Asosiy mazmunga o‘tish

SOYA VA KUNGABOQAR MOYLARINING POTENSIAL XOMASHYO SIFATIDA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILLARI

Akramovich Nuritdinov Anvar, Nuriddinovich Ataxanov Shuhratjon, Adashevich Akramboyev Rasuljon, Latifjon MamajonovNamangan davlat universiteti tayanch doktoranti Namangan davlat universiteti, texnika fanlari doktori, professor Namangan davlat universiteti, t.f.b.f.d., (PhD) Namangan davlat universiteti, biologiya fanlari nomzodi, dotsent2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 24–25

Annotatsiya

Ushbu maqolada soya va kungaboqar moylari solishtirma tahlillari va xossalari keltirilgan. Izlanish davomida soya va kungaboqar moylarining fizikaviy va fizik-kimyoviy tahlillari va xususiyatlari o‘rganilgan. Moylar namunalarini xidi, ta‘mi va rangi - organoleptik usulda, zichlik - areometrik usulda, qovushqoqlik - viskozimetrik usulda, peroksidlar soni – titrimetrik usulda, yod soni esa infraqizil analizator usuli orqali tadqiq qilingan. Sovuq siqish usulida olingan soya va kungaboqar moylarining xomashyo sifatida sous-dressing retsepturasiga kiritish mumkinligi izlanishlar natijalaridan ma‘lum bo‘lgan.

Boshqa tillarda

ruschaФИЗИКО-ХИМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СОЕВОГО И ПОДСОЛНЕЧНОГО МАСЕЛ КАК ПОТЕНЦИАЛЬНОГО СЫРЬЯ

В данной статье приведены сравнительные анализы и свойства соевого и подсолнечного масел. В ходе изысканий изучены физические и физико-химические анализы и свойства соевого и подсолнечного масел. Запах, вкус и цвет образцов масел исследовались органолептическим методом, плотность — ареометрическим методом, вязкость — вискозиметрическим методом, перекисное число — титриметрическим методом, а йодное число — методом инфракрасного анализатора. По результатам исследований установлено, что соевое и подсолнечное масла, полученные методом холодного отжима, могут быть включены в рецептуру соуса-дрессинга в качестве сырья.

inglizchaPHYSICOCHEMICAL ANALYSIS OF SOYBEAN AND SUNFLOWER OILS AS POTENTIAL RAW MATERIALS

This article presents comparative analyses and properties of soybean and sunflower oils. In the course of the research, the physical and physico-chemical analyses and properties of soybean and sunflower oils were studied. The odour, taste and colour of the oil samples were examined by the organoleptic method, density by the areometric method, viscosity by the viscometric method, the peroxide value by the titrimetric method, and the iodine value by means of an infrared analyser. The results of the research showed that soybean and sunflower oils obtained by cold pressing can be introduced into a sauce-dressing formulation as raw materials.

Kalit so‘zlar

  • soya moyi
  • kungaboqar moyi
  • fizikaviy tahlil
  • fizik-kimyoviy tahlil
  • xossa

