ANDIJON QO‘ZG‘OLONI MUZEYLARDA: MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI XALQ KURASHI
Famous Adiljon kizi DarmonovaMadaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 8–12
Annotatsiya
Mazkur maqolada 1898-yili sodir bo‘lgan Andijon qo‘zg‘oloni tarixiy jarayon sifatida tahlil qilinib, uning mustamlakachilikka qarshi xalq harakati sifatidagi o‘rni yoritiladi. Qo‘zg‘olon yetakchisi Dukchi Eshon boshchiligidagi harakat zamirida xalqning erkinlik va adolatga bo‘lgan intilishi yotgani ta‘kidlanadi. Shuningdek, maqolada Andijon qo‘zg‘oloni xotirasi qanday shakllantirilayotgani, ayniqsa muzeylar faoliyatida bu tarixiy hodisaning qanday aks ettirilayotgani, hududiy muzeylarning tarixiy merosni asrash, targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaАНДИЖАНСКОЕ ВОССТАНИЕ В МУЗЕЯХ: БОРЬБА НАРОДА ПРОТИВ КОЛОНИАЛИЗМА
В данной статье рассматривается Андижанское восстание 1898 года как исторический процесс, а также освещается его роль как народного движения против колониализма. Подчеркивается, что в основе движения под руководством Дукчи Ишана лежали стремления народа к свободе и справедливости. Кроме того, в статье проводится научный анализ формирования исторической памяти о восстании, в частности, того, как это историческое событие отражается в деятельности музеев. Особое внимание уделяется роли региональных музеев в сохранении исторического наследия, его популяризации и передаче будущим поколениям.
inglizchaTHE ANDIJAN UPRISING IN MUSEUMS: THE PEOPLE‘S STRUGGLE AGAINST COLONIALISM
This article examines the Andijan uprising of 1898 as a historical process and highlights its role as a popular movement against colonialism. It emphasizes that the movement led by Dukchi Eshon was driven by the people‘s aspiration for freedom and justice. Furthermore, the article provides a scholarly analysis of how the memory of the uprising has been shaped, particularly focusing on how this historical event is reflected in the activities of museums. Special attention is given to the role of regional museums in preserving historical heritage, promoting it, and transmitting it to future generations.
Kalit so‘zlar
- Turkiston o‘lkasi
- chor Rossiyasi imperiyasi
- XIX asr oxiri
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
ANDIJON QO‘ZG‘OLONI MUZEYLARDA: MUSTAMLAKACHILIKKA QARSHI XALQ KURASHI
THE ANDIJAN UPRISING IN MUSEUMS: THE PEOPLE'S STRUGGLE AGAINST COLONIALISM
АНДИЖАНСКОЕ ВОССТАНИЕ В МУЗЕЯХ: БОРЬБА НАРОДА ПРОТИВ КОЛОНИАЛИЗМА
Mashhuraxon Adiljon qizi Darmonova Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent e-mail: mashxura.darmonova@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya Mazkur maqolada 1898-yili sodir bo‘lgan Andijon qo‘zg‘oloni tarixiy jarayon sifatida tahlil qilinib, uning mustamlakachilikka qarshi xalq harakati sifatidagi o‘rni yoritiladi. Qo‘zg‘olon yetakchisi Dukchi Eshon boshchiligidagi harakat zamirida xalqning erkinlik va adolatga bo‘lgan intilishi yotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada Andijon qo‘zg‘oloni xotirasi qanday shakllantirilayotgani, ayniqsa muzeylar faoliyatida bu tarixiy hodisaning qanday aks ettirilayotgani, hududiy muzeylarning tarixiy merosni asrash, targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Abstract This article examines the Andijan uprising of 1898 as a historical process and highlights its role as a popular movement against colonialism. It emphasizes that the movement led by Dukchi Eshon was driven by the people's aspiration for freedom and justice. Furthermore, the article provides a scholarly analysis of how the memory of the uprising has been shaped, particularly focusing on how this historical event is reflected in the activities of museums. Special attention is given to the role of regional museums in preserving historical heritage, promoting it, and transmitting it to future generations. Аннотация В данной статье рассматривается Андижанское восстание 1898 года как исторический процесс, а также освещается его роль как народного движения против колониализма. Подчеркивается, что в основе движения под руководством Дукчи Ишана лежали стремления народа к свободе и справедливости. Кроме того, в статье проводится научный анализ формирования исторической памяти о восстании, в частности, того, как это историческое событие отражается в деятельности музеев. Особое внимание уделяется роли региональных музеев в сохранении исторического наследия, его популяризации и передаче будущим поколениям.
