EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLARNING SAMARADORLIGI
B.Boltayevi.f.f.d(PhD), Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 26–29
Annotatsiya
Maqolada ingichka tolali g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirish uchun organik va mineral o‘g‘itlarning me‘yorlari va o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari hamda g‘o‘zaning o‘sish fazalarida o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, o‘g‘itlardan maqsadli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va tiklashning asosiy usullari va iqtisodiy samaradorlikka erishishda qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish orqali erishish mumkinligi yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ОРГАНИЧЕСКИХ И МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ В ПОВЫШЕНИИ УРОЖАЙНОСТИ КУЛЬТУР
В статье освещается, что получение высокого и качественного урожая тонковолокнистого хлопчатника — определение норм органических и минеральных удобрений и сроков их внесения, правильное применение удобрений в фазах роста хлопчатника, целевое использование удобрений, основные способы повышения, сохранения и восстановления плодородия почвы, а также достижение экономической эффективности — возможно посредством правильной организации агрохимического обслуживания в сельском хозяйстве.
inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF ORGANIC AND MINERAL FERTILIZERS IN INCREASING CROP YIELDS
The article discusses the rates of organic and mineral fertilisers and the timing of their application for obtaining a high and high-quality yield from fine-fibre cotton, as well as the correct application of fertilisers during the growth phases of the cotton plant, the purposeful use of fertilisers, and the principal methods of increasing, preserving and restoring soil fertility; it shows that these aims and economic efficiency can be attained through the proper organisation of agrochemical services in agriculture.
Kalit so‘zlar
- organik va mineral o‘g‘itlar
- agrokimyo laboratoriyalari
- ingichka tolali g‘o‘za
- tuproq unumdorligi
- almashlab ekish
- agrokimyo xizmati
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLARNING SAMARADORLIGI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1007 B.Boltayev i.f.f.d(PhD), Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ANNOTATSIYA Maqolada ingichka tolali g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirish uchun organik va mineral o‘g‘itlarning me’yorlari va o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari hamda g‘o‘zaning o‘sish fazalarida o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, o‘g‘itlardan maqsadli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va tiklashning asosiy usullari va iqtisodiy samaradorlikka erishishda qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish orqali erishish mumkinligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Organik va mineral o‘g‘itlar, agrokimyo labaratoriyalari, ingichka tolali g‘o‘za, tuproq unumdorligi, almashlab ekish, agrokimyo xizmati. KIRISH Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida yetishtirilayotgan asosiy ekinlarga, odatda belgilangan me’yorda mineral o‘g‘itlar beriladi. Qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlardan samarali va maqsadli foydalanishda agrokimyo xizmati ko‘rsatish xodimlari o‘g‘itlarning sarflash me’yorini to‘g‘ri belgilab berishlari lozim. O‘g‘itlardan foydalanish me’yori rejalashtirilgan hosil va tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi. Chunki yuqori va sifatli ingichka tolali paxta yetishtirishda mineral o‘g‘itlarsiz yuqori hosil olib bo‘lmasligi soha olimlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tajribalarda jumladan: tipik bo‘z tuproqli, taqir va taqir o‘tloqi