Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola05.00.00Ochiq kirish

TUT BARGI VA IPAK QURTI RIVOJLANISHIGA ULTRABINAFSHA NURLAR TA‘SIRI

Yuldashev Ravshan RasuljonovichQXMITI tayanch doktoranti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 8Sahifa 8–10

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda tut barglariga ultrabinafsha nurlanish (UV-C: λ = 254 nm va UV-B: λ = 300 nm) berish orqali ularning biologik sifati, mikroflora darajasi va ipak qurti (Bombyx mori) rivojlanishiga ko‘rsatilgan ta‘siri o‘rganildi. 6 xil tajriba varianti asosida UV nurlanishning quvvati (18–90 W), bir xil masofa (30 sm) va vaqt (3 daqiqa) sharoitida tajribalar olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, UV-C va UV-B kombinatsiyasining ma‘lum darajadagi ta‘siri barg sifatini yaxshilab, ipak qurtining fiziologik faolligini oshirgan.

Boshqa tillarda

ruschaВОЗДЕЙСТВИЕ УЛЬТРАФИОЛЕТА НА РАЗВИТИЕ ТУТОВОГО ЛИСТА И ШЕЛКОПРЯДА

В данной работе изучено влияние ультрафиолетового излучения (УФ- С: λ = 254 нм и УФ-В: λ = 300 нм) на биологическое качество, уровень микрофлоры и развитие шелкопряда (Bombyx mori) листьев шелковицы. Эксперименты проводились на основе 6 различных вариантов эксперимента при одинаковой мощности УФ-излучения (18– 90 Вт), одинаковом расстоянии (30 см) и времени (3 минуты). Согласно результатам исследования, определенный уровень воздействия комбинации УФ-С и УФ-В улучшал качество листьев и повышал физиологическую активность шелкопряда.

inglizchaTHE EFFECT OF ULTRAVIOLET RADIATION ON THE DEVELOPMENT OF MULBERRY LEAVES AND THE SILKWORM

This study examined the effect of ultraviolet irradiation (UV-C: λ = 254 nm and UV-B: λ = 300 nm) applied to mulberry leaves on their biological quality, the level of microflora and the development of the silkworm (Bombyx mori). The experiments were conducted on the basis of 6 different experimental variants under conditions of UV irradiation power of 18–90 W, the same distance (30 cm) and the same time (3 minutes). According to the results of the study, a certain degree of exposure to the combination of UV-C and UV-B improved leaf quality and increased the physiological activity of the silkworm.

Kalit so‘zlar

  • tut daraxti (Morus alba)
  • ultrabinafsha nurlanish (UV-C
  • UV-B)
  • ipak qurti (Bombyx mori)
  • barg sifati
  • UV sterilizatsiya
  • kokon hosildorligi
  • biostimulyatsiya
  • qurt rivojlanishi
  • o‘simlik fiziologiyasi
  • agroelektrotexnologiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TUT BARGI VA IPAK QURTI RIVOJLANISHIGA ULTRABINAFSHA NURLAR TA’SIRI Yuldashev Ravshan Rasuljonovich QXMITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17111763 Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda tut barglariga ultrabinafsha nurlanish (UV-C: λ = 254 nm va UV-B: λ = 300 nm) berish orqali ularning biologik sifati, mikroflora darajasi va ipak qurti (Bombyx mori) rivojlanishiga ko‘rsatilgan ta’siri o‘rganildi. 6 xil tajriba varianti asosida UV nurlanishning quvvati (18–90 W), bir xil masofa (30 sm) va vaqt (3 daqiqa) sharoitida tajribalar olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, UV-C va UV-B kombinatsiyasining ma’lum darajadagi ta’siri barg sifatini yaxshilab, ipak qurtining fiziologik faolligini oshirgan. Kalit so‘zlar: tut daraxti (Morus alba), ultrabinafsha nurlanish (UV-C, UV-B), ipak qurti (Bombyx mori), barg sifati, UV sterilizatsiya, kokon hosildorligi, biostimulyatsiya, qurt rivojlanishi, o‘simlik fiziologiyasi, agroelektrotexnologiya.

