Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

SPUJMAY ZARYOBNING “AQLDAN OZGAN RASSOM VA UNING KO‘M-KO‘K SUR‘ATI” VA “HUM, HUM, HUM” HIKOYALARIDA TUSHKUNLIK RAMZINING IFODALANISHI

Mannanov Abduraxim Mutalovich1, Narzullayeva Shaxlo Salaydinovna22025

  1. 1“Eronshunoslik va afg‘onshunoslik” oliy maktabi, Filologiya fanlari doktori, professor
  2. 2Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 8Sahifa 11–15

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy dariyzabon ayol yozuvchisi Spujmay Zaryobning ikki hikoyasi orqali uning badiiy mahorati o‘rganildi. Ijodkorning mazkur hikoyalarida tushkunlik ramziy obrazlar orqali jonlantirilganligi o‘rganildi va badiiy tahlil etildi.

Boshqa tillarda

ruschaВЫРАЖЕНИЕ СИМВОЛИКИ ДЕПРЕССИИ В РАССКАЗАХ СПУДЖМАЙ ЗАРЁБ «БЕЗУМНЫЙ ХУДОЖНИК И ЕГО ГОЛУБОЕ НЕБО» И «ЖУЖЖАЩИЙ, ЖУЖЖАЩИЙ, ЖУЖЖАЩИЙ»

В данной статье рассматривается художественное мастерство современной писательницы, говорящей на языке дари, Спуджмай Зарёб на примере двух рассказов. В ходе исследования и художественно-технического анализа автором было проанализировано изображение депрессии посредством символических образов в этих рассказах.

inglizchaEXPRESSION OF THE SYMBOL OF DEPRESSION IN SPOZHMAI ZARYAB‘S STORIES “THE MAD PAINTER AND HIS DEEP-BLUE PICTURE” AND “HUM, HUM, HUM”

This article studies the artistic mastery of the contemporary Dari-language woman writer Spujmai Zaryab through two of her short stories. The study examines and provides a literary analysis of how depression is brought to life through symbolic images in these stories.

Kalit so‘zlar

  • Hikoya
  • ramziy obraz
  • personaj
  • motiv
  • tushkunlik ramzi
  • qahramon
  • ko‘k rang

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SPUJMAY ZARYOBNING “AQLDAN OZGAN RASSOM VA UNING KO‘M-KO‘K SUR’ATI” VA “HUM, HUM, HUM” HIKOYALARIDA TUSHKUNLIK RAMZINING IFODALANISHI Mannanov Abduraxim Mutalovich “Eronshunoslik va afg‘onshunoslik” oliy maktabi, Filologiya fanlari doktori, professor Narzullayeva Shaxlo Salaydinovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi Email: shahlonarzullayeva12@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17045936 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy dariyzabon ayol yozuvchisi Spujmay Zaryobning ikki hikoyasi orqali uning badiiy mahorati o‘rganildi. Ijodkorning mazkur hikoyalarida tushkunlik ramziy obrazlar orqali jonlantirilganligi o‘rganildi va badiiy tahlil etildi. Kalit so‘zlar: Hikoya, ramziy obraz, personaj, motiv, tushkunlik ramzi, qahramon, ko‘k rang.

ВЫРАЖЕНИЕ СИМВОЛИКИ ДЕПРЕССИИ В РАССКАЗАХ СПУДЖМАЙ ЗАРЁБ «БЕЗУМНЫЙ ХУДОЖНИК И ЕГО ГОЛУБОЕ НЕБО» И «ЖУЖЖАЩИЙ, ЖУЖЖАЩИЙ, ЖУЖЖАЩИЙ» Аннотация: В данной статье рассматривается художественное мастерство современной писательницы, говорящей на языке дари, Спуджмай Зарёб на примере двух рассказов. В ходе исследования и художественно-технического анализа автором было проанализировано изображение депрессии посредством символических образов в этих рассказах. Ключевые слова: рассказ, символический образ, персонаж, мотив, символ депрессии, герой, синий цвет.

THE EXPRESSION OF THE SYMBOL OF DEPRESSION IN SPUJMAY ZARYOB'S STORIES "THE MAD ARTIST AND HIS BLUE SKY" AND "HUM, HUM, HUM" Abstract: This article studies the artistic skills of the modern Dari-speaking female writer Spujmay Zaryob through two stories. The author's portrayal of depression through symbolic images in these stories was studied and artistically analyzed. Keywords: Story, symbolic image, character, motif, symbol of depression, hero, blue color.

