Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    ИННОВАЦИОН УСУЛЛАРНИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ЎРГАТИШДА ҚЎЛЛАШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ ТЎҒРИСИДА

    Ismanova Klara Do‘lanboyevna, Abduraxmanova Ro‘zixon Xasanboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада бугунги кунда долзарб ҳисобланган ўқув жараёни тизими самарадорлигини ошириш усуллари ва воситалари сифатида инновацион усуллар ва хусусан, ҳамкорликда ишлаш  технологиялари таҳлил этилган. Информатика ва ахборот технологиялари фанини ўқитиш учун аниқ мисоллар ва ундан кутиладиган натижалар тавсия қилинган.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    TA‘LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

    Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni, ularning ta‘lim sifatiga ta‘siri, shuningdek, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqolada interfaol metodlar, elektron ta‘lim vositalari, integratsiyalashgan yondashuvlar va zamonaviy texnologik yechimlar haqida fikr yuritilgan. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari, tatbiq qilish usullari hamda ularni qo‘llashdagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    INFORMATIKA DARSLARIDA UDL (UNIVERSAL DESIGN FOR LEARNING) VA INKLYUZIYA

    Abduraxmanova Ro‘zixon Xasanboy qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqola informatika darslarida Universal Design for Learning (UDL) tamoyillarini qo‘llab, inklyuziv o‘qitish uchun amaliy dizayn modelini taklif etadi. UDL‘ning uch yo‘nalishi — taqdim etishning ko‘p usullari (multiple means of representation), faoliyat va ifodalashning ko‘p usullari (action & expression), hamda jalb etishning ko‘p usullari (engagement) — informatika mazmuniga moslashtiriladi: algoritmlash, kod yozish, mantiqiy sxemalar, vizualizatsiya va loyihaviy ishlar. Tadqiqotda adabiyot sharhi, o‘qituvchi va o‘quvchi intervyulari, dars kuzatuvlari hamda UDL chek-listi asosida dars ssenariylari ishlab chiqiladi. Moslashtirish misollari sifatida ekran o‘qish qurilmalari (NVDA/JAWS) bilan mos web-resurslar, klaviatura navigatsiyasi, rang-kontrast standartlari, multimodal qo‘llanmalar (matn–audio–video–kod bloklari), differensiallashgan topshiriqlar va adaptiv baholash rubrikalari keltiriladi. Natijada o‘qituvchilar uchun UDL asosidagi informatika darsi dizayn chek-listi, baholash mezonlari va namuna ssenariylar taqdim etiladi; ular turli ehtiyojli o‘quvchilar (ko‘rish/eshitishdagi cheklovlar, o‘qish qiyinchiliklari, ikkinchi til sifatida o‘zbek tili) uchun kirish imkonini kengaytirish, ishtirok va o‘rganish natijalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Maqola yakunida joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar, monitoring va refleksiya mexanizmlari beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    QURILISH TA‘LIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA BARQAROR RIVOJLANISH G‘OYALARINI INTEGRATSIYA QILISH METODIKASI

    A.F.Muxtorjonov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida qurilish sohasi dunyo iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va shu bilan birga eng katta muammolarga duch kelayotgan tarmoqlaridan biridir. Jahon banki hisobotlariga ko‘ra, qurilish industriyasi yalpi ichki mahsulotning 13 foizini tashkil etadi, ammo texnologik joriy etish darajasi boshqa sohalarga nisbatan pastroq bo‘lib kelmoqda. Shu sababli, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini, balki sifat, xavfsizlik va ekologik barqarorlikni ham keskin oshirish imkonini bermoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    IRONIYANING TURLARI HAMDA IRONIK MAZMUN IFODALASH USULLARI

    Tursunova Sojidaxon Axmadjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada ironiya, uning turlari, situativ va aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, situativ xoslangan va og‘zaki ironiya, situativ va assotsiativ ironiya; ironik mazmun, ironik mazmun ifodalash usullari, sarkazm, antifraza, antifrazis hamda uning turlari va boshqalar xususida so‘z boradi. Ironiya ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ironiyaga berilgan ta‘riflar deyarli farqlanmaydi. O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalash usullari turli xil bo‘lib, ular o‘zaro bir-biridan farqlanadi. E.Ibragimova o‘z dissertatsiyasida ularning darajalanish xususiyatiga ega ekanligini ta‘kidlagan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    SPUJMAY ZARYOBNING “AQLDAN OZGAN RASSOM VA UNING KO‘M-KO‘K SUR‘ATI” VA “HUM, HUM, HUM” HIKOYALARIDA TUSHKUNLIK RAMZINING IFODALANISHI

