QO‘SHTEPA VA TOSHLOQ TUMANLARIDA QUYON EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI
N.T Axmadaliyev, R.B DavlatovMagistrant, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar; universiteti; v.f.d., professor, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 4Sahifa 206–210
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va Toshloq tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlarda o‘tkazilgan eymeriozga qarshi tekshirish natijalari keltirilgan. Bundan tashqari, tekshirish uchun qo‘llanilgan usullarning mohiyati, o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘liq ma‘lumotlar berilgan hamda tumanlardagi xo‘jaliklarda invaziyaning ekstensivlik va intensivlik holati bo‘yicha ma‘lumotlar bayon qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaДИАГНОСТИКА КРОЛИЧЬЕГО ЭЙМЕРОЗА В РАЙОНАХ КОШТЕПА И ТАШЛОК
В данной статье представлены результаты исследования кроликов на наличие эймерий в специализированных хозяйствах по современному кролиководству Куштепского и Ташлокского районов Ферганской области. Кроме того, изложена суть методов исследования, представлена полная информация о способах проведения исследования, а также сведения о распространенности и интенсивности инвазии на фермах в районах.
inglizchaDIAGNOSIS OF RABBIT EIMERIOSIS IN QO‘SHTEPA AND TOSHLOQ DISTRICTS
This article presents the results of examinations for eimeriosis in rabbits kept on farms specializing in modern rabbit breeding in the Qo‘shtepa and Toshloq districts of Fergana region. In addition, the essence of the methods used for the examination is presented, complete information on the methods of conducting the examination is provided, and information on the extensiveness and intensity of invasion in farms in the districts is given.
Kalit so‘zlar
- quyon
- eymerioz
- eymeriya
- protozoa
- apicomplexa
- sporozoa
- coccidiida ootsista
- invaziya
- Darling usuli
- ekstensivlik
- intensivlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UDK: 616-093:636.92 QO‘SHTEPA VA TOSHLOQ TUMANLARIDA QUYON EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI Axmadaliyev N.T. Magistrant, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Davlatov R.B. v.f.d., professor, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.20108990 Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va Toshloq tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlarda o‘tkazilgan eymeriozga qarshi tekshirish natijalari keltirilgan. Bundan tashqari, tekshirish uchun qo‘llanilgan usullarning mohiyati, o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilgan hamda tumanlardagi xo‘jaliklarda invaziyaning ekstensivlik va intensivlik holati bo‘yicha ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: quyon, eymerioz, eymeriya, protozoa, apicomplexa, sporozoa, coccidiida, ootsista, invaziya, Darling usuli, ekstensivlik, intensivlik.
ДИАГНОСТИКА КРОЛИЧЬЕГО ЭЙМЕРОЗА В РАЙОНАХ КОШТЕПА И ТАШЛОК Ахмадалиев Н.Т. Магистрант, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий Давлатов Р.Б. д.в.н., профессор, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий Аннотация: В данной статье представлены результаты исследования кроликов на наличие эймерий в специализированных хозяйствах по современному кролиководству Куштепского и Ташлокского районов Ферганской области. Кроме того, изложена суть методов исследования, представлена полная информация о способах проведения исследования, а также сведения о распространенности и интенсивности инвазии на фермах в районах. Ключевые слова: кролик, эймерия, эймерии, простейшие, апикомплексы, спорозои, кокцидиоидеи, ооцисты, инвазия, метод Дарлинга, распространенность, интенсивность.
DIAGNOSIS OF RABBIT EIMERIOSIS IN QO‘SHTEPA AND TOSHLOQ DISTRICTS Axmadaliyev N.T. master’s student, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology Davlatov R.B. Doctor of Veterinary Sciences, Professor, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and Biotechnology Abstract: This article presents the results of examinations for eimeriosis in rabbits kept on farms specializing in modern rabbit breeding in the Qo‘shtepa and Toshloq districts of Fergana
region. In addition, the essence of the methods used for the examination is presented, complete information on the methods of conducting the examination is provided, and information on the extensiveness and intensity of invasion in farms in the districts is given. Keywords: rabbit, eimeriosis, eimeria, protozoa, apicomplexa, sporozoa, coccidiida, oocyst, invasion, Darling method, extensiveness, intensity.
