AMUDARYO VA KOLLEKTOR SUVLARINING DINAMIKASI
qizi Jumabaeva Aygul BaxtibayQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 70–72
Annotatsiya
Ushbu maqolada Amudaryo suvlari va irrigatsiya tizimiga tegishli kollektor-drenaj suvlarining gidrologik hamda gidrokimyoviy dinamikasi tahlil qilinadi. Suv sarfi, mineralizatsiya darajasi va antropogen yuklamalar o‘zgarishi asosida suv resurslarining hozirgi holati baholanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyati va sug‘orish tizimlarining suv sifatiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaДИНАМИКА ВОД АМУДАРЬИ И КОЛЛЕКТОРОВ
В настоящей статье анализируется гидрологическая и гидрохимическая динамика вод Амударьи и коллекторно-дренажных вод, относящихся к ирригационной системе. На основе изменений водного расхода, степени минерализации и антропогенных нагрузок оценивается современное состояние водных ресурсов. Также рассматривается влияние сельскохозяйственной деятельности и оросительных систем на качество воды.
inglizchaDYNAMICS OF THE AMU DARYA AND COLLECTOR WATERS
This article analyses the hydrological and hydrochemical dynamics of the waters of the Amudarya and of the collector-drainage waters belonging to the irrigation system. The current state of water resources is assessed on the basis of changes in water discharge, the level of mineralization and anthropogenic loads. The impact of agricultural activity and of irrigation systems on water quality is also examined.
Kalit so‘zlar
- Amudaryo
- kollektor suvlar
- gidrologik rejim
- mineralizatsiya
- drenaj tizimi
- antropogen omillar
- suv sifati
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AMUDARYO VA KOLLEKTOR SUVLARINING DINAMIKASI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1020 Jumabaeva Aygul Baxtibay qizi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ekologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Amudaryo suvlari va irrigatsiya tizimiga tegishli kollektor-drenaj suvlarining gidrologik hamda gidrokimyoviy dinamikasi tahlil qilinadi. Suv sarfi, mineralizatsiya darajasi va antropogen yuklamalar o‘zgarishi asosida suv resurslarining hozirgi holati baholanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyati va sug‘orish tizimlarining suv sifatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Amudaryo, kollektor suvlar, gidrologik rejim, mineralizatsiya, drenaj tizimi, antropogen omillar, suv sifati.
Suv – dunyodagi bebaho, tugamaydigan tabiiy resurslardan biridir. Suvsiz tirikchilik yo’q, suv iqlimni shakllantiradi. Markaziy Osiyoning eng yirik suv manbalaridan biri bo‘lgan Amudaryo havzasi mintaqaning ekologik barqarorligida muhim o‘rin tutadi. So‘nggi o‘n yilliklarda suv resurslarining kamayishi, sug‘oriladigan yerlar maydonining kengayishi va iqlim o‘zgarishi daryoning gidrologik rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, kollektor-drenaj tizimlari orqali qaytuvchi suvlar daryo havzasining gidrokimyoviy holatini yanada murakkablashtirmoqda. Tadqiqot maqsadi Amudaryo va kollektor suvlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish hamda suv sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash. Amudaryo suv sarfi yil davomida sezilarli tebranishlarga ega. Bahor va yoz oylarida qor va muzliklarning erishi hisobiga suv oqimi oshadi, kuz va qish faslida esa keskin kamayadi. So‘nggi yillarda umumiy suv sarfining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, bu esa suvni boshqarish tizimidagi antropogen bosim bilan bog‘liq. Kollektor suvlar asosan sug‘oriladigan maydonlardan qaytuvchi, tuz va mineral moddalarga boy bo‘lgan oqova suvlardir. Amudaryo kollektor suvlarining sifatini o’rganishimiz natijasida quyidagilarni aniqladik. Amudaryo suvining dinamikasi va sifati bo’yicha ko’p yillik malumotlar 1-jadvalda keltirilgan. Amudaryo suvining mineralizatsiyasi Chatli gidroposti malumoti bo’yicha 1950-60 yillari-0,553 mg/l, 1985-1990 yillari-1131 mg/l ga ko’tarilgan, 1997-2010 yillari -1250 mg/l ga etgan. Daryo suvining mineralizatsiyasin yil davomida tekshirganimizda mart va aprel oylarida 2000-2200 mg/l etadi. 1-jadval. Amudaryo va kanallardagi suvlarning GOST ga mosligi Tah’lillarning GOST ga, %, Ko’zatish obekti umumiy soni mosligi mosligi Suv tanqisligi yillari (2011 y) Amudaryo 30 10 33,4 Xo’jaliklar aro 30 8 26 kanallar İshki xo’jaliklar aro 30 6 20 kanallar Suv ko’p yillari (2009 y) Amudaryo 26 21 81,0
Xo’jaliklar aro 26 18 69,0 kanallar İshki xo’jaliklar aro 26 17 65,6 kanallar
1-jadvalda Amudaryo va kanallardagi suvning GOST-ga mosligi ko’rsatilgan. Bu malumot bo’yicha suv tanqisligi yillari Amudaryo suvining GOST ga mosligi 20,1-33,4 % bo’ldi. Xulosa qilib aytish mumkin Amudaryo suvi suv tanqisligi yillari GOST talablarga asosan javob bermaydi. Shu tufayli suv tanqisligiga va tuproqning shurlanishiga chidamli yangi g’o’za va kuzgi bug’doy navlarini ekish va suv tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq keladi.