    Mannanov Abduraxim Mutalovich, Narzullayeva Shaxlo Salaydinovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada zamonaviy dariyzabon ayol yozuvchisi Spujmay Zaryobning ikki hikoyasi orqali uning badiiy mahorati o‘rganildi. Ijodkorning mazkur hikoyalarida tushkunlik ramziy obrazlar orqali jonlantirilganligi o‘rganildi va badiiy tahlil etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    TUT BARGI VA IPAK QURTI RIVOJLANISHIGA ULTRABINAFSHA NURLAR TA‘SIRI

    Yuldashev Ravshan Rasuljonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur tadqiqotda tut barglariga ultrabinafsha nurlanish (UV-C: λ = 254 nm va UV-B: λ = 300 nm) berish orqali ularning biologik sifati, mikroflora darajasi va ipak qurti (Bombyx mori) rivojlanishiga ko‘rsatilgan ta‘siri o‘rganildi. 6 xil tajriba varianti asosida UV nurlanishning quvvati (18–90 W), bir xil masofa (30 sm) va vaqt (3 daqiqa) sharoitida tajribalar olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, UV-C va UV-B kombinatsiyasining ma‘lum darajadagi ta‘siri barg sifatini yaxshilab, ipak qurtining fiziologik faolligini oshirgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TURKISTON JADIDCHILIGINING TARIXIY ILDIZLARI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.

    Qosimov Ahadjon Mominjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada Turkiston jadidchiligi harakatining tarixiy ildizlari, shakllanishiga ta‘sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar, uning asosiy g‘oyalari va maqsadlari tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining taraqqiyot bosqichlari – diniy-ma‘rifiy, madaniy-ma‘naviy va siyosiy faollik jarayonlari tarixiy manbalar asosida yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘RTA ASRLAR, CHOR ROSSIYASI VA SOVET DAVRI SHAHARSOZLIGI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Nodirjon Nizomjonovich Kholmirzaev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada shaharsozlikning tarixiy taraqqiyoti, undagi alohida xususiyatlar, mamlakat rivoji yo‘lida ko‘rsatilgan ta‘sirlari xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, shaharsozlikdagi taraqqiyot bosqichlarining shakllanishiga ta‘sir ko‘rsatgan omillari haqida bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    1941-1945-YILLARDA FARG‘ONA VILOYATIDA IQTISODIY-IJTIMOIY HAYOT

    Sobitjonov, son of Yuldashali Muhsinali · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada 1941-1945-yillarda Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy hayoti haqida so‘z boradi. Ushbu davrdagi muhim o‘zgarishlar muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MAMADALI TOPIVOLDIYEV (KAZBEK) NING II-JAHON URUSHIDAGI QAHRAMONLIKLARI

    Kamolov Diyorbek Jamoldin oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada o‘zbek o‘g‘loni Mamadali Topivoldiyev haqida yaqindan ma‘lumot beriladi. Uning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, qahramonliklari, faoliyati haqida so‘z boradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NAMANGANDAGI MULLA QIRG‘IZ MADRASASI TARIXI

    El‘Youssef Azmeks shocked them. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Namangan shahrining Chorsu maydonida joylashgan Mulla Qirg‘iz madrasasining tarixiy va me‘moriy ahamiyati yoritib berilgan. Mazkur madrasa 1910–1912-yillar oralig‘ida mahalliy homiy va me‘mor Mulla Qirg‘iz Mashrabboy o‘g‘li tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga barpo etilgan. Maqolada madrasaning qurilishi, arxitekturasi hamda mintaqaning ma‘naviy hayotida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu obidaning tarixiy meros sifatidagi ahamiyati va uni asrash masalalariga ham e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    1953–1990 YILLARDA FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY VA MADANIY O‘ZGARISHLAR

    Abdurakhmonov Adhamjon Saxodilla oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    1953–1990 yillarda Farg‘ona vodiysi Sovet Ittifoqining iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlaridan chuqur ta‘sirlandi. Ushbu maqolada Farg‘ona, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda iqtisodiy rivojlanish, sanoatlashuv, qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi va ichki migratsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Sovet siyosatining, ayniqsa paxta ishlab chiqarishga oid siyosatning ijtimoiy va ekologik oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidagi millatlararo totuvlik, ta‘lim va madaniyat sohasidagi o‘zgarishlar, diniy qadriyatlar va jamiyatning shakllanishi hamda shaharlardagi ijtimoiy tengsizlik masalalari tahlil etiladi. Maqola Sovet Ittifoqi davridagi murakkab jarayonlarning Farg‘ona vodiysi shaharlariga ta‘sirini yoritadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NAMANGANDA 1916-YIL QO‘ZG‘OLONI