ВОЗДЕЙСТВИЕ УЛЬТРАФИОЛЕТА НА РАЗВИТИЕ ТУТОВОГО ЛИСТА И ШЕЛКОПРЯДА Аннотация: В данной работе изучено влияние ультрафиолетового излучения (УФС: λ = 254 нм и УФ-В: λ = 300 нм) на биологическое качество, уровень микрофлоры и развитие шелкопряда (Bombyx mori) листьев шелковицы. Эксперименты проводились на основе 6 различных вариантов эксперимента при одинаковой мощности УФ-излучения (18– 90 Вт), одинаковом расстоянии (30 см) и времени (3 минуты). Согласно результатам исследования, определенный уровень воздействия комбинации УФ-С и УФ-В улучшал качество листьев и повышал физиологическую активность шелкопряда. Ключевые слова: шелковица (Morus alba), ультрафиолетовое излучение (УФ-С, УФ-В), тутовый шелкопряд (Bombyx mori), качество листьев, УФ-стерилизация, продуктивность коконов, биостимуляция, развитие червей, физиология растений, агроэлектротехнология.

EFFECT OF ULTRAVIOLET ON THE DEVELOPMENT OF MULBERRY LEAF AND SILKWORM Abstract: This paper studies the effects of ultraviolet radiation (UV-C: λ = 254 nm and UV-B: λ = 300 nm) on the biological quality, microflora level and silkworm (Bombyx mori) development of mulberry leaves. The experiments were conducted based on 6 different experimental variants at the same UV power (18–90 W), the same distance (30 cm) and time (3 minutes). According to the results of the study, a certain level of exposure to a combination of UV-C and UV-B improved the quality of leaves and increased the physiological activity of silkworms. Key words: mulberry (Morus alba), ultraviolet radiation (UV-C, UV-B), silkworm (Bombyx mori), leaf quality, UV sterilization, cocoon productivity, biostimulation, worm development, plant physiology, agroelectrotechnology.

KIRISH Ipakchilik sanoatida asosiy ozuqa manbai sifatida tut daraxti (Morus alba) barglari muhim ahamiyat kasb etadi. Barglarning sifatiga turli agrotexnik, ekologik va biotexnologik omillar ta’sir

ko‘rsatadi. Ultrabinafsha nurlanish esa so‘nggi yillarda o‘simlik va hasharotlar fiziologiyasida biofaollashtiruvchi va dezinfektsiyalovchi vosita sifatida ommalashmoqda. UV-C (λ = 254 nm) yuqori energiyali va sterilizatsiya xossasiga ega, UV-B (λ = 300 nm) esa o‘simlik pigmentatsiyasi va ikkilamchi metabolitlar sintezi bilan bog‘liq. Bu nurlar o‘simlik barglarining hujayraviy tuzilishiga, sirt mikroflorasiga va shirasiga ta’sir qilib, ipak qurtiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. TADQIQOT USLUBI Tajriba 2025-yilda Namangan viloyati ipakchilik tajriba maydonida olib borildi. Quyidagi parametrlar asosida 27 ta kombinatsiyadan iborat UV-C nurlanish sharoitlari qo‘llanildi: Lampalar quvvati: 30, 60, 90 Vt Masofa: 10, 20, 30 sm Nurlanish vaqti: 11, 22, 33 soniya Har bir kombinatsiyada 10 ta tut daraxti barglari UV-C bilan nurlantirildi va keyinchalik barglar ipak qurti (Bombyx mori) lichinkalariga berildi. Har bir guruhda 30–40 dona qurt bo‘lib, ularning rivojlanishi, ozuqa iste’moli, o‘sish sur’ati va kokon hosili qayd etildi. Nazorat guruhi UV nursiz sharoitda parvarishlandi. Quyidagi tajriba variantlari o‘rganildi:

1-jadval . Tut ipak qurti urug‘lariga UBN ni turli parametrlarda ta’sir ettirilib, jonlangan urug‘larning jonlanish foizi V 1: λ =254→90 W τ = 3 daqiqa V 4: λ =254→30 W τ = 3 daqiqa λ =300→90 W h = 30 sm λ =300→60 W h = 30 sm V 2: λ =254→60 W τ = 3 daqiqa V 5: λ =254→30 W τ = 3 daqiqa λ =300→60 W h = 30 sm λ =300→90 W h = 30 sm V 3: λ =300→90 W τ = 3 daqiqa V 6: λ =254→18 W τ = 3 daqiqa h = 30 sm h = 30 sm