tuprorli maydonlarda o‘g‘it berilmasdan kerakli barcha agrotexnika tadbirlari amalga oshirilganda gektaridan 11,6-11,9 s, och tusli bo‘z va o‘tloqi allyuvial tuproqli yerlarda 13,1-14,3 s paxta hosili olish isbotlangan [1]. Bunday hosildorlik, tuproqning xilma-xillligini hisobga olgan holda, barcha tuproqlarga ham to‘laligicha to‘g‘ri kelmaydi, lekin tuproqlarning unumdorligini baholashda bu raqamlardan mezon sifatida foydalanish mumkin. G‘o‘zadan sifatli va yuqori hosil yetishtirishda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishining har o‘suv fazasida g‘o‘zaga zarur bo‘ladigan qulay (optimal) sharoitni yaratish eng nuhim vazifa hisolanadi. Chunki g‘o‘za o‘simligining potentsial imkoniyati juda yuqori bo‘lib, vegetastion idishlarda gidroponika, lizimetrik qurilmalarda hamda ayrim statsionar tajriba dalalarida gektaridan 80-100 s. va undan yuqori paxta hosili olish imkoniyati mavjudligi aniqlangan [2]. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, g‘o‘za o‘simligining potentsial imkoniyatini ro‘yobga chiqarish uchun g‘o‘zaning biologik qonuniyatlarini, g‘o‘za fiziologiyasi, tuproqning asosiy xususiyatlarini hamda hosilga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks omillardan bilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishining har bir fazasi va bosqichlarida, qaysi o‘g‘it turlarini qo‘llashni hamda o‘g‘it me’yorlarini to‘g‘ri belgilashda agrokimyoviy xizmar ko‘rsatish stantsiyasi xodimlari o‘simliklarni to‘g‘ri oziqlantirishda o‘g‘itlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilishi zarur. Chunki fermer xo‘jaliklari dalalarida o‘g‘itlardan foydalanishnig iqtisodiy samaradorligi asosan o‘g‘itlangan maydonlardan olinadigan hosil bilan baholanadi. Lekin, hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklarining yetishtirayotgan paxta hosili gektariga 20s.dan 40 s.gachani tashkil etmoqda [3]. MATERIALLAR VA METODLAR
Olimlarining ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazgan tajribalari ma’lumotlariga ko‘ra o‘g‘itlanmagan variantlarda gekteridan 12,3-12,5 s dan, o‘g‘itlar qo‘llanilgan maydonlarning har gektaridan 37,3-39,2 s dan paxta hosili yetishtirilgan. O‘g‘itlar hisobiga gektaridan 25,0-26,7 s dan ingichka tolali paxta hosili olingan yoki terib olingan barcha hosilning 67-68 foizi o‘g‘it qo‘llash hisobiga yetishtirilgan [4]. Keyingi yillarda respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda ekinlar hosilining shakllanishida ayrim omillarning ahamiyatini aniqlash ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, g‘o‘za hosildorligini oshirishda o‘g‘itlar ahamiyatini chuqurroq aniqlab olish maqsadida OzPITI ning Surxondaryo tajriba stantsiyasi olimi M.Tojiyev viloyatning Angor tumanidagi “Ravshan Polvon” va “Angor Sardorbek Daler” fermer xo‘jaliklari dalalarida g‘o‘zada o‘tkazilgan tajriba natijalari tahlil qilinganda organik va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan (1-jadval). Organik va mineral o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi 1-jadval 1 s paxta xom 1 t paxta xomEkin maydoni O‘rtacha ashyosi G‘o‘za navlari Yalpi hosil, tonna ashyosining narxi gektar hosildorlik s/ga yetishtirish uchun so‘m sarflangan so‘m Ravshan Polvon Ravshan Polvon Ravshan Polvon Ravshan Polvon Ravshan Polvon Ravshan Polvon f/x f/x f/x f/x f/x f/x Ash-25 61 75,2 458,72 34,12 1520 Surxon-14 13 71,5 92,95 34,12 1195 Sirxon-103 2 70,8 14,16 34,12 860 Termiz-202 1,5 54,2 8,13 34,12 830 Termiz-208 4,5 71,2 32,4 34,12 714 Angor Sardorbek Angor Sardorbek Angor Sardorbek Angor Sardorbek Angor Sardorbek Angor Sardorbek Daler f/x Daler f/x Daler f/x Daler f/x Daler f/x Daler f/x Ash-25 22 53,5 117,7 36,0 1520 Surxon-103 38 48,1 182,9 36,0 720 Natijalar muhokamasi. Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur fermer xo‘jaliklarida organik va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilganligi aniqlangan. Buning natijasida har gektar ingichka tolali g‘o‘za navlari ekilgan maydonlardan Ravshan Polvon fermer xo‘jaligida 54,2-75,2 s dan, Angor Sardorbek fermer xo‘jaligida 48,1-53,5 s dan ingichka tolali paxta hosili yetishtirib, respublikadagi ilg‘or fermer xo‘jaliklari qatoridan munosib o‘rin egallagan. Bu fermer xo‘jaliklarida qo‘llanilgan har bir kilogramm azot hisobiga 17-19 kg paxta hosili olingan. O‘tkazilgan tajribalarda o‘g‘itlar agrokimyoviy kartogramma asosida tuproq unumdorligi va tuproqdagi mavjud oziq moddalar miqdori hisobiga olingan holda qo‘llanilgan. Ravshan Polvon fermer xo‘jaligi tuproqlari och tusli bo‘z tuproq tipiga mansub bo‘lib, och tusli bo‘z tuproqli sharoitda organik va mineral o‘g‘itlar tuproq tarkibidagi chirindi (gumus), azot, fosforning yalpi miqdoriga (2- jadval) hamda tuproqdagi nitrat shaklidagi azot, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorining ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Organik va mineral o‘g‘itlardan muntazam foydalanish haydalma qatlamdagi kabi pastki qatlamlardagi tuproqlarning ham unumdorligini oshirgan. Alohida ta’kidlash zarurki, g‘o‘za hosilining shakllanishida bevosita o‘g‘itlar hisobiga keladigan foydadan tashqari, ekinlarni surunkasiga o‘g‘itlab turish natijasida hosil bo‘ladigan tuproqning foydali unumdorligining ko‘payishiga olib kelgan. Organik va mineral o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning tuproqning oziq moddalari miqdoriga ta’siri
2-jadval Oziqa Oziqa Oziqa Oziqa Oziqa Oziqa Tuproq elementlari elementlari elementlari elementlari elementlari elementlari qatlami Sm miqdori miqdori miqdori miqdori miqdori miqdori Tuproq qatlami 1 kg tuproq 1 kg tuproq 1 kg tuproq Foiz hisobida Foiz hisobida Foiz hisobida Sm tarkibida mg tarkibida mg tarkibida mg Tuproq qatlami Chirindi Nitrat Harakatchan Alashinuvchi Umumiy azot Yalpi fosfor Sm (gumus) shaklidagi azot fosfor kaliy Bahorda Bahorda Bahorda Bahorda Bahorda Bahorda Bahorda 0-30 1,97 0,142 0,230 32,4 46,5 320 30-50 1,58 0,100 0,190 18,5 30,0 285 Kuzda Kuzda Kuzda Kuzda Kuzda Kuzda Kuzda 0-30 1,06 0,128 0,210 21,7 34,5 292 30-50 1,47 0,09 0,180 15,8 27,3 273 O‘g‘itlardan foydalanishda shuni unutmaslik kerakki, hozirgi vaqtdagi fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan paxta hosilining miqdori Ravshan Polvon va Angor Sardorbek Daler fermer xo‘jaliklari dalalaridan olingan hosil miqdoridan 2-2,5 barovar kam. Ko‘p hollarda aksariyat fermer xo‘jaliklarida o‘g‘it miqdorining bir xil bo‘lishidan qat’iy nazar fermer xo‘jaliklari sharoitida yetishtirilayoygan paxta hosili har xil bo‘layotgan fermer xo‘jaliklarida o‘g‘itlardan foydalanishda, ya’ni o‘g‘itlarni tuproqqa solish muddatlari, me’yorlarini to‘g‘ri belgilashda va o‘g‘itlarni g‘o‘za parvarishiga bog‘lab amalga oshirishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotganligi va buning natijasida yerga solinayotgan har bir kilogramm o‘g‘it hisobiga atigi 4-5 kg dan paxta hosili yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklari ham kam emas. O‘g‘itlash me’yorini belgilashda tuproq turidan tashqari g‘o‘za navlari va bu navlardan olinadigan hosil ham hisobga olinishi kerak. O‘zPITI olimlarining ko‘p yillar davomida o‘tkazgan tajribalari natijalariga ko‘ra o‘rta tolali g‘o‘za navlaridan olinadigan har bir tonna paxta hosili uchun 60 kg ingichka tolali navlar uchun 72 kg azot sarflanishi anilangan. Sug‘oriladigan yerlardan rejalashtirilganingichka tolali hosilni olish uchun mineral o‘g‘itlar me’yorini belgilashda tuproq tarkibidagi mavjud harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy va boshqa oziq moddalar miqdori hisobiga olinishi zarur. Keyingi yillarda o‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni g‘o‘za ekiniga juda kam miqdorda berilayapti. Buning oqibatida g‘o‘za hosili kamayib bormoqda. G‘o‘zadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish uchun azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar nisbatini 1: 0,7. 