Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XALQ SELEKTSIYASI YO‘LI BILAN ETISHTIRILGAN TUT NAVLARIGA TARIFI

    A. E.B.Jeymuratov, -. M.Y.Reymbaeva, -. M.M.Xudaybergenova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri Ipakchilikni yanada rivojlantirish uning oziqa ba‘zasini muttasil mustahkamlashni talab etadi. Tut daraxtini boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta‘siridan saqlashda ihota bazasini va vazifasini bajaradi. Bu xildagi ekilgan tutlarning bargidan ipak qurtiga oziq sifatida qisman foydalanish va mevalaridan urug‘ olinib, ko‘chat etishtirish mumkin. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ihota daraxtlari sizot suvlari sathini pasaytirishga, erning meliortiv holatini yaxshilashga, sho‘rlanish va botqoqlanishga qarshi tut daraxtlarining ahamiyati anchagina kattadir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QARA MIYWELI ARONIYA (ARONIA MELANOCARPA L.) ÓSIMLIGINE

    Y. Askarbayevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Aroniyanıń 10% muǵdarın glyukoza, fruktoza hám sorbit spirti quraydı. Ol insanlarda qantlı diabet keselligi waqtında qant muǵdarın sezilerli dárejede kemeytiw qásiyetine iye. Aroniya miywesi quramındaǵı antotsian pigmentleriniń ortasha muǵdarı 6,4% ti quraydı. Aroniya ateroskleroz menen awırıytuǵın nawxaslardıń qanındaǵı xolesterindi túsiriwge járdem beredi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BAMİYA (ABELMOSCHUS ESCULENTUS) ÓSİMLİGİNİŃ EKOLOGİYALIQ QÁSİYETLERİ HÁM AWIL XOJLİGİNDAǴI ÁHMİYETİ

    B. Jadıra · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqalada bamiya ósimliginiń biologiyalıq hám ekologiyalıq ózgeshelikleri, onıń ıssı hám qurǵaq klimat shárayatına beyimlesiwi hám medicinalıq áhmiyeti talqılanadı. Sonday-aq, bamiyanıń azıq-awqat qáwipsizligin támiyinlewdegi roli hám sanaat tarawında qollanılıw imkaniyatları boyınsha maǵlıwmatlar keltirilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASINDAǴI DÁRILIK ÓSIMLIKLERINIŃ HÁZIRGI JAǴDAYI

    B. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqalada Qaraqalpaqstan Respublikası sharayatında dárilik ósimliklerdiń analizi keltirilgen. Qaraqalpaqstanda 360 túr dárilik ósimlik ósip, barlıq ósimliklerdiń 37% ten kóbi dárilik ósimlikler bolıp esaplanadı.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKMA SEDANA (NIGELLA SATIVA L)NING BOTANIK, MORFOLOGIK TASNIFI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

    B. M.B., A. I.I., B. P.X. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada eng muhim dorivor ekin ekma sedananing (Nigella sativa L.) ekma sedana (nigella sativa l)ning botanik, morfologik tasnifi va xalq tabobatidagi ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada o‘simlik botanik va morfologik tavsifi va umumiy ma‘lumotlar keltirilgan. Natijalar ekma sedana o‘simligi bilan bog‘liq terapevtik foydalarni ta‘kidlaydi. Xulosalarda tadqiqotlar va o‘simlikni tibbiy qo‘llanmalarda mas‘uliyatli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ODDIY JAG‘JAG‘ O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI, XALQ TABOBATIDA ISHLATILISHI VA RESURSLARI

    B. Aminovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada Capsella bursa-pastoris (L.) Medik-o‘simligining botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, urugining o‘nuvchanligi, xom ashyosi, xalq tabobatida ishlatilishi boyincha ma‘lumotlar keltirilgan. Urug‘i oval, yassisimon, uzunligi 1–2,5 mm, eni 0,5–0,75 mm. Urug‘lik unumdorligi yuqori - bir kishi 70 mingtagacha, boshqa manbalarga ko‘ra, 40 mingtagacha urug‘ ishlab chiqarishi mumkin. Xalq tabobatida jag‘-jag‘ bachadondan qon ketish, xoletsistit, urolitiyoz, revmatizm, gastrit, diareya va dizenteriya kasalliklarida, biriktiruvchi va yaralarni davolovchi vosita sifatida ishlatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHDA LABORATORIYA VERIFIKATSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH NAZORATI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

