Asosiy mazmunga o‘tish

SULTON UVAYS TOG‘I VA UNING ATROFINING ORNITOFAUNASI

Ametov Ya.I., Nurimov B.J.Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 42–45

Annotatsiya

Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy qismida joylashgan Sulton Uvays tog‘i va uning atrofi ornitofaunasining tarkibi, ekologik guruhlari hamda muhofaza ahamiyati yoritildi. Tadqiqotning maqsadi hududda uchraydigan qushlar xilma-xilligini zamonaviy ornitologik kuzatuvlar va adabiyot ma‘lumotlari asosida umumlashtirishdan iborat. Ishda marshrut-transekt, nuqtaviy hisob, fenologik kuzatish va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. So‘nggi kuzatuvlar hududda 78 tur, 9 turkum va 22 oilaga mansub qushlar uchrashini, mavsumiy ko‘chib yuruvchi turlar ulushi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa Passeriformes va Falconiformes vakillari dominant bo‘lib, ular tog‘-cho‘l landshaftlari, qoyali yonbag‘irlar, saksovul-butazorlar va Amudaryo vodiysi bilan bog‘liq biotoplarda tarqalgan. Tezisda shamol energetikasi loyihalari, yaylov bosimi va yashash joylarining transformatsiyasi fonida noyob turlar monitoringini kuchaytirish zarurligi asoslandi.

Boshqa tillarda

ruschaОРНИТОФАУНА ГОРЫ СУЛТАН УВАЙС И ЕЁ ОКРЕСТНОСТЕЙ

В настоящих тезисах освещены состав, экологические группы и природоохранное значение орнитофауны горы Султан-Увайс и её окрестностей, расположенных в южной части Республики Каракалпакстан. Цель исследования — обобщить разнообразие птиц, встречающихся на данной территории, на основе современных орнитологических наблюдений и литературных данных. В работе использованы методы маршрутно-трансектного и точечного учёта, фенологических наблюдений и сравнительного анализа. Последние наблюдения показывают, что на территории встречаются птицы 78 видов, относящихся к 9 отрядам и 22 семействам, при этом доля сезонно мигрирующих видов высока. Особенно доминируют представители Passeriformes и Falconiformes, распространённые в биотопах, связанных с горно-пустынными ландшафтами, скалистыми склонами, саксаулово-кустарниковыми зарослями и долиной Амударьи. В тезисах обоснована необходимость усиления мониторинга редких видов на фоне проектов ветроэнергетики, пастбищной нагрузки и трансформации местообитаний.

inglizchaTHE ORNITHOFAUNA OF SULTAN UVAYS MOUNTAIN AND ITS SURROUNDINGS

This thesis examines the composition, ecological groups and conservation significance of the ornithofauna of Sulton Uvays Mountain and its surroundings, located in the southern part of the Republic of Karakalpakstan. The aim of the study is to summarize the diversity of birds occurring in the area on the basis of modern ornithological observations and literature data. Route-transect, point-count, phenological observation and comparative analysis methods were used in the work. Recent observations show that 78 species belonging to 9 orders and 22 families occur in the territory, and that the proportion of seasonally migrating species is high. Representatives of Passeriformes and Falconiformes are particularly dominant; they are distributed in biotopes associated with mountain-desert landscapes, rocky slopes, saxaul and shrub thickets and the Amudarya valley. The thesis substantiates the need to strengthen the monitoring of rare species against the background of wind energy projects, pasture pressure and the transformation of habitats.

Kalit so‘zlar

  • Sulton Uvays tog‘i
  • Qoraqalpog‘iston
  • ornitofauna
  • migratsiya
  • bioindikator
  • muhofaza

