QO‘YLAR EXINOKOKKOZIDA GO‘SHT VA ICHKI ORGANLARINING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI (ADABIYOTLAR TAHLILI)
Ilashovich Rasulov O‘tkir, Elmurodovich Achilov Odil, qizi Boymuratova Xonzoda Sharofiddinv.f.d., dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va; biotexnologiyalar universiteti; v.f.f.d. (PhD), dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 249–254
Annotatsiya
Ushbu maqolada qo‘ylar orasida uchraydigan exinokokkoz kasalligining go‘sht va ichki organlar sifatiga ta‘siri hamda ularni veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida baholash masalalari adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilib, kasallikning etiologiyasi, patogenezi, tarqalish xususiyatlari hamda go‘sht mahsulotlarining sanitariya holatiga ta‘siri, shuningdek, zararlangan organlarni aniqlash, ularni veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq baholash va utilizatsiya qilish masalalari adabiyotlar tahlili natijasida o‘rganildi.
Boshqa tillarda
ruschaВЕТЕРИНАРНО-САНИТАРНАЯ ЭКСПЕРТИЗА МЯСА И ВНУТРЕННИХ ОРГАНОВ ПРИ ЭХИНОКОККОЗЕ У ОВЕЦ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ)
В данной работе на основе анализа литературных источников рассмотрено влияние эхинококкоза у овец на качество мяса и внутренних органов, а также особенности их оценки в процессе ветеринарно-санитарной экспертизы. Изучены научные труды отечественных и зарубежных исследователей, освещающие этиологию, патогенез и эпизоотологические особенности заболевания. Особое внимание уделено влиянию эхинококкоза на санитарное состояние мясной продукции. На основании проведённого анализа обобщены данные по выявлению поражённых органов, их ветеринарно-санитарной оценке и методам утилизации в соответствии с действующими нормативными требованиями.
inglizchaVETERINARY AND SANITARY INSPECTION OF MEAT AND INTERNAL ORGANS IN SHEEP ECHINOCOCCOSIS (LITERATURE REVIEW)
This study analyzes the impact of echinococcosis in sheep on the quality of meat and internal organs, as well as the specifics of their evaluation during veterinary and sanitary inspection, based on a review of scientific literature. The works of domestic and foreign researchers were examined, covering the etiology, pathogenesis, and epidemiological features of the disease. Particular attention is given to the effect of echinococcosis on the sanitary quality of meat products. Based on the literature review, key aspects of detecting affected organs, their veterinary-sanitary assessment, and disposal methods in accordance with current regulatory requirements are summarized.
Kalit so‘zlar
- qo‘ylar
- exinokokkoz
- veterinariya-sanitariya ekspertizasi
- go‘sht sifati ichki organlar
- parazitar kasalliklar
- chorvachilik mahsulotlari xavfsizligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K: 619:616.995.132.5:637.5 QO‘YLAR EXINOKOKKOZIDA GO‘SHT VA ICHKI ORGANLARINING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI (ADABIYOTLAR TAHLILI) Rasulov O‘tkir Ilashovich v.f.d., dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Achilov Odil Elmurodovich v.f.f.d. (PhD), dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Boymuratova Xonzoda Sharofiddin qizi Doktorant, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.20024686 Annotatsiya: Ushbu maqolada qo‘ylar orasida uchraydigan exinokokkoz kasalligining go‘sht va ichki organlar sifatiga ta’siri hamda ularni veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida baholash masalalari adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilib, kasallikning etiologiyasi, patogenezi, tarqalish xususiyatlari hamda go‘sht mahsulotlarining sanitariya holatiga ta’siri, shuningdek, zararlangan organlarni aniqlash, ularni veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq baholash va utilizatsiya qilish masalalari adabiyotlar tahlili natijasida o‘rganildi. Kalit so‘zlar: qo‘ylar, exinokokkoz, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, go‘sht sifati, ichki organlar, parazitar kasalliklar, chorvachilik mahsulotlari xavfsizligi.
