UNDIRILGAN MOSH VA SOYA UNLARINI FUNKSIONAL XOMASHYO SIFATIDA BIOKIMYOVIY TAHLILLARI
Akramovich Nuritdinov Anvar, Nuriddinovich Ataxanov Shuhratjon, Adashevich Akramboyev Rasuljon, Latifjon MamajonovNamangan davlat universiteti tayanch doktoranti Namangan davlat universiteti, texnika fanlari doktori, professor Namangan davlat universiteti, t.f.b.f.d., (PhD) Namangan davlat universiteti, biologiya fanlari nomzodi, dotsent2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 22–23
Annotatsiya
Ushbu maqolada undirilgan mosh va soya unlarini solishtirma tahlillari va xususiyatlari keltirilgan. Ish davomida undirilgan mosh va soya unlari kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Oqsil miqdori Keldal usulida, amilazalar va proteazalar spektrofotometrik usulda, energetik qiymatlar kalorimetrik usulda, tripsin ingibitori, izoflavonlar va vitaminlar suyuq xromatografiya usulida aniqlangan. Olingan natijalardan ma‘lum bo‘ladiki, undirilgan mosh va soya unlari sous-pasta yarimfabrikatlari uchun to‘liq quyultiruvchi xomashyo sifatida qo‘llay olinishini ko‘rsatdi.
Boshqa tillarda
ruschaБИОХИМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОРОЩЕННОЙ МУКИ МАША И СОИ КАК ФУНКЦИОНАЛЬНОГО СЫРЬЯ
В данной статье приведены сравнительные анализы и характеристики муки из пророщенных маша и сои. В ходе работы изучены химические и биохимические свойства муки из пророщенных маша и сои. Содержание белка определялось методом Кьельдаля, амилазы и протеазы — спектрофотометрическим методом, энергетическая ценность — калориметрическим методом, ингибитор трипсина, изофлавоны и витамины — методом жидкостной хроматографии. Полученные результаты показали, что мука из пророщенных маша и сои может применяться в качестве полноценного загущающего сырья для полуфабрикатов соусов-паст.
inglizchaBIOCHEMICAL ANALYSIS OF GERMINATED MUNG BEAN AND SOYBEAN FLOURS AS FUNCTIONAL RAW MATERIALS
This article presents comparative analyses and characteristics of germinated mung bean and soybean flours. In the course of the work, the chemical and biochemical properties of germinated mung bean and soybean flours were studied. The protein content was determined by the Kjeldahl method, amylases and proteases by the spectrophotometric method, energy values by the calorimetric method, and the trypsin inhibitor, isoflavones and vitamins by liquid chromatography. The results obtained show that germinated mung bean and soybean flours can be used as a fully adequate thickening raw material for sauce-paste semi-finished products.
Kalit so‘zlar
- undirilgan mosh uni
- soya uni
- kimyoviy ko‘rsatkichlar
- biokimyoviy ko‘rsatkichlar
- tahlil
- xususiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UNDIRILGAN MOSH VA SOYA UNLARINI FUNKSIONAL XOMASHYO SIFATIDA BIOKIMYOVIY TAHLILLARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1005 Nuritdinov Anvar Akramovich Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Ataxanov Shuhratjon Nuriddinovich Namangan davlat universiteti, texnika fanlari doktori, professor Akramboyev Rasuljon Adashevich Namangan davlat universiteti, t.f.b.f.d., (PhD) Mamajonov Latifjon Namangan davlat universiteti, biologiya fanlari nomzodi, dotsent E-mail: anvarjonnuritdinov3@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada undirilgan mosh va soya unlarini solishtirma tahlillari va xususiyatlari keltirilgan. Ish davomida undirilgan mosh va soya unlari kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Oqsil miqdori Keldal usulida, amilazalar va proteazalar spektrofotometrik usulda, energetik qiymatlar kalorimetrik usulda, tripsin ingibitori, izoflavonlar va vitaminlar suyuq xromatografiya usulida aniqlangan. Olingan natijalardan ma’lum bo‘ladiki, undirilgan mosh va soya unlari sous-pasta yarimfabrikatlari uchun to‘liq quyultiruvchi xomashyo sifatida qo‘llay olinishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: undirilgan mosh uni, soya uni, kimyoviy ko‘rsatkichlar, biokimyoviy ko‘rsatkichlar, tahlil, xususiyat. KIRISH Bugungi zamonaviy ovqatlanish va oziq-ovqat ishlab chiqarish yo‘nalishlari oldida turgan asosiy vazifalar sirasiga inson kundalik energetik ehtiyojini to‘laqonli to‘ldiruvchi, tabiiy, havfsiz, ozuqaviy va fiziologik qiymatlari oqilona va maromli bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Shu sabab funksional oziq-ovqat mahsulotini tashkil etuvchi xomashyolarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash o‘ziga xos izlanishlarni talab etadi. Maqolaning muhimligi funksional xomashyolar hisoblanuvchi undirilgan mosh va soya unlarining kimyoviy va biokimyoviy xususiyatlari tahlillar asosida o‘rganilganligi, ularning boy tarkibi va xususiyatlari jihatidan funksional xomashyolar ekani aniqlangan. MATERIALLAR VA METODLAR Undirilgan mosh va soya unlari tarkibidagi oqsil miqdori Keldal usulida (Вилитек АКВ-10) aniqlandi. Yog‘lar, uglevodlar, kul miqdori va kletchatka ekspress-analizator (IAS-3120) yordamida aniqlandi. Energetik qiymatlarni aniqlashda Kalorimetr (С200) dan foydalanildi. Amilazalar va proteazalar faolliklari spektrofotometr (SpectraAlyzer) orqali aniqlandi. Tripsin ingibitori tarkibi, izoflavonollar va vitaminlar suyuq xromatografiya (Nexera, Shimadzu) usulida aniqlandi. Umumiy fenol birikmalar va antioksidant faollik fotoelektrokolorimetr (КФК-3) yordamida aniqlandi. NATIJALAR VA MUHOKAMA O‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra undirilgan mosh va soya unlari kimyoviy tahlillar natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval 1. Undirilgan mosh va soya unlari kimyoviy tahlillar jadvali Tahlil nomi\Un Undirilgan mosh uni Soya uni Yog‘lar 1,4 18,5
Tahlil nomi\Un Undirilgan mosh uni Soya uni Oqsillar 26,4 43,6 Kul miqdori (minerallar) 1,9 5,9 Uglevodlar 55,2 23,5 Kletchatka 2,0 3,1 Energetik qiymat 320 kkal 430 kkal Undirilgan mosh va soya unlarining biokimyoviy tahlillari quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval 2. Soya va undirilgan mosh unlari biokimyoviy tahlillar jadvali Tahlil nomi\Un Soya uni Undirilgan mosh uni Amilazalar faolligi, bir/g 3,3 14,7 Proteazalar faolligi, bir/g 7,7 9,8 Tripsin ingibitori, mg/g 18,1 2,2 Izofavonlar, mg/100g 8,2 1,4 E vitamini, mg/100g 5,2 2,9 C vitamini mg/10g 0,45 4,3 Tahlillar natijalaridan ko‘rinadiki undirilgan mosh va soya unlarining boy tarkibi, biologik va ozuqaviy qiymatlari, hamda biologik faol moddalarning yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Bu esa ushbu namunalarni to‘liq funksional xomashyo sifatida qo‘llash mumkinligidan darak beradi. XULOSA Undirilgan mosh va soya unlarining tahlillari va xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning boy tarkibi, funksionalligi, qolaversa mahalliy o‘simliklar ekanliklaridan ushbu o‘simlik xomashyolari nafaqat sous-pasta ishlab chiqarishda, qolaversa umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati yo‘nalishlarida asosiy va qo‘shimcha xomashyolar sifatida qo‘llash mumkinligini, shu bilan birga tannarxi arzon, import o‘rnini bosuvchi funksional mahsulotlar olish imkoniyatlari yuqori ekanidan dalolat beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Хамроева М. К., Сабирова Н. Н. Физико-химические и технологические свойства зерна сои // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2021. 1(82). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/11174
- Доценко С. М., Скрипко О. В., Кубанкова Г. В., Обухов Е. Б., Коршенко Л. О. Обоснование технологии белково-углеводной муки из вторичного соевого сырья. Техника и технология пищевых производств. 2013. № 2 ISSN 2074-9414.
- Федорова Р.А. «Биохимические основы продуктов переработки зерна.
- Мука». СПб.: Университет ИТМО; 2017 98 с.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012178
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1005
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 22–23
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06