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SULTON UVAYS TOG‘I VA UNING ATROFINING ORNITOFAUNASI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1011 Ametov Ya.I., Nurimov B.J. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston E-mail: nurimovberik29@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy qismida joylashgan Sulton Uvays tog‘i va uning atrofi ornitofaunasining tarkibi, ekologik guruhlari hamda muhofaza ahamiyati yoritildi. Tadqiqotning maqsadi hududda uchraydigan qushlar xilma-xilligini zamonaviy ornitologik kuzatuvlar va adabiyot ma’lumotlari asosida umumlashtirishdan iborat. Ishda marshrut-transekt, nuqtaviy hisob, fenologik kuzatish va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. So‘nggi kuzatuvlar hududda 78 tur, 9 turkum va 22 oilaga mansub qushlar uchrashini, mavsumiy ko‘chib yuruvchi turlar ulushi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa Passeriformes va Falconiformes vakillari dominant bo‘lib, ular tog‘-cho‘l landshaftlari, qoyali yonbag‘irlar, saksovul-butazorlar va Amudaryo vodiysi bilan bog‘liq biotoplarda tarqalgan. Tezisda shamol energetikasi loyihalari, yaylov bosimi va yashash joylarining transformatsiyasi fonida noyob turlar monitoringini kuchaytirish zarurligi asoslandi. Kalit so‘zlar: Sulton Uvays tog‘i, Qoraqalpog‘iston, ornitofauna, migratsiya, bioindikator, muhofaza. KIRISH Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy landshaftlarining xilma-xilligi — Ustyurt platosi, Qizilqum cho‘li, Amudaryo vodiysi, Orolbo‘yi tekisliklari va past tog‘tizmalari — qushlar faunasining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Sulton Uvays tog‘i yoki Sultanuizdag tizmasi Nukus shahridan taxminan 120–150 km janubda, Amudaryoning o‘ng sohiliga yaqin hududda joylashgan bo‘lib, tog‘-cho‘l ekotizimlari bilan daryo vodiysi landshaftlari tutashgan ekologik chegarani hosil qiladi [1]. Mazkur hududning tabiiy sharoiti keskin kontinental iqlim, yillik yog‘in miqdorining kamligi, qoyali yonbag‘irlar, jarliklar, saksovul-butazorlar va ochiq cho‘l maydonlari bilan tavsiflanadi [1, 2]. Mavzuning dolzarbligi bir necha omillar bilan belgilanadi. Birinchidan, Sulton Uvays tog‘i janubiy Orolbo‘yi qushlarining ko‘payish, qishlash va mavsumiy migratsiya yo‘llarida oraliq yashash joyi sifatida xizmat qiladi. Ikkinchidan, hududda shamol energetikasi loyihalarining rejalashtirilishi qushlarning parvoz yo‘nalishlari, balandligi va to‘qnashuv xavfi bo‘yicha alohida ilmiy monitoring talab qiladi [1]. Uchinchidan, Amudaryo quyi oqimidagi tugay va cho‘l ekotizimlarining qisqarishi fonida tog‘atrofi biotoplari ayrim turlar uchun boshpana vazifasini bajarmoqda [3]. Shu bois Sulton Uvays tog‘i ornitofaunasini o‘rganish nafaqat faunistik inventarizatsiya, balki bioxilma-xillikni saqlash va ekologik rejalashtirish uchun ham amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi Sulton Uvays tog‘i va uning atrofi qushlar faunasining tur tarkibi, mavsumiy dinamikasi, ekologik guruhlari hamda muhofazaga muhtoj turlarini ilmiy asosda tahlil qilishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR Tezisni tayyorlashda 2021–2022-yillarda Sulton Uvays tog‘i va uning atrofi bo‘yicha e’lon qilingan ornitologik kuzatuv natijalari, Qoraqalpog‘iston qushlari haqidagi klassik manbalar, O‘zbekiston Qizil kitobi va xalqaro ro‘yxatlar ma’lumotlari qiyosiy tahlil qilindi [1, 4, 5, 6]. Dala kuzatuvlari uchun odatda marshrut-transekt va nuqtaviy hisob metodlari qo‘llanadi; bunda har bir

