Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLARNING SAMARADORLIGI
B.Boltayev · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada ingichka tolali g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirish uchun organik va mineral o‘g‘itlarning me‘yorlari va o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari hamda g‘o‘zaning o‘sish fazalarida o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, o‘g‘itlardan maqsadli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va tiklashning asosiy usullari va iqtisodiy samaradorlikka erishishda qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish orqali erishish mumkinligi yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOYA VA KUNGABOQAR MOYLARINING POTENSIAL XOMASHYO SIFATIDA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILLARI
N. Akramovich, A. Nuriddinovich, A. Adashevich, M. Latifjon · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada soya va kungaboqar moylari solishtirma tahlillari va xossalari keltirilgan. Izlanish davomida soya va kungaboqar moylarining fizikaviy va fizik-kimyoviy tahlillari va xususiyatlari o‘rganilgan. Moylar namunalarini xidi, ta‘mi va rangi - organoleptik usulda, zichlik - areometrik usulda, qovushqoqlik - viskozimetrik usulda, peroksidlar soni – titrimetrik usulda, yod soni esa infraqizil analizator usuli orqali tadqiq qilingan. Sovuq siqish usulida olingan soya va kungaboqar moylarining xomashyo sifatida sous-dressing retsepturasiga kiritish mumkinligi izlanishlar natijalaridan ma‘lum bo‘lgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
UNDIRILGAN MOSH VA SOYA UNLARINI FUNKSIONAL XOMASHYO SIFATIDA BIOKIMYOVIY TAHLILLARI
N. Akramovich, A. Nuriddinovich, A. Adashevich, M. Latifjon · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada undirilgan mosh va soya unlarini solishtirma tahlillari va xususiyatlari keltirilgan. Ish davomida undirilgan mosh va soya unlari kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Oqsil miqdori Keldal usulida, amilazalar va proteazalar spektrofotometrik usulda, energetik qiymatlar kalorimetrik usulda, tripsin ingibitori, izoflavonlar va vitaminlar suyuq xromatografiya usulida aniqlangan. Olingan natijalardan ma‘lum bo‘ladiki, undirilgan mosh va soya unlari sous-pasta yarimfabrikatlari uchun to‘liq quyultiruvchi xomashyo sifatida qo‘llay olinishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QOVUN URUG‘LARIGA VA O‘SIMLIKLARIGA KOMPLEKS PREPARATLAR QO‘LLAShNING HOSILDORLIKKA TASIRI
A. Abdimajitovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda qovunning “Kichkintoy” navi urug‘lariga nanokremniy, o‘simliklariga MnO₂ va Fe₂O₃ preparatlarini kompleks qo‘llashning fenologik rivojlanishi, biometrik ko‘rsatkichlari hamda hosildorlikka tasiri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparatlar qo‘llanilgan variantlarda urug‘larning unib chiqishi tezlashib, onalik gullarining erta ochilishi va mevalarning oldin pishishi kuzatildi. Shuningdek, asosiy poya uzunligi, yon shoxlar soni, barglar soni hamda o‘rtacha meva vazni oshganligi aniqlandi. Eng yuqori natija Nanokremniy + Fe₂O₃ variantida qayd etilib, o‘rtacha hosildorlik 21,1 t/ga ni tashkil qildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SABZAVOT EKINI BAMIYA (HIBISCUS ESCULENTUS L.)NI LABORATORIYA VA DALA UNUVCHANLIGI
B. o‘g‘li, Sh.X.Rizayev · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloq - bo‘z tuproqlari sharoitida noan‘anaviy sabzavot ekini bamiyani (Hibiscus esculentus L.) yetishtirishda laboratoriya (97,7 %) va dala unuvchanligi (87,1-88,9 %) tahlillari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUZGI BOSHOQLI DON EKINLARI MAYDONLARIDA TARQALGAN BEGONA O‘TLAR TURLARINI ANIQLASH NATIJALARI
J. Rayxonovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladigan maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar turlari aniqlanib, monitoring natijalariga ko‘ra, bir yilliklar 17 turi, ikki yilliklar 2 turi, ko‘p yillik begona o‘tlarning 8 turi keng tarqalganligi aniqlanlanganligi keltirib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QARAQALPAQSTAN ShARAYaTI ABIOTIKALIQ TASIRLER ELEMENTLERI OZGERISININ AHMIYTLI TAMANLARIN ESAPQA ALIO‘
T. Sherniyazovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatinda song‘i jillari juzege kelgen ekologiyaliq ozgerislerdin ortaliqqa tasirlerin aniqlao‘ boyinsha alip barilip atirg‘an ilimiy- izertleo‘ jumislarinin natiyjeleri keltirilgen. Birinshi nao‘bette, hao‘a temperaturasi ham salistirmali ig‘alliliq mug‘darinin ozgerip bario‘indag‘i biotsenozdag‘i osimlikler dunyasi, basqada biologiyaliq denelerge unamli ham naqolay tasirleri korsetip berilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI SHARAYATINDA HAWA TEMPERATURASINIŃ ÓZGERIWSHENLIGI HÁM ONIŃ AWIL XOJALIǴI EGINLERI ÓNIMDARLIǴINA TÁSIRI
A. Allanbergenovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik tizimini keskin o‘zgartirib, uni iqlim tahdidlariga eng zaif hudud qilib qo‘ydi. Ushbu tadqiqotda 1960–2025-yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘istonda havo haroratining o‘zgarish tendensiyalari miqdoriy jihatdan baholandi va uning paxta hamda kuzgi bug‘doy kabi strategik ekinlarning fiziologik va iqtisodiy mahsuldorligiga bevosita ta‘siri o‘rganildi. O‘zgidromet xizmatining ko‘p yillik meteorologik ma‘lumotlari va Jahon bankining mintaqaviy iqlim modellari Qoraqalpog‘istonda o‘rtacha yillik haroratning har 10 yilda 0.29°C ga ko‘tarilayotganini ko‘rsatdi, bu esa global o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar yuqoridir. Yozgi harorat +45°C dan +48°C gacha bo‘ladigan anomal issiq kunlarning davomiyligi so‘nggi 30 yil ichida o‘rtacha 12-15 kunga ortdi. Bunday kuchli issiqlik stressi ekinlarda fotosintezni sekinlashtiradi, transpiratsiyani keskin oshiradi hamda gul va kurtaklarning to‘kilishiga olib kelib, hosildorlikni o‘rtacha 20-35% ga kamaytiradi. Iqlim modellariga ko‘ra, chora ko‘rilmasa, 2050-yilga borib ekin hosildorligining 25-63% gacha pasayishi xavfi mavjud.
- Ochiq kirishMaqola
SAMARQAND ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI VA SHAHAR INFRATUZILMASI RIVOJLANISHI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
S. Nasrullayevich, O. o‘g‘li, A. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada Samarqand arxitektura-qurilish institutining shahar infratuzilmasi rivojlanishidagi o‘rni va ta‘siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda institutning muhandislik, arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlashdagi roli, ilmiy tadqiqotlari hamda ularning shaharsozlik, transport tizimi, kommunal xo‘jalik va uy-joy qurilishiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, institut faoliyati orqali Samarqand shahrida zamonaviy infratuzilmaning shakllanishi, urbanizatsiya jarayonlari va texnologik rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta‘lim muassasalarining shahar rivojlanishidagi strategik ahamiyatini asoslaydi.
- Ochiq kirishMaqola
O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY VILOYATLARIDA QO‘YLARNING MONIYEZIOZ BILAN ZARARLANISH DARAJASINI ANIQLASH
S. X.A, D. Sh.A, A. K.Sh · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Jizzax viloyatlarida qo‘ylar orasida moniyeziozning uchrash darajasi, ya‘ni invaziya ekstensivligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tekshirilgan qo‘ylarning 11,0% ida, Jizzax viloyatida esa tekshirilgan qo‘ylarning 11,2% ida moniyezioz bilan ekstensiv zararlanish aniqlangan.
- Ochiq kirishMaqola
QO‘YLAR EXINOKOKKOZIDA GO‘SHT VA ICHKI ORGANLARINING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI (ADABIYOTLAR TAHLILI)
R. Ilashovich, A. Elmurodovich, B. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada qo‘ylar orasida uchraydigan exinokokkoz kasalligining go‘sht va ichki organlar sifatiga ta‘siri hamda ularni veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida baholash masalalari adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilib, kasallikning etiologiyasi, patogenezi, tarqalish xususiyatlari hamda go‘sht mahsulotlarining sanitariya holatiga ta‘siri, shuningdek, zararlangan organlarni aniqlash, ularni veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq baholash va utilizatsiya qilish masalalari adabiyotlar tahlili natijasida o‘rganildi.
- Ochiq kirishMaqola
QO‘YLARNING SALMONELLYOZLI ABORTI
O. Abduraimova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada qishloq xo‘jaligi hayvonlarining salmonellyoz kasalligi bo‘yicha umuman, shuningdek, qo‘ylarning salmonellyozli aborti haqida xususan, ilmiy adabiyot manbalarida keltirilgan ma‘lumotlar muhokama va tahlil qilingan. Kasallikning nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalganligi va sezilarli iqtisodiy zarar keltirayotgani yoritilgan. Qishloq xo‘jaligining qo‘ychilik sohasida abortga sabab bo‘luvchi boshqa kasalliklarning ham mavjudligi va ularning orasida o‘ziga xos klinik yoki boshqa belgilarning sezilmasligi, ya‘ni differensiatsiya qilishning imkoniyati yo‘qligi mazkur kasallikka aniq tashxis qo‘yishda anchagina jiddiy muammolar tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda.