XIX asrning oxirida Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasi imperiyasi hukmronligida bo‘lgan. 1898-yili Andijonda Dukchi Eshon (Zubaydulloh ibn Sulton Muhammad) boshchiligida yerlik aholi томонидан mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon boshlangan. Bugungi kunda ushba qo‘zg‘olon O‘zbekiston muzeylarida turli shakllarda yoritilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining VIII bo‘lim “Milliy ozodlik harakatlari” nomli ekspozitsiyasida asosan 3 yirik, jumladan, 1892-yil Toshkentdagi “Vabo” qo‘zg‘oloni, 1898-yil Andijondagi qo‘zg‘olonlar, Turkiston o‘lkasida 1916-yil xalq qo‘zg‘olonlariga katta e’tibor berilgan. “Milliy
ozodlik harakatlari” ekspozitsiyasida Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi, milliy davlatchilik va mustamlakachilikning tugatilishiga qarshi ozodlik kurashlarining avj olishiga olib kelganligi, siyosiy, iqtisodiy va milliy zulm jamoa ahlining barcha toifalarini birlashtirib, mustabid hukumatga qarshi bosh ko‘tarishga majbur qilganligi, Turkistonda eng yirik qo‘zg‘olonlardan hisoblangan 1892-yilgi “Vabo” qo‘zg‘oloni (Toshkent), 1898-yilgi Andijon, 1916-yilgi umum Turkiston xalq qo‘zg‘olonlari mustabid hukumatning mustamlakachilik siyosatiga qattiq zarba berganligi aks ettirilgan. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasida “Turkestanskie vedomosti” gazetasida Andijon qo‘zg‘oloni haqida e’lon qilingan maqola nusxasi[6], Andijon qo‘zg‘olonini bostirish uchun kelgan jazo otryadi surati[6], Dukchi Eshon kiyimi[8], 1898-yildagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari ustidan chiqarilgan sud hukmi[9] namoyish qilingan. 1898-yildagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari ustidan chiqarilgan sud hukmiga ko‘ra, qo‘zg‘olonda ishtirok etgan 546 kishi tergov qilingan[10]. Shundan 380 kishi osib o‘ldirishga, 3 kishi umrbod surgunga, 147 kishi 20 yillik surgunga, 41 kishi 15 yillik surgunga, 1 kishi 13 yillik surgunga, 1 kishi 8 yillik surgunga, 147 kishi 7 yillik surgunga, 4 kishi 4 yillik surgunga, 3 kishi qamoqxonada saqlashga hukm qilingan. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi manbalari asosida 1898- yil qo‘zg‘oloni yanada ochiqlanadi. Muzeydagi “XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni” ekspozitsiyada 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni yetakchisi Muhammadali xalfa Sobir o‘g‘li Dukchi Eshon (1856 – 1898) portreti, qo‘zg‘olon sodir bo‘lgan Andijon qal’asi, Dukchi Eshon hovlisi ko‘rinishi, Andijon qo‘zg‘oloni boshlangan Mingtepa qishlog‘i, qo‘zg‘olonchilarning kazarmaga hujumi, qo‘lga olingan qo‘zg‘olonchilar suratlari va ularning dorga osilishi, Turkiston general-gubernatori S.M. Duxovskiyni Andijon vokzalida kutib olish (1898-yil 23-avgust), Fozilbek Otabek o‘g‘li (1879 – 1938) surati va uning “Dukchi Eshon voqeasi” asari[5], shuningdek, Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘oloni yoritilgan ba’zi kitoblar[11], “Turkestanskaya vedemost” ro‘znomasining Andijon qo‘zg‘olonchilariga doir nashri aks ettirilgan. Muzey ekspozitsiyalarida aks ettirilishicha, 1898-yil 17-may kuni Muhammadali Eshon xalqqa murojaat qilib, ularni mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga da’vat etgan. U qo‘zg‘olon ko‘tarish uchun ayrim tayyorgarlik ishlarini amalga oshirib borgan. Birinchi navbatda, “chaqiriq qog‘ozlari” bitilib, ishonchli jamoalarga tarqatilgan. Bunda Farg‘ona viloyatida istiqomat qilayotgan barcha tub aholi vakillari, xususan, o‘zbeklar, tojiklar va qirg‘izlar Mingtepaga