Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

IRONIYANING TURLARI HAMDA IRONIK MAZMUN IFODALASH USULLARI

Tursunova Sojidaxon Axmadjon qiziAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 8Sahifa 16–19

Annotatsiya

Ushbu maqolada ironiya, uning turlari, situativ va aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, situativ xoslangan va og‘zaki ironiya, situativ va assotsiativ ironiya; ironik mazmun, ironik mazmun ifodalash usullari, sarkazm, antifraza, antifrazis hamda uning turlari va boshqalar xususida so‘z boradi. Ironiya ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ironiyaga berilgan ta‘riflar deyarli farqlanmaydi. O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalash usullari turli xil bo‘lib, ular o‘zaro bir-biridan farqlanadi. E.Ibragimova o‘z dissertatsiyasida ularning darajalanish xususiyatiga ega ekanligini ta‘kidlagan.

Boshqa tillarda

ruschaВИДЫ ИРОНИИ И СПОСОБЫ ВЫРАЖЕНИЯ ИРОНИЧЕСКОГО СОДЕРЖАНИЯ

В данной статье рассматриваются ирония, её виды, ситуативная и аксиологическая ирония, прямая и косвенная ирония, ситуативно-специфическая и вербальная ирония, ситуативная и ассоциативная ирония; ироническое содержание, способы выражения иронического содержания, сарказм, антифразис, а также его виды и многое другое. Ирония была исследована многими лингвистами, и определения, данные иронии, практически не отличаются. Способы выражения иронического содержания в узбекском языке разнообразны и отличаются друг от друга. Э. Ибрагимова в своей диссертации отметила, что они имеют свойство градации.

inglizchaTYPES OF IRONY AND METHODS OF EXPRESSING IRONIC CONTENT

This article discusses irony and its types, situational and axiological irony, direct and indirect irony, situation-specific and verbal irony, situational and associative irony; ironic content, the ways of expressing ironic content, sarcasm, antiphrase, antiphrasis and its types, and other related issues. Irony has been studied by many linguists, and the definitions given to irony hardly differ from one another. The ways of expressing ironic content in the Uzbek language are varied and differ from one another. E. Ibragimova noted in her dissertation that they possess the property of gradation.

Kalit so‘zlar

  • ironiya
  • ironiyaning turlari
  • situativ ironiya
  • aksiologik ironiya
  • bevosita va bilvosita ironiya
  • assotsiativ ironiya
  • sarkazm
  • antifraza va boshqalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IRONIYANING TURLARI HAMDA IRONIK MAZMUN IFODALASH USULLARI Tursunova Sojidaxon Axmadjon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti E-mail: sojidatursunova0525@gmail.com ORCID ID: 0009-0009-7194-1987 https://doi.org/10.5281/zenodo.17111926 Annotatsiya: Ushbu maqolada ironiya, uning turlari, situativ va aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, situativ xoslangan va og‘zaki ironiya, situativ va assotsiativ ironiya; ironik mazmun, ironik mazmun ifodalash usullari, sarkazm, antifraza, antifrazis hamda uning turlari va boshqalar xususida so‘z boradi. Ironiya ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ironiyaga berilgan ta’riflar deyarli farqlanmaydi. O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalash usullari turli xil bo‘lib, ular o‘zaro bir-biridan farqlanadi. E.Ibragimova o‘z dissertatsiyasida ularning darajalanish xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlagan. Kalit so‘zlar: ironiya, ironiyaning turlari, situativ ironiya, aksiologik ironiya, bevosita va bilvosita ironiya, assotsiativ ironiya, sarkazm, antifraza va boshqalar.

ВИДЫ ИРОНИИ И СПОСОБЫ ВЫРАЖЕНИЯ ИРОНИЧЕСКОГО СОДЕРЖАНИЯ Аннотация: В данной статье рассматриваются ирония, её виды, ситуативная и аксиологическая ирония, прямая и косвенная ирония, ситуативно-специфическая и вербальная ирония, ситуативная и ассоциативная ирония; ироническое содержание, способы выражения иронического содержания, сарказм, антифразис, а также его виды и многое другое. Ирония была исследована многими лингвистами, и определения, данные иронии, практически не отличаются. Способы выражения иронического содержания в узбекском языке разнообразны и отличаются друг от друга. Э. Ибрагимова в своей диссертации отметила, что они имеют свойство градации. Ключевые слова: ирония, виды иронии, ситуативная ирония, аксиологическая ирония, прямая и косвенная ирония, ассоциативная ирония, сарказм, антифразис и другие.