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SOYA VA KUNGABOQAR MOYLARINING POTENSIAL XOMASHYO SIFATIDA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILLARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1006 Nuritdinov Anvar Akramovich Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Ataxanov Shuhratjon Nuriddinovich Namangan davlat universiteti, texnika fanlari doktori, professor Akramboyev Rasuljon Adashevich Namangan davlat universiteti, t.f.b.f.d., (PhD) Mamajonov Latifjon Namangan davlat universiteti, biologiya fanlari nomzodi, dotsent E-mail: anvarjonnuritdinov3@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada soya va kungaboqar moylari solishtirma tahlillari va xossalari keltirilgan. Izlanish davomida soya va kungaboqar moylarining fizikaviy va fizik-kimyoviy tahlillari va xususiyatlari o‘rganilgan. Moylar namunalarini xidi, ta’mi va rangi - organoleptik usulda, zichlik - areometrik usulda, qovushqoqlik - viskozimetrik usulda, peroksidlar soni – titrimetrik usulda, yod soni esa infraqizil analizator usuli orqali tadqiq qilingan. Sovuq siqish usulida olingan soya va kungaboqar moylarining xomashyo sifatida sous-dressing retsepturasiga kiritish mumkinligi izlanishlar natijalaridan ma’lum bo‘lgan. Kalit so‘zlar: soya moyi, kungaboqar moyi, fizikaviy tahlil, fizik- kimyoviy tahlil, xossa. KIRISH Dunyo miqyosida oziq-ovqat ishlab chiqarishga bo‘lgan talab aholi o‘sishi bilan parallel oshib borishda davom etadi. Inson kundalik energetik ehtiyojlarini oziq-ovqat mahsulotlari iste’molidan oladi Shu bois aholini energetik talab va ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida tabiiy, sifatli, oziqaviy, biologik va fiziologik qiymatlari to‘liq bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish talabini taqozo qiladi. Oziq- ovqat ishlab chiqarishdagi eng dolzarb vazifalardan biri potensial xomashyoni tanlash hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotimiz predmeti bo‘lgan sovuq press usulida siqib olingan soya va kungaboqar moylari xossalari va ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali ularni sous-dressing ishlab chiqarishdagi o‘rni bilan aniqlanadi. Ushbu moylar istiqbolda ishlab chiqariluvchi sous-dressing tarkibini foydali va shifobaxsh moddalar bilan boyitishga xizmat qiladi. MATERIALLAR VA METODLAR Sovuq usulda siqib olingan soya va kungaboqar moylarining rangi diametri 50 mm bo‘lgan kimyoviy stakanda moy rangini o‘tkazuvchanligi orqali aniqlandi. Moylarning hidi ularni shisha plastinaga yupqa surib, suv hammomida 40-50 °С haroratda qizdirish orqali aniqlandi.Ta’m tahlili 20°C haroratda degustatsiya qilish orqali aniqlandi. Zichliklar areometr (АОН-1) yordamida aniqlandi. Qovushqoqlik Engler viskozimetri (UTB-1250) yordamida aniqlandi. Sinish ko‘rsatkichlarini aniqlashda refraktometr (Atago PAL-RI) dan foydalanildi. Kislota soni (ЭкспертрН) yordamida aniqlandi. Peroksidlar soni titrimetrik usulda (Mettler Toledo G 20S) aniqlandi. Yod soni va sovunlanish soni infraqizil analizator (Shimadzu, InSpirit) yordamida aniqlandi. Qotish haroratlari kriostatik vannada termometrda o‘lchash orqali aniqlandi. NATIJALAR VA MUHOKAMA O‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra soya va kungaboqar moylari fizikaviy tahlillari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadval 1. Soya va kungaboqar moylarining fizikaviy ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich \ Moy Soya moyi Kungaboqar moyi Rangi Yorqin-sariqdan tilla ranggacha Sariq-tillarang, qahrabo ko‘rinishda Hidi Yengil, o‘ziga xos “dukkakli” O‘ziga xos “kungaboqar mag‘izli” Mayin yong‘oq- kungaboqar Ta’mi Yumshoq, yengil dukkakli ta’m mag‘izli Zichligi (20°С), g/сm3 0,921 0,919 Qovushqoqligi (40°С), mPа·s 69 64 Sinish ko‘rsatkichi (20°С) 1,474 1,471 O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra soya va kungaboqar moylari fizik-kimyoviy tahlillar natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval 2. Soya va kungaboqar moylarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich \ Moy Soya moyi Kungaboqar moyi Kislota soni, mg КОН/g 0,7 0,5 Peroksidlar soni, mmol О2 /kg 4 3 Yod soni, g I2 /100 g 130 120 Sovunlanish soni, mg КОН/g 192 190 Qotish harorati, °С -13 -18 XULOSA Demak, xulosa qilish mumkinki fizikaviy va fizik-kimyoviy tahlillar natijalari moy namunalarining o‘ziga xosliklarini namoyon qildi. Shu jihatdan sovuq usulda siqib olingan soya va kungaboqar moylarini sous-dressing ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida qo‘llash mumkinligi, qolaversa boshqa turdagi oziq-ovqat ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ham tatbiq etish imkoniyatlari yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Волков С.М., Новоселов А.Г., Федоров А.В., Кулишов Б.А., Федоров А.А. Моделирование структурно-реологических свойств пищевых растительных масел // Ползуновский вестник. - № 3. - 2017. - С. 19-26.
  2. Долголюк И.В., Терещук Л.В., Трубникова М.А., Старовойтова К.В. Растительные масла – функциональные продукты питания. // Техника и технология пищевых производств. - 2014. - № 2. - С. 122-125. - ISSN 2074-9414.
  3. Курамшин А.И., Ильин А.В., Колпакова Е.В., Аксунова А.Ф., Галкин В.И. Методические указания к практическим работам по химической технологии. - Анализ жиров и растительных масел. - Казань. 2016. - С. 4-31.
  4. Мухаметов А.Е., Аскарбеков Э.Б., Ербулекова М.Т., Сейсеналы М.Е. Исследование показателей качества масложировых продуктов, изготовленных из смеси растительных масел // Вестник Алматинского технологического университета. - 2022. - №4. - С. 61-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012179
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1006
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
24–25
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06