- Ochiq kirishMaqola
QO‘YLAR XLAMIDIOZINI IMMUNOLOGIK TAHLILI HAMDA ABORT BO‘LGAN HOMILA TO‘QIMASIDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
N. N.I, H. N.Sh, A. U.B · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada tug‘ishiga qisqa muddat qolgan va abort qilgan qo‘ylarning qon zardobida xlamidioz kasalligida (Chlamydia abortus ovis) immunologik tahlil natijalarini optik zichlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Chlamydia abortus ovisning qo‘ylar organizmida surunkali va o‘tkir shaklda kechishini IgG va IgM turlarini Qozog‘iston Davlatining “MVA GROUP” qo‘shma korxonasining test to‘plamida tekshirilgan natijalari va ularga matematik ishlov berilgan ko‘rsatkichlar keltirilgan. Tadqiqotlarni bajarish uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani “Rohat” fermer xo‘jaligi shuningdek mazkur tuman aholisining shaxsiy qo‘ylarida hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Turon” Qoraqo‘lchilik MChJlarida tug‘ish davridan 12-14 kun avval abort qilgan va chala rivojlangan homilalarni immunologik, serologik hamda patomorfologik tahlillarning natijalari keltirilgan. Shuningdek Chlamydia abortus ovisdan nobud bo‘lgan 140-150 kunlik homilalarni ichki a‘zolarida patologoanatomik hamda gistologik o‘zgarishlari haqida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINING DERMATOMIKOZLARIGA ZAMONAVIY USULLAR ASOSIDA DIAGNOZ QO‘YISH
N. Mamatkulova, X. Yunusov, X. Bazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarida dermatomikozlarni zamonaviy diagnostika usullari asosida aniqlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda mikroskopik kultural, lyuminestsent va molekulyar (PZR) usullarning samaradorligi tahlil qilingan. Mikroskopik usul zamburug‘ elementlarini tez aniqlashga, kultural usul esa qo‘zg‘atuvchini tur darajasida identifikatsiya qilishga xizmat qiladi. Lyuminestsent usul yashirin shakllarni aniqlashda, PZR esa tez va aniq tashxis qo‘yishda yuqori samaradorlikka ega. Natijalar dermatomikozlarni kompleks yondashuv asosida diagnostika qilish eng ishonchli usul ekanligini ko‘rsatdi va bu yondashuv kasallikni erta aniqlash hamda samarali profilaktika va davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Ochiq kirishMaqola
QO‘YLAR KLOSTRIDIOZLARIGA QARSHI VAKSINANI IMMUNOSTIMULYATOR VA VITAMIN BILAN BIRGA QO‘LLAGANDA QO‘YLAR QONIDAGI GEMATOLOGIK VA BIOKIMYOVIY O‘ZGARISHLAR NATIJALARI
N. Ergashev, G. Mengliyev, I. Salimov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tadqiqotda qo‘ylarni klostridioz kasalliklariga qarshi emlash jarayonida organizmning tabiiy rezistentligini oshirish maqsadida E-Selen va Gamavit veterinariya preparatlari qo‘llanildi. Tajriba hayvonlaridan qon namunalari emlash va preparatlarni yuborishdan oldin, shuningdek, ularni qo‘llagandan keyin 14-, 35- va 180-kunlarda olindi. Qon namunalarida eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin miqdori hamda eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT), shuningdek, qon zardobining biokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari qo‘ylar qonida eritrotsitlar, leykotsitlar va gemoglobin konsentratsiyasining ishonchli darajada, shuningdek, qon zardobining biokimyoviy ko‘rsatkichlari oshganligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishMaqola
O‘STIRISH YOSHIDAGI BUZOQLARDA DISPANSER TEKSHIRISHLAR NATIJALARI
B. Abdiqaharovna, m. izlanuvchisi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada Samarqand viloyati qoramolchilik xo‘jaliklarida 40-120 kunlik buzoqlarda dispanser tekshirishlar natijalari keltirilgan bo‘lib, 60 kundan keyin buzoqlarda eritropoez jarayonining susayishi oqibatida qondagi gemoglobin, eritrotsitlar, gematokrit ko‘rsatkichining va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning pasayishi qayd etilgan. Buzoqlarda alimentar anemiyaning rivojlanishida ratsionlarning takomillashmaganligi, tarkibidagi to‘yimli moddalar vitaminlar va mineral moddalar miqdorining, qand-oqsil va fosfor-kalsiy nisbatining me‘yoriy ko‘rsatkichlardan pastligi, ayniqsa temir va rux tanqisligi asosiy alimentar omil ekanligi bayon qilingan.