0,8 bo‘lishi mavjud tavsiyalarda aniq ko‘rsatilgan. O‘g‘itlarning yillik me’yorlari, rejalashtirilgan paxta hosili olish uchun quyidagicha belgilanadi: 25-30 s/ga hosil olish uchun azot, fosfor va kaliy 200, 140, 100 kg/ga; 30-35 s/ga hosil olish uchun azot, fosfor va kaliy 250, 175, 125 kg/ga; 35-40 s/ga hosil olish uchun azot, fosfor va kaliy 300, 210, 150 kg/ga belgilangan. XULOSA Muttasil g‘o‘za va bug‘doyni almashlab ekish dalalardan olingan iqtisodiy samaradorligi O‘zPITIning Surxondaryo tajriba stantsiyasida o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida hisoblandi. Tajribada paxta yetishtirish xarajatlari hisobga olinganda yuqori iqtisodiy samaradorlik eng ko‘p hosil yetishtirilgan bug‘doy - beda – g‘o‘za, beda – g‘oza, kuzgi bug‘doy + mosh - g‘o‘za ekilgan variantlarda kuzatildi. Muttasil g‘o‘za o‘g‘itsiz parvarish qilinganda rentabellik darajasi - 10,2 foiz, surnkali g‘o‘za ekilgan faqat mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda - 22 foiz, surunkali g‘o‘za ekilgan mahalliy (g‘o‘ng) va mineral o‘g‘it qo‘llanilganda 24,6-26,9 foiz, kuzgi bug‘doy - beda - g‘o‘za, beda - g‘o‘za almashlab ekishda 34,0 - 40,0 fozni tashkil etdi. Kuzgi bug‘doy + mosh - g‘o‘za navbatlab ekishda rentabellik darajasi 25,5 foizgacha yetgan.
Ekinlar almashlab ekilgan va o‘g‘itlardan samarali foydalanilgan dalalarda, g‘o‘zalar surunkali ekilgan hamda organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan dalalarga nisbatan yuqori samaradorlikka erishganligi aniqlandi. Eng past rentabellik muttasil g‘o‘za ekilgan mineral o‘g‘itlar umuman qo‘llanilmagan hamda muttasil g‘o‘za faqat mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda kuzatildi. Eng yuqori samaradorlik kuzgi bug‘doy – beda - go‘za almashlab ekilgan hamda kuzgi bug‘doy + mosh - g‘o‘za navbatlab ekilganda va har yili 20 t/ga go‘ng qo‘llanilganda aniqlandi. Shu nuqtai nazardan sug‘oriladigan yerlarda ingichka tolali g‘o‘zadan rejalashtirilgan hosil olish uchun mineral o‘g‘itlar me’yorini belgilashda tuproqning tipi, tuproq tarkibidagi mavjud harakarchan fosfor, almashinuvchi kaliy va boshqa oziq moddalar miqdori hisobga olinishi zarur. Bu jarayonni amalga oshirish uchun hududlardagi agrokimyo labaratoriyalari yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, har qaysi tuman, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’yektlar uchun organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishi lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Umarov, D. D., Besedin, N. N., & Mirzajonov, K. M. (1990). Proizvoditel’naya sposobnost’ oroshaemykh pochv serozemnoy zony. Tashkent: Fan Publishing.
- Belousov, M. A. (1985). Fiziologicheskie osnovy kornevogo pitaniya khlopchatnika. Tashkent: Fan Publishing.
- Isaeyv, S., Namozov, X., Xojasov, A., Tanjemuratov, S., & Tanjemuratov, A. (n.d.). Qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarishlash texnologiyalari. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasi bosmaxonasi.
- Tojiyev, M. (2015). O‘zbekistonning janubiy sahro mintaqasi ekstremal iqlim sharoitlarida tuproq unumdorligi, g‘o‘za, kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish va yem-xashak bazasini yaratishning ilmiy asoslari (pp. 14–29). Qarshi: Nasaf Publishing.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012180
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1007
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 26–29
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06