Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY VILOYATLARIDA QO‘YLARNING MONIYEZIOZ BILAN ZARARLANISH DARAJASINI ANIQLASH

X.A Safarov, Sh.A Djabbarov, K.Sh AkramovVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti; Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi; Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 255–258

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Jizzax viloyatlarida qo‘ylar orasida moniyeziozning uchrash darajasi, ya‘ni invaziya ekstensivligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tekshirilgan qo‘ylarning 11,0% ida, Jizzax viloyatida esa tekshirilgan qo‘ylarning 11,2% ida moniyezioz bilan ekstensiv zararlanish aniqlangan.

Boshqa tillarda

ruschaОПРЕДЕЛЕНИЕ СТЕПЕНИ ЗАРАЖЁННОСТИ ОВЕЦ МОНИЕЗИОЗОМ В ЦЕНТРАЛЬНЫХ ОБЛАСТЯХ УЗБЕКИСТАНА

В данной статье представлены сведения о степени распространённости мониезиоза среди овец, а именно об экстенсивности инвазии, в Самаркандской и Джизакской областях Республики Узбекистан. Согласно полученным результатам, в Самаркандской области мониезиоз выявлен у 11,0% обследованных овец, тогда как в Джизакской области экстенсивная заражённость составила 11,2% от числа исследованных животных.

inglizchaDETERMINATION OF THE DEGREE OF SHEEP INFESTATION WITH MONIEZIOSIS IN THE CENTRAL REGIONS OF UZBEKISTAN

This article presents information on the prevalence of monieziosis in sheep specifically the extent of invasion, in the Samarkand and Jizzakh regions of the Republic of Uzbekistan. According to the obtained results, monieziosis was detected in 11.0% of the examined sheep in the Samarkand region, whereas in the Jizzakh region the prevalence rate was 11.2% of the investigated animals.

Kalit so‘zlar

  • Samarqand
  • Jizzax
  • moniyezioz
  • ekstensiv zararlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY VILOYATLARIDA QO‘YLARNING MONIYEZIOZ BILAN ZARARLANISH DARAJASINI ANIQLASH Safarov X.A. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Djabbarov Sh.A. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Akramov K.Sh. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.20108911 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Jizzax viloyatlarida qo‘ylar orasida moniyeziozning uchrash darajasi, ya’ni invaziya ekstensivligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tekshirilgan qo‘ylarning 11,0% ida, Jizzax viloyatida esa tekshirilgan qo‘ylarning 11,2% ida moniyezioz bilan ekstensiv zararlanish aniqlangan. Kalit so‘zlar: Samarqand, Jizzax, moniyezioz, ekstensiv zararlanish.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ СТЕПЕНИ ЗАРАЖЁННОСТИ ОВЕЦ МОНИЕЗИОЗОМ В ЦЕНТРАЛЬНЫХ ОБЛАСТЯХ УЗБЕКИСТАНА Сафаров Х.А. Научно-исследовательский институт ветеринарии Джаббаров Ш.А. Комитет по развитию ветеринарии и животноводства Акрамов К.Ш. Научно-исследовательский институт ветеринарии Аннотация: В данной статье представлены сведения о степени распространённости мониезиоза среди овец, а именно об экстенсивности инвазии, в Самаркандской и Джизакской областях Республики Узбекистан. Согласно полученным результатам, в Самаркандской области мониезиоз выявлен у 11,0% обследованных овец, тогда как в Джизакской области экстенсивная заражённость составила 11,2% от числа исследованных животных. Ключевые слова: Самарканд, Джизак, мониезиоз, экстенсивность инвазии.

DETERMINATION OF THE DEGREE OF SHEEP INFESTATION WITH MONIEZIOSIS IN THE CENTRAL REGIONS OF UZBEKISTAN Safarov X.A., Scientific Research Institute of Veterinary Medicine Djabbarov Sh.A. Committee for Veterinary and Livestock Development Akramov K.Sh. Scientific Research Institute of Veterinary Medicine Abstract: This article presents information on the prevalence of monieziosis in sheep, specifically the extent of invasion, in the Samarkand and Jizzakh regions of the Republic of Uzbekistan. According to the obtained results, monieziosis was detected in 11.0% of the examined sheep in the Samarkand region, whereas in the Jizzakh region the prevalence rate was 11.2% of the investigated animals.

Keywords: Samarkand, Jizzakh, monieziosis, prevalence of invasion.