kuzatuv nuqtasida qushlarning turi, soni, uchish balandligi, yo‘nalishi, biotopi va mavsumiy holati qayd etiladi [7]. Amaliy kuzatuvlarda Baigish 15×50 durbini (Kazan optika-mexanika zavodi, Rossiya), Nikon Coolpix P1000 fotokamerasi (Nikon Corporation, Tokyo, Yaponiya), GPS-qabul qilgich, kompas va dala kundaligidan foydalanish maqsadga muvofiq. Qushlarni aniqlashda “Birds of Central Asia”, “Bird Guide” hamda Clements/eBird taksonomik ro‘yxati asos bo‘lib xizmat qiladi [1, 8]. Olingan ma’lumotlar turkumlar, oilalar, doimiy yashovchi, uya qiluvchi, ko‘chib o‘tuvchi va qishlovchi guruhlar bo‘yicha jadvalga kiritilib, foiz ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Natijalar matn, jadval va diagramma shaklida taqdim etildi. Natijalar va muhokama Mavjud ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sulton Uvays tog‘i va uning atrofida 78 turga mansub qushlar qayd etilgan; ular 9 turkum va 22 oilani tashkil etadi [1]. Hududda migratsion turlar ulushi 65,39%, uya qiluvchi turlar 44,87%, doimiy yashovchi turlar 23,08%, qishlovchi turlar esa 14,10% ni tashkil qilishi ko‘rsatilgan [1]. Bu ko‘rsatkichlar tog‘tizmasining faqat lokal yashash joyi emas, balki mavsumiy migratsiya davrida ham ekologik yo‘lak vazifasini bajarishini tasdiqlaydi. 1-jadval. Sulton Uvays tog‘i ornitofaunasining asosiy ko‘rsatkichlari [1] Ko‘rsatkich Miqdor Ulushi / izoh Ekologik talqin Tog‘-cho‘l va daryo Qayd etilgan turlar 78 tur 9 turkum, 22 oila vodiysi tutashgan hudud uchun yuqori xilma-xillik Bahor va kuz Ko‘chib o‘tuvchi turlar 51 tur 65,39% migratsiyasida hududning tranzit ahamiyati kuchli Qoyalar, jarliklar va Uya qiluvchi turlar 35 tur 44,87% butazorlar uya joyi bo‘lib xizmat qiladi Cho‘l va past tog‘Doimiy yashovchi turlar 18 tur 23,08% sharoitiga moslashgan rezident kompleks Qish mavsumida ozuqa va Qishlovchi turlar 11 tur 14,10% boshpana omillari hal qiluvchi Turkumlar kesimida Passeriformes vakillari mutlaq ustunlik qiladi: 54 tur yoki 69,24%. Ikkinchi o‘rinda Falconiformes — 13 tur yoki 16,67% turadi. Qolgan turkumlar nisbatan kam sonli bo‘lsa-da, ularning mavjudligi biotoplar xilma-xilligini ifodalaydi. Ayniqsa yirtqich qushlarning ulushi Sulton Uvays tog‘ining qoyali landshaftlari, ochiq cho‘l maydonlari va termik havo oqimlari bilan bog‘liq ekologik qulayliklarini ko‘rsatadi [1].

