JANUBIY OROLBO‘YIDAGI MAYDA SU‘TEMIZUVCHILARNING TARQALISH DINAMIKASI VA ULARGA TASIR KO‘RSATUVCHI EKOLOGIK OMILLAR
Zinatdinovna Alimova Sarbinazb.f.f.d (PhD), QMU2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 55–57
Annotatsiya
Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yidagi mayda sut emizuvchilarning tarqalishi, ularga xarakteristika, ularning populyatsiyasidagi o‘zgarishlar va Kemiruvchilarning ayrim turlarining antropogen tasirlarga bo‘lgan munosabati va qishloq xo‘jaligi landshaftiga moslashishi, mezofil va kserofil hududlardagi turlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Jumladan mezofil tur hisoblangan Ondatra Zibethica haqida ma‘lumotlar kengroq yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaДИНАМИКА РАСПРОСТРАНЕНИЯ МЕЛКИХ МЛЕКОПИТАЮЩИХ ЮЖНОГО ПРИАРАЛЬЯ И ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА НИХ
В настоящей статье приведены сведения о распространении мелких млекопитающих Южного Приаралья, их характеристике, об изменениях в их популяциях, а также об отношении отдельных видов грызунов к антропогенным воздействиям и их приспособлении к сельскохозяйственному ландшафту, о видах мезофильных и ксерофильных территорий. В частности, более подробно освещены сведения о мезофильном виде Ondatra zibethica.
inglizchaDISTRIBUTION DYNAMICS OF SMALL MAMMALS IN THE SOUTHERN ARAL SEA REGION AND THE ECOLOGICAL FACTORS AFFECTING THEM
This article presents data on the distribution of small mammals in the Southern Aral Sea region, their characteristics, the changes in their populations, the response of certain rodent species to anthropogenic impacts and their adaptation to the agricultural landscape, as well as on the species of mesophilic and xerophilic areas. In particular, information on Ondatra zibethica, which is regarded as a mesophilic species, is covered in greater detail.
Kalit so‘zlar
- Janubiy Orolbo‘yi
- kemiruvchilar
- dinamika
- jamoalar
- mayda sutemizuvchilar
- birinchi darajali mahsulotlarni o‘zlashtirish
- urug‘larni tashish
- yer kovlash
- sonlarning yuqori o‘zgaruvchanligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
JANUBIY OROLBO‘YIDAGI MAYDA SU’TEMIZUVCHILARNING TARQALISH DINAMIKASI VA ULARGA TASIR KO‘RSATUVCHI EKOLOGIK OMILLAR DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1016 Alimova Sarbinaz Zinatdinovna b.f.f.d (PhD), QMU E-mail: Sarbinaz04091991@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yidagi mayda sut emizuvchilarning tarqalishi, ularga xarakteristika, ularning populyatsiyasidagi o‘zgarishlar va Kemiruvchilarning ayrim turlarining antropogen tasirlarga bo‘lgan munosabati va qishloq xo‘jaligi landshaftiga moslashishi, mezofil va kserofil hududlardagi turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan mezofil tur hisoblangan Ondatra Zibethica haqida ma’lumotlar kengroq yoritilgan. Kalit so‘zlar: Janubiy Orolbo‘yi, kemiruvchilar, dinamika, jamoalar, mayda sutemizuvchilar, Ondatra Zibethica.
