS · 2026

sulfat, temir va quruq qoldiq miqdorlari aniqlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar suv ekotizimlarining mineralizatsiya darajasi, organik yuklama va ayrim antropogen ta’sirlarni tavsiflovchi asosiy gidrokimyoviy indikatorlar sifatida baholandi. Ko‘l ekotizimlariga nisbatan mazkur ma’lumotlarning ekologik ahamiyati shundan iboratki, daryo, kanal va kollektorlar orqali keluvchi suvlar ko‘l va delta suv X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

havzalarining gidrokimyoviy rejimini shakllantiruvchi asosiy tashqi omillardan biri hisoblanadi. Natijalar va muhokama 2025-yilgi monitoring ma’lumotlari o‘rganilgan suv obyektlarining gidrokimyoviy holati bir xil emasligini ko‘rsatdi. Amudaryoning Taxiatash hududidagi suv namunasida pH 7,3, qattiqlik 8,2, XPK 20,3 mg/l, BPK5 3,7 mg/l, ammoniy 0,47 mg/l, nitrit 0,06 mg/l, xlorid 309 mg/l, sulfat 176 mg/l, temir 0,05 mg/l va quruq qoldiq 1397 mg/l ni tashkil etdi. Amudaryo quyi oqimi uchun ushbu ko‘rsatkichlar alohida ahamiyatga ega. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Ilgari olib borilgan tadqiqotlarda ham Amudaryo suvining quyi oqim tomon kimyoviy tarkibi o‘zgarishi, xususan, minerallashuv va ayrim ionlar konsentratsiyasining ortishi qayd etilgan. Bunda sug‘oriladigan hududlardan qaytuvchi suvlar muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatiladi.

Do‘stlik kanalining Nukus shahri yuqori qismida quruq qoldiq 1343 mg/l, xlorid 305 mg/l va sulfat 167,7 mg/l bo‘lgan. Kanalning pastki qismida esa quruq qoldiq 1373 mg/l, xlorid 309 mg/l va sulfat 175 mg/l ni tashkil qilgan. Bu ma’lumotlar suvning mineral tarkibida sezilarli miqdorda erigan tuzlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Suenli kanalida quruq qoldiq miqdori yuqori qismda 1531 mg/l, pastki qismda 1354 mg/l ni tashkil qilgan. XPK va BPK5 ko‘rsatkichlari mos ravishda 23,1 va 4,4 mg/l hamda 21,7 va 4,3 mg/l bo‘lgan. Suv tarkibidagi bunday ko‘rsatkichlar organik moddalar bilan bog‘liq biokimyoviy jarayonlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Kegeyli kanalida quruq qoldiq 1186–1176 mg/l oralig‘ida bo‘lgan. Ushbu kanalning yuqori va pastki qismlarida XPK 14,3 va 14,1 mg/l, BPK5 esa 4,2 va 3,4 mg/l ni tashkil qilgan. Mazkur natijalar boshqa kuzatuv nuqtalariga nisbatan organik yuklamaning nisbatan pastroq ekanligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot natijalarining eng muhim qismi «Pogranichniy» kollektoriga tegishli. Mazkur suv obyektida quruq qoldiq 4126 mg/l ga yetgan bo‘lib, bu o‘rganilgan barcha suv obyektlari orasidagi eng yuqori qiymatdir. Shuningdek, qattiqlik 21,2, XPK 29,6 mg/l, BPK5 7,9 mg/l, ammoniy 1,3 mg/l, nitrit 1,3 mg/l, xlorid 859 mg/l, sulfat 267,8 mg/l va temir 0,09 mg/l bo‘lgan.

Kollektor suvining bunday gidrokimyoviy xususiyatlari uning ko‘l va boshqa turg‘un suv ekotizimlariga tushishi mumkin bo‘lgan ekologik yuklamasini alohida baholash zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, quruq qoldiqning yuqoriligi suvning minerallashuv darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi sug‘orishidan qaytuvchi suvlarning daryo tizimlariga tushishi Markaziy Osiyoda suvning minerallashuvi va oziqa elementlari yuklamasining oshishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri sifatida qayd etilgan. Bunda suv havzasining faqat bir nuqtasidan namuna olish bilan NUKUS · 2026

cheklanmasdan, kirish qismi – markaziy qism – chiqish qismi bo‘yicha namuna olish tizimini qo‘llash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, kollektor-drenaj suvlari ko‘lga quyiladigan joylarda alohida monitoring punktlarini tashkil etish suv ekotizimiga tushayotgan antropogen yuklamani aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, 2025-yilgi gidrokimyoviy monitoring ma’lumotlari X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv obyektlarida ekologik holatning hududiy jihatdan farqlanishini ko‘rsatdi. Amudaryo va kanallarda quruq qoldiq 1176–1531 mg/l oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, «Pogranichniy» kollektorida bu ko‘rsatkich 4126 mg/l ga yetgan. Kollektor suvlarida XPK, BPK5, ammoniy, nitrit, xlorid va sulfat miqdorlarining yuqoriligi ham suvning antropogen yuklama ostida ekanligini ko‘rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Leng P., Zhang Q., Li F. et al. Agricultural impacts drive longitudinal variations of riverine water quality of the Aral Sea basin (Amu Darya and Syr Darya Rivers), Central Asia. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » Environmental Pollution. 2021. 284:117405.
  2. Crosa G., Calamari D. et al. Spatial and seasonal variations in the water quality of the Amu Darya River (Central Asia). Water Research. 2006.
  3. Zhang Y. et al. Spatial variation in major water quality types and its relationships with land cover in the middle and lower reaches of Aral Sea Basin. 2021.
  4. Jin M., Wu J., Zhang H. et al. Study on the Aral Sea crisis from the risk assessment of polycyclic aromatic hydrocarbons and organochlorine pesticides in surface water of Amu Darya river basin in Uzbekistan. Frontiers in Earth Science. 2023.
  5. Karamatdinova, G., & Yeshchanova, S. (2024). DESCRIPTION OF MEDICINAL PLANTS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN. Экономика и социум, (8 (123)), 114-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014479
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910296
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1422–1424
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-11-02 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31