TYPES OF IRONY AND WAYS OF EXPRESSING IRONIC CONTENT Abstract: This article discusses irony, its types, situational and axiological irony, direct and indirect irony, situational characteristic and verbal irony, situational and associative irony; ironic content, methods of expressing ironic content, sarcasm, antiphrase, antiphrase and its types, etc. Irony has been studied by many linguists, and the definitions given to irony are almost the same. The methods of expressing ironic content in the Uzbek language are various and differ from each other. E. Ibragimova emphasized in her dissertation that they have a gradation. Keywords: irony, types of irony, situational irony, axiological irony, direct and indirect irony, associative irony, sarcasm, antiphrase, etc.

KIRISH Alohida poetik hodisa yoki usul sifatida paydo bo‘lgan ironiya uzoq yillar davomida turli xil fanlar – poetika, adabiyot, psixologiya, mantiq, lingvistika kabi sohalarning tadqiqot obyekti sifatida o‘rganib kelingan. Lingvistika fani ironiyani muayyan so‘zni qarama-qarshi ma’noda voqelantiruvchi va bu bilan yashirin subyektiv baho bildiruvchi nutqiy hodisa sifatida tadqiq qiladi va uning ikki turini farqlaydi: situativ va aksiologik (baholi) ironiya. Situativ ironiya so‘z (frazeologizm) doirasida yuzaga kelib, emotsional jihatdan aniq, yaqqol ironiya bo‘lsa, aksiologik ironiya subyektiv munosabatni anchagina yashirin, darajali ifoda etadigan ironiya ko‘rinishi hisoblanadi hamda ko‘proq makromatnlarda uchraydi. Ayrim tadqiqotlarda bevosita va bilvosita ironiya, situativ xoslangan va og‘zaki ironiyalar ajratiladi hamda situativ ironiyaning, ko‘pincha, meyozis, enantiosemiya, evfemizm kabi nutqiy figuralar bilan namoyon bo‘lishi qayd etiladi.[3] ASOSIY QISM E.Ibragimova “O’zbek tilida ironiya va ironik mazmun ifodalanishining usul hamda vositalari” nomli dissertatsiyasida ironiyaning quyidagi ikki turi haqida ma’lumot beradi: 1. Situativ (vaziyatli) ironiya. 2. Assosiativ (darajali) ironiya. Har bir tur yoki tip ma’lum maqsad asosida rejalashtirilgan kontekstlarda amalga oshiriladi, shu orqali ularning parametrlarini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Ironiyaning har ikki ko‘rinishi bir-biridan farqlanadi. 1. Situativ ironiya – emotsional jihatdan aniq, ravshan ironiya hisoblanadi. Uning bu turini tez anglash mumkin. So‘z, gap yoki so‘z birikmasining to‘g‘ri ma’nosi bilan kontekstdagi ma’no orasidagi farq – ziddiyat darhol seziladi. Ironiyaning bu tipi mikro va makrokontekstlarda hosil bo‘ladi. Uni yuzaga chiqarish uchun fonetik-intonatsion, leksik, frazeologik, shuningdek, sintaktik vositalardan keng foydalaniladi. Bunday vositalar yordamida ikki xil strukturaga ega bo‘lgan oddiy kontekst shakllantiriladi. Uning yordamida situatsiya bayoni va muallif yoki qahramon tomonidan beriladigan baho, izoh o‘z ifodasini topadi. Situativ ironiya badiiy asar doirasida kutilmagan, tasodifiy subyektiv munosabatlarni yorqin detallar bilan ifoda etishda muhim ahamiyatga ega. Ironiyaning bu turi ko‘proq diologik nutq ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. 2. Assotsiativ ironiya – badiiy asar tizimida o‘zining ifodalanish usuli, vositasi jihatidan murakkab xususiyatga ega bo‘lgan ironik ko‘rinishi. Assotsiativ ironiya ifodalashning shunday bir usulidirki, unda shaxsiy munosabat anchagacha yashirin, asta-sekinlik bilan yuzaga chiqadi. Bunda til yoki nutq birliklari ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lib, so‘zlovchining asosiy maqsadi darajalangan holda oshkor etiladi. Ironik mazmun ifodalashning bu usulini darajali (gradual) ironiya deb ham atash mumkin. Gradual ironiya ko‘pincha makromatn ko‘rinishlarida kuzatiladi.[2] Ironiya kontekstda ironik mazmunni ifodalashga xizmat qiladi. E.Ibragimova ironik mazmunga quyidagicha ta’rif beradi: “Ironik mazmun – bu manfiy, inkor xarakterga ega bo‘lagan subyektiv baho modalligi asosida beriladigan ziddiyatli fikrlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan bir butun matnning – predikativ – relyativ kompleksning mazmunidir. Ironik mazmun muallifning maqsadi, shaxsiy munosabati yashiringan formada ifodalanadi”.[2] O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalashning asosiy usullari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: kinoya, kesatiq, piching, qochirim, kulgi, zaharxandalik, istehzo, masxara, mazax, ermak, shama, ilmoq, uchuruq, luqma. Bundan tashqari arab tilidan kirgan “tajohili orifona”,

