O‘STIRISH YOSHIDAGI BUZOQLARDA DISPANSER TEKSHIRISHLAR NATIJALARI
Abdiqaharovna Botirova Shohista, izlanuvchisi mustaqilSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 216–219
Annotatsiya
Maqolada Samarqand viloyati qoramolchilik xo‘jaliklarida 40-120 kunlik buzoqlarda dispanser tekshirishlar natijalari keltirilgan bo‘lib, 60 kundan keyin buzoqlarda eritropoez jarayonining susayishi oqibatida qondagi gemoglobin, eritrotsitlar, gematokrit ko‘rsatkichining va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning pasayishi qayd etilgan. Buzoqlarda alimentar anemiyaning rivojlanishida ratsionlarning takomillashmaganligi, tarkibidagi to‘yimli moddalar vitaminlar va mineral moddalar miqdorining, qand-oqsil va fosfor-kalsiy nisbatining me‘yoriy ko‘rsatkichlardan pastligi, ayniqsa temir va rux tanqisligi asosiy alimentar omil ekanligi bayon qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaРЕЗУЛЬТАТЫ ДИСПАНСЕРИЗАЦИИ ТЕЛЯТ В ПЕРИОД ВЫРАЩИВАНИЯ
В статье представлены результаты диспансерных обследований телят в возрасте 40-120 дней на животноводческих фермах Самаркандской области, и после 60 дней отмечено снижение уровня гемоглобина, эритроцитов, гематокрита и биохимических показателей крови вследствие замедления процесса эритропоэза у телят. Утверждается, что основными алиментарными факторами развития алиментарной анемии у телят являются несбалансированность рациона, недостаточное содержание микроэлементов, витаминов и минералов, показатели соотношения сахара и белка, а также фосфора и кальция ниже нормативных значений, особенно дефицит железа и цинка.
inglizchaRESULTS OF DISPENSARY EXAMINATIONS IN GROWING CALVES
This article presents the results of clinical examinations of calves aged 40-120 days on livestock farms in the Samarkand region. After 60 days, a decrease in hemoglobin, red blood cell count, hematocrit, and blood biochemistry was noted due to a slowdown in erythropoiesis in calves. It is argued that the main nutritional factors in the development of alimentary anemia in calves are an unbalanced diet, insufficient trace elements, vitamins, and minerals, below-standard sugar-to-protein and phosphorus-to-calcium ratios, and, especially, iron and zinc deficiencies.
Kalit so‘zlar
- dispanser tekshirish
- buzoqlar
- alimentar anemiya
- klinik belgilar
- qon ko‘rsatkichlari
- mikroelementlar
- modda almashinuvi
- fermer xo‘jaliklari
- eritropoez
- oziqlantirish sharoitlari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UDK 636.2:619:616.15 O‘STIRISH YOSHIDAGI BUZOQLARDA DISPANSER TEKSHIRISHLAR NATIJALARI Botirova Shohista Abdiqaharovna Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti mustaqil izlanuvchisi ORCID: https://orcid.org/0009-0006-5551-1037 https://doi.org/10.5281/zenodo.20108718 Annotatsiya: Maqolada Samarqand viloyati qoramolchilik xo‘jaliklarida 40-120 kunlik buzoqlarda dispanser tekshirishlar natijalari keltirilgan bo‘lib, 60 kundan keyin buzoqlarda eritropoez jarayonining susayishi oqibatida qondagi gemoglobin, eritrotsitlar, gematokrit ko‘rsatkichining va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning pasayishi qayd etilgan. Buzoqlarda alimentar anemiyaning rivojlanishida ratsionlarning takomillashmaganligi, tarkibidagi to‘yimli moddalar, vitaminlar va mineral moddalar miqdorining, qand-oqsil va fosfor-kalsiy nisbatining me’yoriy ko‘rsatkichlardan pastligi, ayniqsa temir va rux tanqisligi asosiy alimentar omil ekanligi bayon qilingan. Kalit so‘zlar: dispanser tekshirish, buzoqlar, alimentar anemiya, klinik belgilar, qon ko‘rsatkichlari, mikroelementlar, modda almashinuvi, fermer xo‘jaliklari, eritropoez, oziqlantirish sharoitlari.