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qarorida O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan dastur tasdiqlangan bo‘lib, mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinganda, bugungi kunda respublikamizda 254 ta quyonchilik xo‘jaligi faoliyat yuritayotganligi, ilg‘or xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining quyonchilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish, quyon go‘shti mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarni xalqaro sifat talablariga moslashtirish, quyon go‘shtining tavsiya etilgan minimal iste’mol normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini oshirish, quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ushbu ustuvor yo‘nalishlar doirasida respublikamizda sifatli quyon go‘shtini iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilgan va ijrosi bo‘yicha barcha mas’ul tashkilot va korxonalar faoliyatini jadallashtirish talab etilgan. Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish yo‘nalishida quyon go‘shtini yetishtirish hajmini 100 tonnadan 23 ming tonnaga yetkazish, aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish hajmini 3 kilogrammdan oshirishga imkoniyat yaratadi; quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish; go‘sht yo‘nalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik-bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini ko‘rish; ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida o‘quv-uslubiy qo‘llanma va amaliy tavsiyalar tayyorlash, chop etish zaruriyatini belgilaydi. Ayni paytda quyonlarning kasallanishida, mahsuldorligining kamayib ketishida parazitar kasalliklarning salmog‘i ham sezilarli darajada ta’sir qilmoqda. Bunga asosiy sabab quyonchilik bilan shug‘ullanuvchilarning malakasi yetishmasligi, veterinariya mutaxassislarining jalb etilmaganligi, zoogigiyena va sanitariya qoidalariga rioya etilmasligi, parazitar kasalliklarga qarshi rejali profilaktika choralari ko‘rilmasligidir.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblangan hozirgi davrda quyonchilik tarmog‘ining ham samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu dolzarb vazifani bajarishda quyonlarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish va samarali davolash usullarini joriy etish ushbu tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi zarurat hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda respublikamizda quyonlarning parazitar va boshqa kasalliklari ilmiy izlanuvchilar tomonidan deyarli o‘rganilmagan [2; 7; 10; 13]. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani va Qo‘shtepa tumanlarida ko‘paytirilayotgan naslli (Hycole zotli) quyonlar orasida eymeriozning diagnostikasi hamda epizootologik holatini o‘rganishdan iborat. Quyon eymeriozining qo‘zg‘atuvchisi sistematika bo‘yicha Protozoa hayvonot olamiga, Apicomplexa tipiga, Sporozoa sinfiga, Coccidiida turkumiga, Eimeriidae oilasiga, Eimerinae kichik oilasiga va Eimeria avlodiga mansub. Ushbu koksidiyalar turlaridan biri Eimeria stiedae quyon jigarida parazitlik qiladi va eymeriozni keltirib chiqaradi, boshqa turlari E. perforans, E. media, E. magna, E. irresidua esa ichakda parazitlik qilib, patologik jarayon uzoq vaqt davom etadi (30–50 kun) [11; 14]. Barcha sporalilar kabi quyon eymeriozi ham uchta taraqqiyot davrini boshdan kechiradi: 1- davr – shizogoniya yoki jinssiz ko‘p marta bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish; 2-davr – gametogoniya yoki jinsiy ko‘payish; 3-davr – sporogoniya yoki jinssiz ko‘payish yo‘li bilan sporozoitlar hosil qilish va ularni bir xo‘jayin ishtirokida rivojlanuvchilarida tashqi muhit taassurotidan himoya qiluvchi spora hosil qilish davrlari bilan ko‘payadi [1; 3; 5; 8; 16]. Eymeriyalarning hayvon organizmida joylashuviga bog‘liq ravishda quyon eymeriozining uch shakli farqlanadi: 1) ichak, 2) jigar, 3) aralash shakllari. Amaliyotda invaziyaning aralash shakli muhim o‘rin tutadi. Kasallikning boshlanishida quyonning ichaklari zararlanib, keyinchalik jigari invaziyalanadi va natijada aralash shakl boshlanadi. Invaziyaning yashirin davridan keyin quyonchalar lohaslanadi, odatdagidek harakatchanligi yo‘qolib, qornini yerga berib yotadi. Ishtahasi pasayib, ozuqa yemay qo‘yadi. Qorin bo‘shlig‘i shishadi va og‘riq beradi, axlati suyuqlashib, ba’zan shilliq va qon aralash bo‘ladi. Kasal quyonlar o‘sishdan qoladi, oriqlaydi, jun qoplami hurpayib turadi. Siydik ajralishi tezlashadi. Ba’zan so‘lak ajralishi kuchayib, burun shilliq pardasi kataral yallig‘lanadi va konyunktivit rivojlanadi. Jigarda yallig‘lanish jarayonlari boshlanishi bilan organizm nimjonlashib, quyon tashqi muhitga e’tiborsiz bo‘lib qoladi va uzoq yotadi. Ishtahasi yo‘qoladi, qorni shishgan bo‘lib, o‘ng tomonini bosib ko‘rganda og‘riq sezadi. Ko‘rinarli shilliq pardalari sarg‘ayadi, oyoqlari va bo‘yin mushaklari shol bo‘lib, qaltiray boshlaydi, so‘ngra esa 7–10 kunda nobud bo‘ladi [4; 6; 9; 12; 15; 17]. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotlar Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani va Qo‘shtepa tumanlaridagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari, “Halol quyon naslli chorvasi” MChJ hamda “Vodiy naslli quyonlari” MChJlarida ko‘paytirilayotgan turli yoshdagi spontan (tabiiy) zararlangan quyonlarda olib borildi. Tadqiqotlarda quyonlardan olingan tezak namunalarini tekshirishda Darling usulidan foydalanildi. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyatining Toshloq va Qo‘shtepa tumanlarida o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqot davomida eksperimental, mikroskopik va statistik usullardan foydalanildi. Kasallikka gumon qilingan va kasallangan quyonlarning 3–5 g tezak namunasi suv bilan zichlik darajasi yarim suyuq holatga kelguncha aralashtirildi, sentrifuga probirkalariga suzildi va 1–2 daqiqa davomida sentrifuganing 1000–1500 tezlik/minutida sentrifuga qilindi. Suyuqlik qismi to‘kib tashlandi, cho‘kmaga glitserin va osh tuzining to‘yingan eritmasidan teng miqdorda tayyorlangan
aralashmadan qo‘shildi, sentrifuga probirkasi yaxshilab chayqatilib, qaytadan 2 daqiqa davomida 1000–1500 tezlik/minutda sentrifuga qilindi. Suyuqlik yuzasiga qalqib chiqqan eymeriya ootsistalari simli ilmoq bilan olinib, buyum oynasiga qo‘yilib, mikroskopda tekshirildi. NATIJALAR Tekshirilgan quyonlarning tezak namunasida eymeriya ootsistalari mavjudligi aniqlandi.
1-jadval. Quyon eymeriozini koprologik tekshirish natijalari Quyonlar Tekshirish Invaziyaning ekstensivligi Xo‘jalik nomi bosh soni usuli soni foizi “Halol quyon naslli chorvasi” 125 koprologik 36 28,8 MChJ “Vodiy naslli quyonlari” 355 koprologik 24 6,2 MChJ Ushbu jadval ma’lumoti bo‘yicha “Halol quyon naslli chorvasi” MChJda parvarishlanayotgan 125 bosh quyonlarning 36 boshida eymeriyalar bilan zararlanganligi tekshiruv natijasida aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 28,8% ni tashkil qildi. Qo‘shtepa tumanidagi “Vodiy naslli quyonlari” MChJda ko‘paytirilayotgan 355 bosh quyonlarning 24 boshi eymerioz bilan kasallanganligi koprologik usul yordamida aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 6,2% ni tashkil etdi. MUHOKAMA Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kasallikning ikki hududdagi tarqalish holati saqlash sharoiti, oziqlantirish va profilaktika tadbirlarini rejali amalga oshirish ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, “Vodiy naslli quyonlari” MChJda oxirgi zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanilganligi va oziqlantirish uchun boyitilgan qo‘shimchalari mavjud oziqa berilganligi, profilaktika maqsadida eymeriostatik vositalardan foydalanilganligi natijasida kasallik ko‘rsatkichi nisbatan past ko‘rsatkichda bo‘lsa, “Halol quyon naslli chorvasi” MChJda invaziya ekstensivligi yuqori ko‘rsatkichda qayd etildi. Chunki ushbu MChJ quyonxonasida asrash uchun yetarli gigiyenik qulayliklar yaratilmaganligi, profilaktika maqsadida eymeriostatiklarni qo‘llamaslik va oziqlantirish uchun sifatli omuxta yemdan foydalanilmaganligi asosiy sabab hisoblanadi. XULOSA Ushbu tadqiqot bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Halol quyon naslli chorvasi” MChJda parvarishlanayotgan 125 bosh quyonlarning 36 boshida eymeriyalar bilan zararlanganligi tekshiruv natijasida aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 28,8% ni, Qo‘shtepa tumanidagi “Vodiy naslli quyonlari” MChJda ko‘paytirilayotgan 355 bosh quyonlarning 24 boshi eymerioz bilan kasallanganligi koprologik usul yordamida aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 6,2% ni tashkil etdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and chemoprophylaxis of rabbit eymeriosis. In E3S Web of Conferences (Vol. 480, p. 03020). EDP Sciences. 2. Khushnazarov, A., & Davlatov, R. (2022). Quyon eymeriozini davolashda yangi eymeriostatikning samaradorligi. Library, 22(1), 28–29. 3. Xushnazarov, A. X. (2025). O‘zbekistonda quyonchilikning rivojlanganligi, quyon eymeriozini diagnostika qilish usullari. Research Focus, 4(9), 189–195. 4. Xushnazarov, A. X. (2025). Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida eymeriozning quyon zotlari orasida tarqalishini o‘rganish. Research Focus, 4(9), 183–186.