taklif etilgan. Bundan tashqari, xalqqa qarata murojaatnoma qabul qilinib, musulmonlarni kofirlardan ozod etish Dukchi Eshon zimmasiga tushganligi bildirilgan va barcha musulmonlar yordamga chaqirilgan. Mulla Ahmad noyib Mulla Mirza o‘g‘li, Hayitboy To‘qsabo, Orziqulboy Ponsod, Umarbek dodxoh, Botir mingboshi, Sottiboy Mirza, Botir Normat o‘g‘li, Muhammad Ibrohim To‘qsabo, mulla G‘oyibnazar Ortiq o‘g‘li, Alibek dodxoh va boshqa nufuzli kishilar murojaatnomaga imzo chekkanlar[1]. Qo‘zg‘olonchilar Muhammadali Eshon boshchiligida Mingtepadan Andijon shahri tomon yo‘l olishgan. Yo‘l-yo‘lakay qo‘zg‘olonchilar safi ortib borib,
shaharga yaqinlashganlarida ularning soni 2000 ga yetgan. Shahar yaqinida Muhammadali Eshon o‘z jangchilarini oxirgi marta ko‘rikdan o‘tkazgan. U qo‘zg‘olonchilarni 5 qismga bo‘lib, har qaysi qismga bittadan bayroq bergan. G‘arbiy lagerga qiladiga hujum oldidan so‘nggi nutqini so‘zlagan. U qo‘zg‘olonchilarni oxirgi daqiqalargacha o‘z qasamyodiga sodiq qolishga, yurt ozodligi uchun muqaddas kurashga da’vat etgan. So‘ngra qo‘zg‘olonchilar Andijon harbiy lageriga hujum qilganlar. To‘qnashuv paytida harbiy gornizon jangchilaridan 22 kishi o‘ldirilgan, 24 askar yarador bo‘lgan. Yarim soat davom etgan qattiq jangdan so‘ng jangovar tayyorgarligi durust bo‘lmagan va qurol-yarog‘i nochor qo‘zg‘olonchilar guruhi to‘qnashuv joyida o‘lgan 11 nafar va yarador bo‘lgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishgan[2]. Qo‘zg‘olonning ta’sir doirasi butun o‘lkani, ayniqsa, Farg‘ona vodiysini qamrab olgan. Qo‘zg‘olonda Mingtepa, Asaka, Qoratepachi, Quva, Shahrixon, Novqot, Oqbura, Buloqboshi, Aravon, Sezagin, Ichkilin, Yozyovon, Yakkatut, Kogot, Susamir, Kengko‘l, Qoragir, Xakand va boshqa Andijon, Namangan hamda O‘sh uezdlariga qarashli volostlarning aholisi faol qatnashganlar. Andijondagi qo‘zg‘olondan xabar topgan chor Rossiyasi hukmdori Nikolay II qo‘zg‘olonchilarni shafqatsiz jazolashni buyurgan. Bu ishga rahbarlik qilish o‘ta shovinist sifatida dong taratgan Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori A.I. Korolkovga topshirilgan. 1898-yil 19-mayda Farg‘ona viloyati harbiy gubernatori qo‘shin bilan Andijonga yetib kelgan. Shundan keyin Andijon uezdi bo‘ylab jazo otryadlari kezib, qo‘zg‘olonga daxldor kishilar kaltaklangan va hibsga olingan. Shaxsan uning o‘zi Andijon qamoqxonasida yotgan qo‘zg‘olon qatnashchilarini tepkilab urgan, oqibatda ikki kishi chiday olmay vafot etgan va bir necha kishi qattiq jarohatlangan. Mustamlakachilar Andijon qo‘zg‘oloni bahonasi bilan butun Farg‘ona vodiysida dahshatli qatag‘on uyushtirganlar. Birinchi navbatda qo‘zg‘olon rahbari Muhammadali Eshon va uning yaqin maslakdoshlaridan 5 nafari 1898-yil 12-iyunda Andijon shahri markazida butun vodiy ahlining 8 mingga yaqin vakili oldida osib o‘ldirilgan, keyin boshqalar jazolangan. Qo‘zg‘olonchilardan 18 kishi osib o‘ldirishga hukm qilingan. 344 nafari 4 yildan 20 yilgacha muddatga, 3 nafari umrbod Katorgaga, 8 nafari turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilinganlar, 18 kishi Sibirga surgun qilingan. Jami 388 kishi jazolangan. Qo‘zg‘olon markazi bo‘lgan Mingtepa, Qashg‘ar, Tojik qishloqlari uch kun to‘plardan o‘qqa tutilib, kultepaga aylantirilgan. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni qatnashchilariga doir Sibir arxivlarida saqlanayotgan hujjatlardan namunalar keltirilgan. Hujjatlarga ko‘ra, uzoq Tobolsk qamoqxonasida Boyev Masoli Ismoil (33 yosh), Maznayev Sultonqul usta (27 yosh), Ne’matullayev mulla Izzatulla (36 yosh), Polvonov Madraim G‘oziy (38 yosh), Abduqodirov Abdusattor (26 yosh), Tojiboyev Yo‘ldoshboy (23 yosh), Toshmatov Ahmadali (23 yosh) kabi qo‘zg‘olon ishtirokchilari umrbod saqlangan[2]. Qamoqxona hujjatida nomlari ko‘rsatilgan kishilar hukumatga qarshi isyonda qatnashganliklari uchun jazolanganligi yozilgan. Ular eng xavfli kishilar sifatida nihoyatda qattiq nazorat va