    B. Elyorbek · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta‘minlashda ishlab chiqarish nazorati va laboratoriya verifikatsiyasi o‘rtasidagi amaliy hamda funksional bog‘liqlik tahlil qilindi. Tadqiqot ISO 22000:2018, Codex Alimentariusning HACCP bo‘yicha umumiy tamoyillari, ISO/IEC 17025:2017 standarti, shuningdek O‘zbekistondagi standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va sanitariya-gigiyena sohasidagi amaldagi hujjatlarga asoslanadi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqarish nazorati xavfni jarayonning o‘zida kamaytiradi, laboratoriya verifikatsiyasi esa bu nazorat choralari amalda ishlayotganini sinov dalillari orqali tasdiqlaydi. Xomashyo qabul qilish, texnologik jarayon, sanitariya-gigiyena holati va tayyor mahsulot bosqichlari o‘zaro bog‘langan nazorat zanjiri sifatida ko‘rib chiqildi. Maqolada korxonalar uchun “nazorat – verifikatsiya – boshqaruv qarori – tuzatish harakati – qayta verifikatsiya” ketma-ketligiga asoslangan uslubiy yondashuv taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA OLMA MEVALARINI QURITISH TEXNOLOGIYASINI O‘RGANISH

    O. o‘g‘li, A. Muratbayevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Olmani quritish. Olmaning barcha navlaridan qoqi qilinaveradi. Ammo, qand moddasi va kislotasi ko‘proq, xushbo‘y, eti oq yoki och sariq olmani ko‘proq quritish kerak. Samarqand viloyatida “Pervenes Samarkanda”, “Parmen zimniy zolotoy”, “Delishes”, “Zolotoy greyma”, “Grafenshteynskiy” va “Osenniy zolotoy” kabi navlar quritish uchun eng yaxshi hisoblanadi. Quritish usullariga qarab olmadan har xil qoqi olinadi. Quritishning quyidagi usullari bor: oddiy usulda quritish — bunda mevaning po‘sti archilmaydi, fransuzcha usulda quritish — bunda mevaning po‘sti archilib, urug‘i olinadi. Bu usulning texnologik jarayoniga ko‘ra mevalar teriladi, tashiladi, saqlab qo‘yiladi, dudlanadi, quritiladi, nami baravarlashtiriladi, qutilarga solinadi va saqlab qo‘yiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AMUDARYO VA KOLLEKTOR SUVLARINING DINAMIKASI

    J. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada Amudaryo suvlari va irrigatsiya tizimiga tegishli kollektor-drenaj suvlarining gidrologik hamda gidrokimyoviy dinamikasi tahlil qilinadi. Suv sarfi, mineralizatsiya darajasi va antropogen yuklamalar o‘zgarishi asosida suv resurslarining hozirgi holati baholanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyati va sug‘orish tizimlarining suv sifatiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OQOVA SUVLARNI BIOLOGIK TOZALASH USULLARI

    A. Bekbergenova, Z. Ibragimova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Suvning tiniqligi ham suvo‘tlarning rivojlanishi va taqsimlanishiga ma‘lum darajada ta‘sir qiladi. Oqova suvlarni tozalash inshootiga kirib kelgan suvning tiniqligi eng kam bo‘lsa, inshootdan chiqayotgan suvning tiniqligi yuqori bo‘ladi. Tiniqlik bilan bog‘liq ravishda shu suvlarda o‘sayotgan suvo‘tlarning taqsimlanishi tabiiyki yuqori bo‘ladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ATQULAQ O‘SIMLIGINI‘N‘ DA‘RI‘LI‘K QA‘SIYETLERI HA‘M QOLLANILIWI

    P. Sultanbek · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Bul maqalada jabaqy tábiyatta keń tarqalǵan shıpalı ósimliklerden biri atqulaq ósimliginiń medicinalıq áhmiyeti, onıń quramındaǵı biologiyalıq aktiv zatlar, dárilik qásiyetleri hám xalq medicinasi menen zamanagóy farmacevtikada qollanılıw jolları úyrenilgen. Ósimliktiń tamırı, japıraqları hám tuqımınıń quramındaǵı kislotalar, vitaminler, iylewshi (tanin) zatlar hám efir maylarınıń insan organizmine tásiri analiz etilgen. Sonday-aq, atqulaqtıń as sin‘iriw sisteması keselliklerin emlewdegi, qan toqtatıwshı, qásiyetleri haqqında maǵlıwmatlar keltirilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AMORFA TURKUMI TURLARI AMORPHA FRUTICOSA L., AMORPHA GOLAYA INTRODUKTsION BAHOLASh