5. Xushnazarov, A. X., & Djurayev, O. A. (2024). Quyonlar eymeriozining patologoanatomik tekshirish. Yangi O‘zbekiston ustozlari, 2(29), 294–301. 6. Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2025). Xikol zotli quyonlar eymeriozida qonning gematologik ko‘rsatkichlari. Research Focus, 4(11), 344–348. 7. Хушназаров, А. (2025). Қуёнчиликни ривожлантириш, уларни озиқлантириш, касалликларини даволаш ва олдини олиш. Каталог монографий, 1(1), 1–50. 8. Хушназаров, А. (2025). Распространение, диагностика и химиопрофилактика эймериоза кроликов. Каталог диссертаций и авторефератов, 1(1), 1–157. 9. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2024). Эпизоотология эймерий кроликов, лечение и меры профилактики. Library, 1(1), 181–184. 10. Хушназаров, А. (2023). История и систематическое состояние изучения эймероза кроликов (обзор литературы). Library, 1(2), 16–19. 11. Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика и эпизоотический статус эймерий кроликов в некоторых районах Ферганской области. Library, 1(2), 38–42. 12. Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотология эймероза кроликов. Library, 1(2), 94–99. 13. Хушназаров, А. (2021). Диагностика, распространение эймерии кролика и химиопрофилактика (на основе обзора литературы). Library, 21(2), 516–520. 14. Хушназаров, А. (2021). Эймериозная болезнь кроликов (на основе анализа литературы). Library, 21(4), 24–25. 15. Хушназаров, А. (2021). Разработка требования к периоду разработки (анализ литературы). Library, 21(2), 7–8. 16. Хушназаров, А. (2020). Чорва фермер хўжаликларида нутриячиликни ривожлантириш. Library, 20(3), 59–60. 17. Хушназаров, А., Эшкораев, А., Ахмадалиев, Т., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотологические, диагностические и профилактические данные эймериоза кроликов. Innovations in Technology and Science Education, 2(7), 1068–1080.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar17 ta adabiyot
- Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and chemoprophylaxis of rabbit eymeriosis. In E3S Web of Conferences (Vol. 480, p. 03020). EDP Sciences.10.1051/e3sconf/202448003020
- Khushnazarov, A., & Davlatov, R. (2022). Quyon eymeriozini davolashda yangi eymeriostatikning samaradorligi. Library, 22(1), 28–
- Xushnazarov, A. X. (2025). O‘zbekistonda quyonchilikning rivojlanganligi, quyon eymeriozini
- Xushnazarov, A. X. (2025). Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida eymeriozning quyon
- Xushnazarov, A. X., & Djurayev, O. A. (2024). Quyonlar eymeriozining patologoanatomik tekshirish. Yangi O‘zbekiston ustozlari, 2(29), 294–301.
- Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2025). Xikol zotli quyonlar eymeriozida qonning
- Хушназаров, А. (2025). Қуёнчиликни ривожлантириш, уларни озиқлантириш касалликларини даволаш ва олдини олиш. Каталог монографий, 1(1), 1–
- Хушназаров, А. (2025). Распространение, диагностика и химиопрофилактика эймериоза кроликов. Каталог диссертаций и авторефератов, 1(1), 1–157.
- Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2024). Эпизоотология эймерий кроликов, лечение и меры профилактики. Library, 1(1), 181–184.
- Хушназаров, А. (2023). История и систематическое состояние изучения эймероза кроликов (обзор литературы). Library, 1(2), 16–
- Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика и эпизоотический статус эймерий кроликов в некоторых районах Ферганской области. Library, 1(2), 38–
- Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотология эймероза кроликов. Library, 1(2), 94–
- Хушназаров, А. (2021). Диагностика, распространение эймерии кролика и химиопрофилактика (на основе обзора литературы). Library, 21(2), 516–520.
- Хушназаров, А. (2021). Эймериозная болезнь кроликов (на основе анализа литературы). Library, 21(4), 24–
- Хушназаров, А. (2021). Разработка требования к периоду разработки (анализ литературы). Library, 21(2), 7–
- Хушназаров, А. (2020). Чорва фермер хўжаликларида нутриячиликни ривожлантириш. Library, 20(3), 59–
- Хушназаров, А., Эшкораев, А., Ахмадалиев, Т., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотологические, диагностические и профилактические данные эймериоза кроликов. Innovations in Technology and Science Education, 2(7), 1068–1080.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013453
- Nashr sanasi
- 2026-05-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i4.2326
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 206–210
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-27 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06