“ta’riz” leksemalari ham teskari ma’no ifodalash usullarining nomlari bo‘lib, ta’riz pichingga, tajohili orifona esa, qochirimga sinonim sifatida qo‘llanadi.[2] Ironik mazmun ifodalashning eng yuqori kulminatsion nuqtasiga yetkazilgan usuli uslubshunoslikda sarkazm deyiladi. Sarkazm o‘ta salbiy munosabat ifodalash usuli bo‘lib, unda achchiq zaharxandalik, masxaralash, mazax, qahr-g‘azab ochiq-oydin sezilib turadi. Sarkazm [yunoncha sarkasmos, sarkaro – go‘shtni nimtalayman, uzib, yulib olaman]. Satirik tasvirda fosh etuvchi murosasiz kulgi, istehzoli ta’na asosiga qurilgan fikr-mulohaza; badiiy uslub vositalaridan biri.[4] Ilmiy adabiyotlarda ironiyaning bir ko‘rinishi sifatida antifraza tushunchasi ham mavjud. Salbiy munosabatning bu turida ham o‘tkir masxaralash, piching, kesatish ma’nolari kuchli bo‘ladi. Lekin antifraza ironiyaning zaharxandalik, kinoya, kesatish, piching kabi ko‘rinishlaridek keng qamrovli emas.[2] Antifraza shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish. Bunda so‘zlarning asl emas, teskari ma’nosi nazarda tutiladi.[5] Lingvistik adabiyotlarda so‘zning odatdagi, to‘g‘ri ma’nosiga nisbatan qarama-qarshi ma’noda namoyon bo‘lishi antifrazis yoki anafrazis deb yuritiladi. Antifrazis so‘zining muayyan nutqiy vaziyat talabi bilan uzual ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. U ikki xil ko‘rinishda – lisoniy birlikning uzual ma’nosiga zid okkazional ma’noda namoyon bo‘lishi va ijobiy bahoning salbiylashuvi yoki salbiy bahoning ijobiylashuvi bilan yuzaga keladi. Tilshunoslar antifrazisning lingvistik tabiati va ko‘rinishlari haqida turli qarashlarni ilgari suradilar. Aksar tadqiqotlarda antifrazisning ikki ko‘rinishi sifatida ironiya va meyozis ko‘rsatiladi. Ironiya so‘z ma’nosi yoki bahosining salbiylashuvi bo‘lsa, meyozis so‘zdagi salbiylik bo‘yog‘ining kamayishi yoki ijobiylik kasb etishidir. Ayrim tadqiqotlarda esa antifrazis ironiyaning bir ko‘rinishi sifatida talqin qilinadi. Bizningcha, ironiya antifrazisning bir ko‘rinishi emas, balki boshqa alohida hodisa, u antifrazisning namoyon bo‘lishida ishtirok etadi, xolos. Masalan, “ahil” ma’nosini anglatadigan inoq so‘zining muvofiq kontekstda “noahil” ma’nosida voqelanishi antifrazis, uni qarama-qarshi ma’noda voqelantirgan vosita ironiyadir. Boshqa tadqiqotlarda esa antifrazisning uch ko‘rinishi farqlanadi: 1. Sof antifrazis – to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi ma’noda qo‘llanadigan so‘z, so‘z birikmasi va gap. 2. Afrazis (aelementi lotinchadan tarjima qilinganda “inkor etish” ma’nosini bildiradi) – inkor ma’nosida qo‘llangan so‘z, so‘z birikmasi va gap. 3. Asteizm – salbiy baho bildiruvchi so‘z bilan ijobiy munosabatni, ya’ni koyish, tanbeh berish orqali “maqtov” ma’nosining ifodalanishidir. Biz antifrazisning birinchi va uchinchi ko‘rinishini ma’qullagan holda afrazisni antifrazisning bir turi sifatida ko‘rsatilishiga qo‘shilmaymiz. Negaki, mohiyatan, antifrazis so‘zning uzual ma’nosiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi bo‘lgan ma’noni namoyon etishidir. Afrazis esa mohiyat e’tibori bilan qarama-qarshi ma’noni emas, muayyan belgining inkorini ko‘rsatadi. Tadqiqotchi A.Abdullayev ham afrazisni inkor etishga asoslangan alohida kategoriya, deydi. Tilshunoslikda antifrazisning tilning qaysi sath birliklari asosida namoyon bo‘lishi masalasida ham qarashlar turli xil. Ba’zi tadqiqotchilar antifrazisni qarama-qarshi ma’noda qo‘llangan so‘z sifatida tushunsa, ayrimlar qarama-qarshi ma’noda qo‘llangan so‘z, so‘z birikmasi va gapni ham antifrazis sifatida talqin etadilar. Haqiqatan ham, antifrazis jumla doirasida voqelanishi mumkin. Ritorik so‘roq gaplardagi mazmunning tasdiqdan inkorga, inkordan tasdiqqa o‘zgarishi antifrazisning jumla misolida voqelanishidir. Jumla semantikasidagi mazkur o‘zgarishlar haqida N.Mahmudov ham to‘xtalib o‘tgan va zid mazmun o‘zgarishining bu tipini sintaktik enantiosemiya sifatida baholash lozimligini aytgan edi.