UV-C nurlanish quyidagi ijobiy natijalarni berdi: Barg sifati: UV bilan ishlangan barglarda fermentativ faollik oshdi, chirish belgilari kamaydi. Ipak qurtlari: UV-C ishlangan guruhlarda lichinkalar 1–2 kun oldin qurt bo‘lib yetildi, kokon og‘irligi 10–15% ga oshdi. Barglarning sirt mikroflorasi: V1 va V2 da UV-C va UV-B kombinatsiyasi orqali mikroorganizmlar soni 75–80% gacha kamaygan. V6 (18W UV-C) past quvvatda sezilarli sterilizatsiya bermagan. V3 da faqat UV-B qo‘llanilgan bo‘lib, mikroflora kamayishi faqat 30– 35% atrofida bo‘lgan. Fermentativ faollik: V2 va V4 guruhlarida barglarda peroksidaza fermentining faolligi 1,5– 1,7 barobarga oshgan. V1 da haddan ortiq quvvatda UV berilishi natijasida hujayra zararlanishi sababli faollik pasaygan. Ipak qurti rivojlanishi: V2 (60W + 60W): eng yuqori o‘sish sur’ati (0.65 g/kun), maksimal kokon og‘irligi (1.8 g). V4 va V5: optimal kombinatsiyalar, barqaror rivojlanish, sog‘lom kokon hosili. V6 kam o‘zgarish, natijalar nazoratga yaqin. V1 yuqori UV kuchlanish tufayli qurtlarning 10–15% da sekinlashish va tashqi o‘zgarishlar kuzatilgan. Yashovchanlik: V2 va V4 guruhlarida yashovchanlik 95–97% atrofida. V1: yuqori doza tufayli 85% gacha tushgan.

1-rasm. Tut ipak qurtiga UBN berish jarayoni

MUHOKAMA Tadqiqot UV-C nurlanishining tut bargi sifati va ipak qurti rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Ammo doza va vaqti optimal bo‘lmasa, barglarning qurishi, hujayra zararlanishi yoki qurtlarning oziqlanishga qiziqishining pasayishi kuzatiladi. UV-C sterilizatsion xususiyatlari esa kasalliklarning oldini olishda foydali omil bo‘lib xizmat qiladi. XULOSA UV-C nurlanish ipakchilikda ekologik xavfsiz, samarali agrofizik usul sifatida foydalanilishi mumkin. Optimal parametrlar asosida tut barglarini qisqa muddatli UV-C bilan ishlash ipak qurtining o‘sishi, yashovchanligi va ipak mahsuldorligini oshiradi. Tut barglariga UVC va UV-B nurlanishning ma’lum kombinatsiyalari ipak qurti uchun foydali ozuqa holatini yaratadi. Ayniqsa, 60–90 W quvvatli UV-C + UV-B kombinatsiyasi mikrobiologik tozalikni oshiradi, fermentativ faollikni kuchaytiradi va ipak mahsuldorligini oshiradi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, bu usul ekologik toza, kimyoviy dezinfeksiyalarga muqobil texnologiya sifatida tavsiya qilinishi mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Ahmedov R. va boshqalar. (2023). Agroelektrotexnologik metodlar va ipakchilik. Toshkent: Fan nashriyoti.
  2. Li, Y., et al. (2021). “UV-C sterilization and plant physiological response: A review.” Plant Biotechnology Reports, 15(4), 499–512.
  3. Rao, G. S. et al. (2020). “Effect of UV irradiation on silkworm diet and rearing efficiency.” Journal of Sericulture Technology, 18(1), 12–19.
  4. Xalqaro ipakchilik instituti (2022). Ipak qurtining biologik xususiyatlari. Toshkent.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013059
Nashr sanasi
2025-09-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
8
DOI
10.66073/researchfocus.v4i8.1739
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
8–10
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06