1-diagramma. Turkumlar bo‘yicha turlar sonining taqsimlanishi

Dominant guruhlar ichida cho‘l va ochiq landshaftlarga moslashgan to‘rg‘aylar, chumchuqsimonlar, qarg‘asimonlar hamda baland parvoz qiluvchi yirtqich qushlar alohida o‘rin tutadi. Kuzatuvlarda short-toed lark (Calandrella brachydactyla), lesser short-toed lark (Alaudala rufescens), Indian sparrow (Passer indicus), isabelline wheatear (Oenanthe isabellina), common crane (Grus grus), crested lark (Galerida cristata), black-bellied sandgrouse (Pterocles orientalis) kabi turlar son jihatdan sezilarli qayd etilgan [1]. Bu turlar majmuasi hududda ochiq, quruq, ozuqa resurslari mavsumiy o‘zgaradigan landshaftlar ustun ekanini bildiradi. Sulton Uvays tog‘i va atrofi uchun eng muhim ilmiy jihatlardan biri — noyob va muhofazaga muhtoj turlar uchrashidir. Tadqiqotlarda Steppe Eagle (Aquila nipalensis), Short-toed Eagle (Circaetus gallicus), Golden Eagle (Aquila chrysaetos), White-tailed Eagle (Haliaeetus albicilla) va European Turtle Dove (Streptopelia turtur) O‘zbekiston Qizil kitobi bilan bog‘liq muhim turlar sifatida ko‘rsatilgan [1, 5]. IUCN ro‘yxatiga ko‘ra, Aquila nipalensis xavf ostidagi [EN], Streptopelia turtur esa zaif [VU] maqomiga ega [6]. Ayniqsa Golden Eagle uyasining qayd etilishi tog‘tizmasining reproduktiv yashash joyi sifatidagi ahamiyatini oshiradi [1]. Natijalarni ekologik kontekstda baholaganda, Sulton Uvays tog‘i qushlar uchun uch xil asosiy vazifani bajaradi: birinchidan, qoyali yonbag‘irlar yirtqich va ayrim uya qiluvchi turlar uchun xavfsiz maskan bo‘ladi; ikkinchidan, saksovul-butazor va ochiq cho‘l maydonlari ozuqa izlash hududi hisoblanadi; uchinchidan, Amudaryo vodiysi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati bilan yaqinligi tufayli suvbo‘yi-tugay kompleksidan keluvchi turlar uchun mavsumiy aloqa nuqtasini hosil qiladi [2, 3]. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, Quyi Amudaryo biosfera rezervati Markaziy Osiyodagi yirik tabiiy tugay maydonlaridan birini saqlaydi, bu esa hududning umumiy ornitologik qiymatini yanada oshiradi [3]. Shu bilan birga, hududda antropogen omillar ta’siri kuchaymoqda. Yaylovlardan intensiv foydalanish, transport yo‘llari, elektr uzatish tarmoqlari va shamol energetikasi obyektlari qushlarning uya qilish joylari, migratsion yo‘nalishlari hamda parvoz balandligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlarda mayda chumchuqsimonlarning parvoz balandligi odatda 1–20 m, kichik yirtqich qushlar va shrikelar 20–50 m, yirik Accipitridae vakillari esa 100–200 m oralig‘ida parvoz qilishi ko‘rsatilgan [1]. Bunday ma’lumotlar shamol turbinalari va elektr tarmoqlarini loyihalashda ekologik xavfni kamaytirish uchun zarur ilmiy asos hisoblanadi. Mavsumiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, bahorda 45 tur, yozda 40 tur, kuzda 48 tur va qishda 38 tur qayd etilishi hududda yil davomida nisbatan barqaror ornitologik kompleks mavjudligini ko‘rsatadi [1]. Bahor va kuzda turlar sonining ortishi migratsion to‘lqinlar bilan bog‘liq bo‘lsa, qish mavsumidagi 38 tur cho‘l va tog‘sharoitiga moslashgan rezident hamda qishlovchi guruhlarning ahamiyatini bildiradi. Bu holat Sulton Uvays tog‘ini faqat mavsumiy uchib o‘tish punkti emas, balki yil davomida monitoring olib borilishi zarur bo‘lgan hudud sifatida baholashga imkon beradi. 2-jadval. Hududdagi asosiy ekologik xavflar va tavsiya etiladigan choralar Qushlarga mumkin bo‘lgan Xavf omili Tavsiya etiladigan ilmiy-amaliy chora ta’sir Yirik yirtqich qushlar va Qurilishdan oldin 4 mavsumli ornitologik Shamol turbinalari va elektr tarmoqlari migratsion turlarda to‘qnashuv monitoring va parvoz yo‘laklarini xaritalash xavfi Uya joylarining buzilishi, ozuqa Uyalash davrida muhim qoyali maydonlarda Yaylov bosimi va bezovtalik bazasining qisqarishi antropogen bosimni cheklash Saksovul-butazorlarni tiklash va mahalliy Mayda chumchuqsimonlar va cho‘l Cho‘l-butazorlarning degradatsiyasi aholi bilan ekologik nazoratni yo‘lga turlarining yashash joyi torayishi qo‘yish

