Asosiy mazmunga o‘tish

XX ASRNING 50-60-YILLARIDA QISHLOQ O‘QITUVCHILARINING UY-JOY BILAN TA‘MINLASH IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH DARAJASI (FARG‘ONA OBLASTI MISOLIDA)

Nargizaxon Abdukakhorovna SharipovaQo‘qon Davlat Universiteti dotsenti, PhD2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 59–67

Annotatsiya

Sovet hokimiyati yillarida xalq ta‘limi sohasini rivojlantirish uchun o‘qituvchilarga turli imtiyozlar yaratildi. Kommunal to‘lovlar uchun mablag‘ o‘tkazish, uy-joy berish va dam olish uchun imtiyozlar shular jumlasidandir. Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy qiyinchiliklar davrida Farg‘ona viloyati qishloq pedagoglarining uy-joy bilan ta‘minlanish darajasi va yuzaga kelgan muammolar arxiv manbalari va davriy nashrlar, ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaУРОВЕНЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЛЬГОТ ПО ЖИЛЬЮ СЕЛЬСКИХ УЧИТЕЛЕЙ В 50-60-Е ГОДЫ XX ВЕКА (НА ПРИМЕРЕ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ)

В годы советской власти для развития сферы народного образования были созданы различные льготы для учителей. К ним относятся перечисление средств на оплату коммунальных услуг, предоставление жилья и льготы на отдых. На основе архивных источников и периодических изданий, научной литературы проанализированы уровень обеспеченности жильем сельских педагогов Ферганской области в период экономических трудностей после Второй мировой войны и возникшие проблемы

inglizchaTHE LEVEL OF USING HOUSING CONVENTIONS FOR RURAL TEACHERS IN THE 50-S AND 60-S OF THE 20 TH CENTURY (THE EXAMPLE OF THE FERGANA REGION).

During the years of Soviet rule, various benefits were created for teachers to develop the field of public education. These include transferring funds for utility payments, providing housing, and benefits for recreation. Based on archival sources and periodicals, scientific literature, the level of housing provision of rural teachers in the Fergana region during the economic hardships after the Second World War and the problems that arose were analyzed.

Kalit so‘zlar

  • qishloq
  • o‘qituvchi
  • maktab
  • nafaqa
  • qaror
  • yoqilg‘i
  • uy-joy
  • kredit

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

XX ASRNING 50-60-YILLARIDA QISHLOQ O‘QITUVCHILARINING UYJOY BILAN TA’MINLASH IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH DARAJASI (FARG‘ONA OBLASTI MISOLIDA)

УРОВЕНЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЛЬГОТ ПО ЖИЛЬЮ СЕЛЬСКИХ УЧИТЕЛЕЙ В 50-60-Е ГОДЫ XX ВЕКА (НА ПРИМЕРЕ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ)

THE LEVEL OF USING HOUSING CONVENTIONS FOR RURAL TEACHERS IN THE 50-S AND 60-S OF THE 20 TH CENTURY (THE EXAMPLE OF THE FERGANA REGION). Nargizaxon Abduqaxxorovna Sharipova Qo‘qon Davlat Universiteti dotsenti, PhD e-mail: (nar. kokand@gmail. com) Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya Sovet hokimiyati yillarida xalq ta’limi sohasini rivojlantirish uchun o‘qituvchilarga turli imtiyozlar yaratildi. Kommunal to‘lovlar uchun mablag‘o‘tkazish, uy-joy berish va dam olish uchun imtiyozlar shular jumlasidandir. Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy qiyinchiliklar davrida Farg‘ona viloyati qishloq pedagoglarining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi va yuzaga kelgan muammolar arxiv manbalari va davriy nashrlar, ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Аннотация В годы советской власти для развития сферы народного образования были созданы различные льготы для учителей. К ним относятся перечисление средств на оплату коммунальных услуг, предоставление жилья и льготы на отдых. На основе архивных источников и периодических изданий, научной литературы проанализированы уровень обеспеченности жильем сельских педагогов Ферганской области в период экономических трудностей после Второй мировой войны и возникшие проблемы. Abstract. During the years of Soviet rule, various benefits were created for teachers to develop the field of public education. These include transferring funds for utility payments, providing housing, and benefits for recreation. Based on archival sources and periodicals, scientific literature, the level of housing provision of rural teachers in the Fergana region during the economic hardships after the Second World War and the problems that arose were analyzed. Kalit so‘zlar: qishloq, o‘qituvchi, maktab, nafaqa, qaror, yoqilg‘i, uy-joy, kredit. Ключевые слова: село, учитель, школа, пособие, решение, топливо, жилье, кредит. Keywords: village, teacher, school, benefit, decision, fuel, housing, loan.