2-jadval. Amudaryodan oqadigan kanallar va kollektorlar suvining sifati № Ko’rsatkichlar PN SAR Mg S1+0,5 SO4 ђ Foydalanish chegarasi 60 18 50 3-15 1,0 . Kanal suvlari 2 Yoz oylari 2,4 0,06-3,0 30-56 9-12 1,0-1,10 . Qish oylari 6,0 0,5-2,0 51-60 12-28 1D-1,7 Kollektor suvlari 3 Yoz oylari 27-51 1-8 35-80 23-41 2,3-6,0 . Qish oylari 22-61 2-13 5075 50-98 14,8-8,0
2-jadval malumoti bo’yicha kollektor suvida PDK Mg va CL+0,5 SO4 ko’payib bormoqda va deh’qonchilikga foydalanish h’avfli bo’lishidan malumot beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Amudaryo suv resurslari tabiiy omillar bilan birga kuchli antropogen bosim ostida shakllanmoqda. Kollektor suvlarining daryoga qaytishi suv sifatining yomonlashishiga va ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu holat Orolbo‘yi mintaqasida ekologik xavf darajasini yanada oshiradi. Amudaryo kanallari va kollektor suvining sifatini malumotlar bo’yicha aniqladik. PN-daryo suvidagi Na miqdori, SAR-Na-koefitsenti, Mg-Sabolch va Daroba koeffitsienti, Cl+0,5 SO4-suvning potentsial tuzligi, OKN-natriy karbonati, M-suvning umumiy mineralizatsiyasi. Olingan malumotlar bo’yicha Amudaryo suvining sifati deh’qonchilikni sug’orishga va erlardan shur yuvishga ishlatilsa bo’ladi. Suv tanqisligi yillari daryo suvida Mg ko’payib boradi. Yuqoridagi olingan natijalardan xulosa qilib, Amudaryo tumanidagi foydalaniladigan suvlarni kollektor suvlari bilan sug’orishda daryo suvidan qo’shib foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, va tuproq resurslari , o'simlik dunyosiga ta’siri kamayadi. Amudaryo va kollektor suvlarining dinamikasi murakkab gidrologik va gidrokimyoviy jarayonlar bilan tavsiflanadi. Suv sarfining kamayishi va kollektor suvlarining ortishi mintaqada ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli suv resurslarini kompleks boshqarish, zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish zarur hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muxofaza qilish. Toshkent “yangi asr avlodi” 2005 y.
- Константинова Л. Г., Курбанов А. Б., Атаназаров К. М. Качество питьевой воды, состояние здоровья населения и прогноз заболеваемости населения Республики Каракалпакстан //Экологические факторы и здоровье матери и ребенка в регионе Аральского кризиса: Материалы Междунар. семинара. -Нукус: Фан, 2001. -С. 87-95.
- Otaboyev S. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O‘qituvchi . 1995. 307 b.
- To‘xtayev A, Xamidov A, Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. O‘qituvchi .1994.
- Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O‘qituvchi. 1994.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012193
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1020
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 70–72
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06