РЕЗУЛЬТАТЫ ДИСПАНСЕРИЗАЦИИ ТЕЛЯТ В ПЕРИОД ВЫРАЩИВАНИЯ Ботирова Шохиста Абдикахаровна Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий, соискатель ORCID: https://orcid.org/0009-0006-5551-1037 Аннотация: В статье представлены результаты диспансерных обследований телят в возрасте 40-120 дней на животноводческих фермах Самаркандской области, и после 60 дней отмечено снижение уровня гемоглобина, эритроцитов, гематокрита и биохимических показателей крови вследствие замедления процесса эритропоэза у телят. Утверждается, что основными алиментарными факторами развития алиментарной анемии у телят являются несбалансированность рациона, недостаточное содержание микроэлементов, витаминов и минералов, показатели соотношения сахара и белка, а также фосфора и кальция ниже нормативных значений, особенно дефицит железа и цинка. Ключевые слова: диспансерное обследование, телята, алиментарная анемия, клинические признаки, показатели крови, микроэлементы, обмен веществ, животноводческие хозяйства, эритропоэз, условия кормления.
RESULTS OF DISPENSARY EXAMINATIONS IN GROWING CALVES Botirova Shohista Abdiqaharovna Independent researcher, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology ORCID: https://orcid.org/0009-0006-5551-1037 Abstract: This article presents the results of clinical examinations of calves aged 40-120 days on livestock farms in the Samarkand region. After 60 days, a decrease in hemoglobin, red blood cell count, hematocrit, and blood biochemistry was noted due to a slowdown in
erythropoiesis in calves. It is argued that the main nutritional factors in the development of alimentary anemia in calves are an unbalanced diet, insufficient trace elements, vitamins, and minerals, below-standard sugar-to-protein and phosphorus-to-calcium ratios, and, especially, iron and zinc deficiencies. Keywords: dispensary examination, calves, alimentary anemia, clinical signs, blood parameters, trace elements, metabolism, livestock farms, erythropoiesis, feeding conditions.
KIRISH Davlatimiz agrar siyosatining asosiy jabhalaridan biri chorvachilik fermer xo‘jaliklarini zotdor hayvonlar bilan ta’minlash, chorvachilik madaniyatini oshirish va rentabelli sohalardan biriga aylantirish hisoblanadi. Shu bilan birga, veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, hayvonlar kasalliklarining oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda dunyo miqyosida qoramollar orasida moddalar almashinuvi buzilishlari, ovqat hazm qilish, nafas olish tizimi, jigar va boshqa organlar kasalliklari, ulardan tug‘ilgan buzoqlarda anemiyalar ko‘p uchramoqda. Buzoqlarda anemiya kasalligi ko‘pincha 1-3 oylikda qayd etilib, xo‘jaliklarning oziqa bazasi, ratsionlarning to‘yimli moddalar, hazmlanuvchi protein, uglevodlar, kalsiy, fosfor, karotin va ayniqsa mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra, 16,3 dan 26,1% gacha buzoqlarda uchraydi [3]. Adabiyotlar ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, o‘stirish yoshidagi sutdan chiqarilgan buzoqlar orasida anemiya kasalligi keng tarqalgan bo‘lib, ayrim xo‘jaliklarda kasallanish ko‘rsatkichi 46% ga va o‘lim darajasi 32 foizgacha yetishiga qaramasdan, qoramolchilik fermer xo‘jaliklari sharoitida ushbu kasallikni davolash va oldini olish usullari to‘liq o‘rganilmagan [1,4]. O‘stirish davridagi buzoqlarda alimentar anemiyaning asosiy sabablari ratsionlarning takomillashmaganligi, tarkibidagi to‘yimli moddalar, vitaminlar va mineral moddalar miqdorining, qand-oqsil va fosfor-kalsiy nisbatining me’yoriy ko‘rsatkichlardan pastligi, kislotali xususiyatli va kletchatkaga boy oziqalarning ortiqchaligi, buzoqlar uchun yayratish va quyosh nurlarining yetarli emasligi hisoblanadi [2,5]. MATERIALLAR VA METODLAR Dispanser tadqiqotlar Samarqand viloyati qoramolchilik fermer xo‘jaliklariga qarashli 40- 120 kunlik buzoqlarda o‘tkazilib, klinik-fiziologik statusi, ulardan olingan qonning morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqotlar davomida qondagi eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori hamda gematokrit darajasi avtomatik gematologik analizator — “Mindray BC-5000” yordamida tekshirildi. Qondagi glyukoza, umumiy oqsil, mis, rux, temir, kalsiy va fosfor miqdori “Mindray BS-200” avtomatik biokimyoviy analizatori yordamida aniqlandi. NATIJALAR Dispanser tekshirishlar o‘tkazilgan xo‘jalikda buzoqlarni saqlash sharoitlari o‘rganilganda, buzoqlar ustki qismi yopiq ayvonlarda saqlanishi aniqlandi. Xo‘jalikda pol beton bo‘lib, asosan guruh holatida saqlanib, buzoqxonada namlik yuqori va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilmasligi kuzatildi. Buzoqlar uchun faol harakat va quyosh nurlari yetishmasligi qayd etildi. Xo‘jalikda buzoqlar ratsioni va oziqlantirish tizimi tahlil qilinganda, buzoqlarni sut bilan oziqlantirishdan o‘rgatmasdan turib, dag‘al oziqalar berishga o‘tilishi va ratsionning to‘yimliligining pastligi, ratsionda energiya va protein muvozanatining buzilishi, ayrim mineral moddalar yetishmovchiligi aniqlandi.
Buzoqlarda dispanserlash davomida har 20 kunda bir marta klinik-fiziologik ko‘rsatkichlar (umumiy holat, tana vazni, shilliq pardalar, teri holati, yurak urishi va nafas soni) hamda anemiyaga xos belgilar bor-yo‘qligi aniqlanib borildi. Natijalarga ko‘ra, buzoqlarda anemiya belgilaridan umumiy holsizlik, tashqi ta’sirga befarqlik, shilliq pardalarning oqarishi, teri qoplamasi yaltiroqligining pasayishi va semizlik darajasining pasayishi kabi belgilarning buzoqlar yoshining ortishi bilan kuchayishi qayd etildi. Buzoqlar qonidagi mikro- va makroelementlar miqdorining xo‘jaliklar bo‘yicha yoshga bog‘liq o‘zgarishi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. Dispanser tadqiqotlar davomida buzoqlar qonining morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari Gematologik Buzoqlarning yoshi ko‘rsatkichlar Gematologik 40 kunlik 60 kunlik 80 kunlik 100 kunlik 120 kunlik ko‘rsatkichlar Eritrotsit, mln/mkl 8,17±0,21 7,41±0,27 7,45±0,27 5,54±0,18 5,33±0,15 Gemoglobin, g/l 106,1±3,03 99,8±2,66 95,5±3,36 91,1±3,28 89,3±2,64 Gematokrit, % 38,5±1,13 35,0±0,79 33,0±1,22 31,1±1,02 30,5±1,13 Glyukoza, mmol/l 3,3±0,07 3,0±0,10 3,0±0,09 2,8±0,09 2,7±0,10 Umumiy oqsil, g/l 64,1±1,34 59,0±1,54 56,6±1,33 53,9±2,07 51,1±1,91 Mis, mkmol/l 11,8±0,38 10,6±0,40 10,0±0,28 9,3±0,27 9,1±0,25 Rux, mkmol/l 47,0±1,01 44,3±1,03 40,4±1,07 38,8±1,41 38,8±0,73 Temir, mkmol/l 15,1±0,53 16,7±0,45 15,1±0,39 14,3±0,24 13,3±0,33 Fosfor, mmol/l 1,45±0,02 1,42±0,02 1,42±0,03 1,38±0,04 1,37±0,02 Kalsiy, mmol/l 2,75±0,10 2,23±0,07 2,23±0,08 2,07±0,07 1,81±0,06