KIRISH Ma’lumki, badiiy adabiyotda asarni insonlar ongiga chuqurroq yetib borishi uchun o‘ziga xos, turli obrazlardan, personajlardan, motivlardan, badiiy tasviriy vositalardan, ramzlardan va boshqa unsurlardan foydalaniladi. Adabiy hikoyalarda odatda tushkunlik ramzlari ko‘pincha tashqi muhit va ichki kechinmalar, inson his-tuyg‘ulari va jamiyat ta’siri o‘rtasidagi uyg‘unlik orqali ifodalanadi. Yozuvchilar inson ruhiyatidagi tushkunlikni ramziy obrazlar vositasida tasvirlaydilar. Masalan, kulrang va ko‘k ranglar, yomg‘irli ob-havo, quyoshsiz kunlar yoki so‘liyotgan gul — bular barchasi hayotdagi quvonchning yo‘qolganini bildiradi.

Shu bilan birga, yopiq joy yoki quyosh nuri tushmaydigan xonalar yoki derazalari yo‘q uylar ko‘pincha insonning ichki qamalganlik holatini, uning ruhiy dunyosidagi yolg‘izlik va tushkunlikni ifodalaydi. Qahramon atrofdagilardan uzilgan, o‘z fikr va xotiralari ichida yashaydi. Bu esa uni tobora ruhiy tushkunlikka yetaklaydi. Badiiy adabiyotda ranglardan ham ramziy obrazlar sifatida keng foydalaniladi. Kulrang va qora ranglar insonning ezilganligini, umidsizligini va ba’zan psixologik og‘riqlarini tasvirlaydi. Masalan, qora rangli kiyimlar, deraza pardalari, qora bulutlar yoki chang bosgan mebellar va boshqa shunga o‘xshash detallar orqali yozuvchi o‘z asarlaridagi muhitning yoki qahramonlarning ruhiy ezginlik timsolini yaratadi. METOD Adabiyotshunos olimlar va tadqiqotchilar ramzlar haqida o‘zlarining bir qator fikr va mulohazalarni keltirib o‘tganlar. “Ramzning lug‘aviy ma’nosi Meriam-Webster lug‘atida shunday izohlangan: “Ramz – (lotincha symbolum, so‘ng yunoncha symbolon) belgi, ramz; yunoncha symbolon, so‘zma-so‘z, uning ikkinchi yarmini solishtirish yo‘li bilan tasdiqlangan o‘ziga xoslik belgisidir”1. Ba’zi holatlarda yozuvchilar hayvonlar orqali ham tushkunlik kayfiyatini ifodalashlari mumkin. Qarg‘a, qora mushuk yoki sust harakat qiluvchi qushlar — bular baxtsizlik, o‘lim, xavf, yoki ruhiy tushkunlikni anglatadi. Tushkunlik ramzlari orqali ijodkor o‘quvchiga faqat voqeani emas, balki qahramonning ichki holatini, o‘sha davr va muhitni, ijtimoiy hayotni va boshqa masalalarni chuqurroq his ettirishga harakat qiladi. Shu jihatdan, bunday ramzlar badiiy asarning ruhiy qatlamini boyitadi va o‘quvchining ruhiy tajribasini kengaytiradi. Ilmiy tadqiqot davomida Spujmay Zaryobning bir qator hikoyalarida tushkunlik ramzining ifodalanishini ko‘rib chiqildi. Shuningdek, adabiyotshunos olimlarning ramz haqida keltirgan ma’lumotlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Adabiyotshunos olim D.Quronov bergan ma’lumot va ta’riflarga ko‘ra, ramz (ap - imo, ishora, imlash) simvol; ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi. Ramz mohiyatan allegoriyaga yaqin, undan farqi shuki, Ramz kontekst doirasida ham o‘z ma’nosida, ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardorlik bo‘lganda reallashadi2. Adabiyotda “ramz uchun har qanday narsa tanlanishi mumkin. U o‘simlik, hayvon, odam, bino bo‘lishi mumkin. Tanlangan obyekt mohiyatidan kelib chiqib uning ramziy ma’nosi aniqlanadi. Ko‘z oldimizda o‘sha obyekt turli assotsatsiyalarni uyg‘otadi. Adabiyotdagi ramz ham shunga uyg‘un: “Adabiyotdagi ramz – bu o‘quvchilarga, kitobxonlarga voqeani yaxshiroq tushunishga yordam beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘chma ma’noga ega tushunchadir. Ushbu adabiy qurilma o‘quvchilar e’tiborini xabarga qaratish uchun muallifmatnda ishlatadigan so‘z, obyektdir”. Demak, badiiy ijoddagi ramz ifoda etilgan poetik fikrni tushunishga yordam beradi”3. TAHLIL Tahlilga tortilayotgan quyidagi hikoyalarda tushkunlik ramzining ma’nosi kontekst doirasida reallashadi. “‫“ ”نقاش دیوانه و تابلوی کبودش‬Aqldan ozgan rassom va uning ko‘m-ko‘k sur’ati”