og‘ir sharoitda ushlab turilganligi, shuningdek, mahbuslarga berilgan o‘lim hukmi uzoq katorgaga almashtirilganligi ham qayd etilgan[3]. Muzey ekspozitsiyalaridagi arxiv manbalarida keltirilishicha, qo‘zg‘olon qatnashchilaridan jami 777 kishi hibsga olinib, tergov qilingan. Ko‘p kishilar kaltaklashlar va qiynoqlarga chidolmasdan qamoqxonalarda o‘lganlar. Tergovdan so‘ng 415 kishi sud qilingan, ulardan 32 kishi oqlangan va 380 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan. Bir kishi umrbod qamoq jazosiga va 3 kishi tarbiyaviy lagerga tortilgan. Imperatorning “marhamati” bilan o‘limga mahkum etilgan 380 kishidan 18 nafari (boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra 21 kishi) osib o‘ldirilgan. Qolgan 362 kishi turli jazolar bilan almashtirilgan. Sud, Qutchi, Tojik va Qashqar qishloqlaridan tub aholi ko‘chirilib, ularning xonadonlarini yer bilan yakson qilib, o‘rniga rus posyolkalarini bunyod etish haqida hukm chiqarilgan. Natijada, Tojik, Qashqar va Qutchi qishloqlaridagi unumdor yerlarda Rusiyadan ko‘chirib keltirilgan 200 rus oilasi o‘rnashtirilgan. Bundan tashqari, rus ma’muriyati Mingtepa va Andijon shahri oralig‘idagi qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgan 29 qishloqni yo‘q qilib tashlash haqidagi masalani ko‘targanlar. Oqibatda Xakand volostidagi 5 qishloq buzib tashlanib, 700 xonadon yo‘q qilingan[2]. Shu tarzda qo‘zg‘olon qatnashchilari jonidan ham, mol-mulkidan ham mahrum etilgan. 1898-yil 12-iyun kuni Andijon shahrida majburiy suratda aholi, jumladan, bolalar to‘planib, ularning ko‘z oldida Dukchi Eshon, G‘oyibnazar Ortiqxo‘ja o‘g‘li, Subhonqul Arabboyev, Rustambek Sotiboldiyev, Mirza Hamdam O‘smonboyev va Bo‘taboy G‘o‘nboyev singari qo‘zg‘olonning yetakchilari dorga osilib, shu yerga ko‘milgan. Bu mudhish voqeaning guvohi bo‘lib turgan bolalarning orasida qo‘rquvdan hushidan ketganlari va dardga chalinganlari bo‘lgan. Xalqning ko‘z o‘ngida qo‘zg‘olonchilarning ko‘k va qizil bayroqlari yondirilgan. Mustamlaka hukumati qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolash bilan birga, ular yashayotgan qishloqlarni yo‘q qilib, Tojik, Qashqar va Qutchi qishloqlaridan 680 oilani Qaqir degan dashtga haydagan. Ularning barchasini qirib tashlash yoki o‘lkadan surgun qilish haqidagi takliflar aytilgan. Biroq imperatorning “marhamati” bilan ularga o‘sha dashtda o‘rnashishga ruxsat berilgan. Shuning uchun ular o‘rnashgan joylarni Marhamat deyish odat tusiga kirib ketgan[3]. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonining oqibatlari bo‘yicha xotiralardan ham ekspozitsiyada yoritilgan. Jumladan, xotiralarda qayd etilishicha, “Qaqirga zo‘rlab ko‘chirilgan yuzlab kishilar, – deydi guvohlardan biri, – 2 – 3 yil mobaynida juda ko‘p azob-uqubatlar va qiyinchiliklarni boshidan kechirganlar. Ular g‘oyatda mashaqqatli mehnat evaziga sun’iy sug‘orish tarmoqlari, uy-joylar va bog‘larni yangidan bunyod etganlar. Chor hukumati qo‘zg‘olon natijasida halok bo‘lgan askarlarning oilasi va boshqa ziyon ko‘rgan kishilarga moliyaviy yordam tashkil qilgan. O‘z davri uchun katta mablag‘hisoblangan 16095 so‘m xayriya puli to‘plangan. Buxoro xoni 1600 so‘m yuborgan. Bu mablag‘lar tegishli kishilarga tarqatilgan. Yordam puli qo‘zg‘olon qatnashchilarining mol-mulkini musodara etish hisobiga to‘ldirib borilgan[4].
Umuman olganda, Dukchi Eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olon mustamlakachilikka qarshi yo‘naltirilgan milliy-ozodlik kurashi sifatida o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu tarixiy voqeaning muzeylar va ilmiy tadqiqotlarda munosib aks etishi – xalqning ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi intilishlari haqida to‘la tasavvur hosil qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi tarixiy merosni o‘rganish va uni kelajak avlodga yetkazish, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy ongni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, hududiy muzeylar va tarixiy xotira joylarining roli ortib bormoqda. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni kabi milliy ozodlik harakatlarini chuqur o‘rganish va ularni keng jamoatchilikka yetkazish orqali tarixiy merosni asrab-avaylash va unga nisbatan xolis, ilmiy yondashuvni shakllantirish mumkin.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Murojaatnoma bo‘yicha manbalar. 2. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. 3. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Qo‘zg‘olonga doir Sibir arxivi hujjatlari. 4. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Qo‘zg‘olonga oid xotiralar. 5. Fozilbek Otabek o‘g‘li. Dukchi Eshon voqeasi. 6. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. “Туркестанские ведомости” gazetasi Andijon qo‘zg‘oloni haqida. 1898-yil. 7. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Andijon qo‘zg‘olonini bostirish uchun kelgan jazo otryadi. 1898-yil. 8. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Dukchi Eshon kiyimi. Matosi bo‘z, tikilishi o‘zbekcha, astarsiz. 9. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. 1898-yildagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari ustidan chiqarilgan sud hukmi. 10. Tergov qilinganlar 546 kishi deb ko‘rsatilgan, lekin hukm qilinganlar soni 724 kishi ekanligini ko‘rsatmoqda. 11. В.П. Салков. Андижанское восстание в 1898 г.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Murojaatnoma bo‘yicha manbalar.
- Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi.
- Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Qo‘zg‘olonga doir Sibir arxivi hujjatlari.
- Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Andijon: Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Qo‘zg‘olonga oid xotiralar.
- Fozilbek Otabek o‘g‘li. Dukchi Eshon voqeasi.
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. “Туркестанские ведомости” gazetasi Andijon qo‘zg‘oloni haqida. 1898-yil.
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Andijon qo‘zg‘olonini bostirish uchun kelgan jazo otryadi. 1898-yil.
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. Dukchi Eshon kiyimi. Matosi bo‘z, tikilishi o‘zbekcha, astarsiz.
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni ekspozitsiyasi. 1898-yildagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari ustidan chiqarilgan sud hukmi.
- Tergov qilinganlar 546 kishi deb ko‘rsatilgan, lekin hukm qilinganlar soni 724 kishi ekanligini ko‘rsatmoqda.
- В.П. Салков. Андижанское восстание в 1898 г.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011149
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/123
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 8–12
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25