O‘zbekistonda yillar davomida qishloq o‘qituvchilariga yaratilgan imtiyozlar va ulardan foydalanish darajasining yuqoriligi bevosita ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Masalani o‘rganish bugungi kunda ta’lim sifatini ko‘tarish uchun qaratilayotgan e’tibor va islohotlarni amalga oshirishda manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekistonda urushdan keyingi yillarda qishloq aholisi savodxonligini oshirish, ta’lim sifatini ko‘tarish maqsadida maktablar sonini ko‘paytirish va moddiy-texnik bazasini kuchaytirishga ahamiyat qaratildi. O‘quv yurtlarini bitirib yo‘llanma asosida maktablarga jo‘natilgan o‘qituvchilarda turar-joy muammolari yuzaga kelgan. Maktablar va o‘qituvchilar soni kam bo‘lganligi va o‘qituvchilar uzoq masofadan kelib ishlashga qiynalganliklari sababli ularga maktab yaqinidan uy qurib berish masalasi ko‘tarilgan. Imkon darajasida o‘qituvchiga yengillik yaratish, yashash sharoitlarini yaxshilash davr talabi edi. SSSR Ministrlar Sovetining 1948-yil 10-fevral, O‘zbekiston SSR Ministrlar Komitetining 1948-yil 25-martda qabul qilgan “Boshlang‘ich va yetti yillik maktablarining o‘qituvchilari uchun yengillik va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qarori qishloq o‘qituvchilari turmushini ancha yaxshiladi[21, 131-136]. Qaror asosida qishloq sovetlariga maktab o‘qituvchilari o‘z oilasi bilan yashashi uchun maktab binosiga yaqin hududlarga uy qurib berish, ularni isitish va yorug‘lik bilan ta’minlash majburiyati yuklatildi. Kommunal uy-joylar bo‘lmagan taqdirda xonadonlardan kelishuv asosida uy topib, ijara pulini to‘lab berilishi lozim edi. O‘qituvchilarga isitish uchun pechka, o‘tin, kerosinni 1 sentabrdan kechikmagan holda uylariga tushirib berilishi ma’suliyati ham yuklatildi. Maktab xodimining xonadonidagi pechkaga har kun uchun 8 kilogrammdan– 100 kun uchun yoqilg‘i hisoblangan. Elektr chirog‘i har bir xonaga 40-elektr lampa hisobidan berilgan. Elektr chirog‘i bo‘lmagan taqdirda har bir xona uchun kerosin lampasining har liniyasiga soatiga 2 grammdan kerosin sarflab, o‘rtacha kuniga 4 soat yondirish sharti bilan kerosin berilgan[12, 133]. Bepul uy xodimning o‘zi va oila a’zolariga taqsimlanganda kishi boshiga 4,5 m. kvdan kam bo‘lmasligi, yoxud 9. 1m. kvdan oshib ketmasligi kerak edi. Bu imtiyozlarga qo‘shimcha tarzda o‘qituvchilarga o‘zini mahsulot bilan ta’minlash uchun 0,25 gadan ko‘p bo‘lmagan tomorqa yer ajratib berish ham belgilandi. Dastlab qishloq o‘qituvchilarini uy bilan ta’minlash choratadbirlari 1950-yillar oxirigacha tugatilishi ko‘zda tutilgan[17, 81]. Imtiyozlar haqidagi qaror faqat qishloq maktablarida faoliyat yuritayotgan kishilargagina tegishli bo‘lgan. Xalq ta’limining boshqa sohalari vakillari ushbu imtiyozdan foydalana olmaganlar[20, 61-66]. Respublika hukumati tomonidan qaror ijrosi viloyatlarda qanday olib borilayotganligi doimiy nazorat qilingan. Davriy nashrlarda o‘qituvchilarni ulug‘lovchi, ularning imtiyozlardan foydalanish darajalarini yorituvchi ijobiy va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni fosh qiluvchi tanqidiy maqolalar chop etilgan. “O‘qituchilar” gazetasi bu borada eng yaqin ko‘makchi edi. Qisqa xabarlarda quyidagicha yangiliklar uchraydi: 1948-yilda Toshkent viloyati Yangiyo‘l rayon kasaba uyushmasi tashabbusi bilan qishloq o‘qituvchilarining barchasi yer uchastkasi bilan ta’minlandilar. Kolxoz pravlenielari tomonidan o‘qituvchilarning tomorqa yerlariga ekin ekishlari uchun yordam berildi[24, 4]. Farg‘ona viloyatida ham yuqoridagi qaror asosida qishloq o‘qituvchilariga ko‘rsatiladigan yordam kuchaytirilgan. Buvayda rayon Kirov nomli o‘rta maktabning