ВЕТЕРИНАРНО-САНИТАРНАЯ ЭКСПЕРТИЗА МЯСА И ВНУТРЕННИХ ОРГАНОВ ПРИ ЭХИНОКОККОЗЕ У ОВЕЦ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ) Расулов Уткир Илашович д.в.н., доцент, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий Ачилов Одил Элмуродович доктор философии по ветеринарным наукам (PhD), доцент, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий Боймуратова Хонзода Шарофиддин кизи Докторант, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий Аннотация: В данной работе на основе анализа литературных источников рассмотрено влияние эхинококкоза у овец на качество мяса и внутренних органов, а также особенности их оценки в процессе ветеринарно-санитарной экспертизы. Изучены научные труды отечественных и зарубежных исследователей, освещающие этиологию, патогенез и эпизоотологические особенности заболевания. Особое внимание уделено влиянию эхинококкоза на санитарное состояние мясной продукции. На основании проведённого анализа обобщены данные по выявлению поражённых органов, их ветеринарно-санитарной оценке и методам утилизации в соответствии с действующими нормативными требованиями.
Ключевые слова: овцы, эхинококкоз, ветеринарно-санитарная экспертиза, качество мяса, внутренние органы, паразитарные заболевания, безопасность продукции животноводства.
VETERINARY AND SANITARY INSPECTION OF MEAT AND INTERNAL ORGANS IN SHEEP ECHINOCOCCOSIS (LITERATURE REVIEW) Rasulov Utkir Ilashovich DSc in Veterinary Sciences, Associate Professor, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology Achilov Odil Elmurodovich PhD in Veterinary Sciences, Associate Professor, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology Boymuratova Khonzoda Sharofiddin qizi doctoral student, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology Abstract: This study analyzes the impact of echinococcosis in sheep on the quality of meat and internal organs, as well as the specifics of their evaluation during veterinary and sanitary inspection, based on a review of scientific literature. The works of domestic and foreign researchers were examined, covering the etiology, pathogenesis, and epidemiological features of the disease. Particular attention is given to the effect of echinococcosis on the sanitary quality of meat products. Based on the literature review, key aspects of detecting affected organs, their veterinary-sanitary assessment, and disposal methods in accordance with current regulatory requirements are summarized. Keywords: sheep, echinococcosis, veterinary-sanitary examination, meat quality, internal organs, parasitic diseases, safety of livestock products.
KIRISH Chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash veterinariya tibbiyotining muhim vazifalaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan parazitar kasalliklar nafaqat hayvonlar salomatligiga, balki oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya sifati va inson salomatligiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shunday kasalliklardan biri exinokokkoz bo‘lib, u dunyoning ko‘plab hududlarida keng tarqalgan zoonoz kasallik hisoblanadi. Parazitning rivojlanish siklida oraliq xo‘jayin sifatida ko‘pincha qo‘ylar, qoramol va boshqa qishloq xo‘jaligi hayvonlari ishtirok etadi. Lichinka bosqichida parazit hayvon organizmida turli ichki organlarda, asosan jigar va o‘pkada pufaksimon kistalar hosil qiladi. Bu esa zararlangan organlarda morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib kelib, go‘sht mahsulotlarining veterinariya-sanitariya sifatini pasaytiradi. So‘yish korxonalarida o‘tkaziladigan veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida exinokokkoz bilan zararlangan organlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki zararlangan jigar yoki o‘pka iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib, ular sanitariya qoidalariga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak. Shu bilan birga, kasallikning zoonoz xususiyatga ega ekanligi inson salomatligini himoya qilish nuqtai nazaridan veterinariya nazoratini kuchaytirishni talab