Asosiy mazmunga o‘tish

EKMA SEDANA (NIGELLA SATIVA L)NING BOTANIK, MORFOLOGIK TASNIFI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

M.B. Baxtiyarova, I.I. Asqarov, P.X. BobomirzayevDoktorant, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti. Magistrant, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti. professor, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 85–88

Annotatsiya

Ushbu maqolada eng muhim dorivor ekin ekma sedananing (Nigella sativa L.) ekma sedana (nigella sativa l)ning botanik, morfologik tasnifi va xalq tabobatidagi ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada o‘simlik botanik va morfologik tavsifi va umumiy ma‘lumotlar keltirilgan. Natijalar ekma sedana o‘simligi bilan bog‘liq terapevtik foydalarni ta‘kidlaydi. Xulosalarda tadqiqotlar va o‘simlikni tibbiy qo‘llanmalarda mas‘uliyatli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaБОТАНИЧЕСКАЯ И МОРФОЛОГИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ЧЕРНУШКИ ПОСЕВНОЙ (NIGELLA SATIVA L.) И ЕЁ ЗНАЧЕНИЕ В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ

Целью данной статьи является изучение ботанической, морфологической классификации важнейшего лекарственного растения (Nigella sativa L.) и его значения в народной медицине. В статье дано ботаническое и морфологическое описание растения и общие сведения. Результаты подчеркивают терапевтические преимущества, связанные с культивируемым растением седана. Выводы включают исследования и рекомендации по ответственному использованию растения в медицинских целях.

inglizchaBOTANICAL AND MORPHOLOGICAL CLASSIFICATION OF BLACK CUMIN (NIGELLA SATIVA L.) AND ITS IMPORTANCE IN FOLK MEDICINE

The purpose of this article is to study the botanical, morphological classification of the most important medicinal plant (Nigella sativa L.) and its significance in folk medicine. The article provides a botanical and morphological description of the plant and general information. The results highlight the therapeutic benefits associated with the cultivated sedan plant. The findings include research and recommendations for the responsible use of the plant for medicinal purposes.

Kalit so‘zlar

  • ekma sedana (Nigella sativa L.)
  • foydali xususiyati
  • sedana yog‘i
  • kimyoviy tarkibi
  • shifobaxshlik xususiyati
  • tabobat
  • o‘simlik moyi
  • urug‘

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UOʻT: 633.81+665.334.7 EKMA SEDANA (NIGELLA SATIVA L)NING BOTANIK, MORFOLOGIK TASNIFI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1024 Baxtiyarova M.B. Doktorant, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti. E-mail: baxtiyarovamuxlisa76@gmail.com Asqarov I.I., Magistrant, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti. E-mail: asqarovizzatillo111@gmail.com Bobomirzayev P.X. professor, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti. E-mail: bobomirzaevpirnazar@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada eng muhim dorivor ekin ekma sedananing (Nigella sativa L.) ekma sedana (nigella sativa l)ning botanik, morfologik tasnifi va xalq tabobatidagi ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada o‘simlik botanik va morfologik tavsifi va umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Natijalar ekma sedana o‘simligi bilan bog‘liq terapevtik foydalarni ta’kidlaydi. Xulosalarda tadqiqotlar va o‘simlikni tibbiy qo‘llanmalarda mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit soʻzlar: ekma sedana (Nigella sativa L.), foydali xususiyati, sedana yog‘i, kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik xususiyati, tabobat, oʻsimlik moyi, urug‘.

Аннотация. Целью данной статьи является изучение ботанической, морфологической классификации важнейшего лекарственного растения (Nigella sativa L.) и его значения в народной медицине. В статье дано ботаническое и морфологическое описание растения и общие сведения. Результаты подчеркивают терапевтические преимущества, связанные с культивируемым растением седана. Выводы включают исследования и рекомендации по ответственному использованию растения в медицинских целяx. Ключевые слова: черну́шка посевна́я (Nigella sativa L.), полезные свойства, масло черну́шка посевна́я, химический состав, лечебные свойства, лекарственное средство, растительное масло, семена.