Hududning ornitologik qiymatini oshiruvchi yana bir jihat — u Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Amudaryo vodiysi va Qizilqum cho‘li oralig‘ida joylashgan ekologik tugun vazifasini bajarishidir. Biosfera rezervati hududida 243 turdan ortiq qushlar, jumladan migratsion turlar qayd etilgani haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud [2]. Shuning uchun Sulton Uvays tog‘i atrofidagi kuzatuvlarni Quyi Amudaryo, Baday-to‘qay va cho‘l massivlari bilan yagona landshaft-monitoring tizimida olib borish maqsadga muvofiq. Tezisning ilmiy yangiligi shundaki, Sulton Uvays tog‘i ornitofaunasi faqat alohida turlar ro‘yxati sifatida emas, balki cho‘l, past tog‘va tugay ekotizimlarini bog‘lovchi bioindikatsion kompleks sifatida talqin qilindi. Amaliy ahamiyati esa shamol energetikasi, ekoturizm va muhofaza qilinadigan hududlar atrofidagi xo‘jalik faoliyatini ekologik rejalashtirishda qushlar monitoringi ma’lumotlaridan foydalanish zarurligini asoslashdan iborat. XULOSA Sulton Uvays tog‘i va uning atrofi Qoraqalpog‘istonning eng muhim past tog‘-cho‘l ornitologik hududlaridan biri bo‘lib, unda 78 turga mansub qushlarning qayd etilishi hududning bioxilma-xillik nuqtayi nazaridan katta qiymatga ega ekanini ko‘rsatadi. Passeriformes va Falconiformes vakillarining ustunligi landshaftning ochiq cho‘l, qoyali tog‘va butazor biotoplari bilan bog‘liq. Ko‘chib o‘tuvchi turlar ulushining yuqoriligi Sulton Uvays tog‘ini bahor-kuz migratsiyasi davrida ekologik yo‘lak sifatida baholash imkonini beradi. O‘zbekiston Qizil kitobi va IUCN ro‘yxatidagi yirtqich qushlar hamda European Turtle Dove kabi turlarning uchrashi hududda muntazam monitoring, uya joylarini muhofaza qilish, shamol energetikasi loyihalaridan oldin majburiy ornitologik ekspertiza o‘tkazish va mahalliy aholi ishtirokida kuzatuv tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini asoslaydi. Umuman, Sulton Uvays tog‘i ornitofaunasini o‘rganish Orolbo‘yi ekologik barqarorligini ta’minlash, bioindikatsiya va tabiatni muhofaza qilish amaliyotlari uchun dolzarb ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Ametov Ya., Nurimov B., Turdibaev K., Jumanov M., Juginisov T., Ametova N. va boshq. Wind power station and birds of the Sultan-Uvays mountain range (Karakalpakstan). AIP Conference Proceedings, 3331, 040067, 2025.
  2. Gov.uz. The Lower Amu Darya State Biosphere Reserve. National Committee on Ecology and Climate Change of the Republic of Uzbekistan, 2025.
  3. UNESCO Man and the Biosphere Programme. Lower Amudarya State Biosphere Reserve, Uzbekistan. UNESCO MAB profile, 2021.
  4. Abdreimov T. Birds of tugai and adjacent deserts of the lower reaches of the Amu Darya. Tashkent, 1981. 108 p.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. Hayvonlar. II jild. Toshkent: Chinor ENK, 2019. 215 b.
  6. IUCN Red List of Threatened Species. Version 2024-1 / current online database.
  7. Sutherland W.J. Ecological Census Techniques: A Handbook. Cambridge University Press, 2006. 432 p.
  8. Ryabitsev V.K., Abdulnazarov A.G., Belyalov O.V. va boshq. Birds of Central Asia. Volume
  9. Moscow–Ekaterinburg, 2019. 398 p.
  10. Ametov M. Birds of Karakalpakstan and their protection. Nukus: Karakalpakstan, 1981. 138 p.
  11. Ametov Ya.I. Biodiversity of birds of Karakalpakstan and their protection: fauna, ecology, protection. Doctor of Biological Sciences abstract. Tashkent, 2019. 58 p.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012184
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1011
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
42–45
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06