Norova M. Adabiyotshunoslikda ramz tadqiqi // Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari., www.pedagoglar.org. – 2024. Mart. – B. 210. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Akademnashr. 2013. – Б. 245. Norova M. Adabiyotshunoslikda ramz tadqiqi // Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari., www.pedagoglar.org. – 2024. Mart. – B. 212.

hikoyasida ko‘m-ko‘k rang ko‘chma ma’noda tushkunlikning ramziy ma’nosini tasvirlagani ma’lum bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Adabiyotda ramz o‘ziga xos poetik vosita sifatida poetik fikrni obrazli, emotsional-ekspressif ifodalash vazifasini bajarib keladi”4. Taniqli adiba ushbu hikoya syujetida bir kishini ko‘chaning tasvirini chizmoqchi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Hikoyada voqealar qish faslida ro‘y beradi. Kunlar sovuq, bosh qahramon ham sovuqdan qaqshab boshini ikki egni orasiga kirgizib olgan, qo‘llari cho‘ntagiga solingan holda tasvirlanadi. U burunlari muzlab qolganini va sovuqdan burnidan oppoq bug‘chiqayotganini aytib beixtiyor yoshligini eslaydi. Voqea shunday jumlalar bilan xotirlanadi: ‫به یاد سالهای کودکی خود افتادم که وقتی در زمستان اسپها را میدیدم که زیر تازیانه صاحبان شان میدویدند و از دها‬ ‫نشان تف سفید بیرون میشد خیالم میامد که آنها خشمگین اندو این تف رشته ها و ذره های کوچکی از خشم و درد است که از‬ ‫دهن و بینی شان سر میکند‬. “O‘z bolalik yillarimni esladim, qishda otlarni ko‘rganimda ular xo‘jayinlarining qamchilari ostida yugurardilar va og‘izlaridan oppoq tupuk chiqarardilar. Hayolimda ular g‘azablanardi, burun va og‘izlaridan chiqayotgan bu tupuklar hamda ularning kichik zarralari ularning g‘azab va og‘rig‘idan edi”. Qahramonning o‘z hayolida ko‘chaning rasmini chizmoqchi bo‘lishi va tasavvurida bu suratning jonlantirilishi, atrof-muhit, ko‘cha, odamlar, barcha jismlar ko‘m-ko‘k rangda bo‘lishi, odamlar va devorlar bir-biriga singib, qorishib ketish holatlarining barchasi uning ruhiy olamida sodir bo‘ladi. “Ya’ni adiba tahayyul erkinligiga yo‘l berib, g‘ayrioddiy, fantastik elementlarni qo‘llagan. Ahamiyatli tomoni shudaki, hikoya an’anaviy syujetga ega emas”6. Rassomning hayolida butun tashqi dunyo sovuq va ko‘m-ko‘k rangda ko‘rina boshlaydi. Barchasi g‘ayrioddiy holatda, odamlar sovuq va nursizlikdan junjikkan, qaqshagan holda, devorlar va jamiiyki yashab turgan muhit, insonlar barcha-barchasi bir-biriga qorishib, singib ketayotgandek, oyoq ostidagi yo‘l (ya’ni ko‘cha ham) o‘z-o‘zidan yurib borayotgandek tuyuladi. Qahramonning o‘y-fikrlari, hayollari, ong oqimi, dunyoning betartibligi, insonlarning bu muhitga befarqligi uni hayratga soladi. Uning ko‘ziga nafaqat atrof-muhit, suv, yo‘l, devorlar, balki, insonlar, ularning tana a’zolari, ayniqsa, odamlarning ko‘zlari ham ko‘k bo‘lib ko‘rinadi. Rassom bir uyga boradi, ushbu sahnada yozuvchi o‘xshatishlar, ko‘chma ma’no va istioralardan ham foydalanadi. Masalan, odamlarning ko‘m-ko‘k tanalari, ko‘m-ko‘k devorlar bilan qorishib ketib, ular xuddi ko‘k rangli toshdan yasalgan haykallarga o‘xshatilgan. Faqatgina ularning ko‘zlari tosh haykal emas, biroq ular ham ko‘k rangda edi. Rassom bu manzaralardan so‘ng tushkun hayollar og‘ushida qoladi. Adabiyotshunos R.Inomxo‘jayeva mazkur hikoya haqida shunday fikrlarni keltirib o‘tadi: “Bu hikoyada yozuvchi afg‘on jamiyatining eskilik og‘ushida yashayotgani, odamlar rangsiz, ruhni ezuvchi bir xillik sharoitida hayot kechirishini qalamga olgan”7. Hikoya so‘ngida rassom bu ezgin ruh va tushkun kayfiyat beruvchi suratni chizishdan vos kechadi. Hikoya boshdan so‘ngiga qadar bir xillikda tasvirlanib, asardagi ko‘m-ko‘k rang tushkunlik ramzi hisoblanadi. Spujmay Zaryobning xuddi shunday tushkunlikni ramziy detal orqali ifodalangan hikoyalaridan biri “‫“( ”هم هم هم‬Hum, hum, hum”) hikoyasidir. Ushbu hikoyada bosh qahramon

