Asosiy mazmunga o‘tish

XALQ SELEKTSIYASI YO‘LI BILAN ETISHTIRILGAN TUT NAVLARIGA TARIFI

E.B.Jeymuratov Assistent, M.Y.Reymbaeva -kurs student, M.M.Xudaybergenova -kurs studentQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 100–102

Annotatsiya

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri Ipakchilikni yanada rivojlantirish uning oziqa ba‘zasini muttasil mustahkamlashni talab etadi. Tut daraxtini boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta‘siridan saqlashda ihota bazasini va vazifasini bajaradi. Bu xildagi ekilgan tutlarning bargidan ipak qurtiga oziq sifatida qisman foydalanish va mevalaridan urug‘ olinib, ko‘chat etishtirish mumkin. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ihota daraxtlari sizot suvlari sathini pasaytirishga, erning meliortiv holatini yaxshilashga, sho‘rlanish va botqoqlanishga qarshi tut daraxtlarining ahamiyati anchagina kattadir.

Boshqa tillarda

ruschaХАРАКТЕРИСТИКА СОРТОВ ШЕЛКОВИЦЫ, ВЫВЕДЕННЫХ ПУТЁМ НАРОДНОЙ СЕЛЕКЦИИ

Дальнейшее развитие шелководства — одной из важных отраслей сельского хозяйства Узбекистана — требует постоянного укрепления его кормовой базы. При смешанной посадке тутового дерева с другими породами оно выполняет функцию защитной полосы, оберегая посевы от воздействия суховеев и холодных ветров. Листья посаженных таким образом тутовников можно частично использовать в качестве корма для тутового шелкопряда, а из плодов получать семена и выращивать саженцы. С другой стороны, значение тутовых деревьев и других лесозащитных пород весьма велико в понижении уровня грунтовых вод, улучшении мелиоративного состояния земель, а также в борьбе с засолением и заболачиванием.

inglizchaA DESCRIPTION OF MULBERRY VARIETIES DEVELOPED THROUGH FOLK SELECTION

The further development of sericulture, one of the important branches of agriculture in Uzbekistan, requires the continuous strengthening of its fodder base. When the mulberry tree is planted in mixture with other trees, it forms a shelterbelt base and performs the function of protecting crops from the effects of hot dry winds and cold winds. The leaves of mulberry trees planted in this way can be partly used as feed for the silkworm, and seeds can be obtained from their fruits for the raising of seedlings. On the other hand, mulberry and other shelterbelt trees are of considerable importance in lowering the level of groundwater, improving the meliorative condition of the land, and counteracting salinization and waterlogging.

Kalit so‘zlar

  • Balxi tut (Morus alba Linn)
  • Qatlama tut (Morus alba Linn)
  • Darvoz tut (Morus alba Linn)

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

XALQ SELEKTSIYASI YO‘LI BILAN ETISHTIRILGAN TUT NAVLARIGA TARIFI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1029 Assistent E.B.Jeymuratov Qoraqalpog‘iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti 4-kurs student M.Y.Reymbaeva Qoraqalpog‘iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti 4-kurs student M.M.Xudaybergenova Qoraqalpog‘iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti ANNOTATSIYA O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri Ipakchilikni yanada rivojlantirish uning oziqa ba’zasini muttasil mustahkamlashni talab etadi. Tut daraxtini boshqa daraxtlar bilan aralashtirib ekilganda, ekinlarni garmsel va sovuq shamollar ta’siridan saqlashda ihota bazasini va vazifasini bajaradi. Bu xildagi ekilgan tutlarning bargidan ipak qurtiga oziq sifatida qisman foydalanish va mevalaridan urug‘olinib, ko‘chat etishtirish mumkin. Ikkinchi tomondan, tut va boshqa xil ihota daraxtlari sizot suvlari sathini pasaytirishga, erning meliortiv holatini yaxshilashga, sho‘rlanish va botqoqlanishga qarshi tut daraxtlarining ahamiyati anchagina kattadir. Kalit so‘zlar: Balxi tut (Morus alba Linn), Qatlama tut (Morus alba Linn), Darvoz tut (Morus alba Linn). KIRISH Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik maxsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Demak, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri Ipakchilikni yanada rivojlantirish uning oziqa ba’zasini muttasil mustahkamlashni talab etadi. Binobarin, tut daraxtining xo‘jalik jihatidan eng ahamiyatli qismi bargi bo‘lib, u ipak qurtining yagona ozig‘idir. Tut bargi tarkibida ipak qurtining ehtiyojini to‘liq ta’minlovchi oziq moddalar qand, oqsil, yog‘, suv, fermentlar va har xil vitaminlar mavjuddir. Tut daraxti nafaqat pillachilik, balki ekologiya, atrof-muhitning tozalagi uchun ham juda katta ahamiyatga ega [1, 4]. Iqlim o‘zgarishi va global isish mavzusi tom ma’noda dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, 2100 yil oxirlariga kelib sirt harorati 1,4 darajadan 5,8 darajagacha ko‘tarilishi bashorat qilinmoqda. Emissiya, karbonat angidrit gazining oshishi natijasida cho‘llanish, qor muzliklar erishining kuchayishi, kuchli bo‘ronlar, qurg‘oqchilik, g‘ayritabiiy issiqlik, haddan ziyod yog‘ingirchilik, halokatli toshqinlar, ko‘pgina biologik turlarning iqlim o‘zgarishiga moslasha olmasligi natijasida bioxilmaxillikning kamayishidan butun dunyo hamjamiyati xavotir olmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar er cho‘llanib bormoqdan. Bu holat davom etaversa, 2050 yilga borib er yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin. Cho‘llangan suvli hududlarning 87 foizi oxirgi 300 yil ichida shunday holga kelgan. Yana ham yaqin tarixga qaraydigan bo‘lsak, cho‘llanishning 54 foizi oxirgi 100 yilga to‘g‘ri kelgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikada bu jarayon hamon davom etmoqda. O‘zbekistonda esa har daqiqada 9 kvadrat metr hudud cho‘llanib boryapti ya’ni shiddat bilan cho‘llanishda davom etmoqda [3]. Oxirgi hisobotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining 70 foizi cho‘llangan. Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz tomonidan “Yashil

makon” umummilliy loyihasini puxta tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Respublikamizning barcha shahar va tumanlari markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida ommaviy tarzda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali 2022-2026 yillarda Respublika shahar va tumanlari markazlari hamda aholi punktlaridagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirishga erishiladi [2]. Prezidentimiz tomonidan joriy yil 2 fevralda o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish, hududlarning ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu loyihaning maqsadi Respublikamizning barcha aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish va shu yo‘l bilan jamoatchilikning diqqatini hozirgi kundagi mintaqamizdagi ekologik muammolarga qaratishdan iborat. Xalqimizda bog‘yaratish, ekkan daraxtimning soya-salqini, meva-chevasidan o‘zgalar bahramand bo‘lsin, deya niyat qilib daraxt ekishdek yaxshi bir an’ana bor. Xuddi shunday ezgu niyatlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ko‘chatlar ekilmoqda. Eng muhimi, bu tadbirlarda barcha birdek faol qatnashmoqda. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Buxoro viloyatida joriy yilning kuz mavsumida 5 million 799 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, 5 million 500 dona har xil turdagi daraxt va buta ko‘chatlari ekishga erishildi [2]. Balxi tut (Morus alba Linn). Bu nav Eronning Balx shahri nomi bilan yaritilgan bo‘lib, xalq selektsiyasi yo‘li bilan etishtirilgan. Asosan mevasi uchun o‘stiriladi. Mevasi oq juda shirin, urug‘siz bo‘ladi. Bargining ko‘rinishi yuraksimon, uchi tumtoq, plastinkasining ikki tomoni kertikli, qirrasi oddiy tishli, bo‘yi 18 va eni 17 sm keladi. Bargi sar et, silliq, yaltiroq, to‘q yashil tusda bo‘lib, yozda dag‘allashib qoladi. Novdasi qo‘ng‘ir rangli har tomonga taralib, qisman pastga egilib o‘sadi. Butasimon shaklda o‘stirilganda birinchi yili gektaridan 86 ts barg hosili beradi, bargining to‘yimlilik darajasi (ayniqsa 4-5 yoshdagi qurtlar uchun) juda yaxshi, sovuqqa chidamli. Qatlama tut (Morus alba Linn). Jaydari tutlardan yakka tartibda tanlash yo‘li bilan etishtirilgan. Bargi yuraksimon shaklda, ko‘pincha yaxlit, silliq, o‘rtacha kattalikda, yaltiroq sal cho‘ziq uchli, kungurasimon tishchali, seret. Novdasi to‘g‘ri shaklda, qizg‘ish qo‘ng‘ir tusda, nav urg‘ochi hisoblanadi pushti rangli to‘pmeva tugadi. Buta shaklida o‘stirilganda esa 92 ts barg hosili beradi. Sovuqqa sidamliligi o‘rtacha. Bargning to‘yimlilik darajasi yuqori. Urug‘i hamda bargi uchun O‘rta Osiyoning issiq iqlimli tumanlarida o‘stiriladi. Darvoz tut (Morus alba Linn). Tojikistonning Kolayxutub tumanida 1951 yili tutlar orasidan tanlab olingan. Oq tut turiga kiradi. Har yili kesilib turadigan tutlarning shox-shabbasida novdalarn ko‘p bo‘ladi. Novdalari tekis o‘sadi, sarg‘ish rangli, silliq Yasmiqchalari qalin. Barg oraliqlari 4,0 sm. Asosiy novdalarning uch tomonidan barglari bir-biriga yaqin joylashgan kurtaklari mayda, 5,4x4.4 mm hajmda, oval shaklda, mevalari oval-tsilindr shaklida, binafsha rangli. Kesib turiladigan