    K. Jarilqasinovna, Y. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Sho‘r tuproqlarda Amorpha fruticosa L. va Amorpha golaya turlarining introduktsiya natijalari ushbu o‘simliklarning degradatsiyaga uchragan hududlarda ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Amorpha fruticosa L. yuqori introduktsion baholash ko‘rsatkichiga (95%) ega bo‘lib, sho‘rlanishga, yuqori haroratga va qurg‘oqchil sharoitlarga nisbatan ancha chidamli ekanligi aniqlandi. Amorpha golaya esa 80% natija bilan nisbatan pastroq moslashuvchanlikni namoyon etdi, biroq uning ham tabiiy ko‘payish qobiliyati yuqori ekanligi qayd qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    JANUBIY OROLBO‘YIDAGI MAYDA SU‘TEMIZUVCHILARNING TARQALISH DINAMIKASI VA ULARGA TASIR KO‘RSATUVCHI EKOLOGIK OMILLAR

    A. Zinatdinovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yidagi mayda sut emizuvchilarning tarqalishi, ularga xarakteristika, ularning populyatsiyasidagi o‘zgarishlar va Kemiruvchilarning ayrim turlarining antropogen tasirlarga bo‘lgan munosabati va qishloq xo‘jaligi landshaftiga moslashishi, mezofil va kserofil hududlardagi turlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Jumladan mezofil tur hisoblangan Ondatra Zibethica haqida ma‘lumotlar kengroq yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKISH TEXNOLOGIYASI VA MINERAL O‘G‘ITLAR ME‘YORINING MOSH NAVLARINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA TA‘SIRI.

    A. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh o‘simligining Durdona va Barqaror navlari o‘suv davri davomiyligiga ekish tizimlari hamda ma‘danli o‘g‘itlar qo‘llash me‘yorlarining ta‘siri ekish oraliqlari kengayishi va ma‘danli o‘g‘itlar me‘yori ortishi natijasida mosh navlarining o‘suv davri 1 kundan 7 kungacha uzayishi aniqlandi. “Durdona” navi nisbatan ertapishar bo‘lib, uning o‘suv davri 89–96 kunni, “Barqaror” navida esa 94–101 kunni tashkil etdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PASTINACA SATIVA L.-O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

    A. G.J., J. R.M. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada Pastinaca sativa L.o‘simligining botanik tafsifi, kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari boyicha ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek davolash maqsadida o‘simlikning barglari, ildizi va urug‘lari ishlatiladi. Ildizmevalar tarkibida 14% gacha qand, 2% gacha oqsil, 20 mg/% gacha S vitamini, 460 mg/% gacha kaliy, 50 mg/% kaltsiy va hokazolar bor. Ayniqsa, pasternak tarkibida B vitamini ko‘p. Shuningdek o‘simlikning dorivorlik xususiyatlari va yetishtirish agrotexnologiyasi boyicha ma‘lumotlar tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AMORPHA FRUTICOSA L. O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI

    G.J.Abdiniyazova, X.B.Izbasxanova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada amorfa o‘simligining botanik tavsifi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, dorivor xususiyatlari, xom ashyosi, dorivor preparatlari boyicha ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, o‘simlik mevalari (urug‘lari) va gullari tibbiyotda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda amorfadan fruticin preparati olingan va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Kardiotonik vosita sifatida yurak-qon tomir turli xil nevrotik holatlarda, yurak-qon tomir tizimi amorfa mevalarida yara bitkazuvchi xususiyatlar aniqlangan, neyrogen tinchlantiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanilishi haqida ma‘lumotlar tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SULTON UVAYS TOG‘I VA UNING ATROFINING ORNITOFAUNASI

    Ametov Ya.I., Nurimov B.J. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy qismida joylashgan Sulton Uvays tog‘i va uning atrofi ornitofaunasining tarkibi, ekologik guruhlari hamda muhofaza ahamiyati yoritildi. Tadqiqotning maqsadi hududda uchraydigan qushlar xilma-xilligini zamonaviy ornitologik kuzatuvlar va adabiyot ma‘lumotlari asosida umumlashtirishdan iborat. Ishda marshrut-transekt, nuqtaviy hisob, fenologik kuzatish va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. So‘nggi kuzatuvlar hududda 78 tur, 9 turkum va 22 oilaga mansub qushlar uchrashini, mavsumiy ko‘chib yuruvchi turlar ulushi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa Passeriformes va Falconiformes vakillari dominant bo‘lib, ular tog‘-cho‘l landshaftlari, qoyali yonbag‘irlar, saksovul-butazorlar va Amudaryo vodiysi bilan bog‘liq biotoplarda tarqalgan. Tezisda shamol energetikasi loyihalari, yaylov bosimi va yashash joylarining transformatsiyasi fonida noyob turlar monitoringini kuchaytirish zarurligi asoslandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QIZILQUM CHO‘LI SHAROITIDA COLEOPTERA (QO‘NG‘IZLAR) FAUNASI VA EKOLOGIK AHAMIYATI (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)