MUHOKAMA Ushbu jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, 40 kunlik buzoqlarda eritrotsitlar soni — 8,17±0,21 mln/mkl, gemoglobin miqdori — 106,1±3,03 g/l, gematokrit — 38,5±1,13%, glyukoza — 3,3±0,07 mmol/l, umumiy oqsil — 64,1±1,34 g/l bo‘lib, makro- va mikroelementlardan qon zardobidagi mis miqdori — 11,8±0,38 mkmol/l, rux — 47,0±1,01 mkmol/l, temir — 15,1±0,53 mkmol/l, fosfor — 1,45±0,02 mmol/l va kalsiy — 2,75±0,10 mmol/l ni tashkil etgan bo‘lsa, buzoqlarning 120 kunligiga kelib, dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan qondagi eritrotsitlar sonining o‘rtacha 5,33±0,15 mln/mkl, gemoglobin miqdori — 89,3±2,64 g/l, gematokrit — 30,5±1,13%, glyukoza — 2,7±0,10 mmol/l, umumiy oqsil — 51,1±1,91 g/l bo‘lib, mis — 9,1±0,25 mkmol/l, rux — 38,8±0,73 mkmol/l, temir — 13,3±0,33 mkmol/l, fosfor — 1,37±0,02 mmol/l va kalsiyning — 1,81±0,06 mmol/l gacha kamayganligi aniqlandi. XULOSA 1. Buzoqlarning 40 kunligiga nisbatan 120 kunligiga kelib gematologik ko‘rsatkichlarning (eritrotsit, gemoglobin, gematokrit) hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlarning yomonlashib borishi bu yoshdagi buzoqlarda modda almashinuvining izdan chiqishi hamda alimentar anemiya rivojlanishini ko‘rsatadi. 2. Buzoqlarning 120 kunligida alimentar anemiya dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan qondagi eritrotsitlar sonining o‘rtacha 5,33±0,15 mln/mkl, gemoglobin miqdorining — 89,3±2,64
g/l, gematokrit ko‘rsatkichining — 30,5±1,13%, glyukozaning — 2,7±0,10 mmol/l, umumiy oqsilning — 51,1±1,91 g/l, misning — 9,1±0,25 mkmol/l, ruxning — 38,8±0,73 mkmol/l, temirning — 13,3±0,33 mkmol/l, fosforning — 1,37±0,02 mmol/l va kalsiyning — 1,81±0,06 mmol/l gacha kamayishi bilan kechadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Ковзов В.В. Сравнительная профилактическая эффективность ветеринарных препаратов «Феролекс В12» и «Феррум 10%±В12» / В.В. Ковзов // Ученые записки учреждения образования «Витебская ордена «Знак почета» государственная академия ветеринарной медицины». — 2014. — Т. 50. — № 2-1. — С. 154-158.
- Самохин В.Т. Профилактика нарушений обмена микроэлементов у животных. Москва: «Колос», 1981. — С. 21-27.
- Храмова В.Н. Этиология, диагностика и лечебно-профилактические меры при гипопластической анемии у телят. Автореф. дисс. канд. вет. наук, 2000.
- Norboyev Q.N., Bakirov B.B., Eshburiyev B.M. Yosh hayvonlar yuqumsiz kasalliklari patologiyasi va terapiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2009.
- Norboyev Q.N., Eshburiyev B.M., Eshburiyev S.B., Xudoyberganov S. Buzoqlarda alimentar anemiya kasalligining diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent, 2017.
- Safarov M.B., Safarov M.M. Veterinariya diagnostikasi va rentgenologiyasi. Darslik. Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2019. 343-b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013455
- Nashr sanasi
- 2026-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i4.2328
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 216–219
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11