Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Ilm bilan yuksalayotgan ayollar — taraqqiyot tayanchi
Xalikova Rahbar Ergashevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat yuritayotgan yetuk olimalarning ilm-fan, ta‘lim, innovatsiya, ixtirochilik va yosh mutaxassislar tayyorlash borasidagi faoliyati yoritilgan. Xususan, professorlar Paraxat Maylievna Matyakubova, Nodira Batirdjanovna Alimova va Kamola Alisherovna Muxitdinovaning ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari, innovatsion ishlanmalari, xalqaro miqyosdagi yutuqlari, ustoz-shogird an‘analarini rivojlantirishdagi hissasi hamda jamoatchilik faoliyati haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, olimalarning zamonaviy ilm-fan va ta‘lim taraqqiyotiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga hamda mamlakat ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Modifikatsiyalangan mahsulotlarning hayvon organizmiga ta‘siri
Ubaydullayeva A.K., Kuralbay S.E. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada ilg‘or texnologiyalar rivojlangan hozirgi asrda genetik modifikatsiya fan sohasidagi katta yutuq ekani, shu sababli genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarining tirik organizmlarga ta‘siri muhim masalalardan biri ekani ko‘rib chiqiladi. Ilmiy tadqiqotlar modifikatsiyalangan mahsulotlarni uzoq vaqt iste‘mol qilish ayrim hollarda moddalar almashinuvi jarayonlarining o‘zgarishiga ta‘sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida dengiz cho‘chqachalarida genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarga qaramlik paydo bo‘lgani, tana vazni ortgani, ularda holsizlik va tajovuzkorlik holatlari hamda ichki organlarida nuqsonlar yuzaga kelgani, natijada bu mahsulotlar hayvon organizmiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot ishi natijalariga tayanib, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar dengiz cho‘chqachalarining ichki organlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi aniqlandi. Genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarning hayvon organizmiga ta‘sirini o‘rganish nafaqat biologiya va genetika fanining dolzarb masalasi, balki insoniyatni xavfsiz va barqaror oziq-ovqat bilan ta‘minlashga qaratilgan muhim ilmiy yo‘nalish hamdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Ájiniyaz shıǵarmalarında «qız-jawan» lekseması
Pirniyazova Alima Kudiyarovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
XIX ásirde jasaǵan belgili shayır Ájiniyazdıń álemdi tanıw ózgesheligi, onıń qız-jawanlarǵa bolǵan kóz-qarası, paydalanǵan leksemaları lingvistikalıq baǵdarda analizlengen. Sahranıń xalqı – qaraqalpaqlardıń milliy kodı shayır shıǵarmalarında súwretlengen. Qaraqalpaq, arab, parsı tillerindegi leksemalardı paydalanıw arqalı súyikli yardı, qızlardı shayır ózine tán bolǵan kóz-qarasta táriplegen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Soyanıń nál qalıńlıǵına tuqım egiw múddetleri hám sxemalarınıń tásiri
Oserbaeva Tamaraxan, Utepbergenov Muxtar Adilbaevich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida soyaning «Orzu» navini uch muddatda (20-iyun, 1-iyul, 10-iyul) va olti xil ekish sxemasida ekishning urug‘larning dala unuvchanligiga, ko‘chatlarning saqlanuvchanligiga hamda amal davri oxiridagi ko‘chat qalinligiga ta‘siri keltirilgan. Urug‘lar 20-iyunda ekilganda dala unuvchanligi o‘rtacha 84,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, ekish 10-iyulga kechiktirilganda bu ko‘rsatkich 82,6 % gacha pasaygan. Shu bilan birga o‘suv davrida nobud bo‘lgan ko‘chatlar ulushi 15,2 % dan 17,0 % gacha ortgan, amal davri oxiridagi ko‘chat qalinligi esa o‘rtacha 362,3 ming tupdan 347,2 ming tup/ga gacha kamaygan. Eng yuqori dala unuvchanligi (85,0 %) va saqlanuvchanlik (86,0 %) 20-iyunda 60x5-1 sxemasida ekilgan variantda kuzatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Xo‘jakul kaolin gili va Tebinbuloq titanomagnetit chiqindilari asosida past klinkerli kompozitsion sementning fizik-kimyoviy va mustahkamlik xossalari