Norova M. Adabiyotshunoslikda ramz tadqiqi // Ta’limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari., www.pedagoglar.org. – 2024. Mart. – B. 213. .۲۱ .‫ – ص‬.۱۳۶۲– .‫ کابل‬.‫ نقاش دیوانه و تابلوی کبودش‬.)‫ شرنگ شرنگ زنگها (مجموعه داستان‬.‫سپوژمی زریاب‬. Турдиева О. Хозирги замон Эрон хикоячилиги. – Т.: 2015. – Б.118. Иномхўжаев Р. Афғонистон дарийзабон адабиёти (ХIХ аср охири - ХХ аср). – Т.: 2018. – Б. 210.

misgarlik bilan shug‘ullanadigan oddiy hunarmand bo‘ladi. Bu hikoyada ham yuqoridagi hikoya kabi voqealar qish faslida yuz beradi. Hikoya syujeti quyidagicha boshlanadi. ‫ آسمان تیره و غبارآلود بود سپیدی برف چون‬.‫"عصر وقتی چشمانم را باز کردم از پشت شیشه روی بام برفرا دیدم‬ ‫ یادم آمد که همه بعد از ظهر را خوابیده ام و مثل همیشه روزخالی و خسته گنی را‬.‫خنجری چشمان خواب زده ام را آزرد‬ " 8.‫پشت سر گذرانده ام‬ “Asr vaqti ko‘zimni ochib oyna ortidan tom ustidagi qorni ko‘rdim. Osmon xira va g‘uborli edi, oppoq qor uyqusiragan ko‘zlarimni xanjardek og‘ritdi. Tushdan so‘ng uxlab, odatdagidek butun kunni bo‘sh va charchagan holda o‘tkazganimni esladim”. Hikoya boshlanishidanoq roviy asr vaqtidan so‘ng ko‘zlarini uyqudan ochishi afg‘on jamiyatidagi ishsizlik, insonlarning vaqti bexuda o‘tayotganligini tasvirlaydi. Yozuvchi hikoyada “odatdagidek butun kunni bo‘sh va charchagan holda o‘tkazganimni esladim” deya yozilgan jumlalari orqali bekorchilik, odamlarning vaqtlari zoye ketayotganligini o‘quvchi ongiga yetkazishga harakat qiladi. Faslning ham aynan “qish” ekanligi jamiyat va ijtimoiy muhitning qanchalar sovuq ekanligining ramziy belgisidir. Asar davomida roviy o‘rnidan turib ko‘chaga chiqadi. Ko‘cha oppoq qor, kun sovuq, bir nechta itlar ochlikdan u yoqdan bu yoqqa o‘tib yurganini tasvirlaydi. Qor yuzida oyoqlarning izlari xuddi naqshdek bir-biriga singib ketadi. Roviy yo‘lda qo‘shnisini uchratadi. Qo‘shnisi misgarlik bilan shug‘ullanib, yasayotgan buyumlariga ishlov berish jarayonida katta qozonlarning ichiga tushib zangini tozalab, oqartiradi. Qo‘shnisiga bugun bir qozonni oqartirdim deya maqtanib ham qo‘yadi. Misgar qozon ichida vaqtida undan xuddi “hum, hum, hum” degan ovoz eshitiladi. Hunarmandning aynan biror so‘z aytmasdan bunday quruq ovoz chiqarishi xuddi aytmoqchi bo‘lganlarini ayta olmayotgandek, ichidagilarini chiqara olmayotgandek edi. Syujet davomida roviy va misgar birga uyga qaytishadi. Yo‘l bo‘yi misgar ota-bobolari ham misgar bo‘lganliklarini, misgarlik unga ota meros ekanligini aytib keladi. Suhbat davomida ular uylariga yaqin kelib qoladi. Misgar qo‘shnisini uyiga taklif qiladi. Misgar kichik, oddiygina bir uy egasi edi. Uning hovlisi qorong‘ugina, nursiz edi. Misgar roviyga devor ostida yotgan suyaklarni ko‘rsatdi. Bu suyaklarni