Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XX ASRNING 50-60-YILLARIDA QISHLOQ O‘QITUVCHILARINING UY-JOY BILAN TA‘MINLASH IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH DARAJASI (FARG‘ONA OBLASTI MISOLIDA)
Nargizaxon Abdukakhorovna Sharipova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Sovet hokimiyati yillarida xalq ta‘limi sohasini rivojlantirish uchun o‘qituvchilarga turli imtiyozlar yaratildi. Kommunal to‘lovlar uchun mablag‘ o‘tkazish, uy-joy berish va dam olish uchun imtiyozlar shular jumlasidandir. Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy qiyinchiliklar davrida Farg‘ona viloyati qishloq pedagoglarining uy-joy bilan ta‘minlanish darajasi va yuzaga kelgan muammolar arxiv manbalari va davriy nashrlar, ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KOSIB VA HUNARMANDCHILIK ISHLAB CHIQARISHINI KOOPERATIVLASHTIRISH SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI (XX ASR BOSHLARI)
Gulchekhra DADAMIRZAYEVA · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada o‘lkada sovet hokimiyatining kosib-hunarmandlarni kooperativlashtirish siyosati va uning oqibatlari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu tarixshunosligi bayon qilingan. Shuningdek sovet hokimiyati o‘rnatilishi arafasida hunarmandchilik ishlab chiqarishining xo‘jalik munosabatlarida o‘rni va roli masalalari yoritilgan. Ishlab chiqarishdagi xususiy mulkchilikni tugatish masalasi va uning oqibatlari tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGAN SHAHRIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMI (1917-1990 yy.)
Mansurov Ulugbek Umarovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada 1917–1990-yillar oralig‘ida Namangan shahrida aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining shakllanishi, rivojlanishi va o‘zgarish jarayonlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xizmat ko‘rsatish sohasining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati ochib berilib, Sovet davridagi siyosiy-iqtisodiy omillarning bu tizimga ko‘rsatgan ta‘siri yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VILOYATIDA O‘TKAZILGAN YER ISLOHATI VA UNING OQIBATLARINING DAVRIY MATBUOT SAHIFALARIDA YORITILISHI
Mingnorov Abdukholiq Tashmirzaevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgach, milliy respublikalar, xususan O‘zbekistonda ham o‘zlarining hukmronligini yanada mustahkamlash maqsadida yer-suv islohati o‘tkazadilar.Ushbu islohat mahalliy xalq uchun bo‘lmay balki, bosqinchilik siyosatini olib borayotgan bolsheviklar manfaati uchun hizmat qildi. Ushbu iqtisodiy jarayonlar davriy matbuot sahifalarida yoritib borilgan edi. Bu ma‘lumotlarini o‘rganish, taxlil etish orqali O‘zbekistonda o‘tkazilgan yer-suv islohatining mohiyatini anglab yetishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“SADOIY FARG‘ONA” GAZETASIDA FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING YORITILISHI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)
Nigora Rakhimdzhanova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada 19-20 asrlarda Turkistondagi bir qator nashrlar, xususan, «Sadoyi Farg‘ona» gazetasida Farg‘ona vodiysining shu davrga oid tarixiga alohida to‘xtalib o‘tiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“TARJIMON” GAZETASI SAHIFALARIDA QO‘QONDAGI MAKTABLARNING YORITILISHI VA TARIXIY TAHLILI
Isokbayev Alisher Ahmadjonovich, Abdurazzaqov, son of Shahzodkhoj Shokirkhoj · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Bog‘chasaroyda jadidchilik g‘oyalarini asoschisi, ma‘rifatparvar Ismoil Gaspirinskiy tomonidan chiqarilgan “Tarjimon” gazetasida nashr etilgan maqolalar asosida Turkiston o‘lkasi shuningdek, Qo‘qon shahrida usuli jadid maktablarining paydo bo‘lishi, ularning faoliyati hamda o‘qitish tizimlari va boshqa masalalar yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XX ASR BOSHLARIDA JADIDLARNING O‘ZBEK XALQ FOLKLORI MEROSINI ASRASHDAGI FAOLIYATI
Makhmudov Mansurjon Abdugopporovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada mahalliy aholining ilm-ma‘rifatli kishilari orasida sovet hukumatining mafkuraviy tazyiqlari oqibatida e‘tibordan chetda qolayotgan asriy qadriyatlarning bebaho durdonalari bo‘lgan madaniy meros ob‘ektlarini, ma‘naviy merosni tadqiq etishga, avaylab asrashga qaratilgan chiqishlar, ma‘ruzalar, ilmiy maqolalari tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ANDIJON QO‘ZG‘OLONI MUZEYLARDA: MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI XALQ KURASHI