Najimova Sarbinaz Karamatdinovna, Abilova Amina Janabayevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining mahalliy mineral xomashyolari asosida klinker miqdori kamaytirilgan kompozitsion sement olish imkoniyati o‘rganildi. Xo‘jakul kaolin gili 800 °C da termik faollashtirilib, metakaolin, Tebinbuloq titanomagnetitni boyitish jarayonida hosil bo‘lgan temirli texnogen material esa mineral komponent sifatida qo‘llanildi. Asosiy tarkib 80% klinker, 12% termik faollashtirilgan kaolin, 5% titanomagnetitli texnogen material va 3% gipsdan iborat bo‘ldi; nazorat tarkibi 97% klinker va 3% gipsdan tashkil topdi. 40×40×160 mm o‘lchamdagi namunalar 3, 7, 14 va 28 sutkalik qotish muddatlarida sinovdan o‘tkazildi. MKT-3 ning 28 sutkalik siqilishdagi mustahkamligi 53,5 MPa bo‘lib, nazorat tarkibining 96,9% darajasida saqlandi, klinker ulushi esa 17 foiz punktiga qisqartirildi. Natijalar termik faollashtirilgan kaolin va temirli texnogen materialni birgalikda qo‘llash orqali klinker sarfini kamaytirgan holda mexanik mustahkamlikni saqlash mumkinligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Laboratoriya sharoitida pomidor nav namunalarining sho‘rga chidamliligi
Madreyimova Dilfuza Yerkabayevna, Nuraliyeva Quralay Daribayevna, Medetbayeva Dinara Nao‘rizbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada o‘simliklarning tuzga chidamliligining alohida va umumiy muammolarini hal qilishda ko‘pincha tuzlarning toksikligini va qat‘iy nazorat qilinadigan tuzga chidamlilik darajasini aniqlashga qaratilgan. Laboratoriya sharoitida pomidor mahsuldorligini oshirish uchun turli konsentratsiyali (NaCl, Na2SO4) tuzli eritmalarida pomidor urug‘lari unib chiqish quvvati va unuvchanligi bo‘yicha Volgogradskiy 5/95, TMK 22, UzMASH-1, Novichok va Rio grande navlari va Sultan F1, Tristar F1 hamda Solerosso F1 duragaylari tuzga chidamliligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning G‘alabaga qo‘shgan hissasi: Qoraqalpog‘istonning o‘rni, front ortidagi safarbarlik va inson omili
Ishanxodjayeva Zamira Rayimovna, Mirzaulukova Xilolaxon Alisher kizi, Mirzaulukova Farzonaxon Alisher kizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada 1941–1945 yillarda O‘zbekiston SSRning G‘alabaga qo‘shgan hissasi harbiy safarbarlik, front ortidagi sanoat va qishloq xo‘jaligi, evakuatsiya hamda gumanitar faoliyatning o‘zaro bog‘liq jarayonlari asosida tahlil qilinadi. Asosiy e‘tibor Qoraqalpog‘istonning ushbu umumrespublika jarayonidagi o‘rniga qaratilgan. Hududda urushning dastlabki kunlaridagi ixtiyoriy safarbarlik, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va mehnat resurslarining safarbar etilishi, shuningdek arxiv muassasalarining ijtimoiy-gumanitar faoliyati yoritiladi. Tadqiqot arxiv ma‘lumotlari, statistik ko‘rsatkichlar va mavjud tarixshunoslikni qiyosiy tahlil qilishga asoslanadi. Muallif O‘zbekistonning G‘alabaga hissasini faqat ishlab chiqarish yoki harbiy safarbarlik bilan emas, balki inson, iqtisodiy va gumanitar resurslarni birlashtirgan yaxlit tarixiy jarayon sifatida baholaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Innovatsion-texnologik rivojlanishda olima ayollarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish mexanizmlari
Iskandarova Munavvara · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada O‘zbekistonda innovatsion-texnologik iqtisodiyot shakllanayotgan sharoitda olima ayollarning ilmiy salohiyatini iqtisodiy natijaga aylantirish masalasi tadqiq etilgan. Iqtisodiy murakkablik va Global innovatsiya indekslari, patent faolligi, yuqori texnologiyali va raqamli eksport maqsadlari hamda texnologik investitsiya loyihalari asosida ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan iqtisodiy talab baholangan. Oliy ta‘limdagi ayollar ulushi bo‘yicha rasmiy statistika xalqaro ma‘lumotlar bilan qiyoslanib, olimalar salohiyatining «tadqiqot – patent – tijoratlashtirish» bosqichlarida yo‘qotilish xavfi va gender bo‘yicha ajratilgan innovatsiya statistikasining yetishmasligi asoslangan, salohiyatni tijoratlashtirishning institutsional mexanizmlari taklif etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Влияние метакаолина на формирование структуры и свойства композиционного гипсового вяжущего