etadi. So‘nggi yillarda turli mamlakatlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar exinokokkoz chorvachilik uchun katta iqtisodiy zarar yetkazishini ko‘rsatmoqda. Shu sababli qo‘ylarning exinokokkoz kasalligida go‘sht va ichki organlarning veterinariya-sanitariya ekspertizasini o‘rganish, kasallikning tarqalish xususiyatlarini aniqlash hamda mahsulotlarning sanitariya bahosini ilmiy asosda tahlil qilish dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR O‘zbekistonlik bir qator olimlar chorvachilikda uchraydigan parazitar kasalliklar va ularning chorvachilik mahsulotlari sifatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ularning tadqiqotlarida exinokokkoz kasalligining epizootologiyasi, patogenezi hamda veterinariya-sanitariya ekspertizasi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda exinokokkoz bilan zararlangan hayvonlarning go‘shti va ichki organlarining oziq-ovqat sifat ko‘rsatkichlari pasayishi, biologik va sanitariya jihatdan xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan. Shu sababli chorvachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan oldin ularni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
NATIJALAR O‘zbekiston va xorijiy olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda chorvachilikda uchraydigan parazitar kasalliklar, xususan qo‘ylar exinokokkozi keng o‘rganilgan. Tadqiqotchilar ushbu kasallikning epizootologiyasi, patogenezi hamda chorvachilik mahsulotlari sifatiga ta’sirini o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar.
O‘zbekistonlik olimlar exinokokkoz kasalligining chorva hayvonlari orasida keng tarqalgan parazitar kasalliklardan biri ekanligini ta’kidlab, uning asosan qo‘ylarning jigar va o‘pka organlarida pufakchalar hosil qilishi bilan tavsiflanishini ko‘rsatib o‘tganlar. Ularning fikricha, bunday zararlanish chorvachilik mahsulotlarining veterinariya-sanitariya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [3].
Exinokokkoz bilan zararlangan qo‘ylarning ichki organlarida morfologik va patologik o‘zgarishlar kuzatilishi, ayniqsa jigar va o‘pka to‘qimalarida exinokokk pufakchalari rivojlanishi qayd etilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday organlar veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida iste’mol uchun yaroqsiz deb topilib, utilizatsiya qilinishi lozim [10].
Chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda veterinariya-sanitariya ekspertizasining ahamiyatini alohida ko‘rsatib o‘tganlar. Ularning fikriga ko‘ra, exinokokkoz bilan zararlangan hayvonlarning go‘shti va ichki organlarini to‘g‘ri baholash hamda zararsizlantirish chorvachilik mahsulotlarining sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi [12].
Mazkur kasallik ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa chorvachilik rivojlangan hududlarda keng tarqalgan. Parazitologiya sohasida olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar exinokokkozning epizootologiyasi, patogenezi va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan [19].
Gelmintoz kasalliklarining biologiyasi, rivojlanish sikli hamda chorvachilikka yetkazadigan zarari batafsil tahlil qilingan. Uning ta’kidlashicha, gelmintozlar qishloq xo‘jaligi hayvonlari organizmida turli patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va bu chorvachilik mahsulotlarining sanitariya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [18].
Keyingi yillarda olib borilgan xalqaro tadqiqotlar ham exinokokkoz kasalligining global miqyosdagi muammo ekanligini tasdiqlaydi. Exinokokkozning biologiyasi, molekulyar xususiyatlari va epidemiologik tarqalishi batafsil o‘rganilgan. Olimning fikriga ko‘ra, ushbu kasallik chorvachilik rivojlangan hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, u iqtisodiy zarar bilan birga inson salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi [11].
Exinokokkoz kasalligining epizootologiyasi va iqtisodiy ahamiyatiga katta e’tibor qaratilgan. Exinokokkoz chorvachilik va jamoat salomatligi uchun katta iqtisodiy zarar keltirishi ta’kidlangan [20].