KIRISH Moniyezioz bu – qo‘y va boshqa mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ingichka ichagida yashovchi Moniezia turi tasmasimonlari tomonidan chaqiriladigan kasallik hisoblanadi. U ko‘plab mintaqalarda keng tarqalgan, ayniqsa yaylovda boqiladigan yosh qo‘ylar orasida uchraydi [1,2,3,4]. Olib borilgan tadqiqotlar bu invaziya ba’zan yengil o‘tishini, ba’zan esa iqtisodiy va sog‘liq jihatdan sezilarli zarar berishini ko‘rsatadi [3,7,12]. Moniyezioz bilan zararlangan qo‘zilarda 1,5–3 kg gacha tirik vazn ortishining yo‘qolishi, jun sifatining bir kilogrammgacha kamayishi qayd etilgan. Boshqa hududlarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, qo‘ylarda ham ishtaha pasayishi, vazn yo‘qotish va sut miqdorining kamayishi ta’riflangan [5,7,8]. Moniyezioz ko‘pincha boshqa parazitlar (nematodlar, trematodlar, qon parazitlari) bilan aralash holda uchrab, qo‘zilarda 4–5 oylikda o‘lim xavfini oshiradi [6,10,13]. Ko‘plab mintaqalarda zararlanish darajasi 6–40% atrofida, ba’zi joylarda yosh qo‘zilarda 60–70% gacha yetadi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar yaylov hududlarida – ko‘pincha bahor-yoz oylarida qayd etilgan [4,9,11,14]. Ushbu ma’lumotlar mazkur kasallikning qo‘ylar orasida tarqalish darajasini aniqlash muhim veterinariya tadbirlaridan biri ekanligidan dalolat beradi. ASOSIY QISM Tadqiqotlar 2023-yil davomida chorvachilik yuritishning zamonaviy texnologiyali sharoitida qoʻylarning asosiy gelmintozlari va ularning Respublikamizning Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridagi turli yoshdagi qoʻylarda gelmintologik tekshirishlar olib borildi. Mazkur tekshirishlar tezak namunalarini gelmintoovoskopiyaning ikki turi – flotatsion Fyulleborn usuli va sedimentatsion ketma-ket yuvish usullari bilan hamda gelmintolarvoskopiyaning Berman-Orlovning VITIda takomillashtirilgan (Ya.D. Nikolskiy) uslubi bilan amalga oshirildi. Samarqand viloyatida keng qamrovli gelmintologik tadqiqotlar olib borildi. Viloyatning Bulungʻur, Nurobod, Paxtachi, Toyloq, Urgut tumanlarida joylashgan turli fermer xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida mavjud qoʻylardan 326 ta tezak namunalari olindi va gelmintokoprologik usullarda tekshirildi. Tekshirilgan namunalar natijalarining tahliliga koʻra, 326 bosh qoʻyning 36 boshi (11,0%) moniyezioz bilan zararlanganligi aniqlandi. Tumanlar bo‘yicha ekstensiv zararlanish darajasi turlicha bo‘lib, hududning geografik joylashuviga ko‘ra har xil ko‘rsatkichga ega (1-rasm). 120 112

80 72 39 37 20 11 4 3 0 Bulung‘ur Nurobod Paxtachi Toyloq Urgut

Tekshirilgan qoʻylar soni (bosh) Ekstenszararlanganlik bosh

1-rasm. Samarqand viloyatining tumanlarida qoʻylarning moniyezioz bilan ekstensiv zararlanganligi (gelmintokoprologik tekshirishlar asosida)

Jizzax viloyatining Paxtakor, Forish va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan tadqiqotlar davomida viloyatda 153 bosh qoʻy tekshirilgan boʻlib, ular orasida 17 bosh (11,2%) qoʻy moniyezioz bilan zararlanganligi aniqlandi.

Tekshirilgan qoʻylar soni (bosh) Ekstenszararlanganlik bosh

2-rasm. Jizzax viloyatining tumanlarida qoʻylarning moniyezioz bilan ekstensiv zararlanganligi (gelmintokoprologik tekshirishlar asosida)