Bekbosinova R.J., Abilova A.J. · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Gipsli bog‘lovchi strukturasini maqsadli o‘zgartirish uchun metakaolin istiqbolli komponent hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda Ustyurt konlari xomashyosi asosidagi G-5 qurilish gipsi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xo‘jako‘l koni kaolinlaridan olingan metakaolin ishlatildi. Maqbul mineral tarkib 78 % G-5 gipsi, 16 % metakaolin va 6 % Ca(OH)₂ dan iborat bo‘ldi. Qo‘shimcha ravishda organik modifikatorlar majmuasi — Melflux, GEMS va KMS qo‘llanildi. Strukturaning rivojlanishini baholash uchun qotishning turli muddatlarida siqilishga mustahkamlik, o‘rtacha zichlik va yumshash koeffitsienti aniqlandi. 3 sutkadan 28 sutkagacha bo‘lgan davrda siqilishga mustahkamlik 15 MPa dan 34 MPa gacha, o‘rtacha zichlik 1260 kg/m³ dan 1330 kg/m³ gacha, yumshash koeffitsienti esa 0,75 dan 0,92 gacha oshdi. Modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar majmuasining kiritilishi g‘ovaklikning 14 % dan 9 % gacha kamayishi bilan kechdi. Olingan natijalar faol mineral qo‘shimcha va organik modifikatorlarni birgalikda qo‘llash hisobiga strukturani boshqarishdan ekspluatatsion xususiyatlari yaxshilangan kompozitsion gipsli materiallar olishda foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Ámiwdárya boyında suwdan paydalanıwdıń etnogeografiyalıq ózgesheligi
Balliyeva Ruza, Jumamuratova Anarxan Abatovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Orolbo‘yi hududida suv resurslarining shakllanish jarayonlari, deltadagi tabiiy o‘zgarishlar, qoraqalpoq xalqining hayotida Amudaryoning roli, deltadagi xo‘jalik turlarining, xalqlarning etnomadaniyatining shakllanishida suv resurslarining o‘rni hamda undan foydalanishning etnogeografik xususiyatlari ochib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Alkaloid tabiatli birikmalar sintezi va tuzilishini o‘rganish
Allaniyazova Mapruza Qdırbaevna, Nuriyeva Mahbuba Urinbayevna, Aytjanova Aray · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududlarida o‘sadigan Anabasis aphylla dorivor o‘simligidan ajratib olingan Lupinin alkaloidining yantar kislotasi bilan hosil qilgan bis-efirining sintez qilish sxemasi va uning xromato mass-spektr uslubi yordamida tuzilish tahlili qilingan. Shuningdek, ularning qo‘llanish sohalari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Women‘s entrepreneurship in Uzbekistan: economic significance and persistent challenges
Yokutjon Abdullaeva, Eva Benková · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Xotin-qizlar tadbirkorligi O‘zbekiston kichik biznes sektorining eng tez o‘sayotgan segmentlaridan biriga aylandi. Maqolada uning iqtisodiy ahamiyati, so‘nggi yillardagi o‘sishi zamirida turgan davlat siyosati, Qozog‘iston va Rossiyaga nisbatan tutgan o‘rni hamda xotin-qizlarning biznes salohiyatini hali ham cheklab turgan to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, asosiy cheklovlar huquqiy emas, balki tarkibiy xususiyatga ega: haq to‘lanmaydigan parvarish mehnati, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi, qonunlarning bir tekis ijro etilmasligi va ijtimoiy me‘yorlar. Siyosat ishlab chiquvchilar va qo‘llab-quvvatlash institutlari uchun amaliy tavsiyalar taklif etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Cotton, Carbon, and Data: Tracing the Lineage of Environmental Injustice in the Aral Sea
Laziza Abdullaeva, James Strick · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada Orol dengizining yo‘q qilinishi ekologik adolatsizlikning tizimli ko‘rinishi bo‘lgani va shunday bo‘lib qolayotgani asoslanadi. Tadqiqotda uch tarkibiy qismdan iborat nazariy asos qo‘llanadi. Mahalliy «an‘anaviy tabiatdan foydalanish» tizimi mustamlakachilik «hukmronlik mafkuralari»ga qarama-qarshi qo‘yiladi, bugungi oqibatlar esa «ma‘lumotlar mustamlakachiligi» tushunchasi orqali tanqidiy ko‘rib chiqiladi. Arxeologik, siyosiy va iqtisodiy manbalarni sinchiklab o‘rganish chuqur uzviylikni ochib beradi. Sovet davridagi paxtaga («oq oltin»ga) berilib ketish o‘rnini resurslarni tortib olishning ikki yoqlama zamonaviy shakli egalladi: uglerod — ochilib qolgan dengiz tubida tabiiy gaz uchun burg‘ilash orqali, ma‘lumotlar esa — xalqaro institutlarning bilimlarni tizimli ravishda yig‘ib olishi orqali. Maqolada Orol dengizi beparvolik tufayli yomonlashayotgani emas, balki uzoqdagi hokimiyat markazlari manfaatlariga xizmat qilishi uchun faol ravishda inqiroz holatida ushlab turilayotgani ko‘rsatiladi. Orol dengizi havzasida ekologik adolat mahalliy suverenitetni tiklashni talab etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Saksovulzorlarda salbiy ta‘sir ko‘rsatayotgan zararli hasharotlarga qarshi olib borilgan monitoring kuzatuv ishlari