tutlarning novdalarida mevasi kam bo‘ladi. Barglari tuxumsimon shaklda, butun, o‘rtacha kattalikda, to‘q yashil rangli, yaltiroq, kam to‘lqinli, chetlari dumaloq, uchi novdaning o‘rtasiga joylashgan barglari yirik bo‘ladi. Bahorgi mavsumda ushbu tut navi barglari 10,7x8,8sm, yozgisi esa 16,0x12,3 sm hajmda, barg bandi yashil, ingichka 5,3 sm uzunlikda. Bu navning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlimi juda murakkab: Ob-havosi qaynoq va garmselli izg‘irinli, jazirama yoz tandir taftidan issiq, qish quruq sovuq, sho‘rlanish darajasi yukori bo‘lganligi uchun bunday sharoitda viloyatda ekiladigan daraxtlarning turini tanlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Viloyatning asosiy er maydonlarini ya’ni 93,5 foizini cho‘l yaylovlar va qizilqum vohasi tashkil qiladi. Keyingi yillarda Orol dengizining qurishi, qurilishlar sabab daraxtlarning kesilishi natijasida hududdagi ob-havo keskin o‘zgardi. Shamolning doimiyligi 40 foizga oshdi. Hisob kitoblarga qaraganda shamol yordamida har gektar maydonda 400 kilogramgacha zararli tuz kelib tushmoqda. Garmselning hosilga salbiy ta’siri keskin ortmoqda. Shu sababli viloyat iqlimiga mos tut, katalьpa, terak, chinor, qayrag‘och hamda sadaqayrag‘och kabi manzarali daraxtlar ekish maqsadga muvofiq. Aniqlanishicha, daraxt butalarning shox-shabbalari ostidagi qumli maydonlar shamol eroziyasiga 3-5 barobar qarshilik ko‘rsatsa, saksovul va iloqli o‘simliklar bilan qoplangan tuproqlar ochiq maydonlarga nisbatan 40 barobar ko‘proq eroziyaga qarshilik ko‘rsatadi. Shu sababli viloyatda saksovullarni urug‘idan va niholchasidan ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. XULOSA Respublikamizning tuprog‘i va iqlim sharoiti har-xil bo‘lganligi tut navlarini biologik va xo‘jalik xususiyatlari hamda har bir viloyat muhitiga moslashtirib o‘stirishni talab etadi. Nav hosildorligi kamaymasdan yil sayin yuqori hosildorlikni saqlab qolish kerak. Ularga berilgan o‘g‘it va qo‘llanilgan agrotexnika xarajatlarini to‘la qoplash lozim. Nav har xil o‘zgaruvchan sharoitlarga chidamli bo‘lishi kerak. Nav qishloq xo‘jalik zararkunandalari va kasalliklarga chidamli bo‘lishi zarur. Ma’lumki qishlov xo‘jalik zararkunandalari, kasalliklari tut daraxtiga juda katta zarar keltirishi mumkin. Navni parvarishlashda agrotexnikani qo‘llash qulay bo‘lishi kerak. Ko‘chat baland tanali daraxtlarning shakli tashkiliy mexanizatsiyalashni qo‘llashga moslashagan bo‘lishi lozim.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. U.Abdullaev “Tutchilik” Toshkent “Mehnat”-1991 yil.
  2. K.Raxmonberdiev, Sh.Muxammadjonova “Tut selektsiyasi” Toshkent “Mehnat”-1988 yil.
  3. К.Рахмонбердиев «Биологические основы ускоренного создания кормового фонда шелководства путём черенкования шелковицы» Ташкент «Фан»-1980 г.
  4. M.F.Bigashev “Keng qatorli tut plantatsiyasi” J: “Selьskoe xozyaystvo Uzbekistana” №12,

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012201
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1029
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
100–102
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06