Abstract. The purpose of this article is to study the botanical, morphological classification of the most important medicinal plant (Nigella sativa L.) and its significance in folk medicine. The article provides a botanical and morphological description of the plant and general information. The results highlight the therapeutic benefits associated with the cultivated sedan plant. The findings include research and recommendations for the responsible use of the plant for medicinal purposes. Keywords: Nigella sativa, beneficial properties, sedan oil, chemical composition, medicinal properties, medicine, vegetable oil, seeds. KIRISH Keyingi yillarda o‘simliklardan olinadigan dorivor vositalarining ommaviylashuvi tufayli mamlakatimizning barcha hududlaridan yig‘ilgan yovvoyi dorivor, oziq-ovqat va bazi sanoat o‘simliklarining xom ashyosiga talabning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Shu bilan birga 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish

to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi qarori asosida tabiatni muhofaza qilish, xususan, yovvoyi dorivor, oziq-ovqat va sanoat o‘simliklari bo‘yicha ko‘plab tadbirlar ishlab chiqilgan. Dorivor o‘simliklardan sedana ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning tarkibida organizmning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish, sog‘liqni mustahkamlash kabi hususiyatlari mavjud. Bunday keng qamrovli ta’siri uchun, qora sedana ko‘p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo‘llaniladi. Tabobatda yer ustki qismi tarkibida vitamin S, kumarinlar, flavonoidlar (kempferol va kversetin glikozidlari), urug‘ida - 0,4 6-1,4% efir moyi, steroidlar, triterpen saponinlar, alkaloidlar, xinonlar, kumarinlar, 30,8-4,2% yog‘va boshqa moddalar bor. Urug‘ining qaynatmasi buyrak va siydik qopida tosh bo‘lganida uni tushurish, gijjalarni o‘dirib tushirish uchun iste’mol qilinadi, tish og‘rig‘ida og‘iz chayiladi. Xalq tabobatida sedana urug‘i siydik va gijjalarni organizmdan tushiruvchi vosita sifatida hamda yo‘tal, astma va sariq kasallikni davolash uchun ishlatiladi. Sedana jigar, ichak, o‘t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi. Sedanadan bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali mazlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Shundan kelib chiqib, ekma sedananing biologiyasini o‘rganish va yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berish bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi[1,2]. MATERIALLAR VA METODLAR Tajriba obekti ekma sedana (Nigella sativa L.) hisoblanadi. Dala tajribalari Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Axborot maslahat markazi tajriba xoʻjaligining oʻtloqi boʻz tuproqlari sharoitida dastur asosida oʻtkazilib, ekish muddatlarining ekma sedana (Nigella sativa L.) urug‘i hosili va fitokimyoviy tarkibiga ta’siri o‘rganilmoqda. Tajribada o‘simlik parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnika asosida bajarildi. Tajribani joylashtirish, hisob va tahlillar, fenologik kuzatuv ishlari O‘zPITIning «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [4]. Hosildorlik bo‘yicha olingan malumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov bo‘yicha aniqlandi [3]. Natijalar muhokamasi: Ekma sedana - Nigella Sativa L. ayiqtovondoshlar - Ranunculaceae oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 20-75 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ekma sedana (N. sativa) turi Kavkaz va Oʻrta Osiyoning adir va togʻlarida uchraydi. Ziravor oʻsimlik sifatida ekiladi. Bargi (mevasi) tuklar bilan qoplangan. Aprel—may oylarida gullab urugʻlaydi. Yaxshi asal beradi. Uning qoramtir xushboʻy urugʻlarida efir moyi bor. Non pishirishda, karam va bodring tuzlashda, veterinariya va tabobatda ishlatiladi. Urugʻi ochiq maydonlarga erta bahorda sepiladi. Poyasi shoxlangan, poya va shoxlarining uchi yakka xoldagi gul bilan tugaydi [2]. Pastki barglari qisqa bandli, yuqoridagilari bandsiz poya va shoxlarida ketm-ket joylashgan. Hamma barglari keng-chiziqsimon, to‘mtoq yoki o‘tkir uchli bo‘lakchalarga ikki-uch marta patsimon qirqilgan. Gul kosacha barglari 5 ta, zangori rangli, cho‘ziq yoki tuxumsimon cho‘ziq, uchi to‘mtoq, gultojbarglari 58 ta, ikki labli, kosachabarglaridan uch marta kalta. Mevasi – ko‘p urug‘li bargchalardan tashkil topgan to‘p meva. Urug‘i uch qirrali, burishgan, ochqo‘ng‘ir rangli. Mayiyunda gullaydi va mevasi etiladi. О‘rta Osiyо (O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand viloyatlarida), Rossiyaning Yevropa qismining janubida va Kavkazda ekin ekiladigan yerlarda yovvoyilashgan holda uchraydi [5,6,7]. Sedananing foydali hususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: Immunitetni mustahkamlaydi – qora sedana urug‘lari va yog‘i organizmning tabiiy immunitetini oshirishga yordam beradi,

shamollash va yallig‘lanishni oladi, ko‘plab virus, bakteriyalar hamda zamburug‘larni yo‘qotadi, regeneratsiya jarayonini kuchaytiradi, yoshlikni uzaytiradi, erkin radikallardan organizmni himoya qiladi, fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, stresslardan xalos qiladi va ko‘tarinki kayfiyat beradi, og‘riq qoldirish va spazmolitik effektga ega, jigarni himoya qiladi, unga tiklanishga yordam beradi, ichak parazitlarini haydaydi, o‘t ajralishini rag‘batlantiradi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi, oshqozon va ichak kasalliklariga foydali – gastrit, ich qotishi va boshqa muammolarda tavsiya etiladi,oshqozoning kislotaliligini kamaytiradi, hazm qilishni yaxshilaydi, `qon bosimini tartibga soladi – muntazam iste’mol qilish gipertoniyani nazorat qilishga yordam beradi? qon bosimini gipertoniyaning ilk bosqichlarida samarali tushiradi, antibakterial va antivirus xususiyatlari – bakteriya va viruslarga qarshi kurashishda foydali. Saraton hosilalarini o‘sishini sekinlashtiradi, ularni paydo bo‘lishini oldini oladi, sochlarni qayta tiklanishiga yordam beradi, ayollarda sutni ko‘paytiradi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, qon shakarini pasaytirish – diabet kasalligida qondagi glyukoza miqdorini me’yorlashda yordam beradi, tinchlantiruvchi ta’sir – asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uyqusizlik va stressni kamaytiradi [8]. Sedana “yomon” xolesterinlarni kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlarning koni. Qolaversa unda qon bosimini nazorat qiluvchi magniy ham mavjud. Terini mustahkamlaydigan, uning elastikligini oshirishga yordam beradigan E vitamini mavjud ekani sabab ham terini sedana yog‘i bilan massaj qilish tavsiya qilinadi. Inson salomatligi uchun darmondoriga boy sedana yog‘i mikroblarni yo‘q qilishi aniqlangan va tibbiyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Jigar, nafas yo‘llari va yuqumli kasalliklarda tengsiz deya baholanayotgan qora sedana yurtimizning ko‘plab hududlarida yetishtirilsa-da, biroq uni organik usulda yetishtirish borasidagi ishlarga endi qo‘l urilmoqda. Inson salomatligi uchun vitaminlar manbai bo‘lgan yog‘olish, dorivor vositalar va kosmetologiyada keng qo‘llanilgani uchun bozori ancha ilgarilaganini inobatga olib O‘zbekistonda ham uni yetishtirish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yilmoqda. XULOSA Ekma sedana foydaliligi va tarkibida ko‘plab moddalar borligi tufayli unga tibbiyotda ehtiyoj yuqoriligi sababli undan yuqori va sifatli urug‘hosili yetishtirish agrotexnologiyasini respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Ekma sedana o‘simligini yetishtirishni ko‘paytirish natijasida farmotsevtika sohasi tabiiy toza xomashyo bilan ta’minlanadi. Xalq tabobatida ekma sedana urug‘idan keng ko‘lamda turli kasalliklarni davolashga imkoniyatlar yaratiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 21.09.2016 yildagi O‘RQ-409-son
  2. “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruhsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘sida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori, 20.10.2014 yildagi 290-son
  3. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М: «Колос», 1985. - 317 с.
  4. Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI– T.2007. -B.146.
  5. Axmedov.O‘, Ergashev.A, Abzalov.A, Yo‘lchiyeva.M, Mustafakulov.D “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” Toshkent-2020 yil (215 – 216 betlar) qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
  6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan davlat universiteti “Biotexnologiya” fakulteti “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” fani. Namangan - 2014, 98 – 99 b.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan davlat universiteti “Tabiiy fan va Geografiya” fakulteti Namangan – 2014, 8 - 9 b.
  8. Mirzayeva M.A., Jo‘raboyeva F. Qora sedananing ekish muddati va dorivorlik hususiyatlarini o‘rganish // O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, № 38, Фарғона- 2025, 227-230 б.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012197
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1024
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
85–88
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06