EKISH TEXNOLOGIYASI VA MINERAL O‘G‘ITLAR ME‘YORINING MOSH NAVLARINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA TA‘SIRI.
qizi Abdisolomova Iroda NurmurodiDTadqiqotchi, Janubiy dehqonchilik ITI2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 53–54
Annotatsiya
Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh o‘simligining Durdona va Barqaror navlari o‘suv davri davomiyligiga ekish tizimlari hamda ma‘danli o‘g‘itlar qo‘llash me‘yorlarining ta‘siri ekish oraliqlari kengayishi va ma‘danli o‘g‘itlar me‘yori ortishi natijasida mosh navlarining o‘suv davri 1 kundan 7 kungacha uzayishi aniqlandi. “Durdona” navi nisbatan ertapishar bo‘lib, uning o‘suv davri 89–96 kunni, “Barqaror” navida esa 94–101 kunni tashkil etdi.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ТЕХНОЛОГИИ ПОСЕВА И НОРМ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ НА ПРОДОЛЖИТЕЛЬНОСТЬ ВЕГЕТАЦИОННОГО ПЕРИОДА СОРТОВ МАША
В условиях светлых серозёмов Кашкадарьинской области изучено влияние систем посева и норм применения минеральных удобрений на продолжительность вегетационного периода сортов маша Дурдона и Баркарор; установлено, что в результате расширения междурядий и увеличения норм минеральных удобрений вегетационный период сортов маша удлиняется от 1 до 7 дней. Сорт «Дурдона» является относительно скороспелым, его вегетационный период составил 89–96 дней, а у сорта «Баркарор» — 94–101 день.
inglizchaTHE EFFECT OF SOWING TECHNOLOGY AND MINERAL FERTILIZER RATES ON THE DURATION OF THE GROWING PERIOD OF MUNG BEAN VARIETIES
The influence of sowing systems and mineral fertilizer application rates on the duration of the growing period of the mung bean varieties Durdona and Barqaror under the conditions of the light sierozem soils of Kashkadarya region was studied. It was established that, as a result of the widening of sowing intervals and the increase in mineral fertilizer rates, the growing period of the mung bean varieties was extended by 1 to 7 days. The "Durdona" variety is relatively early-ripening, its growing period amounting to 89–96 days, while in the "Barqaror" variety it amounted to 94–101 days.
Kalit so‘zlar
- mosh
- nav
- Durdona
- Barqaror
- mineral o‘g‘it
- ekish sxemasi
- ko‘chat qalinligi
- o‘suv davri
- fenologik fazalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EKISH TEXNOLOGIYASI VA MINERAL O‘G‘ITLAR ME’YORINING MOSH NAVLARINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA TA’SIRI. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1015 Abdisolomova Iroda Nurmurod qizi Tadqiqotchi, Janubiy dehqonchilik ITI. https://orcid.org/0009-0005-8947-1291 ANNOTATSIYA Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mosh o‘simligining Durdona va Barqaror navlari oʻsuv davri davomiyligiga ekish tizimlari hamda ma’danli oʻgʻitlar qoʻllash me’yorlarining ta’siri ekish oraliqlari kengayishi va ma’danli oʻgʻitlar me’yori ortishi natijasida mosh navlarining oʻsuv davri 1 kundan 7 kungacha uzayishi aniqlandi. “Durdona” navi nisbatan ertapishar boʻlib, uning oʻsuv davri 89–96 kunni, “Barqaror” navida esa 94–101 kunni tashkil etdi. Kalit so‘zlar: mosh, nav, Durdona, Barqaror, mineral o‘g‘it, ekish sxemasi, koʻchat qalinligi, oʻsuv davri, fenologik fazalar. KIRISH Mosh dunyo qishloq xo‘jaligi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dukkakli ekinlardan biri bo‘lib, u oqsil, vitamin va mineral moddalarga boyligi hamda qisqa vegetatsiya davriga ega va tuproq unumdorligini oshiruvchi dukkakli ekin sifatida katta ahamiyatga ega. Mosh ekinining oʻsuv davri davomiyligiga ekish tizimlari va ma’danli oʻgʻitlar me’yorlari muhim ta’sir koʻrsatadi. Ekish oraliqlari oʻsimliklarning yorugʻlik, namlik va ozuqa maydoni bilan ta’minlanish darajasini belgilaydi. Shuningdek, ma’danli oʻgʻitlar, ayniqsa azot, fosfor va kaliy oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanish jarayonlariga sezilarli ta’sir etadi. Azot vegetativ oʻsishni kuchaytirsa, fosfor va kaliy ildiz tizimi hamda generativ organlarning shakllanishini tezlashtiradi. Tadqiqotning maqsadi. Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida mosh ekini hosildorligini va oqsil miqdorini oshirishda maqbul ekish tizimi va ma’danli o‘g‘itlash me’yorlarini ishlab chiqish. Materiallar va uslublar. Dala tajribalari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba dalalarida, och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida o‘tkazildi. Tajriba 18 ta variantdan iborat bo‘lib, 3 takrorlanishda bir yarusda joylashtirildi. Tajribada mosh ekinining Davlat pesstriga kiritilgan “Durdona” va “Barqaror” navlari ekildi. Moshning “Durdona” va “Barqaror” navlari urug‘lari uch xil ekish (60x5; 76x5; 90x5 sm) tizimida uch xil ko‘chat (333,3; 263,2; 222,2 ming tup/ga) qalinligida ekilib, o‘suv davrida maʼdanli o‘g‘itlarning uch xil (N30P45K30; N45P60K45; N60P90K60 kg/ga) meʼyorlari qo‘llanilib o‘rganildi. Mosh yekinida fenologik kuzatuv hamda hisoblash ishlarini olib borishda “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (2007) metodik qo‘llanmasi asosida olib borildi va fenologik kuzatuvlar «Metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur» (1989), natijalarni statistik tahlil qilishda B.A.Dosrexovning “Metodika polevogo opita” (1985) uslubidan foudalanilgan holda ilmiu tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Munozara. Tajribada keltirilgan ma’lumotlardan koʻrish mumkinki, mosh navlarining oʻsuv davri davomiyligiga urugʻekish tizimlari va ma’danli oʻgʻitlar me’yorlari sezilarli ta’sir koʻrsatgan. Tajribada “Durdona” navi nisbatan ertapishar boʻlib, uning oʻsuv davri 89–96 kun oraligʻida qayd etilgan boʻlsa, moshning “Barqaror” navida bu koʻrsatkich 94–101 kunni tashkil etdi. Bu holat “Barqaror” navi biologik jihatdan kechpisharroq ekanligini koʻrsatadi. Har ikki navda ham eng qisqa oʻsuv davri 60×5 sm ekish tizimida ma’danli oʻgʻitlarning N30P45K30 kg/ga me’yorlari bilan
oziqlantirilgan variantda kuzatilib, “Durdona” navida 89 kunni, “Barqaror” navida 94 kunni tashkil qilgani aniqlandi. Shu bilan birga mosh navlari ekish oraliqlari kengayib, koʻchat qalinligi 333,3 ming tup/ga dan 222,2 ming tup/gacha kamaygan sari oʻsuv davri 4–7 kunga uzaygani aniqlandi. Xususan, “Durdona” navida 90×5 sm tizimi ekilib, ma’danli oʻgʻitlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari qoʻllanilganida oʻsuv davri 96 kunga yetgan boʻlsa, “Barqaror” navida shu variantda 101 kungacha choʻzilgan. Bu esa siyrak joylashgan oʻsimliklarda ozuqa maydoni kengayishi hisobiga vegetativ oʻsish faollashib, rivojlanish fazalari uzayishini koʻrsatadi.
1-rasm. Mosh o‘simligi o‘suv davriga turli ekish tizimlari hamda ma’danli o‘g‘it me’yorlarining ta’siri. Tadqiqotlarimizda qoʻllanilgan ma’danli oʻgʻitlar me’yorlari oshirilgan sari fenologik fazalarga kechroq oʻtgani kuzatildi. Ya’ni, ma’danli oʻgʻitlar me’yorlari N30P45K30 kg/ga dan N60P90K60 kg/ga gacha oshirilganda oʻsuv davri har ikki navda oʻrtacha 2–3 kunga uzaygan. Bu azot mosh navlarida vegetativ oʻsishni kuchaytirib, generativ fazalar boshlanishini biroz kechiktirishi bilan izohlanadi. Xulosa qilib aytganda, Mosh navlarining oʻsuv davri davomiyligiga ekish tizimlari va ma’danli oʻgʻitlar me’yorlari sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Ekish oraliqlari kengayishi hamda ma’danli oʻgʻitlar me’yorining oshishi natijasida oʻsuv davri 1kundan 7 kungacha uzaydi. “Durdona” navi nisbatan ertapishar, “Barqaror” navi esa kechpishar ekanligi aniqlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Dаlа tаjribаlаrini о’tkаzish uslublаri. О’zРITI, Тоshkеnt 2007 g. 33-61 s.
- Методика Государственного сортоиспытания селскохозяйственных култур. Выпуск второй. Зерновые, крупяные, зернобобовые, кукуруза и кормовые културы. Москва - 1989. Стр.30-38.
- Доспехов Б.А. Методика полевого опыта (с основами статической обработки результатов иследований). – 5-е изд., доп. и перераб. –М.: Агропромиздат, 1985. 253-255 с.
- Аtаbаyеvа X.N, Xudoyqulov J.B O‘simlikshunoslik.T “Fаn vа tеxnologiya”. 2018 yil.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012188
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1015
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 53–54
- ORCID
- qizi Abdisolomova Iroda Nurmurod0009-0005-8947-1291
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06