barcha o‘qituvchilari 1948-yilda yangi ta’mirlangan turar-joyga ega bo‘lgan. Shu rayonning Jalaer qishloq soveti tomonidan yangi kelgan o‘qituvchilar uchun maxsus uylar ajratib berilgan. 1948-yildan maktab binosi oldida o‘qituvchilar uchun turar-joy qurilishi boshlangan. O‘qituvchilarning hammasi yer uchastkasi va yoqilg‘i bilan ta’minlangan. Matbuot qishloq sovetidagi kolxoz a’zolari tomonidan Pushkin nomidagi maktab o‘qituvchilari uchun 7 xonali uy qurib berilgan[23, 1]. Yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tilgan. 1948-yili viloyatdagi 1148 nafar qishloq o‘qituvchilarining uyjoylari bepul ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Amalda esa atigi 638 o‘qituvchining uyi ta’mirlangan. Maktablarda o‘qituvchilar uchun tayyorlanadigan 2297 kubometr o‘tindan o‘quv yili boshlanguncha 30 % yetkazib berilgan xolos. Qo‘qon rayonidagi kolxozlarda ham 1948-yildan o‘qituvchilar uchun turar-joy qurish ishlari boshlangan. Guliston kolxozi a’zolari maktab o‘qituvchilari uchun bir necha xonali uylar qurib berishgan. Shuningdek Kommunizm kolxozida 24-maktab o‘qituvchilari uchun, O‘zbekiston qishloq sovetidagi Stalin bayrog‘i kolxozida o‘qituvchilar uchun 4 xonali yangi uy qurib berilgan[20, 4]. Bu uylarda bir necha o‘qituvchi yashashi mumkin bo‘lgan. Umumiy ma’lumotlar bilan birga alohida shaxslar faoliyati ham yoritilgan. Masalan, Farg‘ona rayon Yuqoriqo‘rg‘on qishloq sovetidagi “Partizan”kolxozining raisi Vahobov, “Guliston” kolxozining raisi Qosimovlar Engels nomidagi maktabni otaliqga olishgan. Ular boshchiligida maktabda ishlovchi 9 ta o‘qituvchining uylari ta’mirlanib, qish uchun zarur o‘tin yetkazib berilgan. Bundan tashqari o‘qituvchilarning hammasiga tomorqa yer ajratilib, kuzgi bug‘doy ekib berilgan[3, 154]. Farg‘ona viloyatining qishloq rayonlarida 1948-yilning o‘zida 3419 o‘qituvchidan 2910 tasiga 493,77 gektar yer uchastkasi ajratib berilgan. Nafaqat qishloq, balki shahar maktablarining barcha o‘qituvchilari ham yer uchastkalari bilan ta’minlangan. Yozgi ta’til davrida kasaba uyushma qo‘mitalari o‘qituvchilar uylarini ta’mir qilish va ularni yoqilg‘i bilan ta’minlash ishlarini olib borgan. Viloyatdagi o‘qituvchilarga hayvon(sigir) sotib olish uchun davlat tomonidan 40 ming rubl ajratib berilgan. 1948-yilda 16 o‘qituvchi sigirli bo‘lgan. Ikkita o‘qituvchiga xususiy uy qurish uchun 10 ming rubldan pul berilgan[17, 81]. Qaror ijrosi bo‘yicha o‘qituvchilarga qurib beriladigan uylarga ajratiladigan summa muhokamalarga sabab bo‘lmasligi uchun alohida qo‘llanma chiqarilgan. SSSR Moliya Ministrligining 1950-yil 27 iyundagi 905-sonli qo‘llanmasida maktab o‘qituvchilarini bepul uy-joy bilan ta’minlash va kommunal xizmatlar ko‘rsatishga ajratiladigan mablag‘lar miqdori belgilab berilgan[4, 56]. SSSR Ministrlar Komitetining 1951-yil 4-iyuldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda qishloq o‘qituvchilariga turar-joylar qurish muddati 1953-yilgacha uzaytirilgan[18, 78]. Respublika budjetidan viloyatlar talabiga qarab qishloq o‘qituvchilari uchun quriladigan uylarga mablag‘ajratib borilgan.