uning qo‘shnisi go‘sht yeb, suyaklarini misgarning hovlisiga tashlashini aytib ranjidi. U yana qo‘shnisi bunday qilmasa edi, agar o‘zining uyida go‘sht bo‘lsa, suyagi bilan ham yeyishga rozi ekanligini aytadi. Misgar og‘ziga mato bog‘lab yuradi. Bu gapni aytib u balki mato tagidan kulib qo‘ygandir deb o‘ylaydi roviy. Roviy qo‘shnisining uyidan chiqib ketayotganida hovlida qorbobo yasalganiga ko‘zi tushadi. Misgar uni bolalari yasaganini aytadi. Qorboboning qosh ko‘zlari bor-u lekin, og‘zi yo‘q edi. Roviy buni ko‘rib hayron qoladi. U qorboboni misgarga o‘xshatadi. Keng peshonali. og‘zi yo‘q qorbobo misgarning ramziy obrazi edi. Ichida qancha dardlari bo‘lsa ham hech kimga ayta olmaydi. Gapiray desa og‘zi yo‘q. Bu orqali yozuvchi jamiyatdagi odamlar ongining jo‘nligi, haq-huquqlardan cheklanganligini tasvirlaydi. Bu nuqsonlarni aytmoqchi bo‘lganlarning, jamiyatni ogohlantirmoqchi bo‘lganlarning esa, xuddi bolalar yasagan qorbobo kabi og‘zi yo‘q. Faqatgina “hum, hum, hum” deya ovoz chiqara oladi xolos. Hattoki yon qo‘shnisi hovlisiga tashlagan suyaklarni ham tashlama deya ayta olmaydigan darajada chorasizdir.

.۳۳ .‫ – ص‬.۱۳۶۲– .‫ کابل‬.‫ هم هم هم‬.)‫ شرنگ شرنگ زنگها (مجموعه داستان‬.‫سپوژمی زریاب‬

XULOSA Mazkur maqolada Spujmay Zarob ikki hikoyasining poetikasi, jumladan, ularning syujet va kompozitsiyasi, ramziylik va ba’zi til xususiyatlari o‘rganildi. Ushbu hikoyalarda syurealistik hikoyalarga xos bo‘lgan uslub kuzatilishi aniqlandi. Ular qatoriga “‫”نقاش دیوانه و تابلوی کبودش‬ (“Aqldan ozgan rassom va uning ko‘m ko‘k sur’ati”), “‫“( ”هم هم هم‬Hum, hum, hum”) kabi hikoyalarini kiritish mumikin. Ularda afg‘on jamiyati, turmush-tarzi va ularning hayotidagi tushkunlik ramziy obrazlar orqali ifoda etilgan. Hikoyadagi tushkunlik inson tabiati va ijtimoiy muhitni tushunish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Inomxo‘jayev R. Afg‘oniston dariyzabon adabiyoti (XIX asr oxiri-XX asr) – T.: 2018.
  2. Turdiyeva O. Hozirgi zamon Eron hikoyachiligi. – T.: 2015.
  3. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyev M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr. 2013.
  4. Киселева Л.Н.Миколапчик В.И. Дари-русский словарь. Москва,1978.
  5. Рубинчик Ю. А., Османов М.Н., Дорри Дж.Х. Словарь персидско-русский. Москва, 1983.
  6. www.ziyouz.com
  7. https://cyberleninka.ru
  8. www.pedagoglar.org.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013060
Nashr sanasi
2025-09-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
8
DOI
10.66073/researchfocus.v4i8.1740
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
11–15
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-22 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06