Craig o‘z ilmiy ishlarida kasallikning tarqalish xususiyatlarini chuqur o‘rganib, Echinococcus granulosus ning ekologiyasi va tarqalish mexanizmlarini tahlil qilgan. Muallifning ta’kidlashicha, kasallikning tarqalish darajasi chorvachilik tizimi, sanitariya sharoiti hamda asosiy xo‘jayin hayvonlarning populyatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq [5]. Exinokokkoz kasalligining hayvon organizmida rivojlanish jarayoni hamda uning diagnostikasi masalalari keng yoritilgan. Olimning fikriga ko‘ra, kasallikni aniqlashda so‘yish jarayonida ichki organlarni puxta tekshirish muhim diagnostik ahamiyatga ega [8]. Exinokokkoz kasalligining zoonoz xususiyati va uning inson salomatligi bilan bog‘liqligi alohida qayd etilgan. Tadqiqotlarda veterinariya va tibbiyot sohalari o‘rtasidagi hamkorlik kasallikni nazorat qilish va profilaktika qilishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan [22]. MUHOKAMA Qo‘y mahsulotlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonida go‘sht va ichki organlarning sifati alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda zararlangan to‘qimalarni aniqlash, ularning iste’molga yaroqliligini baholash hamda sanitariya qoidalariga muvofiq qaror qabul qilish muhim hisoblanadi [16]. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan kasalliklar, jumladan parazitar kasalliklar, chorvachilik rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘y kasalliklari va ularning klinik xususiyatlari keng tahlil qilingan [6]. Qo‘ylarda exinokokkozning tarqalishi va uning oldini olish choralari mahalliy sharoitlarda ham dolzarb muammo hisoblanadi. Kasallikning epizootologik holati va profilaktik choralar yoritilgan [1]. Go‘sht mahsulotlarining sanitariya holati va ularning sifat ko‘rsatkichlari veterinariya-sanitariya ekspertizasida muhim ahamiyatga ega. Go‘sht mahsulotlarining sanitariya bahosi va ularni baholash mezonlari keng yoritilgan [21]. Parazitar kasalliklar, jumladan exinokokkoz, uy hayvonlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning etiologiyasi va morfologik xususiyatlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda chuqur o‘rganilgan. Gelmintlar va ularning biologiyasi batafsil tahlil qilingan [17]. Shuningdek, kasallikning tarqalishi va nazorati bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar ham ishlab chiqilgan [4]. Echinococcus jinsining biologiyasi va sistematikasi chuqur ilmiy asosda o‘rganilgan bo‘lib, bu kasallikni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi [19]. Go‘sht nazorati va inspeksiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, jumladan FAO tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalar veterinariya amaliyotida muhim yo‘riqnoma hisoblanadi [9]. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash veterinariya-sanitariya nazoratining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. OIE (WOAH) tomonidan ishlab chiqilgan Terrestrial Animal Health Code’da go‘sht va hayvon mahsulotlarini xavfsiz baholash bo‘yicha xalqaro talablar belgilangan [14]. Chorvachilik mahsulotlari xavfsizligi va ularni iste’molga yaroqliligini ta’minlash masalalari milliy darajada ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik mahsulotlarining xavfsizligi, sanitariya talablari va nazorat tizimi yoritilgan [2]. Qo‘ylar kasalliklari va ularning klinik ko‘rinishlari veterinariya amaliyotida muhim o‘rin tutadi. Qo‘y kasalliklari, jumladan parazitar kasalliklar va ularni davolash usullari keng o‘rganilgan [15].