Hayvonlar son dinamikasini o‘rganish populyatsion ekologiyaning muhim yo‘nalishlarining biri bo‘lib, tabiiy va antropogen omillarning hayvonlar soniga ta’sirini aniqlash, noyob va yo‘qolish xavfi ostidagi turlarni himoya qilish, ekotizimdagi muvozanatni tushunish, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlashda zararkunandalarni boshqarish va tartibga solishdan iborat. Mayda sutemizuvchilar — taksonomik jihatdan umumlashgan hayvonlar guruhi bo‘lib, sichqonsimon kemiruvchilar va mayda hasharotxo‘rlarni o‘z ichiga oladi va jamoalar dinamikasiga muhim biotsenoz komponenti sifatida sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. (jumladan, birinchi darajali mahsulotlarni o‘zlashtirish, urug‘larni tashish, er kovlash, umurtqasizlar funktsional guruhlarini chiqarib tashlash faoliyati va hokazolardir). Bundan tashqari, sonlarning yuqori darajada o‘zgaruvchanligi, turlarining xilma-xilligi va statsion taqsimlanishi jarayonida tanlov xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli, ular o‘simliklarning ketma - ketlikdagi o‘zgarishlari hamda biotsenozlarning tashqi buzilishlarini ko‘rsatuvchi indikatori sifatida xizmat qiladigan qulay model ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi [1, 2]. Mayda sut emizuvchilar – tana hajmi kichik, lekin biologik xilma-xilligi juda yo‘qori bo‘lgan hayvonlar guruhi bo‘lib, ular turli muhitlarga moslashgan. Ular ekologik zanjirda muhim o‘rin egallaydi ayniqsa tuproq unumdorligini saqlash, hashorotlar sonini tartibga solish va yirtqichlar uchun oziq bo‘lishda. Janubiy Orolbo‘yi kemiruvchilar faunasi 6 oilaga, 21 avlodga mansuv 28 turdan iborat. Mayda sutemizuvchilarning keng tarqalganligi, ularning o‘simliklarga, relyefga, tuproq hosil bo‘lish jarayonlariga ta’siri, yirtqich hayvonlar va qushlarning trofik zanjirlarida ishtiroki, shuningdek, ularning yuqori soni ushbu guruhning ekotizimlardagi biologik aylanishlarda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Ayrim turlar esa g‘allachilik xo‘jaligiga va ba’zi daraxt turlarining tabiiy qayta tiklanishiga sezilarli zarar yetkazadi. Mayda sutemizuvchilar va ularning ektoparazitlari tabiiy infeksiya o‘choqlarini saqlashdagi roli bilan e’tiborni tortadi [3, 4, 5]. Shunga qaramay, mayda sut emizuvchilar populyatsiyasidagi o‘zgarishlarni o‘simlik qoplamining ketma ketlik (suksessiya) o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq holda ishlangan taqdiqotlar kam uchraydi. Aksariyat hollarda, bunday tadqiqotlar faqat bir necha bosqichlarni, ko‘pincha ikkinchi darajali suktsessiyani tahlil qilish bilan cheklanadi.
Landshaftning antropogen transformatsiyasi turli xil kemiruvchi turlarining yashash sharoitlarini tubdan o‘zgartiradi. Mikroiqlim, mavjud ozuqa zaxiralari, shuningdek, boshpanalarini yaratish imkoniyatlari o‘zgaradi. Eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish shakllari o‘simlik qoplamini yo‘qotish va tuproqning ochilishiga olib keluvchi faoliyatdir [6]. Sichqonsimon kemiruvchilarning ozuqa qidirish faoliyati ularning organik massani qayta ishlashi va qayta taqsimlanishi, uni ovqat hazm qilish tizimi mikrob kompleksi bilan boyitishi orqali o‘simlik qoldiqlarining yig‘ilishi va minerallashuvi jarayonlarini tezlashtiradi, shuningdek, o‘simlik qoplamining tuzilishiga intensiv va tanlab iste’mol qilishi orqali ham ta’sir qiladi [7]. Er kovlash faoliyati esa tuproqning yuqori qatlamlarini aralashtirish va yumshatishga yordam beradi, bu o‘z navbatida tuproqning gidrotermik va fizik xususiyatlarini o‘zgartirib, tuproqdagi biologik jarayonlarning intensivligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [7]. Mayda sutemizuvchilar populyatsiyalari dinamikasi endogen va ekzogen omillarning yig‘ma ta’siri ostida shakllanadi hamda murakkab mavsumiy va ko‘p yillik tebranishlar xususiyatiga ega [6]. Kemiruvchilarning ayrim turlarining antropogen tasirlarga bo‘lgan munosabatiga va qishloq xo‘jaligi landshaftiga moslashishiga qarab ularni ikki guruhga bolish mumkin. Birinchi guruhga immigrantlar yani, to‘qay va suv atrofidagi o‘rmoni kompleksining immigrantlari