Asosiy mazmunga o‘tish

SABZAVOT EKINI BAMIYA (HIBISCUS ESCULENTUS L.)NI LABORATORIYA VA DALA UNUVCHANLIGI

o‘g‘li Bashirov Utkir Uktam, Sh.X.RizayevSamarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 16–18

Annotatsiya

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloq - bo‘z tuproqlari sharoitida noan‘anaviy sabzavot ekini bamiyani (Hibiscus esculentus L.) yetishtirishda laboratoriya (97,7 %) va dala unuvchanligi (87,1-88,9 %) tahlillari keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЛАБОРАТОРНАЯ И ПОЛЕВАЯ ВСХОЖЕСТЬ ОВОЩНОЙ КУЛЬТУРЫ БАМИЯ (HIBISCUS ESCULENTUS L.)

В научной статье приведены результаты анализа лабораторной (97,7 %) и полевой (87,1–88,9 %) всхожести при выращивании нетрадиционной овощной культуры бамии (Hibiscus esculentus L.) в условиях лугово-серозёмных почв Самаркандской области.

inglizchaLABORATORY AND FIELD GERMINATION OF THE VEGETABLE CROP OKRA (HIBISCUS ESCULENTUS L.)

The scientific article presents analyses of the laboratory germination (97.7 %) and field germination (87.1–88.9 %) of okra (Hibiscus esculentus L.), a non-traditional vegetable crop, cultivated under the conditions of the meadow-grey soils of Samarkand region.

Kalit so‘zlar

  • sabzavot
  • bamiya
  • urug‘
  • laboratoriya unuvchanligi
  • dala unuvchanligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SABZAVOT EKINI BAMIYA (HIBISCUS ESCULENTUS L.)NI LABORATORIYA VA DALA UNUVCHANLIGI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1003 Bashirov Utkir Uktam oʻgʻli tayanch doktorant, Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti Sh.X.Rizayev, q-x.f.d. Professor, Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti ANNOTATSIYA Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining oʻtloq - boʻz tuproqlari sharoitida noan’anaviy sabzavot ekini bamiyani (Hibiscus esculentus L.) yetishtirishda laboratoriya (97,7 %) va dala unuvchanligi (87,1-88,9 %) tahlillari keltirilgan. Kalit soʻzlar. Sabzavot, bamiya, urugʻ, laboratoriya unuvchanligi, dala unuvchanligi. KIRISH Oʻsimliklar dunyosida 570 ming oʻsimlik turi mavjud boʻlib, shundan respublikamizda 4700 turi oʻstiriladi. Bu butun dunyo oʻsimliklar florasini 0,8 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda dunyo boʻyicha sabzavotlarni 78 ta oilaga mansub 1200 dan ortiq turlari uchraydi. Shundan 600 tadan koʻproq turi madaniy sabzavotlar, qolgan qismi madaniylashmagan yovvoyi turlar hisoblanadi. Ana shu xilma-xillikdan foydalanish dunyoning turli mamlakatlarida turlicha amalga oshirilmoqda. Masalan, Yaponiyada sabzavotlarning 180-200, Rossiyada 80-90, Yevropada 100-120 dan ortiq turi iste’mol qilinadi [4]. Mamlakatimizda esa sabzavotlarning bor yogʻi 35-40 turi yetishtiriladi, asosiy iste’mol qilinadigan turlari esa 10-12 tani tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, sabzavotlar xilmaxilligini koʻpaytirish uchun yangi sabzavot ekinlarini oʻrganish, istiqbolli tur va navlarini mahalliylashtirish, ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish, urugʻchiligini tashkil qilish shu kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bamiya (Hibiscus esculentus L.) dan dunyo boʻylab oʻrtacha yilida 10,1 mln tonnadan ortiq hosil yigʻib olinadi. Bamiyaning pishib yetilgan mevalari va poyasi tarkibida sanoatda ishlatiladigan tola mavjud boʻlib, qogʻoz sanoati uchun katta ahamiyatga ega. Hindiston dunyoda bamiya yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinni egallaydi, bamiyaning solmogʻi pomidor, qalampir va bugʻdoydan keyin mamlakatda toʻrtinchi oʻrinda turadigan muhim sabzavot ekinidir [4]. Bamiyani koʻplab ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda ayolning barmoqlariga oʻxshatishgan, shu sababli uni okra yoki gumbo, Portugal tilida kuabo, Fransuzcha gumbo, Hindistonda bhye yoki bhyendi deb nomlangan [6]. Bamiya (Hibiscus esculentus L.) – Malvaceae oilasining Hibiscus turkumiga mansub koʻp yillik oʻsimlik boʻlib (madaniylashgan holda bir yillik oʻsimlik), barcha issiq mamlakatlarda Osiyo, Afrika va Amerika hamda Janubiy Yevropada ekiladi. Bamiya oʻz vatani tropik Afrikadan tortib boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan sabzavotlardan biri hisoblanadi [3, 7]. Bamiyaning poyasi tik oʻsuvchi, yoʻgʻon (1,5–2,0 sm), tuklar bilan qoplangan, oʻrtacha shoxlangan. Oʻsimlikning boʻyi 40–200 sm, ya’ni past boʻyli (40–60 sm) va baland boʻyli (150–200 sm) navlari mavjud [8]. Oʻsimlik zich ekilganda poyasi deyarli shoxlanmaydi [5]. Bamiya yorugʻva issiqsevar oʻsimlik boʻlib, urugʻlari 15-20 0C haroratda unib chiqadi. Vegetasiya davri navlarining biologiya xususiyatlari va yetishtirish sharoitdariga bogʻliq ravishda turli muddatlarda davom etadi. Bamiya gullari changlangandan 4–6 kun oʻtgach dumbul mevalari 5– 15 sm uzunlikda yigʻib olinadi. Sifatli hosil olish uchun har kuni yigʻim-terim amalga oshirish tavsiya etiladi. Urugʻlarning pishib yetilishiga qariyb 35–40 kun talab qilinadi. Pishgan mevalari tolali boʻlib,