- Ochiq kirishMaqola
HAYVONLAR BRUTSELLYOZIDA O‘TKAZILADIGAN SEROLOGIK TAHLILLARNING TAVSIFI
B. D.I, U. A.D · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada hayvonlarning brutsellyozida qo‘llaniladigan diagnostika usullarining qiyosiy bahosi, ularning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan hamda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi hayvonlarida brutsellyoz bo‘yicha tadqiqotlar holati tahlil qilingan.
- Ochiq kirishMaqola
QO‘SHTEPA VA TOSHLOQ TUMANLARIDA QUYON EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI
A. N.T, D. R.B · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va Toshloq tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlarda o‘tkazilgan eymeriozga qarshi tekshirish natijalari keltirilgan. Bundan tashqari, tekshirish uchun qo‘llanilgan usullarning mohiyati, o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘liq ma‘lumotlar berilgan hamda tumanlardagi xo‘jaliklarda invaziyaning ekstensivlik va intensivlik holati bo‘yicha ma‘lumotlar bayon qilingan.
- Ochiq kirishMaqola
PHARMACEUTICAL TERMINOLOGY IN LATIN
H. qizi, X. Xamidovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada lotin terminologiyasining zamonaviy farmatsevtika sohasidagi fundamental o‘rni va xalqaro dori nomenklaturasini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Lotin tili sun‘iy intellekt va raqamli texnologiyalar davrida “o‘lik til” deb hisoblansa-da farmatsiyada u hamon lingua franca sifatida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda dorivor o‘simliklar nomenklaturasi, dori shakllari hamda retseptlardagi an‘anaviy lotincha qisqartmalarning unifikatsiyasi ko‘rib chiqilgan. Statistik ma‘lumotlar va qiyosiy tahlillar lotin terminologiyasidan to‘g‘ri foydalanish farmatsevtik amaliyotdagi dori xatolarini 15–20% gacha kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, farmatsevtik ta‘limda va global sog‘liqni saqlash tizimida lotin tili nafaqat an‘ana, balki xavfsizlik va aniqlik kafolati sifatida namoyon bo‘ladi.
- Ochiq kirishMaqola
O‘TKIR ISHEMIK INSULTDA ENDOVASKULYAR REPERFUZIYA VA ERTA REABILITATSIYA: TASVIRLASHGA ASOSLANGAN INDIVIDUAL YONDASHUV
K. Ahmadovich, Y. Anvarovna, A. Mansur · Research Focus International Scientific Journal · 2026
O‘tkir ishemik insult dunyo bo‘yicha o‘lim va uzoq muddatli nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. To‘qima plasminogen aktivatori bilan intravenoz tromboliz insultni erta bosqichda samarali boshqarishni sezilarli darajada yaxshilagan bo‘lsa-da uning samaradorligi tor terapevtik oynasi va katta tomir yopilishlarida to‘liq rekanalizatsiya bo‘lmasligi bilan cheklangan. So‘nggi paytlarda endovaskulyar reperfuziya texnikasidagi ilg‘or yutuqlar davolash sohasini tubdan o‘zgartirdi, bu esa tomirlarning muvaffaqiyatli rekanalizatsiya darajasini oshirish va klinik natijalarni yaxshilash imkonini berdi. Zamonaviy yondashuvlar jumladan, mexanik trombektomiya, aspiratsion trombektomiya va intraarterial tromboliz, ayniqsa intravenoz trombolitik terapiya bilan birgalikda qo‘llanganda yuqori samaradorlikni namoyon qilmoqda. Shuningdek, yangi fibrinolitik vositalarning rivojlanishi va ultratovush yordamida tromboliz kabi yordamchi usullar terapevtik imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Reperfuziya strategiyalari bilan bir qatorda, o‘tkir va akut bosqichda reabilitatsiyani erta boshlash nevrologik tiklanishni yaxshilash, neyroplastiklikni rag‘batlantirish va uzoq muddatli nogironlikni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ilg‘or endovaskulyar aralashuvlarni erta reabilitatsiya bilan integratsiyalash o‘tkir ishemik insultni boshqarishda kompleks va bemor markazli yondashuvni tashkil qiladi. Kelajakda individual, tasvirlashga asoslangan davolash strategiyalari va ko‘p tarmoqli yondashuvlar funksional natijalarni optimallashtirish va terapevtik oynalarni kengaytirishga e‘tibor qaratadi.