1951-yilda qishloq o‘qituvchilari uchun qurilishi mo‘jallangan uylar rejasi 1-jadval[7, 27] Viloyatlar Uylar soni Andijon 80 Buxoro 70

Qashqadaryo 100 Namangan 100 Samarqand 125 Surxondaryo 100 Toshkent 125 Farg‘ona 100 Xorazm 100 Qoraqalpog‘iston 100 Jami 1000

Farg‘ona viloyatida 1950-1951-o‘quv yillariga kelib qishloq o‘qituvchilarining 2969 nafari tomorqa bilan ta’minlangan bo‘lib, ularga jami 317 gektar yer berilgan. Berilgan tomorqa yerlardan foydalanish natijasida o‘qituvchilarning turmush tarzi yaxshilanib borgan. Quvasoy tumanida qishloq o‘qituvchisi Mamajonov 0,08 ga yeridan 800 kg kartoshka, 0,04 ga yeridan 400 kg sholi olgan. Farg‘ona viloyati Zarkent tumani Stalin kolxozi tomonidan maktab o‘qituvchilari uchun 4 ta uch xonali uylar qurib berilgan. Uylar o‘sha davr uchun juda sifatli qurilgan. Tomlari shiferlanib, poliga taxta, shiftiga faner qoqilgan. O‘quv yili boshlanguncha o‘qituvchilarga 2809 metr kub yoqilg‘i, 5307 metr kub o‘tin, 854 tonna ko‘mir ajratilgan. Maktabda ta’lim sifatini o‘sib borishida o‘qituvchining moddiy jihatdan rag‘batlantirish katta ahamiyatga ega. 1948-yilda qabul qilingan qaror sekin-astalik bilan dolzarbligini yo‘qotib bordi. Kolxoz pravlenielari tomonidan qaror ijrosiga sovuqqonlik bilan qarash tez-tez uchrab turdi. Ular tomonidan qurilish, ta’mirlash uchun zarur mablag‘ajratilmasligi oqibatida ko‘pgina ehtiyojmand o‘qituvchilar uysiz qoldi. Farg‘ona viloyatida viloyat, tuman xalq ta’limi bo‘limlari, kasaba uyushmalari tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi, uy-joyga muhtoj o‘qituvchilar soni oxirigacha aniqlanmaganligi oqibatida qishloq o‘qituvchilarining ko‘pchiligi o‘zlari uchun yaratilgan imtiyozlardan foydalana olmagan. Viloyatning ba’zi hududlarida o‘qituvchilar uchun ajratilgan uylar yashash uchun moslashmagan bo‘lib, poli yo‘q, elektrlashtirilmagan, pechkasiz, yomg‘irda chakka o‘tgan. 1950-1951-o‘quv yilida 1270 ta o‘qituvchilar uyidan faqat 987 tasi ta’mirdan chiqarilgan. 283 ta uy umuman ta’mirlanmagan. Viloyat qurilish bo‘limio‘qituvchilar uchun 80 ta uy qurishni rejaga kiritgan. Lekin qurilish materiallari yetishmasligi oqibatida uylarning 29 tasi qurilmay qolgan[6, 15]. Ba’zi hududlarda kommunal uylar ajratilmaganligi bois o‘qituvchilar xususiy uylarda ijarada yashagan. Ijara haqi oyiga 50-100 rubldan to‘g‘ri kelgan. Ijara pulini kolxoz pravlenielari tomonidan to‘lanishi majburligiga qaramay, ular tomonidan ijara pulini to‘lab berishdan bosh tortish holatlari ko‘p uchragan. O‘qituvchi oylik ish haqini to‘lig‘icha o‘zi va oilasiga sarflay olmaganligi uning ish unumdorligiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan. 1952-yilda 70 ta uy qurish rejalashtirilgan bo‘lsada, amalda 43 tasi qurib foydalanishga topshirilgan. Ta’mirlanishi lozim bo‘lgan 2301 ta uydan, amalda 735 tasi ta’mirlab berilgan. Respublika tomonidan o‘qituvchilarning kommunal xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablag‘to‘lig‘icha sarflanmagan. Masalan Farg‘ona viloyatida 1951-yilda 1 mln, 1952-yilda 270 ming rubl ishlatilmay qolgan[8, 157]. Partiya yig‘ilishlarida ham o‘qituvchilar orasida kadrlar

qo‘nimsizligini tugatish, ularga imtiyozlar va yengilliklar berish masalalari ko‘tarilgan. Jumladan, birinchi navbatda ularga uy-joylar ajratish kerakligi ta’kidlangan. Armiya safidan bo‘shab kelganlarni, tashkiliy ishlarda o‘zini ko‘rsatgan yoshlarni, bilim yurtlari bitiruvchilarini, ishlab chiqarishdagi iqtidorli yoshlarni komsomol yo‘llanmasi bilan pedagogika institutlariga yuborish ko‘zda tutilgan[1, 2]. Keyingi yillarda ham shunday holatlar ko‘p uchragan. Kolxozlar borgan sari yashash uchun sharoit yaratishni o‘qituvchini o‘ziga tashlab qo‘ygan. Aksari hollarda qishloq o‘qituvchilari o‘zlari tug‘ilib o‘sgan joyga qaytib kelar va ota-onasi bilan birga yashashda davom etardi. Ular oilali bo‘lganlaridan keyin alohida uy qurish ota-ona zimmasiga tushgan. SSSR Ministrlar Kengashi 1954-yil 26-martda “Qishloq o‘qituvchilari uchun xususiy uy-joy qurish imkoniyatlari”haqida qaror qabul qildi. SSSR Moliya Ministrining 1954-yil 6-apreldagi 117-son qarori asosida respublika Selxozbankiga o‘qituvchilarga uy-joy qurish uchun 10 yil muddatga beriladigan kredit ajratish topshirilgan. Bu kredit 10 ming rublgacha berilib, yiliga 3 foizni tashkil qilgan. O‘qituvchilarga yengillik yaratish maqsadida kredit summasi olingan vaqtdan 1 yil o‘tib to‘lash boshlangan.[19, 1] Mazkur qaror bo‘yicha Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi viloyatdagi qishloq o‘qituvchilariga uy-joy qurish krediti uchun 500 ming rubl ajratishni so‘rab 482-sonli aloqa xati chiqargan[9, 73]. Lekin bank tomonidan rad javobi olingan. Selxozbankning viloyat bo‘limi boshqaruvchisi limitda mablag‘yo‘qligi sababli kreditga pul ajrata olmasligini bildiramiz degan mazmunda javob bergan. Demak, qaror asosida kredit olish har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmagan deb xulosa qilish mumkin. Hukumat tomonidan o‘qituvchilarga imtiyozlar berish davom etdi. O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashining1960-yil 8-iyundagi 519-sonli qarori bilan har bir oilaga, shu jumladan qishloq o‘qituvchilariga ham tomorqa va uy-joy qilish uchun sug‘oriladigan yerlardan 0,08 ga, lalmi yerlardan 0,15 ga yer berilgan. O‘qituvchilarga yerni to‘g‘ri ajratilib berilishini xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan nazorat qilingan[18, 78]. SSSR Davlat banki Farg‘ona viloyat bo‘limi 1961-yilda qishloq o‘qituvchilari xususiy uy qurishi uchun 80 ming rubl miqdorida kredit ajratdi. Viloyat tumanlaridagi 4-6 tadan o‘qituvchi 10 yil ichida qaytarish sharti bilan ming rubldan pul olgan[14, 4]. Qishloq o‘qituvchilariga uyjoy berish bilan birga mol-hayvon saqlash uchun ham ruxsat berildi. Lekin uyda saqlanadigan ortiqcha hayvonlar uchun soliq to‘langanligi uchun hayvonlar sonini oshirish mumkin emas edi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1965-yil 7- yanvardagi qaroriga muvofiq qishloq joylarda yashab turgan ishchi, xizmatchilar, shu jumladan o‘qituvchilar ham shaxsiy mulk sifatida bir oila uchun quyidagi hayvonlarni saqlash mumkin bo‘lgan: bir bosh sigir, uni buzog‘i, bitta cho‘chqa, 3 bosh qo‘y, bir yoshdan oshmagan echki. Agar ro‘zg‘orda sigiri bo‘lmasa besh bosh qo‘y, bir yoshdan oshmagan echki saqlashga ruxsat berilgan[25, 194-199]. Qishloq o‘qituvchilarini uy-joy bilan ta’minlash haqidagi qaror ijrosini bajarish davom etgan. O‘qituvchilar uylarini ta’mirlab berish, ularni ko‘mir va o‘tin bilan ta’minlash an’anaga aylangan. Agar 50- yillarda yorug‘lik uchun kerosin va fonarlar yetkazib berilgan bo‘lsa, endi yorug‘lik elektr ta’minoti bilan almashtirilgan. Farg‘onada 1966-yil yozining o‘zida 20 ta uy qurib, 338 ta uy ta’mirdan chiqarilgan[11, 4]. Oltiariq tumanida maktablarni kapital ta’mirlash

uchun ajratilgan pul hisobidan o‘qituvchilar uchun 2 xonali uy qurilgan[10, 15]. Yangiqo‘rg‘on tumanida 1967-1968-o‘quv yili boshlanishiga qadar 68 nafar o‘qituvchining uyi ta’mirdan chiqarilib, yil davomida 18 nafar o‘qituvchi uchun yangi uy qurib berilgan. O‘qituvchi va tarbiyachilar uchun 1750 tonna ko‘mir va o‘tin keltirib berilgan[23, 1]. Oila qurgan yosh o‘qituvchilarga ham arizalari asosida alohida turar joylar berilgan. 1967-yilda 350 yosh o‘qituvchilarga uy ajratilgan[13, 5]. 1970-yilga kelib viloyatdagi deyarli barcha qishloq o‘qituvchilari uy-joy bilan ta’minlangan. Uylar yoqilg‘i va yorug‘lik bilan ta’minlangan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanishni hohlaganlarga yer ajratib berilishi davom etgan. Viloyatdagi 4627 mingta o‘qituvchidan 2989 tasi umumiy maydoni 317 gektar yer bilan ta’minlangan[24, 4]. Farg‘ona viloyatida 1972-1973-o‘quv yilida 18433 nafar maktab o‘qituvchilari faoliyat olib bordi. Ularning14500 nafari ota-onalarining uyida, 3095 nafari kommunal uylarda,202 nafarimaktab ixtiyoridagi uylarda, 236 nafari xususiy uylarda ijarada yashaganlar[22, 4]. O‘qituvchilar uchun 1972-1973-o‘quv yilida 23836 tonna ko‘mir keltirib berish rejalashtirilgan. O‘quv yili boshigacha 22600 tonnasi berilgan. 1972-yilda o‘qituvchilar uchun 69 ta uy qurish rejalashtirilgan bo‘lib, yil oxirigacha 56 tasi qurib topshirilgan[3, 67]. Arxiv hujjatlarida “O‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash” haqidagi qarorga qaramay, xususiy uylarda ijarada yashab, ishlayotgan o‘qituvchilarning arizalari saqlanib qolgan[1, 4]. Kolxozlar ijara pulini to‘lab bermaganligi oqibatida ular ijara pulini oylik maoshidan to‘lashga majbur bo‘layotganligi, oqibatda oilaning moddiy yetishmovchiligiga sabab bo‘layotganligi yozilgan. Masalan, rus tili o‘qituvchisi Tambovsova O yiga 150 rubldan to‘lab, ikki yildan beri xususiy uyda ijarada yashagan. 1973-1974-o‘quv yilida Farg‘ona viloyatida xayriya jamg‘armasi hisobidan o‘qituvchilarga 57 kv. m uy qurib berilgan. Kolxozlar hisobidan 74 ta, bankdan ssuda olish hisobiga 110 ta shaxsiy uy qurilgan[1, 2]. Viloyat qurilish bo‘limi rejasiga 1974- 1980-yillar davomida viloyatning 11 ta tumanida joylashgan qishloq joylarda umumiy maydoni 26200 kv. metrga teng 590 ta uy-joy qurib berish kiritilgan[10, 79]. Farg‘ona viloyatining 1979-1980-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha tayyorlagan hisobotida ham viloyatda mahalliy sovetlar mablag‘i hisobidan maktab o‘qituvchilari uchun 3860 m. kv uy-joy foydalanish uchun topshirilganligi, kolxozlar tomonidan o‘qituvchilarga tegishli 125 ta kvartirada ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi, 10 ming tonna ko‘mir yetkazib berilganligi aytiladi[12, 47]. Lekin aksar hollarda ta’mirlash tugallanmasdan, bajarildi deb topshirib yuborish holatlari uchragan. Respublikada yillar davomida pedagogik kadrlarga zarur uy-joy, yaxshi turmush sharoiti, qo‘shimcha imtiyozlar yaratish borasida tadbirlar amalga oshirilib borilgan. Qishloq maktablarining o‘qituvchilari uchun 342 ming kvadrat metr uy-joy qurilgan. Viloyat uy-joy fondidan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratilgan. Lekin ayrim qishloq maktablarining o‘qituvchilari ijaraga olingan, noqulay uylarda yashagan. Ma’lumotlarga qaraganda respublikada ijara uylarda yashayotgan o‘qituvchilar ikki yarim mingdan ortiqni tashkil qilgan. Ular uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi oqibatida o‘qituvchilar qo‘nimsizligi paydo bo‘lgan. 1981-yilda maktablar va xalq maorifining boshqa muassasalaridan turli sabablarga ko‘ra 4,5 ming pedagog ishdan ketib qolgan[16, 5]. “Qayta qurish” yillarida imtiyozlardan foydalanish

