Asosiy mazmunga o‘tish

KUZGI BOSHOQLI DON EKINLARI MAYDONLARIDA TARQALGAN BEGONA O‘TLAR TURLARINI ANIQLASH NATIJALARI

Rayxonovich Jurayev BaxriddinLalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 13–15

Annotatsiya

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladigan maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar turlari aniqlanib, monitoring natijalariga ko‘ra, bir yilliklar 17 turi, ikki yilliklar 2 turi, ko‘p yillik begona o‘tlarning 8 turi keng tarqalganligi aniqlanlanganligi keltirib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРЕЗУЛЬТАТЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ВИДОВ СОРНЯКОВ, РАСПРОСТРАНЁННЫХ НА ПОЛЯХ ОЗИМЫХ ЗЕРНОВЫХ КОЛОСОВЫХ КУЛЬТУР

В научной статье приводятся результаты определения видов сорных растений, распространённых на площадях возделывания озимых колосовых зерновых культур Самаркандской области: по итогам мониторинга установлено широкое распространение 17 видов однолетних, 2 видов двулетних и 8 видов многолетних сорняков.

inglizchaRESULTS OF IDENTIFYING WEED SPECIES DISTRIBUTED IN WINTER CEREAL CROP FIELDS

The scientific article identifies the weed species distributed in the areas of Samarkand region where autumn-sown cereal grain crops are cultivated; according to the monitoring results, it is reported that 17 annual species, 2 biennial species and 8 species of perennial weeds were found to be widespread.

Kalit so‘zlar

  • kuzgi bug‘doy
  • begona o‘tlar
  • bir yillik
  • ikki yillik
  • ko‘p yillik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KUZGI BOSHOQLI DON EKINLARI MAYDONLARIDA TARQALGAN BEGONA O‘TLAR TURLARINI ANIQLASH NATIJALARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1002 Jurayev Baxriddin Rayxonovich tayanch doktorant (PhD), Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti E-mail: baxriddinjurayev06@gmail.com ANNOTATSIYA Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladigan maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar turlari aniqlanib, monitoring natijalariga ko‘ra, bir yilliklar 17 turi, ikki yilliklar 2 turi, ko‘p yillik begona o‘tlarning 8 turi keng tarqalganligi aniqlanlanganligi keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: . kuzgi bug‘doy, begona o‘tlar, bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik. KIRISH Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida paxta, bug‘doy yetishtirish, ularning hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning eng muhim omillaridan biri, bu ekin maydonlarida begona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida samarali kurashish hisoblanadi.

Ayniqsa, ajriqqa, g‘umayga qarshi kurash choralari yetarli bo‘lmaganligi ekin maydonlarini foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelmoqda. Begona o‘tlarga qarshi kurash ko‘p kuch va mablag‘talab etib, mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Begona o‘tlarning keltiradigan zararini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, begona o‘tlar tez o‘suvchi madaniy o‘simliklar hosilini 15-24, o‘rtacha tezlikda o‘sadiganlarnikini 45-66% kamaytirgan. Shuniingdek, begona o‘tlar ta’sirida bug‘doy hosili – 32, paxta hosili 15-20, javdar hosili – 64, bahorgi suliniki – 31, arpaniki – 43, kartoshkaniki – 39, makkajo‘xori doni esa 90 % ga pasayib ketgan [3].

Begona o‘tlarning zararli ta’siri tufayli dunyoda har yili 35 % hosil yo‘qotiladi, MDH mamlakatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 26 % ni tashkil etadi [1,2].

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, begona o‘tlarning tur va miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, 70 yillardan keyin MDH mamlakatlarida begona o‘tlarning 2 mingdan ortiq turi uchragan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa 72 ta oilaga mansub bo‘lgan begona o‘tlarning 841 ta turi uchraydi. Jumladan, 519 turi bir yillik, 322 turi esa ko‘p yillik begona o‘tlarga to‘g‘ri keladi [4].

Har qanday madaniy o‘simlik, xususan, g‘o‘za – g‘alla almashlab ekish tizimida yetishtirilayotgan maydonlarda o‘ziga xos moslashgan begona o‘tlar vujudga keladi, tarqaladi va bir necha yil davomida bir xil navbatlab ekish yoki agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash chora tadbirlarini sust olib borish natijasida maydonlarda begona o‘tlar tur miqdorlarini ortib ketishiga, natijada g‘o‘za va g‘alla ekinlari hosildorligini pasayishiga olib keladi.

Matateriallar va metodlar. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, bizlar Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanining kuzg‘i boshoqli don ekinlari yetishtiriladigan dalalarida tarqalgan begona o‘tlarning soni va ularning tur tarkiblarini o‘rgandik. Ilmiy tadqiqot dasturi bo‘yicha dalalardagi begona o‘tlarni aniqlashni I.V.Fetyuxin, A.P.Avdeyenkoni ko‘z bilan chamalash (dalaning 8-10 nuqtasida 1 metr radiusda) hamda aniq stasionar usullarda (1m2 bo‘lgan yog‘och ramkalar yasalib, dalaning dioganaliga 30 ta nuqtasida) hisobga olindi [5].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Олиб борилган мониторинг натижаларига кўра Samarqand viloyatining kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladigan maydonlarida bir yilliklar 17 tur, ikki yilliklar 2 tur, ko‘p yillik begona o‘tlarning 8 turi keng tarqalganligi aniqlanди. O‘rganilgan tajriba dalalarida asosan 1m2 da quyidagi begona o‘tlar: efemerlardan –lolaqizg‘aldoq-12, yulduzo‘t- 4, yelimli lepirodiklis (shudgoro‘t, gandumak) 5 ta, erta bahorgilardan – qizil tasma, yovvoyi suli, raygras, sho‘ra- 6-10; kechki bahorilardan –yovvoyi gultojixo‘roz, shamak, g‘o‘zatikan, qo‘ytikan, mingdevona, bangidevona – 4-8; qishlovchi begona o‘tlardan –jag‘-jag‘-7; qurtena-6 dona; ikki yilliklardan qashqarbeda, yovvoyi sabzi 1-2, ko‘p yilliklardan esa, g‘umay, ajriq, otquloq, qo‘ypechak va boshqalar ko‘plab tarqalganligi kuzatildi (1-jadval). 1-jadval G‘o‘za – g‘alla almashlab ekish tizimida g‘allazorlarda uchraydigan asosiy begona o‘tlarning turlari № Bir yillik begona o‘tlar Yulduzo‘t Звездчатка Stellaria media Пашенник 1. Yelimli lepirodiklis, shudgoro‘t, gandumak костенецовидный Lepyrodiclis holosteoides 2. Lolaqizg‘aldoq Роемерия атогнутая Roemeria refracta 3. Qizil tasma Гречишка птичья Polygonum aviculare L. 4. Yovvoyi suli Овсюг пустой Avena fatua L. 5. Raygras Райграс Lolium multiflorum 6. Sho‘ra Марь красная Сhenopodium rubrum L. 7. Sho‘ra Марь белая Сhenopodium album L. 8. Yovvoyi gultojixo‘roz Щирица запрокинутая Amaranthus retroflexus L. 9. Shamak Куриное просо Echinochloa crus galli (L.) 10. Itqo‘noq Щетинник сизый Setaria qlauca (L.) Beauv. Дурнишник 11. G‘o‘zatikan Xanthium обыкновенный 12. Qo‘ytikan Дурнишник колючий strumarium L. 13. Mingdevona Белена черная Hyoscyamus niger 14. Bangidevona Дурман обыкновенный Datura stramonium L. 15. Chaqamiq, qumrio‘t Подмаренник цепкий Galium apazine 16. Jag‘-jag‘, ochambiti Пастушья сумка Capsella bursaрastoris (L.) Ikki yillik begona o‘tlar Qashqarbeda Донник лекарственный Melilotus officinalis Dоsr. 17. Yovvoyi sabzi Дикая марковь Daucus carota L. Ikki yillik begona o‘tlar 18. Qoqio‘t Головчатый Taraxacum 19. Otquloq Щавель Rumex acetosella 20. Qirqbo‘g‘in Хвощ полевой Eguisetum arvense L. Sorghum Halepense (L.) 21. G‘umay Сорго аллепское Pers. Пальчатая трава, Cynodon dactylon (L.) 22. Ajriq (chayr) свинорой Pers 23. Salomalaykum Сыт круглая Cyperus rotundus L. 24. Yantoq Верблютья колючка Glycyrrhiza glabra L. 25. Qo‘ypechak Выюнок плевой Convolvulus arvensis L.

Dala monitoringlari shuni ko‘rsatadiki, surunkasiga uch yil davomida g‘alladan keyin g‘alla ekilgan maydonlarda eng ko‘p bir yillik begona o‘tlar tarqalishi kuzatilib, ular 54,4% ni, ikki yilliklar–5,1 va ko‘p yilliklar esa 40,5 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar g‘alla maydonlarini begona o‘tlar bilan ifloslanish darajasiga nisbatan g‘o‘za ekilgan dalalarda bir yillik begona o‘tlarni 29,3 % ni, ko‘p yillik begona o‘tlarni esa 33,0 % ni tashkil etganligi aniqlandi.

XULOSA Shuni aytish joizki, ko‘pchilik fermer xo‘jaliklarida ekin dalalarida tarqalgan begona o‘tlar turlari, ularning biologik xususiyatlarini bilmay turib qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilgan dala monitoringlari asosida ta’kidlash mumkinki, fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda dalalarda tarqalgan begona o‘tlarning tur va miqdorlarini, biologik xususiyatlarini hamda zararlanish darajalarini bilgan holda ularga qarshi agrotexnik yoki kimyoviy kurash chora tadbirlarini ishlab chiqish lozimligini ko‘rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Захаренко В.А. - Экономика использования пестицидов: Химического общества им. Д.И.Менделеева. Т. XXIII, М., 1978. 46-51 б.
  2. Исаев В.В., Березкин Ю.Н., Попов О.В. - Засеренность посевов пщениц и мероприятия по борьбе с сорняками. Рациональное применение гербицидов с учетом засеренности полей. М. Колос, 1985. 73-80 б.
  3. Макаров В.Т., Ремезов Н.П. - Почвоведение с основами земледелия. М. МГУ, 1966. 238- 239 б.
  4. Mamatov K., Mamajonov U. - Zararkunandalar hosildorlikni pasaytiradi //J. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. 1997. № 2. B. 31.
  5. Фетюхин И.В., Авдеенко А.П., Авдеенко С.С., Черненко В.В., Рябцева Н.А.. Методы учета структуры сорного компонента в агрофитоценозах: учебное пособие/сост.:– Персиановский : Донской ГАУ, 2018. – 76 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012175
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1002
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
13–15
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06