Asosiy mazmunga o‘tish

1941-1945-YILLARDA FARG‘ONA VILOYATIDA IQTISODIY-IJTIMOIY HAYOT

Sobitjonov, son of Yuldashali MuhsinaliUniversity of Business and Science oliy ta‘lim muassasasi Tarix yo‘nalishi 1-kurs magistranti2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 199–202

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1941-1945-yillarda Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy hayoti haqida so‘z boradi. Ushbu davrdagi muhim o‘zgarishlar muhokama qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaЭКОНОМИЧЕСКАЯ И СОЦИАЛЬНАЯ ЖИЗНЬ В ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ В 1941-1945 ГОДАХ

В статье рассматривается экономическая и социальная жизнь Ферганской области в 1941-1945 годах. Отмечены важные изменения, произошедшие в этот период.

inglizchaECONOMIC AND SOCIAL LIFE IN THE FERGANA REGION IN 1941-1945

This article discusses the economic and social life of the Fergana region in 1941-1945. Important changes during this period are discussed.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona
  • viloyat
  • urush
  • Ikkinchi jahon urushi
  • aholi qatlami
  • aholining turmush sharoiti

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

1941-1945-YILLARDA FARG'ONA VILOYATIDA IQTISODIY-IJTIMOIY HAYOT Sobitjonov Yo’ldoshali Muhsinali o’g’li, University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi Tarix yo’nalishi 1-kurs magistranti e-mail: sobitjonovyoldoshali@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya Mazkur maqolada 1941-1945-yillarda Farg'ona viloyatining iqtisodiyijtimoiy hayoti haqida so'z boradi. Ushbu davrdagi muhim o'zgarishlar muhokama qilinadi. Kalit so'zlar Farg'ona, viloyat, urush, ikkinchi jahon urushi aholi qatlami, aholining turmush sharoiti. Abstract This article discusses the economic and social life of the Fergana region in 1941-1945. Important changes during this period are discussed. Keywords: Fergana, region, war, World War II, population strata, living conditions of the population. Аннотация В статье рассматривается экономическая и социальная жизнь Ферганской области в 1941-1945 годах. Обсуждаются важные изменения в этот период. Ключевые слова: Фергана, область, война, Вторая мировая война, слои населения, условия жизни населения.

Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyodagi tog‘lar orasida joylashgan. Shimolda Tyanshan va janubida Hisor-Olay tog‘tizmalari bilan o‘raglan. Qadim o‘tmishning katta-kichik sahifalarida Farg‘ona vodiysi tarixi: eli va turmushi, xo‘jalik an`analari, etnogenezi, yer tuzilishi, geosiyosiy ahamiyati haqida ma’lumotlar talaygina. Ikkinchi jahon urushi yillarida bunday qulay muhitga ega mintaqaga e’tibor qaratilishi tabiiy holat bo‘lgan. Shuning uchun ham urushning dastlabki yillarida boy berib qo‘yilgan g‘arbiy SSSR yerlaridagi muhim texnik-iqtisodiy korxonalar vodiyga evakuatsiya qilingan Urushning ilk kunlaridayoq jangga otlangan o‘zbek yigitlari qahramonliklari o‘z uyida o‘nlab begona millat farzandlariga ota-onalik qilgan yurtimiz oilalari bilan bir qatorga tilga olinsa arziydi. 1943-yilning oxiriga kelib, 4672 ta bola shaharlarda, 870 bola qishloqlarda tarbiyaga olindi. 1940-yilda respublikaning eng yirik viloyatlaridan biri bo‘lgan Farg‘onada 3 000 dan ortiq ulamolar ro‘yxatga olingan. Ularning ko‘pchiligi Qo‘qon Marg‘ilon, Namangan, Chust, Asaka, Quva, Andijon kabi shaharlarda yashirin yoki ochiq faoliyat olib borayotgan masjid imomlari, mullalar, qori va otinbibilar bo‘lib, soliq yuki tufayli ba’zilari o‘z diniy vazifalaridan voz kechib, dehqonchilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar. Farg‘ona viloyati bo‘yicha 1941-yilning 1-kvartalida 413 ta xudosizlar yacheykasi ishlab turgan bo‘lsa, 2-kvartalida 530 taga yetib ular soni 117 taga