darajasi pasayib borgan. Iqtisodiy qiyinchiliklar kuchaygan sari imtiyozlarni amalga oshirishga mablag‘ajratilmay qo‘yildi. Davriy nashrlarda qishloq o‘qituvchilariga 1988- 1989-o‘quv yilida ko‘mir berilmagani yozilgan. O‘qituvchilar talabiga qaramay qishga ko‘mir bir necha yillar davomida berilmagan. Ko‘mir yetkazib berishga ma’sul kolxoz raislario‘qituvchilarning talabini qondirmagan. Oqibatda o‘qituvchilar gazetaga xat yozishga majbur bo‘lganlar[26, 3]. O‘zbekiston SSR Respublikasi Prezidentining 1990- yil 13-noyabrda “Barcha tipdagi maktab o‘qituvchilariga, bolalar uylari tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf o‘qituvchilarini oylik maoshini oshirish”haqidagi farmoni e’lon qilindi. Farmonda turar-joylar bo‘yicha quyidagi imtiyozlar belgilangan: Maktab o‘qituvchilari va bolalar uyining tarbiyachilariga ular yashab turgan davlat hamda idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni shaxsiy mulk sifatida bepul berilishi, qishloq joylarida va shahar tipidagi qo‘rg‘onlarda istiqomat qilayotgan maktab o‘qituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilari kvartira haqidan va kommunal xizmat(suv ta’minoti, gaz, elektr va issiqlik energiyasi) haqini to‘lashdan ozod qilinishi, shaharda yashovchi maktab o‘qituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilariga kvartira haqining va kommunal xizmat haqining 50 foizi imtiyoz berilishi, markaziy isitish sistemasiga ega bo‘lmagan uylarda yashovchilarga belgilangan normalar doirasida sotib olinadigan yoqilg‘i haqi berilishi belgilangan[29, 3]. Ushbu farmonga muvofiq respublikadagi 2,5 million fuqaroning turmush darajasi yaxshilangan. O‘qituvchilar tomonidan sotib olinayotgan kooperativ uylar narxining ma’lum qismini moddiy yordam sifatida to‘lab berilgan[15, 17]. Lekin yuqorida aytib o‘tilganidek, farmon ijrosini ta’minlashda hamma yerda birday yondashilmagan. O‘qituvchilarga berilgan imtiyozlardan foydalanishda Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlarining bir qator shahar va qishloqlarida o‘qituvchi va tarbiyachilarga uyxonadonlar berishdan, yer maydonlari berishdan bosh tortishga harakat qilingan. Jizzax shahrida 1534 nafar o‘qituvchi uydan foydalanish va maishiy xizmat haqlarini 100 foiz miqdorida o‘zlari to‘laganlar[30, 3]. Farg‘ona viloyatida ham mazkur farmon imtiyozlaridan foydalanishda muammolar yuzaga kelgan[5, 53]. O‘qituvchilar yer olish uchun navbatda turib, so‘ralgan qog‘ozlarni to‘plash uchun vaqtlari ketayotganligini aytib arz-hol qilishgan. Qog‘ozbozlik ishlariga chalg‘ib ta’limga e’tibor ma’lum darajada pasaygan. Yugur-yugurlardan so‘ng qishloq o‘qituvchilariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun 6-8 sotixdan yer berilgan. Marg‘ilon shahrida ham 1991-yilda 64 nafar xalq ta’limi xodimiga sug‘oriladigan yerlardan yakka tartibda uy-joy qurish uchun olti sotixdan yer ajratib berilgan[2, 4]. 4. Xulosalar: Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularni moddiy jihatdan rag‘batlantirib borish uchun katta ishlar amalga oshirilgan. Dastlab bu imtiyozlar oliy o‘quv yurtlarini bitirib, yo‘llanma asosida olis hududlarga borib ishlayotgan o‘qituvchilarni turar-joy bilan ta’minlash, ish joyini tashlab ketib qolmasligi maqsadida berilgan. Keyinchalik kadrlar qo‘nimsizligiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘qituvchilar

miqdorini ko‘paytirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozlar yaratilgan. Lekin bu imtiyozlarni bir xilda ijroga qo‘yilmaganligi, sovuqqonlik bilan qaralganligi oqibatida o‘qituvchilar orasida norozilik, o‘z ishidan qoniqmaslik kuchayib borgan. Yillar davomida yashirin bo‘lgan norozilik kayfiyati 80-yillar oxiriga borib, o‘z mevalarini bera boshladi. Ta’lim sifatining pasayishiga, o‘qituvchilarni o‘z kasbini tashlab boshqa ishlarga o‘tib ketishiga sabab bo‘ldi.