    Bekbanov A.J., Juginisov T.I., Alimbetov A.A., Duysengaliev E.S. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy va janubi-sharqiy qismida joylashgan Qizilqum cho‘lida Coleoptera (qo‘ng‘izlar) otryadi vakillarining faunistik tarkibi, ekologik guruhlari hamda bioindikatorlik ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi — arid cho‘l sharoitida qo‘ng‘izlar xilma-xilligini, ayniqsa Carabidae, Tenebrionidae va Meloidae oilalarining ekotizim barqarorligidagi o‘rnini ochib berishdan iborat. Materiallar 2021–2025 yillarda e‘lon qilingan mahalliy va xalqaro tadqiqotlar, dala yig‘imlari, tuproq tuzoqlari va adabiyot ma‘lumotlarini qiyosiy tahlil qilish orqali umumlashtirildi. Manbalarda Qizilqumning Qoraqalpog‘iston qismida 31 tur va 8 oilaga mansub Coleoptera qayd etilgani, g‘arbiy O‘zbekistonda Tenebrionidae bo‘yicha 79 tur to‘plangani, Janubiy Orolbo‘yi Meloidae faunasi 27 turdan iborat bo‘lib, ulardan 19 turi Qizilqum biotsenozida uchrashi ko‘rsatilgan. Natijalar cho‘l qo‘ng‘izlari zararkunandalarni cheklash, organik qoldiqlarni parchalash, tuproq jarayonlari va ekologik monitoringda muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    JANUBIY OROLBO‘YI AGROLANDSHAFTLARIDA CURCULIONIDAE (COLEOPTERA) OILASI VAKILLARINING FAUNISTIK TAHLILI VA FITOSANITAR PROFILAKTIKA CHORALARINI OPTIMALLASHTIRISH

    Oteniyazov R.B., Juginisov T.I., Duysengaliev E.S. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu tezisda Janubiy Orolbo‘yi, xususan Qoraqalpog‘istonning Muynoq, Amudaryo quyi oqimi va Orolqum bilan tutash agro-landshaftlarida Curculionidae oilasiga mansub qo‘ng‘izlarning faunistik tarkibi, ekologik guruhlari hamda fitosanitar profilaktika choralarining ilmiy asoslari tahlil qilindi. Tadqiqotda so‘nggi nashrlar, Muynoq hududida 2024-2025 yillarda olib borilgan entomofauna monitoringi materiallari va Curculionidae bo‘yicha taksonomik ma‘lumotlar qiyosiy- tahliliy usulda umumlashtirildi. Manbalarda Janubiy Orolbo‘yida kserofil, mezofil va agrofil shakllar uchrashi, qurigan dengiz tubidagi o‘rmon-yaylov o‘simliklarida esa Megamecus variegatus, Chromosomus fischeri va Baris memnonia kabi uzunburun qo‘ng‘izlar qayd etilgani ko‘rsatiladi. Olingan tahlil Curculionidae vakillari cho‘l ekotizimlari barqarorligi va qishloq xo‘jaligi fitosanitariya xavfsizligi uchun indikator ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Profilaktikada monitoring, almashlab ekish, sug‘orishni optimallashtirish va zararkunanda o‘choqlarini erta aniqlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    USTYURT (QORAQALPOG‘ISTON) PLATOSIDA KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA) FAUNASINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA MUHOFAZA QILISH ISTIQBOLLARI

    Barliqbaev B.R., Juginisov T.I., Duysengaliev E.S. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu tezisda Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi sharoitida kapalaklar (Lepidoptera) faunasining bioekologik xususiyatlari, ularning cho‘l ekotizimlaridagi indikatorlik ahamiyati va muhofaza qilish yo‘nalishlari tahlil qilindi. Ishning maqsadi Ustyurt hududida kapalaklar xilma- xilligini o‘rganishning dolzarbligini asoslash hamda monitoring uchun metodik yondashuvni taklif qilishdan iborat. Tadqiqot usuli sifatida marshrutli kuzatuv, vizual hisob, entomologik tutqich, fotoqayd, GPS-belgilash va adabiyotlar tahlili asos qilib olindi. So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Ustyurt platosida 2025-yil mart–aprel dala kuzatuvlari davomida 17 ga yaqin Lepidoptera turi qayd etilgan, ulardan bittasi O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob tur sifatida ko‘rsatilgan [1]. Natijalar Ustyurt kapalaklari faunasi arid landshaftlarga moslashgan, ammo yaylov bosimi, yo‘l-infratuzilma, yorug‘lik ifloslanishi va iqlimiy qurg‘oqlashuv ta‘siriga sezgir ekanini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida hududda uzoq muddatli fenologik monitoring, ozuqa o‘simliklarini kartalashtirish va noyob turlarni alohida muhofaza qilish zarurligi asoslandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya