Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda maktabning roli
Yakubova Havvajon KuchkorovnaO‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi2026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1373–1378
Annotatsiya
Mazkur maqolada alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda umumta‘lim maktabining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv ta‘lim muhitida har bir bolaning individual imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish, ularni jamoaga moslashtirish, tengdoshlari bilan samarali muloqotini ta‘minlash hamda kamsitish va ijtimoiy ajratilishning oldini olish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va maktab jamoasining hamkorligi asosida ijobiy psixologik muhitni yaratish yo‘llari tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaРоль школы в формировании позитивного отношения к детям с особыми образовательными потребностями
В данной статье освещаются роль и значение общеобразовательной школы в формировании позитивного отношения к детям с особыми образовательными потребностями. В условиях инклюзивного образования одной из важных педагогических задач является учет индивидуальных возможностей, интересов и потребностей каждого ребенка, его адаптация к коллективу, обеспечение эффективного взаимодействия со сверстниками, а также предупреждение дискриминации и социальной изоляции. В статье анализируются пути создания благоприятной психологической среды на основе сотрудничества учителей, учащихся, родителей и администрации школы.
inglizchaThe role of the school in fostering positive attitudes toward children with special educational needs
This article highlights the role and significance of general education schools in fostering positive attitudes toward children with special educational needs. In an inclusive education environment, taking into account the individual abilities, interests, and needs of each child, facilitating their integration into the school community, ensuring effective communication with peers, and preventing discrimination and social exclusion are considered important pedagogical tasks. The article analyzes ways of creating a positive psychological environment based on cooperation among teachers, students, parents, and school administration.
Kalit so‘zlar
- inklyuziv ta‘lim
- alohida ta‘lim ehtiyojlari
- ijobiy munosabat
- ta‘lim muhiti
- ijtimoiylashuv
- tenglik
- hamkorlik
- pedagogik qo‘llab-quvvatlash
- individual yondashuv
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1373–1378 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Yakubova Havvajon Kuchkorovna. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda maktabning roli // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1373–1378. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910287
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
UDK: 376.1 ALOHIDA TAʼLIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA NISBATAN IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHDA MAKTABNING ROLI Yakubova Havvajon Kuchkorovna inklyuziv ta’lim bo‘limi metodisti O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik – pedagogik respublika tashxis markazi e-mail: xavvajonyaqubova8@gmail.com Annotatsiya: Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda umumta’lim maktabining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv ta’lim muhitida har bir bolaning individual imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish, ularni jamoaga moslashtirish, tengdoshlari bilan samarali muloqotini ta’minlash hamda kamsitish va ijtimoiy ajratilishning oldini olish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va maktab jamoasining hamkorligi asosida ijobiy psixologik muhitni yaratish yo‘llari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, ijobiy munosabat, ta’lim muhiti, ijtimoiylashuv, tenglik, hamkorlik, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, individual yondashuv.
Аннотация: В данной статье освещаются роль и значение общеобразовательной школы в формировании позитивного отношения к детям с особыми образовательными потребностями. В условиях инклюзивного образования одной из важных педагогических задач является учет индивидуальных возможностей, интересов и потребностей каждого ребенка, его адаптация к коллективу, обеспечение эффективного взаимодействия со сверстниками, а также предупреждение дискриминации и социальной изоляции. В статье анализируются пути создания благоприятной психологической среды на основе сотрудничества учителей, учащихся, родителей и администрации школы.
Ключевые слова: инклюзивное образование, особые образовательные потребности, позитивное отношение, образовательная среда, социализация, равенство, сотрудничество, педагогическая поддержка, индивидуальный подход.
Abstract: This article highlights the role and significance of general education schools in fostering positive attitudes toward children with special educational needs. In an inclusive education environment, taking into account the individual abilities, interests, and needs of each child, facilitating their integration into the school community, ensuring effective communication with peers, and preventing discrimination and social exclusion are considered important pedagogical tasks. The article analyzes ways of creating a positive psychological environment based on cooperation among teachers, students, parents, and school administration.
Keywords: inclusive education, special educational needs, positive attitudes, educational environment, socialization, equality, cooperation, pedagogical support, individual approach.
