Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

TA‘LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qiziQo‘qon universiteti Ta‘lim kafedrasi o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 8Sahifa 32–35

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni, ularning ta‘lim sifatiga ta‘siri, shuningdek, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqolada interfaol metodlar, elektron ta‘lim vositalari, integratsiyalashgan yondashuvlar va zamonaviy texnologik yechimlar haqida fikr yuritilgan. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari, tatbiq qilish usullari hamda ularni qo‘llashdagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИННОВАЦИОННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ

В данной статье рассматривается роль инновационных педагогических технологий в современном образовательном процессе, их влияние на качество образования, а также их роль в формировании знаний, навыков и компетенций обучающихся. В статье рассматриваются интерактивные методы, электронные средства обучения, комплексные подходы и современные технологические решения. Также рассматриваются преимущества инновационных технологий, способы их внедрения и актуальные проблемы их использования.

inglizchaINNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION

This article discusses the place of innovative pedagogical technologies in the modern educational process, their impact on the quality of education, and also their role in forming students‘ knowledge, skills and competences. The article considers interactive methods, electronic learning tools, integrated approaches and modern technological solutions. The advantages of innovative technologies, the ways of their implementation and topical issues in their application are also examined.

Kalit so‘zlar

  • innovatsiya
  • pedagogik texnologiya
  • interfaol metod
  • zamonaviy ta‘lim
  • kreativlik
  • kompetensiya
  • raqamli ta‘lim
  • interaktiv dars

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Orcid: https://orcid.org/0009-00017868-7602 E-mail: boymirzayevashahnoza98@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17066927 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni, ularning ta’lim sifatiga ta’siri, shuningdek, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqolada interfaol metodlar, elektron ta’lim vositalari, integratsiyalashgan yondashuvlar va zamonaviy texnologik yechimlar haqida fikr yuritilgan. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari, tatbiq qilish usullari hamda ularni qo‘llashdagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiya, interfaol metod, zamonaviy ta’lim, kreativlik, kompetensiya, raqamli ta’lim, interaktiv dars

ИННОВАЦИОННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ Аннотация: В данной статье рассматривается роль инновационных педагогических технологий в современном образовательном процессе, их влияние на качество образования, а также их роль в формировании знаний, навыков и компетенций обучающихся. В статье рассматриваются интерактивные методы, электронные средства обучения, комплексные подходы и современные технологические решения. Также рассматриваются преимущества инновационных технологий, способы их внедрения и актуальные проблемы их использования. Ключевые слова: инновации, педагогические технологии, интерактивный метод, современное образование, креативность, компетентность, цифровое образование, интерактивный урок

INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION Abstract: This article discusses the role of innovative pedagogical technologies in the modern educational process, their impact on the quality of education, as well as their role in the formation of students' knowledge, skills and competencies. The article discusses interactive methods, electronic learning tools, integrated approaches and modern technological solutions. The advantages of innovative technologies, methods of implementation and current issues in their use are also considered. Keywords: innovation, pedagogical technology, interactive method, modern education, creativity, competence, digital education, interactive lesson

KIRISH XXI asrda insoniyat taraqqiyotining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu — ta’lim sifati va uning innovatsion rivojlanish darajasi hisoblanadi. Globallashuv, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, yangi kasblarning paydo bo‘lishi kabi omillar ta’lim tizimidan tub o‘zgarishlarni talab qilmoqda. An’anaviy pedagogik yondashuvlar endilikda o‘quvchilarni zamonaviy jamiyat talablariga tayyorlashda yetarli emas. Shu sababli, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar — bu ilg‘or g‘oyalarga, zamonaviy ilmiy yondashuvlarga asoslangan, o‘quvchilarda faollik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish kabi kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish usulidir. Bu texnologiyalar ta’limning interaktivligini oshiradi, o‘quvchini dars jarayonining markaziga qo‘yadi va bilim olishni faol, qiziqarli jarayonga aylantiradi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ham so‘nggi yillarda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident qarorlari va davlat dasturlari asosida umumta’lim muassasalarida interfaol metodlar, raqamli ta’lim vositalari, masofaviy ta’lim shakllari keng joriy etilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, o‘qituvchilar faoliyatini esa yangi, ijodiy bosqichga olib chiqadi. Mazkur maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalarning mazmuni, turlari, ta’lim jarayoniga ta’siri, O‘zbekistonda joriy etilayotgan tajribalar hamda mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. ASOSIY QISIM Innovatsion pedagogik texnologiyalar — bu ta’lim jarayonida yangi pedagogik yondashuvlar, metodlar va vositalarni qo‘llash orqali bilim berish sifatini oshirishga qaratilgan tizimli jarayonlar majmuasi. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim jarayonida quyidagi innovatsion texnologiyalar tavsiya etilgan: Interfaol o‘qitish metodlari: O‘quvchilarni faol ishtirokchiga aylantiradigan metodlar (masalan, muammoli o‘qitish, loyiha asosida ta’lim, guruh ishlari, rolli o‘yinlar, “brainstorming”). Loyihaviy ta’lim texnologiyasi: O‘quvchilarni o‘zlashtirilayotgan bilimni amaliy muammolarga tatbiq etishga o‘rgatadi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu texnologiya O‘zbekiston maktablarida 2018-yildan keng joriy etilmoqda. Modulli ta’lim: Ta’lim mazmunini mustaqil o‘zlashtirishga qulay bo‘linmalarga ajratadi, ta’lim jarayonini bosqichma-bosqich samarali tashkil etadi. Multimedia va raqamli vositalar: Elektron darsliklar, interfaol doskalar, ta’lim portallari (masalan, "Eduportal.uz") ta’lim sifatini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Gamifikatsiya (o‘yin elementlarini qo‘llash): Ta’lim jarayonini qiziqarli va rag‘batlantiruvchi qilish uchun didaktik o‘yinlar, viktorinalar keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt va adaptiv o‘qitish tizimlari: O‘quvchining individual xususiyatlariga moslashtirilgan ta’lim platformalari, masalan, “Bilimdaryo” onlayn platformasi, o‘quvchilarga o‘zlashtirish darajasiga qarab material taklif qiladi. Xalqaro tadqiqotlar (masalan, UNESCO hisobotlari, OECD PISA natijalari) ko‘rsatadiki, interfaol va innovatsion metodlar yordamida olib borilgan ta’lim natijalari an’anaviy metodlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. O‘quvchilarning bilim olish samaradorligi oshadi: 2019-yilda O‘zbekiston maktablarida interfaol doskalar va elektron darsliklardan foydalanish boshlangandan keyin o‘quvchilarning imtihon ko‘rsatkichlari o‘rtacha 15% ga yaxshilanganligi qayd etilgan (Xalq ta’limi vazirligi statistikasi). O‘quvchilarning motivatsiyasi va faolligi ortadi: Interfaol metodlar o‘quvchilarda mustaqil izlanish va o‘z fikrini bildirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Misol uchun, “brainstorming” metodidan foydalanish natijasida guruh ishlari samaradorligi 25% ga oshgan.

Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari rivojlanadi: Loyihaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchilarga real hayotiy muammolarni hal qilish imkonini beradi, bu esa ularning tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi. Jamoaviy ishlash va muloqot ko‘nikmalari shakllanadi: Guruh ishlarida o‘quvchilar o‘zaro fikr almashadi, hamkorlikda qaror qabul qilishni o‘rganadi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limni modernizatsiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosiy o‘rin tutadi. 2017-yilda qabul qilingan “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi” doirasida maktablarda interfaol o‘qitish texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 2018-yildan boshlab, respublika maktablarida elektron darsliklar va interfaol doskalar keng qo‘llanilmoqda. Hozirda barcha umumta’lim maktablarining 80% dan ortig‘i zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. “Bilimdaryo”, “Eduportal” kabi onlayn ta’lim platformalari ta’lim jarayoniga raqamli innovatsiyalarni olib kirdi. Ushbu platformalar orqali minglab o‘quvchilar va o‘qituvchilar onlayn darslar, testlar va metodik materiallarga erkin kirish imkoniga ega. Respublikada STEAM yo‘nalishi rivojlantirilmoqda, bu fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika sohalarini birlashtirgan kompleks yondashuv bo‘lib, unda innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning malakasini oshirish markazlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan, u yerda pedagoglar yangi metod va texnologiyalarni o‘zlashtirmoqda. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishda duch kelinayotgan muammolar Texnik ta’minotning notengligi: Katta shaharlarda texnologiyalar keng tarqalgan bo‘lsada, qishloq va chekka hududlarda texnik jihozlar yetishmasligi o‘rganilgan. Pedagoglarning yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklari: Ko‘pchilik o‘qituvchilar yetarlicha malaka va bilimga ega emas, bu esa innovatsion texnologiyalarni to‘liq joriy etilishiga to‘sqinlik qiladi. Ta’lim dasturlarining zamon talablariga mos emasligi: Ba’zi o‘quv dasturlari hali ham an’anaviy yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, innovatsion metodlar uchun joy yetishmaydi. Internet va raqamli resurslarga cheklangan kirish: Ayniqsa, qishloq joylarda internet tezligi pastligi va arzon qurilmalar yetishmasligi muammo tug‘diradi. Muammolarni hal etish va rivojlantirish istiqbollari Davlat tomonidan texnik bazani mustahkamlash: Respublikada “Raqamli maktab” loyihasi doirasida barcha ta’lim muassasalarini yuqori sifatli internet bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. O‘qituvchilarni malaka oshirish: Innovatsion pedagogik texnologiyalar bo‘yicha doimiy treninglar, onlayn kurslar va amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda. Ta’lim dasturlarini yangilash: Zamonaviy fan va texnologiyalarga moslashtirilgan darsliklar ishlab chiqilmoqda. Raqamli resurslar yaratish va kengaytirish: Ochiq onlayn resurslar, elektron kutubxonalar, interaktiv platformalar soni ko‘paytirilmoqda. XULOSA Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablariga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Innovatsion metodlar orqali o‘quvchilar faolligi,

mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va tanqidiy tafakkuri rivojlanadi, ta’lim jarayoni interaktiv va qiziqarli bo‘ladi. O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi yillarda elektron darsliklar, interfaol doskalar, onlayn platformalar va loyihaviy ta’lim kabi texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bular o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, texnik ta’minotning notengligi, pedagoglarning malaka darajasi va ta’lim dasturlarining eskirishi kabi muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Kelajakda innovatsion pedagogik texnologiyalarni yanada rivojlantirish va keng joriy etish uchun zamonaviy infratuzilmani mustahkamlash, o‘qituvchilarni doimiy ravishda malaka oshirishga jalb etish hamda ta’lim kontentini modernizatsiya qilish zarur. Faqat shu yo‘l bilan ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishish va mamlakat kelajagini ta’minlash mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI 1. Axmedova D.S. Pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. 2. Nosirova Z.Z., Qodirova M.K. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. 3. Raxmonqulova G. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2019. 4. qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. GOLDEN BRAIN, 2(7), 48-52. 5. 5.Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVNING USLUBIY ASOSLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Наука и инновация, 1(6), 128-129. 6. 6.qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BO‘LAJAK TARBIYACHINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH. GOLDEN BRAIN, 2(7), 41-47. 7. 7.Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). DEVELOPING CREATIVE THINKING THROUGH HANDICRAFT FOR PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616. 8. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA IJODIY O’YINLARDAN FOYDALANISH. Nordic_Press, 5(0005) 9. Nurjahon, T. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QOL MEHNATINI RIVOJLANTIRISH. University Research Base, 456-460.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Axmedova D.S. Pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021.
  2. Nosirova Z.Z., Qodirova M.K. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.
  3. Raxmonqulova G. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2019.
  4. qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. GOLDEN BRAIN, 2(7), 48-52.
  5. 5.Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVNING USLUBIY ASOSLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Наука и инновация, 1(6), 128-129.
  6. 6.qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BO ‘LAJAK TARBIYACHINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH. GOLDEN BRAIN, 2(7), 41-47.
  7. 7.Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). DEVELOPING CREATIVE THINKING THROUGH HANDICRAFT FOR PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616.
  8. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA IJODIY O’YINLARDAN FOYDALANISH. Nordic_Press, 5(0005)
  9. Nurjahon, T. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QOL MEHNATINI RIVOJLANTIRISH. University Research Base, 456-460.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013064
Nashr sanasi
2025-09-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
8
DOI
10.66073/researchfocus.v4i8.1744
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
32–35
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
62026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06