kiradi; Mus musculus sinantrop tur sifatida, Nesokia indica va Ondatra Zibethica lar kiradi. Ushbu turlar sug‘oriladigan hududlarda barqaror va juda ko‘p sonli populyatsiyalarni moslashgan hududlaridagi yetarli ekologik sharoitlarini hosil qildi. Ondatra (Ondatra Zibethica) 1935-yilda Shimoliy Amerikadan Yevroosiyoga keltirilgan. Qozog‘istonga, xususan, Sirdaryo va Ili havzalariga 571 ondatra keltirilib, qo‘yib yuborilgan. Yangi sharoitlarda ondatraning tabiiy dushmanlari va kasallik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmagani sababli, ularning soni tez o‘sa boshlagan [8]. Ondatra yoki Ondatra Zibethica kemiruvchilar toifasiga kiradi. Tanasining uzunligi 30–40 sm, vazni taxminan 1 kg. Uzun va tangachali dumi mavjud. Orqa oyoqlarida suzish pardalari bor. Tanasi teng tusli bo‘lib, rangi och qizg‘ishdan to‘q jigarranggacha o‘zgaradi [ 8]. Ondatra yarim suvli turmush tarzida asosan daryo, ko‘l, botqoqlik va kanallarning qirg‘oqlarida yashaydi. U sayoz suv havzalarini, qalin o‘simlik qoplamini tanlaydi [9]. U boshpana uchun uya yoki kulbalar quradi. Asosan o‘simliklar, jumladan, qamish, qunchqar, qo‘shni o‘tlar bilan oziqlanadi. Turli biotoplardagi hayvonlar soni A.N. Formozov (1932) va V.S. Smirnov (1964) tomonidan ishlab chiqilgan usullar asosida maxsus belgilangan yoʻnalishlarda (marshrutlarda) tizimli ravishda aniqlanadi. Shunday qilib kemiruvchilarning mezofil turlari populyatsiyasi dinamikasiga tasir ko‘rsatuvchi asosiy ekologik omil Amudaryoning gidrologik rejimi va ozuqa bazasi hisoblanadi. Iqlimning zamonaviy tuproq namlanishi va sho‘rlanishi jarayonlaridagi muhim rolini, shuningdek, so‘nggi paytlarda yer osti suvlari dinamikasiga, tuproq va o‘simlik qoplamasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan iqlim o‘zgarishlarga oid ko‘plab ilmiy ishlar paydo bo‘lganini inobatga olib, Orolbo‘yi hududida iqlim o‘zgarishlarining mavjudligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib borish zarur [10]. Shunday qilib kemiruvchilarning mezofil turlaridan biri hosoblangan Ondatra Zibethica hozirgi vaqtda o‘rganilishni talab qiladigan turlardan hisoblanadi. Chunki mezofil turlar suv muhitining indikatori hisoblanadi. Ularni o‘rganish orqali suv muhitining hozirgi holatini yani gigrorejimning o‘zgarishini ulardagi suvning ko‘p yoki ozligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Бахиев А.Б., Викторов C.B. Природные условия Каракалпакии // Флористические м эколого-геоботанические исследования в Каракалпакии. Т. 1. - Ташкент: Фан, 1987. - С. 4-
- Кузьмина Ж.В., Трёшкин С.Е. Климатические изменения и Перспективы восстановления растительности в Приаралье // Известия Нижневолжского агроуниверситетского комплекса. № 2 (18). - 2010. -С. 10-20.
- Мухачева С.В. Экотоксикологические особенности и структура населения мелких млекопитающих в градиенте техногенного загрязнения среды// Автореф. дис ... канд. биол. наук. – Екатеринбург: ИЭРиЖ УрО РАН. – 1996. – 22 с.
- Майр Э. 1971. Принципы зоологической систематики. М.: 1-454.
- Павлинов И.Я. Концепции систематики и концепции биоразнообразия: проблема взаимодействия // Журн. общ. биол. 2001.- Вып.62, № 4.- С. 362-366.
- Гашев С. Н. Млекопитающие в системе экологического мониторинга (на примере Тюменской области). Тюмень: ТюмГУ, 2000.- 220 с.
- Кузьмина Ж.В., Трешкин С.Е. Прогнозная оценка изменения экосистем при создании крупного коллектора в бассейне Амударьи // Оценка влияния изменения режима вод суши на наземные экосистемы. М.: Наука, 2005. - С. 316-341.
- Реймов Р.Р., Нуратдинов Т., Ширяев В.В. Биология ондатры в водоемах аридных зон: (Распространение, экология и хоз. значение). - Ташкент: Фан, 1989. – 88 с.
- Реймов Р.Р. Млекопитающие Южного Приааралья – Ташкент. ФАН, 1985. – 125с.
- Ивантер Э.В. Популяционная экология мелких млекопитающих Таежного Северо-Запада. -М., Наука. -1975.- 246 с.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012189
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1016
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 55–57
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06