Samarqand viloyatidan farqli ravishda ushbu viloyatning faqatgina Forish tumanida qo‘ylarning moniyezioz bilan ekstenszararlanishi mavjudligi aniqlandi (2-rasm). Xulosa 1. Samarqand viloyatida qo‘ylardan olib tekshirilgan 326 ta namunadan 36 tasida, ya’ni 11,0% ida moniyezioz bilan ekstensiv zararlanganligi aniqlandi. 2. Jizzax viloyatida tekshirilgan 153 bosh qo‘yning 17 boshi, ya’ni 11,2% i moniyezioz bilan ekstensiv zararlanganligi aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Енгашева Е. С., Москалев В. Г., Муромцев А. Б. ЭФФЕКТИВНОСТЬ ДЕЙСТВИЯ ПРЕПАРАТА МОНИЗЕН ФОРТЕ ПРИ ГЕЛЬМИНТОЗАХ И АРАХНО-ЭНТОМОЗАХ ОВЕЦ // Теория и практика борьбы с паразитарными болезнями. 2019. №20. https://doi.org/10.31016/978- 5-9902340-8-6.2019.20.205-20910.31016/978-5-9902340-8-6.2019.20.205-209
  2. Abdelhamid, M. (2021). Combined Effect of Monieziosis and Hypomicroelementosis on Some Hematological, Biochemical and Hormonal Parameters in Merino Sheep. Pakistan Veterinary Journal, 41, 107-111. https://doi.org/10.29261/pakvetj/2020.06810.29261/pakvetj/2020.068
  3. Abdulmageed, Z., Salman, D., & Mohamed, A. (2022). Effect of Eimeria Infection on Hematology and Biochemistry of Sheep at Sohag Governorate, Egypt. Journal of Applied Veterinary Sciences. https://doi.org/10.21608/javs.2022.123302.113010.21608/javs.2022.123302.1130
  4. Akhmed, M., Zakharkina, N., Pudovkin, N., & Shcherbakova, E. (2021). Monieziasis of sheeps in the Astrakhan region. Agrarian science. https://doi.org/10.32634/0869-8155-2021-349-5-23-2610.32634/0869-8155-2021-349-5-23-26
  5. Alberfkani, M. (2022). Molecular Characterization and Phylogenetic Analysis of cox1 and ITS 1 Gene Fragments of Moniezia Species Isolated from Sheep. The Pakistan Veterinary Journal. https://doi.org/10.29261/pakvetj/2022.07310.29261/pakvetj/2022.073
  6. Ali, L., & Al-Quraishi, M. (2024). Diagnosis of Moniezia expansa in Babylon and Karbala butchery's sheep. Multidisciplinary Science Journal. https://doi.org/10.31893/multiscience.202414710.31893/multiscience.2024147
  7. Elliott, D. (1986). Tapeworm (Moniezia expansa) and its effect on sheep production: the evidence reviewed.. New Zealand veterinary journal, 34 5, 61-5. https://doi.org/10.1080/00480169.1986.3528910.1080/00480169.1986.35289
  8. Hakhbiev, H., Kosyaev, N., & Hakhbiev, I. (2020). Epizootological course of monieziosis of small cattle in the lowland regions of the Сhechen republic. , 1, 33-36. https://doi.org/10.17238/issn2072- 2419.2020.1.3310.17238/issn2072-2419.2020.1.33
  9. Korchan, L., Melnychuk, V., Zamaziy, A., & Prykhodko, Y. (2023). Gastrointestinal parasitosis of sheep on farms of the Poltava region. Scientific Messenger of LNU of Veterinary Medicine and Biotechnologies. https://doi.org/10.32718/nvlvet1091310.32718/nvlvet10913
  10. Mammadova, G., Azizova, A., & Uslu, U. (2025). Taxonomic Study and Epizootological Characteristics of Associative Invasion Pathogens (Helminths and Primary Blood-Parasites) in Sheep in the Guba-Khachmaz Economic Region of Azerbaijan. Bulletin of Science and Practice. https://doi.org/10.33619/2414-2948/117/4910.33619/2414-2948/117/49
  11. Musaev, Z., Kabardiev, S., & Gyulakhmedova, N. (2021). Retrospective analysis of infection of young sheep with intestinal cestodosis in the plain and mountainous zones of the Republic of Dagestan. , 15, 50-54. https://doi.org/10.31016/1998-8435-2021-15-1-50-5410.31016/1998-8435-2021-15-1-50-54
  12. Tegtmeyer, P. (2006). Monieziose beim Schaf Untersuchungen zur Pathogenität und zur Wirksamkeit einer Behandlung mit Praziquantel. .
  13. Whatford, L., Van Winden, S., & Häsler, B. (2022). A systematic literature review on the economic impact of endemic disease in UK sheep and cattle using a One Health conceptualisation.. Preventive veterinary medicine, 209, 105756. https://doi.org/10.1016/j.prevetmed.2022.10575610.1016/j.prevetmed.2022.105756
  14. Zhang, W., Yao, W., Meng, Y., Luo, F., Han, M., Mu, Q., Jiang, L., He, W., Fan, X., Wang, W., & Wang, B. (2024). Effect of Moniezia Benedeni infection on ileal transcriptome profile characteristics of sheep. BMC Genomics, 25. https://doi.org/10.1186/s12864-024-10853-710.1186/s12864-024-10853-7

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013461
Nashr sanasi
2026-05-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
4
DOI
10.66073/researchfocus.v5i4.2334
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
255–258
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11