boʻylama besh qismga boʻlinadi, 5 ta qatordan iborat urugʻlarni, har bir meva uchun 50–100 tagacha urugʻboʻlishi mumkin [2]. Materiallar va metodlar. Dala tajribalari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining Axborot maslahat markazining oʻtloq-boʻz tuproqlari sharoitida 13 ta variantda, har bir variant 4 qator, eni 2,8 m, egat uzunligi 20 m. Bir variant maydoni 56 m2. 3 qaytariqda joylashtirilgan. Bir qaytariqning maydoni 728 m2. Tajribaning umumiy maydoni 2184 m2 [1]. Olingan natijalar va ularning taxlili. Laboratoriya sharoitida urugʻlarning unuvchanligi oʻsimliklarning biologik potensialini ifodalaydi. Ya’ni, laboratoriyada barcha sharoitlar - namlik, harorat, yorugʻlik va substrat optimal darajada yaratiladi va urugʻlarning unuvchanligi koʻp hollarda 90-98% gacha yetadi. Biroq, dala sharoitida bu koʻrsatkich ancha past boʻlishi mumkin, chunki tuproqning fizik-kimyoviy xossalari, namlik rejimi, haroratning keskin oʻzgarishi, shoʻrlanish darajasi, mikroorganizmlar faoliyati hamda biotik va abiotik stress omillar urugʻlarning unib chiqishiga ta’sir koʻrsatadi. Turli olimlar fikrlariga koʻra, laboratoriya sharoitidagi yuqori univchanlik koʻrsatkichlari dalalarda turli abiotik va biotik omillar ta’sirida pasayishi — bu tabiiy va qonuniy holatdir. Shuning uchun har bir tadqiqotda laboratoriya va dala koʻrsatkichlarini solishtirib tahlil qilish zarur. Shunday qilib, laboratoriya sharoitidagi unuvchanlik urugʻlarning biologik imkoniyatini ifoda etsa, dala sharoitidagi unuvchanlik esa amaliyotdagi haqiqiy natijani aks ettiradi. Shu sababli, ilmiy tadqiqotlarda har ikki koʻrsatkichni aniqlash va ularni solishtirish urugʻlarning sifati va agrotexnika tadbirlarining samaradorligini baholashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarimizning dastlabki 2026 yilida bamiyaning davlat reyestriga kiritilgan “Toshkent tuhfasi” navini 1 reproduksiyali urugʻlari laboratoriya sharoitida unuvchanligi oʻrganildi. Buning uchun 100 donadan urugʻolinib, 5 ta takrorlikda unuvchanlikni aniqlash uchun Petri kosachalarida filtrlovchi qogʻoz ustiga 100 tadan urugʻjoylashtirildi. Laboratoriya tahlillari suvli muhitda termostatda +25 ± 2 °C haroratda, namlik doimiy saqlangan holda olib borildi. Laboratoriya tahlillarida bamiyaning “Toshkent tuhfasi” navini urugʻlarining unuvchanlik koʻrsatkichi 5 ta takrorlikda 97,5; 97,3; 98,1; 97,4; 98,3 % boʻlib, oʻrtacha laboratoriya unuvchanligi 97,7 % ni tashkil etdi. Bamiya gulxayridoshlar oilasiga mansub Oʻzbekistonda oʻsadigan yagona sabzavot ekin turi boʻlgani uchun Samarqand viloyati sharoitida asosiy sabzavot ekiladigan maqbul muddat tanlab olindi va urugʻlar 70x30x1 sxemada (47600 tup/ga.dona) aprel oyining 23 sanasida ekildi. Olingan ma’lumotlarga koʻra, tajribada oʻrganiladigan variantlar boʻyicha bamiyaning dala unuvchanligi 87,1 % dan 88,9 % gachani tashkil etdi. Tajribada oʻgʻit qoʻllanilmagan nazorat variantida dala unuvchanligi oʻrtacha 87,1 % ni tashkil etgan boʻlsa, mineral oʻgʻitlar kg/ga, N150P105K75 kg/ga, N200P140K100 kg/ga, N250P175K125 kg/ga qoʻllanilgan variantlarda 88,1 % dan 88,9 % gachani tashkil etib, mineral oʻgʻitlarni bamiyaning dala unuvchanligiga sezilarli ta’sir etmaganligi qayd etildi. XULOSA Tadqiqotlarimizni dastlabki yili bamiyani laboratoriya va dala unuvchanligi boʻyicha olingan ma’lumotlarga koʻra, bamiyani Toshkent tuhfasi navining 1 reproduksiyali urugʻlari laboratoriya unuvchanligi 97,7 % ni tashkil etib, Samarqand viloyatining oʻtloqi boʻz tuproqlari sharoitida dala unuvchanligi 87,1 % dan 88,9 % gacha boʻlishi aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
  2. Белик В.Ф.Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. // М.: Колос, 1992 – С.34.
  3. Al- Ghzawi, A. M., Zaittoun, S. T., Makadmeh, I. and Al –Tawaha, A.R.M. (2003). The impact of wild bee on the pollination of eight okra genotypes under semi-arid Mediterranean conditions // International of Journal Agricultural Biology5: 409-411.
  4. Вульф Е.В., Малеева О.Ф. Мировые ресурсы полезных растений. -// Л.: Наука, 1969. -С. 292-293.
  5. Escalante-Estrada J.A., Escalante-E. L.E., Aquilar G. L. (2000) La produccion de okra (Hibiscus esculentus (L.) Moench) en funcion del arreglo topologico // Rev. Chapingo. Ser. Horticult. N 1, т.6, с. 39-48.
  6. Gupta Rudra, Chaturvedi Vidhan, Shukla D.N. () Effect of fertilizer factory effluent on seed germination and seedling growth of Hibiscus esculentus //Proc. Nat. Acad. Sci., India. B N 2002. 2, т.72, с.199-202.
  7. Obeng-Ofori, D., Yirenkyi-Danquah, E. and Ofosu-Anim, J.. Vegetable and spice crop production in West Africa. // Accra, Ghana: Sam Wood 2007Ltd. 68-70.
  8. Nizomov. R.A, Ibrohimov. B.A. Mamatova G.X. Yangi noan’anaviy sabzavot ekini bamiya yetishtirishning ahamiyati. “Innovasion gʻoya va tejamkor texnologiyalar – agrar sohaning tayanchi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani, Toshkent-2018, 6-7 dekabr, 284-286- b.
  9. Nizomov R.A, Ibrohimov. B.A. Noan’anaviy sabzavot bamiya(Nibiscus esculentus L) ni yetishtirish va uning ishlatilishi. “Agro ilm” jurnali Toshkent-2019 y 6-son , 45-47 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012176
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1003
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
16–18
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06