Kirish (adabiyotlar sharhi). Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri – har bir bola uchun uning individual imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishdir. Jamiyatda har bir insonning qadrini tan olish, bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni shakllantirish inklyuziv ta’limning muhim asoslaridan hisoblanadi [1;7]. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ham boshqa tengdoshlari kabi ta’lim olish, muloqot qilish, do‘st orttirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va jamoa NUKUS · 2026
hayotida faol ishtirok etish huquqiga ega. Shu sababli inklyuziv ta’limni faqat bolani umumiy sinfga qabul qilish jarayoni sifatida emas, balki uning ta’lim va ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirokini ta’minlaydigan yaxlit muhit sifatida qarash zarur [2; 3]. Bunday muhitni yaratishda maktabning roli beqiyosdir. Chunki bolaning o‘zini jamoada qanday his qilishi, tengdoshlari tomonidan qanday qabul qilinishi va ta’lim X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
jarayonida qanchalik faol ishtirok etishi ko‘p jihatdan maktabda shakllangan munosabatlar tizimiga bog‘liq. Mavzuning o‘rganilganligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy muhitga integratsiya qilish g‘oyasi inklyuziv ta’lim pedagogikasiga oid N.M.Nazarova tahriri ostidagi zamonaviy darslikda tizimli yoritilgan bo‘lib, unda umumta’lim maktabida bunday bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan [5]. O.A.Kozyreva inklyuziv ta’limni amalga oshirishdagi asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llarini tahlil qilgan [6]. Ye.V.Mixalchi inklyuziv ta’limning me’yoriy-huquqiy asoslari, tushunchalar tizimi va xalqaro modellarini yoritgan [7]. G.I.Kolesnikova esa alohida « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlashning psixologik-pedagogik jihatlarini o‘rgangan [8]. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati tegishli qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan [1; 2; 3; 4]. Shunga qaramay, umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish mexanizmlari hali yetarlicha tizimlashtirilmagan, bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning maqsadi – alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda maktabning rolini aniqlash va ushbu jarayonni takomillashtirish yo‘llarini asoslashdan iborat. Tadqiqot vazifalari: inklyuziv ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish; ijobiy munosabatni shakllantirishda o‘qituvchi, tengdoshlar va ota-onalarning rolini aniqlash; maktabda psixologik xavfsiz muhit va inklyuziv madaniyatni shakllantirish shartlarini belgilash; amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Materiallar va uslublar. Tadqiqotda inklyuziv ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlaridan asosiy material sifatida foydalanildi. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, umumlashtirish hamda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish usullari qo‘llanildi. Natijalar. O‘tkazilgan tahlil natijalari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda maktab faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish imkonini berdi: ijobiy maktab muhiti, o‘qituvchining roli, tengdoshlar o‘rtasidagi munosabatlar, psixologik xavfsiz muhit, ota-onalar bilan hamkorlik hamda inklyuziv maktab madaniyati.
Maktab – ijobiy munosabatni shakllantiruvchi muhim muhit. Maktab nafaqat bilim beruvchi, balki bolaning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim ijtimoiy muhitdir. Bolalar maktabda nafaqat fanlarni o‘zlashtiradilar, balki muloqot qilish, bir-birini tushunish, hamkorlik qilish, boshqalarning farqlarini hurmat qilish kabi muhim hayotiy ko‘nikmalarni ham NUKUS · 2026
egallaydilar. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, avvalo, maktabda “har bir bola qadrli” degan tamoyilni qaror toptirishdan boshlanadi. Bunda bolaning nuqsoni yoki cheklovlariga emas, uning shaxsiyati, qobiliyati va rivojlanish imkoniyatlariga e’tibor qaratish muhim [6]. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Ijobiy munosabat deganda bolaga achinish yoki uni alohida ajratib qo‘yish emas, balki uni jamoaning teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilish tushuniladi [5]. Shu nuqtayi nazardan, maktab muhitida hamkorlik, o‘zaro hurmat va o‘zaro yordam qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining roli. Inklyuziv ta’lim muhitini yaratishda o‘qituvchi asosiy shaxslardan biridir. O‘qituvchining har bir bolaga munosabati sinfdagi boshqa o‘quvchilarning munosabatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Agar pedagog alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchiga hurmat, sabr va ishonch bilan munosabatda bo‘lsa, uning imkoniyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratsa, tengdoshlar ham bunday munosabatni o‘zlashtiradilar. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Shuning uchun o‘qituvchi: – har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olishi; – bolaning kuchli tomonlarini aniqlab, ularni rivojlantirishi; – topshiriqlarni zarur hollarda bolaning imkoniyatlariga moslashtirishi; – o‘quvchini sinfdagi umumiy faoliyatga jalb qilishi; – uning fikri va ehtiyojlarini inobatga olishi; – kamsitish, masxara qilish va ajratib qo‘yish holatlarining oldini olishi; – har bir kichik yutuqni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Pedagogning vazifasi bolaga “sen boshqalardan farq qilasan” degan tasavvurni kuchaytirish emas, balki “sen ham bizning jamoamizning muhim a’zosisan” degan ishonchni shakllantirishdir. Tengdoshlar o‘rtasida ijobiy munosabatni shakllantirish. Bolaning maktabdagi ijtimoiy moslashuvida tengdoshlarining munosabati muhim ahamiyatga ega. Shu sababli inklyuziv ta’limda nafaqat alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolani qo‘llab-quvvatlash, balki barcha o‘quvchilarda o‘zaro hurmat va hamdardlik madaniyatini shakllantirish zarur. Buning uchun dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda juftlikda va kichik guruhlarda ishlash, umumiy loyihalar, ijodiy topshiriqlar, sport va madaniy tadbirlardan samarali foydalanish mumkin [8]. Birgalikda bajarilgan faoliyat bolalarga bir-birining farqlarini emas, balki umumiy qiziqishlari, qobiliyatlari va maqsadlarini ko‘rish imkonini beradi. Masalan, guruhli topshiriqlarda har bir o‘quvchiga o‘z imkoniyatiga mos vazifa berish orqali uning umumiy natijaga qo‘shgan hissini namoyon etish mumkin. Bu esa alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolada o‘z qadrini his qilish, tengdoshlarida esa hamkorlik va o‘zaro hurmat ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Maktabda psixologik xavfsiz muhitni yaratish. Ijobiy munosabatni shakllantirishning muhim shartlaridan biri maktabda har bir o‘quvchi o‘zini xavfsiz, qadrlangan, hurmat qilingan va erkin his qiladigan psixologik muhitni yaratishdan iborat. Psixologik xavfsiz muhit o‘quvchining nafaqat ta’lim jarayonidagi faolligini, balki uning shaxsiy rivojlanishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, tengdoshlari bilan NUKUS · 2026
muloqoti va ijtimoiylashuviga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun psixologik xavfsizlik masalasi alohida ahamiyatga ega. Chunki bunday o‘quvchilar ayrim hollarda tengdoshlari tomonidan noto‘g‘ri tushunilishi, muloqot jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishi yoki o‘z imkoniyatlariga nisbatan ishonchsizlikni his qilishi mumkin. Shu sababli maktab X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
jamoasida ularni masxaralash, kamsitish, chetlatish, e’tiborsiz qoldirish yoki turli salbiy nomlar, laqablar bilan atash kabi holatlarning oldini olish zarur. Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchining kichik yutuqlarini ham e’tirof etish, uni rag‘batlantirish va sinf jamoasining faol a’zosi sifatida qo‘llab-quvvatlash bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, o‘qituvchi boshqa o‘quvchilarda ham bag‘rikenglik, hamdardlik, o‘zaro hurmat va yordam ko‘rsatish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishi kerak. Maktab jamoasida bulling va boshqa salbiy xatti-harakatlarning oldini olish ham psixologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Buning uchun o‘quvchilarga inson qadr-qimmati, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat va « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
boshqalarning shaxsiy chegaralarini hurmat qilish kabi tushunchalarni muntazam tushuntirib borish maqsadga muvofiq. Sinf soatlari, psixologik treninglar, davra suhbatlari va tarbiyaviy tadbirlar orqali o‘quvchilarda turli xil insoniy xususiyatlarni qabul qilish, farqlarga hurmat bilan qarash va nizoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ularni e’tiborsiz qoldirmasdan, sabablarini aniqlash va pedagogik-psixologik yondashuv asosida hal etish zarur. Bunda bolani ayblash yoki jazolashdan ko‘ra, muammoning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, tomonlarning fikrini tinglash va o‘zaro maqbul yechimni topishga e’tibor qaratish samaraliroq hisoblanadi. Psixologik xavfsiz muhitni yaratishda maktab psixologi, sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, maxsus pedagoglar, maktab jamoasi va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab psixologi o‘quvchilarning psixologik holatini kuzatish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, zarur hollarda individual va guruhli maslahatlar hamda treninglar tashkil etish orqali muhim yordam ko‘rsatishi mumkin. Sinf rahbari esa sinfdagi ijtimoiy-psixologik muhitni muntazam kuzatib borishi, o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishi lozim. Ota-onalar bilan hamkorlik. Inklyuziv ta’lim samaradorligi maktab va oila o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Chunki bolaning ta’lim olishi, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishida maktabdagi pedagogik ta’sir bilan bir qatorda oiladagi munosabatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jarayonida ota-onalarni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish zarur [5; 7].
