Asosiy mazmunga o‘tish

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI BOSHQARUV TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

Olimov Islambek, son of UlugbekNamangan Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchi “University of bussines and science” Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qtuvchisi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 428–432

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan islohotlar hamda soha boshqaruv tizimidagi islohotlar haqida so‘z boradi.

Boshqa tillarda

ruschaРЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ УПРАВЛЕНИЯ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДОЙ REFORMS IN THE ENVIRONMENTAL MANAGEMENT SYSTEM

В статье рассматриваются реформы, связанные с экологией, охраной окружающей среды и изменением климата в Республике Узбекистан, а также реформы в системе управления сектором.

inglizchaREFORMS IN THE ENVIRONMENTAL PROTECTION MANAGEMENT SYSTEM

This article discusses reforms related to ecology, environmental protection and climate change in the Republic of Uzbekistan, as well as reforms in the sector‘s management system.

Kalit so‘zlar

  • BMT
  • Rio-de-Janeyro
  • Yoxannesburg
  • Kioto protokoli
  • Parij bitimi
  • Ekologiya
  • vazirlik
  • boshqarmalar
  • dastur
  • “Toza hudud”
  • “Yashil” iqtisodiyot

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI BOSHQARUV TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

REFORMS IN THE ENVIRONMENTAL PROTECTION MANAGEMENT SYSTEM

РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ УПРАВЛЕНИЯ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДОЙ REFORMS IN THE ENVIRONMENTAL MANAGEMENT SYSTEM

Olimov Islombek Ulug‘bek o‘g‘li Namangan Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchi “University of bussines and science” Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qtuvchisi e-mail: olimov.islombek92@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan islohotlar hamda soha boshqaruv tizimidagi islohotlar haqida so‘z boradi. Abstract. This article discusses reforms related to ecology, environmental protection and climate change in the Republic of Uzbekistan, as well as reforms in the sector's management system. Аннотация. В статье рассматриваются реформы, связанные с экологией, охраной окружающей среды и изменением климата в Республике Узбекистан, а также реформы в системе управления сектором. Kalit so‘zlar. BMT, Rio-de-Janeyro, Yoxansburg, Kioto protokoli, Parij bitimi, Ekologiya, vazirlik, boshqarmalar, dastur, “Toza hudud”, “Yashil” iqtisodiyot Keywords. UN, Rio de Janeiro, Johannesburg, Kyoto Protocol, Paris Agreement, Ecology, ministry, departments, program, "Clean Zone", "Green" economy Ключевые слова. ООН, Рио-де-Жанейро, Йоханнесбург, Киотский протокол, Парижское соглашение, экология, министерство, ведомства, программа, «Чистая зона», «Зеленая» экономика

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng, amaliy jihatdan avvalgi farq qiluvchi, tabiatni muhofaza qilish jarayonining meyoriy-huquqiy bazasi tubdan qayta tashkil qilinib, tabiatdan foydalanishning ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usulidan, iqtisodiy usullariga o‘tila boshladi. Darhaqiqat, respublikada ilk mustaqilik yillaridayoq asosiy e’tibor inson faoliyati, kishilar sog‘ligini himoya qilish uchun qulay atrof-muhit sharoitlarini ta’minlashga qaratildi. O‘zbekiston mustaqillikdan oldingi tuzumdan Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik inqirozni, aholi salomatligi va atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, suv va yer resurslarini yo‘qotgan yerlarni meros qilib oldi. 1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, hukumatning 1988 yil aprel oyida qabul qilingan qarorida davlatning atrof-muhit muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi

qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari viloyatlar, shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan [10]. O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati Konstitutsiya, qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha Roi-de-Janeyro va Yoxannesburg deklaratsiyalarining tamoyillari asosida, xalqaro konvesiyalar va shartnomalardan hamda yetakchi davlatlarning qonunchilik sohasidagi tajribalardan kelib chiqadigan respublikaning majburiyatlari hisobga olingan holda olib borildi[1]. Tabiatni muhofaza qilish soha xodimlari tomonidan 1992 yilning o‘zida 40 ta hujjat loyihalari ishlab chiqilib, shulardan 28 tasi tadiqlandi[2, 13]. Ekologik qonunchilikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi va “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari, Yer kodeksi va boshqalar qabul qilindi. Umuman olganda mustaqillik yillarida sohaga oid O‘zbekiston Respublikasining 51 ta qonuni, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining 4 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 ta farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 106 ta qarori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yhatdan o‘tgan 16 ta meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi[3, 1]. Mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choratadbirlarni yanada jadallashtirish maqsadida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”, “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” va boshqalar shular jumlasidandir. Respublikamizda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha qo‘yilgan yana bir muhim qadamlardan biri bu har yilgi an’anaga muvofiq Prezident tomonidan 2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlanishidir. Hamda ushbu yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha Davlat dasturining qabul qilinishidir. Dasturga muvofiq “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida va Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilangan vazifalarning ijrosini og‘ishmay tashkil etish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida hadli konvensiyasining Kioto protokoli va Parij bitimi doirasida mamlakatning global hamjamiyat oldida olgan majburiyatlarini bajarishda tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil transformatsiya”sini amalga oshirish, ularning raqobatbardoshligi va resurs tejamkorligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish hamda aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishning yangi “yashil rivojlanish” modeliga o‘tishdan iboratdir[4]. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan 2017-2021 yillar mobaynida rivojlantirishning besht ustuvor yo‘nalishdan iborat Xarakatalar

strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatda ekologiya, atrofmuhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi[5]. Ushbu farmoyish bilan o‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga aylantirish nazarda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bundan buyon Davlat ekologiya qo‘mitasi deb nomlanadigan bo‘ldi[10]. Mazkur farmon doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasiga bir nechta vazifalar yuklatildi. Jumladan, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish; maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish ishlarining samarali tizimini tashkil etish, atrof-muhitning ekologik holati maqbul tarzda saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy komplekslar va alohida ob’ektlarni qo‘riqlashni, ekologik vaziyat sog‘lomlashtirishini ta’minlash; yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish; chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish borasida davlat ekologik nazoratni amalga oshirish; ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan va saqlanadigan pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish; ekologik tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. Ushbu vazifalar mamlakatda ekologik xavsizlikni ta’minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘mitalari, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahrining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalaridan tashkil topgan. Hududiy boshqarmalarning negizida “Toza Hudud” davlat unitar korxonasining shaharlar va shuningdek, respublika tumanlarida maishiy chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchastkalari asosida tuman hokimliklarining obodonlashtirish bo‘limlari tuzildi[6]. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qulay ekologik vaziyatni barqaror ta’minlash, hududiy birliklarning samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiqlashtirish hamda davlat boshqaruvida ma’muriy islohotlar kontseptsiyasi doirasida davlat boshqaruvining samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida quyidagilar tuzilgan: – Biologik xilma-xillik va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va yuridik shaxsni tashkil qilmasdan chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, yo‘qotish, qayta ishlash, ko‘mib

tashlash va yo‘q qilish nazorati inspektsiyasi bazasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorati inspektsiyasi; – Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari assotsiatsiyasi; – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi va billing tizimi asosida davlat unitar korxonasi shaklida ekologik axborot markazi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimediani joriy etish[7]. Raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratish, ekologik madaniyatni yanada oshirish, bioxilma-xillikni asrash va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tartibga solish, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish hamda ularni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy qilish orqali ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi[8] Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi[9]. Ushbu farmon doirasida yangi vazifa va funksiyalarni qo‘shilganini inobatga olib, Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhit muhofaza qilish va iqlimi o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Shu bilan birga “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy etildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritildi, qolaversa bosh prokuratura tashkiliy-shtat tuzilmasida qo‘shimcha 6 ta shtat birligidan iborat ekologiya sohasidagi nazorat boshqarmasi tashkil etildi. Vazirlik tizimida alohida yuridik maqomga ega bo‘lmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tashkil etildi. Farmon doirasida 2024 yil 31 dekabrga qadar joylarda atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar xarid qilish va o‘rnatish tartibi belgilandi[11]. Umuman olganda bugungi kunda atrof-muhit muhofazasiga dunyo hamjamiyati tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunga sabab ekologik tahdidlar, global isish jarayoni hamda suv taqchilligining vujudga kelishi hisoblanadi. Respublikada ham ekologiya sohasida bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Sohadagi boshqaruv organlari faoliyati tubdan takomillashtirilishi hamda qayta tashkil etilishini shular sirasiga kiritish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Экология хабарномаси. –Тошкент, 2008. №9. –Б.9
  2. ДЭКЖА. Ф.1. Оп.1. Ед. Хр. 26. Л.13. протокол №1 от 23.01.1993 г.
  3. ДЕКЖА. Доклад председателя Госкомприроды РУз Б.Абдусаматова от 26.11.2015. Тошкент, 2015.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-16-sonli “O‘zbekiston-2030 strategiyasini atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” farmoni. 2025 y. 31-yan.
  5. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 21-сон. 397-модда
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2916-sonli qarori “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2017 y. 21-apr. https://lex.uz/ru/docs/-3174890
  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentoning PQ-3956-sonli “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 2018 y. 3-okt.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-14-sonli qarori “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 2023 y. 21-yan.
  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81-sonli qarori “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2023 y. 31-may
  10. O‘zEVJA. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining tarixi. https://www.uznature.uz/uz/
  11. https://lex.uz/docs/-6479180
  12. O‘zEVJA. Davlat ekologiya qo‘mitasi tarixi. https://www.uznature.uz/

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011144
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/118
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
428–432
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25