    Abdullayev Ilhomjon Ikromjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    1916-yilgi Namangan qo‘zg‘oloni, o‘zbek xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashidagi muhim voqealardan biridir. Rossiya imperiyasining Turkistondagi ishchi kuchlarini majburiy tarzda mardikorlikka safarbar etish qaroriga qarshi o‘tkazilgan bu isyon, Namangan shahridagi aholi tomonidan keng miqyosda qo‘llab-quvvatlandi. Maqola ushbu qo‘zg‘olonning sabablari, rivojlanishi, isyonchilarning aksilimperialistik kurashi, shuningdek, Chor hukumatining bu voqeaga nisbatan ko‘rsatgan javob choralari va xalqning milliy ozodlikka bo‘lgan intilishlarini o‘rganadi. Namangan qo‘zg‘oloni, nafaqat Turkiston, balki butun Rossiya imperiyasida keng tarqalgan qashshoqlik va mustamlakachilikka qarshi kurashning bir qismi sifatida tarixda muhim o‘rin tutadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA YUQUMLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHIQARGAN OMILLAR

    Nuritdinov Azizkhan Usmanovich. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Jahon sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasining rivojlanishiga muayyan hududning iqlimi, tabiiy sharoiti, ekologiyasi, sifatli kommunal xizmatlar ko‘lami, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya omillari jiddiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bularga , sanitariya-epidemiya ta‘minot holati , inson salomatligining 17-20 foizi iqlim va tabiiy sharoit bilan bog‘liq. Shaharlar sonining ko‘payishi kabi omillar, sanoat sektorining rivojlanishi, shuningdek, avtomobillar sonining ko‘payishi atrof-muhit havosining ifloslanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IJODKOR ZIYOLILAR VA MADANIY-MA‘RIFIY MUASSASALARNING DUSHMAN USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI

    Vakhobov Dostanbek Abdumannob o‘g‘li · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ijodkor ziyolilar va madaniy-ma‘rifiy muassasalarning front ortida olib borgan faoliyati yoritiladi. Jumladan, ularning xalq orasida ruhiy ko‘tarinkilikni saqlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va dushmanga qarshi kurashda madaniy-ma‘naviy frontni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Farg‘ona vodiysi shaharlaridagi ijodiy va ma‘rifiy hayot misolida bu jarayonning xususiyatlari ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SAYD MUHAMMED XUDIYARXON "OQ UYLIK" DAVRIDA ORENBURGNI TARK ETISHI: ERKINLIKKA INTILGAN MA‘NAVIY MARDLIK NAMUNASI.

    Dosmaganbetov S., Yusupov O. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Maqolada tarixiy-ilmiy adabiyotlar, arxiv manbalari va xalq og‘zaki ijodi namunasi- rivoyatlar asosida  Sayd Muhammed Xudiyarxonning "oq uyli" davrida Orenburg surgunidan qochishi ozodlikka tashlagan qadam ekanligiga, ma‘naviy qullikdan erkinlikka intilishlari haqida yangicha qarashlar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SHAMSIDDIN SOMIYNING “QOMUS UL-A‘LOM” ENSIKLOPEDIYASIDA FARG‘ONA VODIYSINING XIX ASRGA OID MA‘LUMOTLAR TAHLILI

    Mansurov Isroiljon Gafur oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Tadqiqotda “Qomus ul-a‘lom” ensiklopediya orqali Farg‘ona vodiysida joylashgan shaharlarning XIX asrdagi hududi hamda ijtimoiy hayoti haqida ma‘lumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga bu davrdagi iqlim holati, aholisi haqida ham tahlillar mavjud.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XIX ASRDA BUYUK BRITANIYANING BUXORO AMIRLIGIDAGI SIYOSIY HARAKATLARI VA UNING STRATEGIK AHAMIYATI.

    Tojiyev Bobur Toshpoyonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada XIX asrda Buyuk Britaniyaning Buxoro amirligida olib borgan siyosiy faoliyati, elchilik aloqalari,amirlikni o‘z tasarrufiga olishga bo‘lgan harakatlari muhokama qilingan. Buxoro amirligining inglizlar bilan olib borgan munosabatlar haqida fikrlar keltirib o‘tilgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MULLA SHAMSIDDIN SHAVQIY VA UNING TARIXIY ASARLARI –TARIXCHILAR NIGOHIDA

    Kholmirzayev Khairullo Lutfillojon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davridagi taniqli namoyondalaridan biri Mulla Shamsiddin Shavqiy asarlari boshqa tarixchi va olimlarning u haqidagi fikrlari misolida muhokama qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarining rivojlantirishda tarix fanini o‘rni qisqacha tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish