Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIY VILOYATLARIDA MEHNAT BOZORI: MAVJUD HOLAT VA MUAMMOLAR

Abdukhamidov Islambek Abdukhalim ogluFarg‘ona davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi katta o‘qituvchisi,2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 451–454

Annotatsiya

Mazkur maqola mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi mehnat bozori va bu borada olib borilgan davlat siyosati masalalari muhokama qilingan. Sovet tuzumida mavjud bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishdagi muammolar va bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida tanqidiy fikrlar keltirib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРЫНОК ТРУДА В ОБЛАСТЯХ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ: СУЩЕСТВУЮЩАЯ СИТУАЦИЯ И ПРОБЛЕМЫ

В данной статье рассматриваются вопросы рынка труда в областях Ферганской долины в годы независимости и государственная политика, проводимая в этом направлении. Приводятся критические замечания о проблемах и недостатках, возникших при переходе от плановой экономики, существовавшей в советской системе, к рыночным отношениям.

inglizcha"LABOR MARKET IN THE FERGHANA VALLEY REGIONS: CURRENT SITUATION AND PROBLEMS

This article discusses the labor market in the regions of the Fergana Valley during the years of independence and the state policy pursued in this area. Critical remarks are made about the problems and shortcomings in the transition from a planned economy to market relations, which existed under the Soviet system.

Kalit so‘zlar

  • Vodiy
  • bozor iqtisodiyoti
  • qishloq
  • inqiroz
  • iqtisoiy islohotlar
  • bandlik
  • ishsizlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARG‘ONA VODIY VILOYATLARIDA MEHNAT BOZORI: MAVJUD HOLAT VA MUAMMOLAR

"LABOR MARKET IN THE FERGHANA VALLEY REGIONS: CURRENT SITUATION AND PROBLEMS

РЫНОК ТРУДА В ОБЛАСТЯХ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ: СУЩЕСТВУЮЩАЯ СИТУАЦИЯ И ПРОБЛЕМЫ

Abduxamidov Islombek Abduxalim o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD). e-mail: klaviho@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya Mazkur maqola mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi mehnat bozori va bu borada olib borilgan davlat siyosati masalalari muhokama qilingan. Sovet tuzumida mavjud bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishdagi muammolar va bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida tanqidiy fikrlar keltirib o‘tilgan. Abstract This article discusses the labor market in the regions of the Fergana Valley during the years of independence and the state policy pursued in this area. Critical remarks are made about the problems and shortcomings in the transition from a planned economy to market relations, which existed under the Soviet system. Аннотация В данной статье рассматриваются вопросы рынка труда в областях Ферганской долины в годы независимости и государственная политика, проводимая в этом направлении. Приводятся критические замечания о проблемах и недостатках, возникших при переходе от плановой экономики, существовавшей в советской системе, к рыночным отношениям. Kalit so‘zlar Vodiy, bozor iqtisodiyoti, qishloq, inqiroz, iqtisoiy islohotlar, bandlik, ishsizlik. Keywords Valley, market economy, village, crisis, economic reforms, employment, unemployment. Ключевые слова Долина, рыночная экономика, село, кризис, экономические реформы, занятость, безработица.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishga kirishildi. Bu davrda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga bozor tamoyillari hamda xo‘jalik yuritish qoidalarini joriy etish jarayonida aholining zaif qatlamini himoya qilish tizimini yonma-yon barpo etish, ayniqsa, aholining band bo‘lmagan qismini ish bilan ta’minlash vazifalari kun tartibidagi eng dolzarb vazifalardan biri edi. Sovet davrida yetilib kelgan ishsizlik muammosi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida yanada ziddiyatli tus olib, bu ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu davrda Farg‘ona vodiysida 1,5 million kishi doimiy ish bilan ta’minlanmagan edi [7, 129].

Ma’lumki, qishloqlarda agrar ishlab chiqarish aholi bandligini ta’minlasa, shaharlarda esa sanoat korxonalari ushbu vazifani bajaradi. Sovet mustamlakachiligi davrida butun respublikada bo‘lgani kabi Farg‘ona vodiysida qurilgan sanoat korxonalari ham o‘zbek xalqining milliy manfaatlari uchun emas, balki imperiya manfaatlari uchun tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarishning qariyb 80 foizi qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq edi [8, 37]. Qolaversa, o‘lkadagi yirik sanoat korxonalari boshqaruvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Markaz”ga bo‘ysungan. Masalan, birgina Andijon viloyatidagi 131 ta yirik sanoat korxonasidan 22 tasi ittifoq, 64 tasi ittifoq-respublika idoralari boshqaruvida bo‘lgan [9, 13]. Sovet imperiyasining “bo‘lib tashlab hukmronlik qil” tamoyili asosida amalga oshirilgan boshqaruv siyosati natijasida mustaqillikning dastlabki yillaridanoq texnik jihatdan eskirgan, bir yoqlama ishlab chiqarishga asoslangan sanoat korxonalari faoliyati birin ketin to‘xtay boshlagan. Bu kabi holatlarning davomli bo‘lishi bandlik muammosini yanada murakkablashtirgan. Masalan, birgina Marg‘ilon shahridagi “Atlas” firmasida 9 ming [1], “Marg‘ilon ipak kombinati”da esa 11 ming [2] ishchi o‘rni mavjud bo‘lib, ularning inqirozga yuz tutishi bandlik muammosini yanada keskinlashtirgan.

1991 – 1995-yillarda shahar aholisining bandlik ko‘rsatkichlarining yillik o‘sish sur’atlari keskin tushgan holda, qishloq joylarida bu ko‘rsatkich sezilarli ortgan [11, 47]. Shaharlarda sanoat korxonalaridagi inqiroziy vaziyat ishsizlik darajasining ortishiga olib kelgan. Shuningdek, 1991 – 1995-yillarda respublika aholisiga 550 ming gektar qo‘shimcha yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida qishloq aholisi bandligini ortib borishini ta’minlagan.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida fermer xo‘jaliklariga alohida urg‘u berildi. Natijada sovet davrida shakllangan jamoa xo‘jaliklaridagi yashirin ishsizlik yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Jumladan, mustaqillik arafasida qishloq xo‘jaligida bandlik darajasi 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2011-yilda 27,2 foizni tashkil etgan [11, 47]. Lekin, sohada puxta o‘ylanmay, shoshma-shosharlik bilan qilingan o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligida bandlik muammosi orta boshlagan [10, 125]. Qolaversa, ichki migratsiya qonunchiligi qishloqdagi ortiqcha ishchi kuchini erkin harakatlanishiga yo‘l bermagan. Ayniqsa, yirik shaharlarga ish izlab kelganlar ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Shu sababli ishsiz qolgan qishloq aholisi xorijiy davlatlarga chiqib keta boshlagan.

Bozor mexanizmlarining to‘liq amal qilinmasligi kichik, o‘rta korxonalar, shuningdek chet el sarmoyasi hisobiga tashkil etilgan qo‘shma korxonalar faoliyatiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. 1993 – 1995-yillarda birgina Andijon viloyatida mavjud bo‘lgan 56 ta qo‘shma korxonadan faqat “MACK” qo‘shma korxonasigina tashqi bozorga mahsulot sotgan [4]. Farg‘ona viloyatida 1998-yil 1- iyun holatiga 4057 ta kichik va o‘rta korxona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yil aprel holatiga ularning 40 foizi o‘z faoliyatini tugatgan [6]. Bu kabi salbiy holatlar istiqboldagi rejalarning sust amalga oshirilganligida ham namoyon bo‘ladi. Masalan, 1996-yil Farg‘ona viloyatiga 200 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy sarmoya kiritish vazifasi belgilab olingan bo‘lsa-da, amalda atigi 8,3 ming AQSh dollari miqdoridagina xorijiy sarmoya kiritilgan [3]. Bu kabi holat keyingi yillarda ham davom etgan. Xususan, 1999-yilda viloyatning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun xorijiy sarmoyadan foydalanishga doir 180 ta loyiha tayyorlangan bo‘lib, ushbu loyiha 76 foizga bajarilgan xolos [5]. Mustaqillikning dastlabki chorak asri davomida respublikadagi rasmiy ishsizlik darajasi sun’iy ravishda pasaytirib ko‘rsatib kelindi. Masalan, 2000 – 2006 - yillarda rasmiy ishsizlik darajasi atigi 0,3 foizni tashkil etgan. Vaholanki, soha mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra bu ko‘rsatkich iqtisodiy faol aholining 3,8 – 5 foizini tashkil etgan [12, 82]. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ishsizlik darajasi (2000 – 2021-yillar)

2018 – 2021-yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi o‘rtacha ishsizlik darajasi 9,9 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2000 – 2006-yillarga nisbatan 31 marta, 2007 – 2017-yillarga nisbatan esa 1,9 marta yuqori bo‘lib, ushbu farq ishsizlik darajasining ortib borganligi bilan emas, balki sohada olib borilgan shaffoflik bilan bog‘liq edi. Mazkur sohada yo‘l qo‘yilgan jiddiy muammolardan yana biri bu – ish o‘rinlarining yaratilishida bo‘ldi. Mamlakatda jahon moliyaviy inqirozi yillaridan (2008-2009-yillar) boshlab yiliga respublika iqtisodiyoti ko‘tara olmaydigan yuz minglab soxta ish o‘rinlari yaratildi. Bu borada yillik davlat dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “rejadan oshirib bajarilgan” edi. Dasturni amalga oshirishda aholi zich joylashgan, mehnat resurslari yuqori bo‘lgan hududlar inobatga olinib, u hududlarda “ko‘plab ish o‘rinlari yaratilgan”. Masalan, birgina 2010-yilda Farg‘ona viloyatida 71,9 ming, Andijon viloyatida 69,7 ming, Namangan viloyatida 57,6 ming ish o‘rinlari tashkil etilgan. So‘nggi yillarda aholi bandligi masalasida yashirib kelingan muammolar ochiq-oydin tan olinib, muammolarni bartaraf etishda samarali ishlar qilina boshlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020- yilda ilk bor mamlakatdagi kambag‘allik masalasiga to‘xtalib, respublika aholisining 12-15 foizi kambag‘al ekanini ta’kidlab o‘tdi [13]. Aholi bandligi va ishsizlik muammosini bartaraf etish hukumat olib borayotgan siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Xususan, 2017 – 2021-yillarda qabul qilingan aholi bandligini ta’minlash dasturlari bo‘yicha yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni 2011 – 2015-yillarga nisbatan 2,4 barobar kam tashkil etilgan bo‘lsa-da, bu raqamlar osmondan olinmaganligi bilan ahamiyatlidir.

 Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, respublikada sovet mustamlakachiligi davridan shakllanib, yetilib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mustaqilligining ilk yillaridanoq o‘zini namoyon eta boshladi. Mehnat bozorida muvozanatning buzilishi aholi zich joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bandlik, ishsizlik muammosining keskinlashuviga sabab bo‘ldi. Natijada aholining tashqi mehnat migratsiyasidagi ishtiroki orta boshladi. Mustaqillikning dastlabki chorak asri davomida sohada ko‘zlangan rejalar amaliyot bilan zid kela boshladi va kutilgan natijalarni bermadi. Tom ma’noda mehnat bozori shakllanmadi, natijada u norasmiy sektorga ko‘chib o‘tdi. So‘nggi yillarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar haqqoniy voqelikdan kelib chiqqan holda amalga oshirila boshlandi. Zero, tizimda aniq hisobotlarning yuritilishi sohadagi mavjud muammolarning bartaraf etishda g‘oyat muhimdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. Farg‘ona VDA. 2479-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 224-yig‘majild, 24-varaq.
  2. Farg‘ona VDA. 2593-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 135-yig‘majild, 9-varaq.
  3. O‘zR PAA. 975-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 120-yig‘majild, 164-varaq.
  4. O‘zR PAA. 975-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 2-yig‘majild, 143-varaq.
  5. O‘zR PAA. 975-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 411-yig‘majild, 34-varaq.
  6. O‘zR PAA. 975-jamg‘arma, 25-ro‘yxat, 411-yig‘majild, 39-varaq.
  7. Бобожонова Д.Б. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатларнинг ижтимоий-иқтисодий жиҳатлари (70-80 йилларнинг ўрталари). Тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Тошкент, 1998.
  8. Рахматуллаев Ш. 1980 йиллар охири – 1990 йиллар бошларида Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий ривожланиш муаммолари. // Ўзбекистон энг янги тарихининг долзарб масалалари. – 2019. – № 1 (4).
  9. Рахматуллаев Ш. Фарғона водийси шаҳарларида иқтисодий трансформация жараёнлари (1991-1996 йиллар). – Тошкент, 2017.
  10. Салимов Ш. Ўзбекистонда ўтиш даври ижтимоий-демографик жараёнлари: ҳолат и ва ўзгаришлар (1991-2016). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Тошкент, 2023.
  11. Статистик тўплам. 1990-2011 й.й. – Тошкент, 2013.
  12. Ўзбекистон иқтисодиёти. Йиллик нашр, 2002 йил. – Тошкент, 2003.
  13. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожатномаси // Халқ сўзи. 2020, 25 январь.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011147
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/121
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
451–454
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25