Famous Adiljon kizi Darmonova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada 1898-yili sodir bo‘lgan Andijon qo‘zg‘oloni tarixiy jarayon sifatida tahlil qilinib, uning mustamlakachilikka qarshi xalq harakati sifatidagi o‘rni yoritiladi. Qo‘zg‘olon yetakchisi Dukchi Eshon boshchiligidagi harakat zamirida xalqning erkinlik va adolatga bo‘lgan intilishi yotgani ta‘kidlanadi. Shuningdek, maqolada Andijon qo‘zg‘oloni xotirasi qanday shakllantirilayotgani, ayniqsa muzeylar faoliyatida bu tarixiy hodisaning qanday aks ettirilayotgani, hududiy muzeylarning tarixiy merosni asrash, targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JADIDCHILIK G‘OYALARINI YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITLARIGA UYG‘UNLASHTIRISH TAJRIBASI VA ISTIQBOLLARI
Khaydarova Dilorom Abdukhamidovna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrda amalga oshirilgan islohotlar va yangilanishlar kontekstida jadidchilik g‘oyalarini zamonaviy sharoitga moslashtirish tajribasini tahlil qiladi. Tadqiqot jadidchilik g‘oyalarining asosiy tamoyillari, ularning zamonaviy O‘zbekiston rivojlanishida tutgan o‘rni, shuningdek, jadidchilik g‘oyalarini davlat siyosati, ta‘lim, madaniyat va ijtimoiy hayotga tatbiq etishning istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIY VILOYATLARIDA MEHNAT BOZORI: MAVJUD HOLAT VA MUAMMOLAR
Abdukhamidov Islambek Abdukhalim oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqola mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi mehnat bozori va bu borada olib borilgan davlat siyosati masalalari muhokama qilingan. Sovet tuzumida mavjud bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishdagi muammolar va bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida tanqidiy fikrlar keltirib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MUSTAQILLIK YILLARIDA TAYYORLANGAN MILLIY MEDIA MAHSULOTLARNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI.
Akramov Ghiyosiddin Najmiddin oglu, Mamadaliyeva Ra‘noxon Abdurahmon qizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng yaratilgan milliy media mahsulotlarning yoshlar tarbiyasiga ta‘siri tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida ishlab chiqilgan filmlar, teledasturlar, multfilmlar, hujjatli filmlar va internet orqali tarqalgan milliy ruhdagi kontentlar yosh avlod ongida vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, ma‘naviyat va ma‘rifat kabi muhim tushunchalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda bu media mahsulotlarning tarbiyaviy ahamiyati, mazmun-mohiyati va ularning yoshlar ongiga ko‘rsatgan ijobiy ta‘siri yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FAROVON JAMIYATNING ASOSIY TO‘SQLARI.
Dadajonov is the son of Ruzimuhammad Abdusamad. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada farovon jamiyat qurilishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, iqtisodiy tengsizlik, korrupsiya, huquqiy savodsizlik, ma‘naviy inqiroz, ijtimoiy adolatsizlik va ekologik muammolar kabi dolzarb masalalarga e‘tibor qaratiladi. Har bir omilning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‘siri asosli dalillar orqali yoritilib, ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI BOSHQARUV TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
Olimov Islambek, son of Ulugbek · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan islohotlar hamda soha boshqaruv tizimidagi islohotlar haqida so‘z boradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JALOLIDDIN RUMIYNING “ICHINDAGI ICHINDADUR” ASARIDA INSON O‘ZLIGINI ANGLASHINING FALSAFIY MASALALARI
Muhammadjon Rakhimov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada buyuk fors-tojik mutafakkiri va tasavvuf shoiri Jaloliddin Rumiyning “Ichingdagi ichingdadur” asari tahlili orqali inson o‘zligini anglash muammosi falsafiy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Muallif Rumiy ta‘limotida inson qalbi va ma‘naviyatining markaziy o‘rin egallashini ta‘kidlaydi hamda insonning tashqi olam emas, balki ichki dunyo orqali haqiqatga yetmog‘i zarurligini asoslaydi. Maqolada Rumiyning "insonning haqiqiy qiyofasi — uning ichki olamida" degan g‘oyasi ta‘riflanib, inson o‘zligini anglash jarayonida tafakkur, qalb pokligi va ma‘rifatning ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, asardagi ramziy obrazlar, ruhiy kamolot, vahdatul vujud g‘oyasi orqali insonning komillikka intilishi falsafiy jihatdan yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FAROVON JAMIYAT QURISHDA DUNYOVIY VA DINIY TARBIYANING FALSAFIY OMILLARI.