Shamuratova Nagima Genjemuratovna, Gapparov Furkat Axatovich, Ajiev Alisher Baxtibayevich, Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna, Omarova Ulday Yusupbay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Orolqumning Urgu va Surgul hududida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan zararli hasharotlar haqida aniqlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Noxat sortlarınıń túp sanına egiw muǵdarlarınıń tásiri
Oserbaeva Tamaraxan, Yusipbayeva Xurliman · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Tájiriybede noxat sortlarınıń egiw muǵdarları artqan sayın vegetaciyalıq dáwiri 1-2 kúnge kóbeyetuǵınlıǵı, egiw muǵdarlarınıń ishinde gektarına 70 kg dán egilgen varianttıń optimal ekenligi anıqlanıp, “Yulduz” sortı barlıq kórsetkishleri boyınsha “Lazzat” sortına qaraǵanda optimal bolǵanlıǵı dálillengen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CsPbI₃ asosidagi perovskit quyosh elementlarining samaradorligini tadqiq etish
Zaxidova Mavluda Abdukarimovna, Nurumbetova Lobar Rimbayevna, Otaqulova Nilufar Farhod qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu ishda CsPbI₃ perovskit quyosh elementlarining fotovoltaik parametrlari termik qizdirish harorati va qatlam qalinligini boshqarish orqali tadqiq qilindi. CsPbI₃ perovskit faol qatlamlari CsI va PbI₂ ning 1:1 molyar nisbatdagi, 0,3 M konsentratsiyali MAAc eritmasi asosida bir, ikki, uch va to‘rt martalik spin coating usulida tayyorlandi. CsPbI₃ qatlamining termik qizdirish harorati 90–120 °C oralig‘ida o‘zgartirildi, qatlam qalinligi esa “spin coating” usulida perovskit faol qatlamni bir necha marta yotqizish orqali nazorat qilindi. Bunday yondashuv “spin coating” usulidagi yotqizilgan perovskit qatlam soni va termik ishlov berish haroratining CsPbI₃ perovskit quyosh elementlarining fotovoltaik ko‘rsatkichlariga ta‘sirini tizimli ravishda baholash imkonini berdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Markaziy Osiyo olimalari ilmiy hamkorlik yo‘lida
Murtazayeva Raxbarxon Hamidovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida faoliyat yuritayotgan olima ayollarning mintaqaviy ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va ilm diplomatiyasini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tajribasi, shuningdek Qoraqalpog‘iston olimalarining sohaviy tarkibi asosida ekologik va suv muammolari, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, tibbiyot, raqamlashtirish va gumanitar fanlardagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. UNESCO, BMT va TWAS ma‘lumotlari asosida ayollarning ilm-fandagi ishtiroki va mintaqaviy ilmiy platformalarning ahamiyati baholanadi. Yakunda qo‘shma tadqiqot konsorsiumlari, yosh olimalar uchun grantlar, akademik mobillik va Orolbo‘yi fanlararo platformasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qo‘y va qo‘zilarning ektoparazitlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish
Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026
Ushbu maqolada chorvachilikning muhim tarmog‘i bo‘lgan qorako‘lchilikda qo‘ylarning bosh sonining ortishi va ularning fiziologik holatiga to‘siq bo‘ladigan ektoparazitlarning Buxoro viloyatining ayrim tumanlaridagi tarqalishi va profilaktik tadbirlar bayon qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
«Ветоспорин-Ж» probiotikining asalarilar nozematoziga profilaktik samaradorligi
Azimova D.I., Nasimov Sh.N., Karilova M.F., Teshayeva R.O. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026
Ushbu maqolada asalarichilikda jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi nozematoz kasalligining oldini olishda biologik preparat — «Ветоспорин-Ж» probiotigining profilaktik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu probiotik asalarilarning umumiy fiziologik holatini yaxshilash, oshqozon-ichak trakti mikroflorasini barqarorlashtirish hamda kasallikka qarshi chidamliligini oshirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Maqolada preparatni amalda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ hududlarida echkilarning anaplotsefalyatozlari tarqalishi
Raxmonov Sh.O., Taylakov T.I. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026
Maqolada Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ (Urgut va Nurobod) tumanlari hududlarida boqilayotgan echkilar orasida anoplotsefaliyatozlarning tarqalishi va ularning tur tarkibi yoritilgan.