Go‘sht sifatining biokimyoviy asoslari mahsulotning oziqaviy qiymati va sanitariya holatini baholashda muhim hisoblanadi. Go‘sht sifat ko‘rsatkichlari va biokimyoviy o‘zgarishlar ilmiy asosda tahlil qilingan [13]. Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) tomonidan exinokokkoz kasalligi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar berilgan bo‘lib, kasallikning inson salomatligiga xavfi va global tarqalishi ta’kidlangan [23]. XULOSA O‘rganilgan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘ylar orasida uchraydigan exinokokkoz chorvachilik uchun eng muhim veterinariya-sanitariya muammolaridan biri hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili qo‘ylarning exinokokkoz kasalligida veterinariya-sanitariya ekspertizasi chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek, kasallikning insonlar orasida tarqalishining oldini olishda juda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda kasallikning epizootologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, diagnostika va profilaktika choralarini takomillashtirish hamda veterinariya nazoratini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar23 ta adabiyot
- Abdullayev A.A. Qo‘ylarda exinokokkozning tarqalishi va oldini olish choralari // Veterinariya jurnali. – 2018. – №
- Abdurahmonov B.A. Chorvachilik mahsulotlari xavfsizligi. – Toshkent, 2019. – B. 18–
- Alimuhammedov Sh.A., Raxmatov B.T. Qo‘ylarda exinokokkozning tarqalishi va uning chorvachilik mahsulotlari sifatiga ta’siri // O‘zbekiston veterinariya jurnali. – 2017. – №
- Craig P.S., McManus D.P. et al. Prevention and control of cystic echinococcosis // The Lancet Infectious Diseases. – 2007. – Vol.10.1016/s1473-3099(07)70134-2
- Craig P.S. Epidemiology of Echinococcus granulosus // Parasitology. – 2006. – Vol. 132. – P. 21–
- Daniyarov I.A. Qishloq xo‘jalik hayvonlari kasalliklari. – Toshkent, 2015. – B. 20–
- Deplazes P. Diagnosis and detection of echinococcosis in animals // Veterinary Parasitology. – 2015. – Vol. 213. – P. 149–157.10.1016/j.vetpar.2015.08.001
- Eckert J., Deplazes P. Biological, epidemiological, and clinical aspects of echinococcosis // Clinical Microbiology Reviews. – 2004. – Vol. 17(1). – P. 107–135.10.1128/cmr.17.1.107-135.2004
- FAO. Meat inspection and control in developing countries. – Rome, 1994. – P. 30–
- Irgashev I.X., Safarov R.S. Qo‘ylarda exinokokkozda ichki organlarda yuz beradigan patologik o‘zgarishlar // Veterinariya va chorvachilik. – 2019. – №
- McManus D.P. Molecular and epidemiological aspects of echinococcosis // Parasitology International. – 2013. – Vol.
- Norbo‘tayev S.N., To‘xtayev Q.B. Chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda veterinariya-sanitariya ekspertizasining ahamiyati // Agroilm. – 2020. – №
- Nurmatov Sh.N. Go‘sht sifatining biokimyoviy asoslari // Agroilm. – 2020. – №
- OIE. Terrestrial Animal Health Code. – Paris, 2021. – Chapter
- Rahimov Q.R. Qo‘ylar kasalliklari va ularni davolash. – Samarqand, 2016. – B. 33–
- Salimov B.S. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi asoslari. – Toshkent, 2010. – B. 14–
- Soulsby E.J.L. Helminths, Arthropods and Protozoa of Domesticated Animals. – London: Baillière Tindall, 1982. – P. 45–
- Скрябин К.И. Основы ветеринарной паразитологии. – Москва: Колос, 1978. – С. 12–
- Thompson R.C.A. Biology and systematics of Echinococcus // Advances in Parasitology. – 2017. – Vol.
- Torgerson P.R. Economic effects of echinococcosis // Acta Tropica. – 2010. – Vol. 114. – P. 1–
- Tursunov O.T. Go‘sht mahsulotlarining sanitariya bahosi. – Toshkent, 2012. – B. 22–
- Vuitton D.A. Zoonotic impact of echinococcosis and public health importance // Infectious Diseases. – 2014. – Vol.
- WHO. Echinococcosis fact sheet. – Geneva, 2023. – P. 2–3.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013460
- Nashr sanasi
- 2026-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i4.2333
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 249–254
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06