Ota-onalar bilan individual suhbatlar, maslahatlar, ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq mashg‘ulotlar va psixologik-pedagogik tadbirlarni tashkil etish hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonlarda ota-onalarga bolani uy sharoitida qo‘llab-quvvatlash, mustaqilligini rivojlantirish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va ta’limga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy NUKUS · 2026
tavsiyalar berish mumkin. Maktab madaniyati va inklyuziv qadriyatlar. Inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish faqat alohida tadbirlar, loyihalar yoki maxsus mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Inklyuzivlik maktabning umumiy madaniyati, kundalik faoliyati va pedagogik munosabatlarining ajralmas qismiga aylanishi zarur. Bunda X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
maktabdagi har bir xodim, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona inklyuziv qadriyatlarni tushunishi va amalda qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab madaniyatining asosini har bir bolaning shaxsiy qadr-qimmatini tan olish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish tashkil etadi. O‘quvchining jismoniy, intellektual, ijtimoiy yoki boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, u ta’lim jarayonining teng huquqli ishtirokchisi sifatida qabul qilinishi lozim [4]. Bunday yondashuv bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish, maktab jamoasiga tegishlilik hissini kuchaytirish va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Maktabda teng imkoniyatlarni ta’minlash ham inklyuziv madaniyatning muhim tarkibiy qismidir. Teng imkoniyat barcha o‘quvchilarga bir xil talab qo‘yish « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
bilangina cheklanmaydi, balki har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda zarur sharoit va pedagogik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonida ishtirok etish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini kengaytirish muhimdir.
Bunday inklyuziv muhitda bolalar bir-birini faqat “imkoniyati cheklangan” yoki “nuqsonli” degan tavsif orqali emas, balki avvalo shaxs sifatida qabul qilishni o‘rganadilar. Ular insonlar o‘rtasidagi farqlarni tabiiy holat sifatida anglab, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamkorlik tamoyillariga amal qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. Natijada maktab nafaqat bilim beruvchi, balki barcha bolalar uchun tenglik, hurmat, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlarini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy muhitga aylanadi.
Xulosa va tavsiyalar. Xulosa qilib aytganda, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish – faqat bir nafar o‘qituvchi yoki mutaxassisning vazifasi emas. Bu maktab ma’muriyati, pedagoglar, psixologlar, ota-onalar va o‘quvchilarning birgalikdagi harakatini talab qiladigan muhim pedagogik jarayondir. Inklyuziv maktabning asosiy maqsadi bolani mavjud muhitga moslashtirish bilan cheklanib qolmasdan, ta’lim muhitini har bir bolaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda tashkil etishdan iborat. Demak, inklyuziv ta’lim muhiti – bu faqat panduslar, maxsus jihozlar yoki moslashtirilgan dasturlar emas. Eng avvalo, u insonni qabul qiladigan, uning qadrini hurmat qiladigan va har bir bolaga o‘z imkoniyatlarini namoyon etish uchun sharoit yaratadigan ijtimoiy-pedagogik muhitdir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: umumta’lim maktablari pedagoglari uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha muntazam malaka oshirish seminarlari va treninglarini tashkil etish; sinf soatlari va tarbiyaviy tadbirlarda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni rejalashtirish; maktabda bullingning oldini olish bo‘yicha aniq tartib va chora-tadbirlarni ishlab chiqish; maktab psixologi, maxsus pedagog va sinf rahbarining hamkorlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish; ota-onalar uchun muntazam maslahatlar NUKUS · 2026
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-son “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son “2022–2026- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
- Педагогика инклюзивного образования: учебник / Т. Г. Богданова, А. А. Гусейнова, Н. М. Назарова [и др.]; под ред. Н. М. Назаровой. – Москва: ИНФРА-М, 2024.
- Козырева О. А. Проблемы инклюзивного образования: учебник для вузов. – 2-е « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » изд. – Москва: Юрайт, 2025.
- Михальчи Е. В. Инклюзивное образование: учебник и практикум для вузов. – Москва: Юрайт, 2026.
- Колесникова Г. И. Специальная психология и специальная педагогика: учебное пособие для вузов. – Москва: Юрайт, 2024.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014470
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910287
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1373–1378
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31