Dadajonov is the son of Ruzimuhammad Abdusamad. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada farovon jamiyat qurishda dunyoviy va diniy tarbiyaning falsafiy omillari chuqur tahlil qilinadi. Unda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlik va ma‘naviy kamolot jarayonida tarbiyaning o‘rni, ayniqsa, dunyoviy va diniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadigan ijtimoiy ong, axloqiy mezonlar va fuqarolik mas‘uliyati kabi tushunchalar falsafiy nuqtayi nazardan yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY MAKTABLARDA XALQ TA‘LIMOTI MEROSINI AKS ETTIRISH HAMDA O‘QUVCHILARGA MILLIY TARIX VA MADANIYATNI YETKAZISH, TARIXIY KONTEKSTNI BOYITISH ASOSLARI
Isokjanov Furqat Kadirjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqola Boshlang‘ich ta‘limida Sinfxonalar va o‘quv maydonchalari uchun interaktiv taxtalar, kompyuterlar, audio va video vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari kabi zamonaviy texnika bilan ta‘minlash orqali dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish, maktab binolarining ta‘mirlanganligi, sinfxonalar, kutubxonalar, sport zalari va o‘quv xonalarning qulayligi ta‘lim sifatiga katta ta‘siri. Bino xavfsizligi, yo‘llar, sanitariya va energiya tejamkor tizimlarga e‘tibor berish lozimligi hamda Internetga ulanish, elektron kutubxonalar va onlayn ta‘lim resurslarini yaratish bilan ta‘lim jarayonini raqamlashtirish orqali o‘quvchilarni bilim darajasini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KORRUPSIYANING IJTIMOIY HODISA SIFATIDAGI TUSHUNCHASI VA MOHIYATINI ANIQLASH MUAMMOLARI, HAMDA UNING GENEZISI (KELIB CHIQISHI)
Kipchokov Xomidjon Gulomovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmun-mohiyatini aniqlashdagi murakkabliklar hamda tarixiy shakllanish jarayonlari tahlil etilgan. Korrupsiyaning huquqiy, etik va ijtimoiy jihatdan turlicha talqin qilinishi bu hodisaning ko‘p qirrali va murakkabligini ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tengsizlik, adolasizlik va hokimiyat vakolatlarining suiiste‘mol qilinishi korrupsiyaning asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada korrupsiyaning genezisi – ya‘ni uning tarixiy ildizlari, madaniy va iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq shakllanishi xolis tahlil qilinib, ushbu hodisaga qarshi samarali kurashish uchun chuqur ijtimoiy-anglash zarurligi asoslab berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FIQHNING KELIB CHIQISHI VA SHAKLLANISHI
Asaboev Gayrat Kurbanovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada fiqxiy masalalarni bugungi axborotlashgan jamiyatda qay darajada dolzarb axamiyatga ega ekanligini aniqlash uchun uni shunchaki, yuzaki tadqiqotlar orqali o‘rganib bo‘lmasligi, balki naqadar mukammal va murakkab tizim ekanligini xisobga olgan xolda uning genezesidan tortib, to zamonaviy axamiyatgacha chuqur izlanish va tadqiqotlarni talan o‘tkazish orqaligina biz yechimni kutayotgan masalalarni ilmiy darajada xal etish bayon qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TARIX FANLARINI O‘QITISHDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARDA O‘YLASH, FIKRLASH VA DUNYOQARASHNI KENGAYTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
Akhrorova Umida Khamidullayevna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola tarix fanlarini o‘qitishda tizimli yondashuv asosida talabalarda to‘g‘ri o‘ylash, fikrlash va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, pedagog faoliyati davomida ma‘ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot jarayonlarida tizimli yondashuvning metodlari, mezonlari va usullaridan unumli foydalanish orqali talabalarni fang abo‘lgan qiziqishi va o‘zlashtirishi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish jarayonlarini nazariy jihatdan yoritib berishga qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MADANIYAT VA SAN‘AT SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLAR TASHKILOTLARINING O‘RNI
Kurbanov Ravshan Raimjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda yoshlarni madaniyat va san‘at sohasida qo‘llab-quvvatlash Yoshlarni san‘at sohasida salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatlari Farg‘ona vodiysi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Yoshlar ittifoqi” va Yoshlar ishlari agentligi misolida tahlili yoritilgan.