1. Botirov Z. O‘qituchi va o‘quvchilarga g‘amxo‘rlik // O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 13-avgust. 2. Ergashev Ya. O‘qituvchilar uchun g‘amxo‘rlik. // O‘qituvchilar gazetasi. – 1948- yil 27-oktabr. 3. Farg‘ona Viloyat Davlat Arxivi (FVDA), Partiya arxivi, 1-jamg‘arma, 7-ro‘yxat, 63-ish. 4. FVDA, 1125-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 205-ish. 5. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 157-ish. 6. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 159-ish. 7. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 24-ish. 8. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 27-ish. 9. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 244-ish. 10. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 264-ish. 11. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 367-ish. 12. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 374-ish. 13. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 826-ish. 14. FVDA, 1125-jamg‘arma; 5-ro‘yxat, 10-a-ish. 15. FVDA, 716-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 48-ish. 16. FVDA, 716-jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 1-ish. 17. FVDA, 716-jamg‘arma, 3-ro‘yxat, 12-ish. 18. FVDA,1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 242-ish. 19. Mahkamov M. O‘qituvchilarning normal ishlashlari uchun yaxshi sharoit yarataylik. // O‘qituvchilar gazetasi. 1948-yil 1-dekabr. 20. Sharipova Nargizakhan Abduqaxxorovna. A look at the history of building schools in Uzbekistan (50-70 years of the 20th century) //World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at: https://www. scholarexpress. net. – 2023- yil sentabr. 21. Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna. XX asrning 40-80-yillarida Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilarining jismoniy hordiq chiqarish imkoniyatlari//Educational Research in Universal Sciences. – 2023-yil dekabr.

22. Tojiyev A. Shahar o‘qituvchularining qishloq o‘qituvchilariga yordami//O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 28-iyun. 23. Tursunov A. O‘qituvchilar uchun yangi turar-joy. // O‘qituvchilar gazetasi. – 1967-yil 9-iyun. 24. Valizoda A. O‘qituchilarga g‘amxo‘rlikni kuchaytiraylik. // O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 28-sentabr. 25. Шарипова Наргиза Абдукаххаровна. Реформы народного образования в Узбекистане в годы советской власти. // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. – 2023-yil may.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar25 ta adabiyot

  1. Botirov Z. O‘qituchi va o‘quvchilarga g‘amxo‘rlik // O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 13-avgust.
  2. Ergashev Ya. O‘qituvchilar uchun g‘amxo‘rlik. // O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 27-oktabr.
  3. Farg‘ona Viloyat Davlat Arxivi (FVDA), Partiya arxivi, 1-jamg‘arma, 7-ro‘yxat, 63-ish.
  4. FVDA, 1125-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 205-ish.
  5. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 157-ish.
  6. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 159-ish.
  7. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 24-ish.
  8. FVDA, 1125-jamg‘arma, 5-ro‘yxat, 27-ish.
  9. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 244-ish.
  10. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 264-ish.
  11. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 367-ish.
  12. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 374-ish.
  13. FVDA, 1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 826-ish.
  14. FVDA, 1125-jamg‘arma; 5-ro‘yxat, 10-a-ish.
  15. FVDA, 716-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 48-ish.
  16. FVDA, 716-jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 1-ish.
  17. FVDA, 716-jamg‘arma, 3-ro‘yxat, 12-ish.
  18. FVDA,1125-jamg‘arma, 6-ro‘yxat, 242-ish.
  19. Mahkamov M. O‘qituvchilarning normal ishlashlari uchun yaxshi sharoit yarataylik. // O‘qituvchilar gazetasi. 1948-yil 1-dekabr.
  20. Sharipova Nargizakhan Abduqaxxorovna. A look at the history of building schools in Uzbekistan (50-70 years of the 20th century) //World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at: https://www. scholarexpress. net. – 2023-yil sentabr.
  21. Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna. XX asrning 40-80-yillarida Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilarining jismoniy hordiq chiqarish imkoniyatlari//Educational Research in Universal Sciences. – 2023-yil dekabr.
  22. Tojiyev A. Shahar o‘qituvchularining qishloq o‘qituvchilariga yordami//O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 28-iyun.
  23. Tursunov A. O‘qituvchilar uchun yangi turar-joy. // O‘qituvchilar gazetasi. – 1967-yil 9-iyun.
  24. Valizoda A. O‘qituchilarga g‘amxo‘rlikni kuchaytiraylik. // O‘qituvchilar gazetasi. – 1948-yil 28-sentabr.
  25. Шарипова Наргиза Абдукаххаровна. Реформы народного образования в Узбекистане в годы советской власти. // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. – 2023-yil may.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011156
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/132
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
59–67
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25