Antifrazisning hosil bo‘lishida ironiya ishtirok etganda, so‘zdagi ma’no ham, baho ham qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi. Zidlik ma’nolar va baholar o‘rtasida bo‘ladi va ironik modusni yuzaga keltiradi. Masalan, rahmat so‘zining “la’nat” ma’nosida namoyon bo‘lishida antifrazisning shu jihati kuzatiladi. Antifrazisning yuzaga kelishida ironiya ishtirok etmasa, baho ijobiylashuvi yuz beradi. So‘zning mazkur xususiyatini S.Usmonov ham ta’kidlab, “yomon yaxshi o‘ynadi”, “yomon chiroyli ekan” kabi frazeologizmlarda yomon so‘zi zid tushunchalarni ifodalashini ta’kidlaydi. Biroq diqqat qilinsa, ushbu birikmalarda yomon so‘zi o‘zining zidi bo‘lgan “yaxshi” ma’nosida emas, ijobiy bahoni kuchaytirishga xizmat qiladigan vosita vazifasini bajargan. Quyidagi misolda ravish vazifasida kelgan yomon so‘zi esa “yaxshiroq” ma’nosida qo‘llangan: Shunda Erkin aka uning ortidan baqiribdi: – Baribir seni men bundan yomonroq boplagandim (A.Meliboyev, “Xotin yo‘g‘ida”). Aytish mumkinki, yomon so‘zi, ko‘pincha, fe’lga bog‘lanib kelganda antifrazis bo‘ladi. Sifatga bog‘lanib kelganda o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z ma’nosini kuchaytiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. U yoki bu so‘z antifrazis sifatida namoyon bo‘lishi uchun, albatta, okkazional ma’no uzual ma’noga zid bo‘lishi lozim.[3] XULOSA Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ironik munosabatning shakllanishida intonatsiyanining ahamiyati nihoyatda kata. Intonatsiya har qanday ironik vositaning ta’sir kuchini ikki baravar oshirib ifodalash uchun xizmat qiladi. “Ironiyada ko‘p vaqt tilning ekspressivlik ifodalovchi vositalari (leksik fonetik, morfologik sintaktik kabi) ishtirok etadi. Lekin hamma vaqt unda intonatsiya asosiy rol o‘ynaydi”.[1] Xulosa qilib aytganda, ironiya ko‘plab ilm ahlining qiziqishlariga sabab bo‘lgan, bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida ironiya, uning turlari hamda ironik mazmun ifodalash usullari xususida to‘xtalib o‘tilgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивлик ифодалашнинг синтактик усули. Т.: Ўзбекистон ССР “Фан” нашриёти. 1987.
  2. Ибрагимова Э. Ўзбек тилида ирония ва ироник мазмун ифодаланишининг усул ҳамда воситалари. Дисс-6918/2001. Фарғона – 2001.
  3. Одилов Ё. Ўзбек тилида энантиосемия. Дисс-232.2016.
  4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энсиклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 2006. 3-том.
  5. www.wikipedia.uz

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013061
Nashr sanasi
2025-09-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
8
DOI
10.66073/researchfocus.v4i8.1741
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
16–19
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06