ko‘paygan. Uyushma azolari esa 9623 tadan 12298 taga ko‘payib, miqdoriy o‘sish 2675 kishini tashkil etgan Qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina» zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar, Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi. Farg‘ona vodiysi qadimdan dehqonchilikka asoslangan taraqqiyotni boshidan kechirgan. Keyinchalik ham shu aosda sanoat paydo bo‘ldi. Front hududlaridan minglab aholi, sanoat korxonalari, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklar mamlakat ichkarisiga ko‘chirish boshlab yuborildi. Ulardan 104 ta korxona O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. Ular orasida Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, “Krasniy-Aksoy”, “Rosselmash”, Sumsk kompressor va Dnepropetrovski karbund zavodlari, Moskvadagi “elektrokabel” va “Podyomnik” zavodlari, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi va boshlar shular jumlasidandir. Ulardan 22 tasi farg‘ona vodiysiga joylashtirilgan. 9 SSSRning markaziy qismlaridan ko‘chirib, asbob-uskunalar bilan taminlangan korxonalari ish sharoiti urush holatiga moslashtirilib, qatiy mehnat intizomi o‘rnatilgan. Xususan, mehnat kuni 12-13 soatni, ba`zan 14-16 soatni qamrab olgan.Ishchilar o‘zlarida mavjud barcha potensial bilan ishlatilar. Ayniqsa, mehnatga yaroqli aholining katta qismini dastlabki davrlaridayoq ayollar tashkil eta boshlagan. Masalan, bu ko‘rsatkich 1940- yilda sanoatda ayollar salmog‘i 34,0 % ni egallagan bo‘lsa, keyingi 2 yilda bu miqdor deyarli ikki marta oshib ketdi va 63,5 % ga yetdi urush davrida O‘zbekistonga minglab insonlar evakuatsiya qilindi, ulardan 200 ming nafarini bolalar tashkil qildi. Eng achinarlisi, ularning ko‘pchiligi yo‘l azobi chiday olmay halok bo‘ldi yoki ochlikka bardosh berolmadi. 1941-yil 25-noyabridan 1942-yil oktabrgacha 15649 nafar bola olib kelindi. Ko‘pchilik oilalar ikki-uch nafardan bolani o‘z qaramog‘iga oldi. Shu jumladan, 14 ta, 10 ta, 9 ta bola asrab olib parvarishlagan xonadonlar bo‘ldi. 1943-yilning oxiriga kelib, 4672 ta bola shaharlarda, 870 bola qishloqlarda tarbiyaga olindi. 1941-1942-yillarda 106 ta bolalar uyida 12 ming bola tarbiyalangan bo‘lsa, 1945-yilga borib, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 263 ta mehribonlik uyida 31300 nafarga yaqin bola tarbiya qilingan. Albatta, bunday ma'lumotlani o'qir ekanmiz, o'zbek xalqining naqadar bag'rikeng xalq bo'lganining guvohi bo'lamiz. Ikkinchi jahon urushida o’zbek xalqi fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga o’zining munosib hissasini qo’shdi. 120 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Mirziyoyev Sh, “Ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning poydevoridir” Toshkent – “Tasvir” – 2021 // Mirziyoyev Sh., "Virtue and creativity are the foundation of our national idea" Tashkent - "Tasvir" - 2021
  2. Mirziyoyev Sh, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi” Toshkent –“O‘zbekiston” – 2017 // Mirziyoyev Sh."Rule of law and ensuring human interests - a guarantee of the country's development and well-being" Tashkent - "Uzbekistan" - 2017
  3. Usmonov Q, Sodiqov M, “O‘zbekiston tarixi” , Sharq- 2010 // Usmanov Q, Sodikov M, "History of Uzbekistan", Sharq- 2010
  4. Shamsutdinov R, Karimov SH, Hoshimov S, Ubaydullayev O‘, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” Toshkent-2000. “Sharq” nashriyoti // Shamsutdinov R, Karimov SH, Hoshimov S, Ubaydullayev O', "The newest history of Uzbekistan" Tashkent-2000. "Sharq" publishing house
  5. Murtazayeva R, “O‘zbekiston tarixi”, “Akademiya” nashriyoti, Toshkent- 2010- yil. // Murtazayeva R, "History of Uzbekistan", "Akademiya" publishing house, Tashkent-2010.
  6. Jo‘rayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. “O‘zbekistonning yangi tarixi” 2-kitob. Toshkent-2000 yil, “Sharq” nashriyoti // Jorayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. "New history of Uzbekistan" 2nd book. Tashkent-2000, "Sharq" publishing house

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011178
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/155
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
199–202
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25