Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

3 986 natija

Barchasi

3 986 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tovuq ektoparazitlariga qarshi kimyoprofilaktik tadbirlar

    Rayimqulov Iskandar Xaydarovich, Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, Davlatov Ravshan Berdiyevich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada tovuqlarda uchraydigan ektoparazitlarga qarshi kimyoprofilaktik tadbirlarning samaradorligi va mavsumiy qo‘llash xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotlarda ektoparazitlarga qarshi Suminak, Amitraz va Bars preparatlaridan foydalanildi. Kuzatuvlar natijasida preparatlarning samaradorligi yil fasllariga qarab farq qilishi aniqlandi. Yozgi davrda Suminak preparati, qishki davrda esa Amitraz preparati qo‘llanilganda ektoparazitlar sonining kamayishi va profilaktik samaradorlikning yuqoriligi kuzatildi. Kimyoviy preparatlarni qo‘llashda ektoparazitlarning biologik xususiyatlari, ularning parrandaxona muhitida saqlanishi, harorat va namlik omillari hamda preparatlarga chidamlilikning rivojlanish ehtimolini hisobga olish zarur. Tadqiqot natijalari tovuq ektoparazitlariga qarshi mavsumga moslashtirilgan kimyoprofilaktik tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbekiston hududida tovuq ektoparazitlarining tarqalish dinamikasi

    Rayimqulov Iskandar Xaydarovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida xonaki tovuqlarda uchraydigan asosiy ektoparazitlarning tur tarkibi, hududiy tarqalishi va mavsumiy dinamikasi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. O‘zbekistonning shimoli-sharqiy, janubiy va Qashqadaryo hududlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi. Adabiyot ma‘lumotlariga ko‘ra, tovuqlarda asosan Dermanyssus gallinae, Argas persicus, Argas reflexus kabi ektoparazitlar qayd etilgan. Shimoli-sharqiy O‘zbekistonda uy va yovvoyi tovuqsimon qushlarda 18 tur ektoparazit aniqlangan bo‘lib, ulardan 3 turi kanalar, 15 turi esa patxo‘rlar guruhiga mansubligi qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida 12 tur ektoparazit aniqlangan va D. gallinae, A. persicus hamda Mallophag dominant turlar sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur hududda 1313 bosh tovuqdan 663 boshida ektoparazitlar qayd etilib, umumiy zararlanish 50,5 % ni tashkil qilgan. Mavsumiy dinamika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar bahor va kuz fasllarida, nisbatan past ko‘rsatkichlar esa qish va yozning haddan tashqari issiq davrlarida kuzatilgan. O‘zbekistonning boshqa hududlari bo‘yicha ma‘lumotlar esa fragmentar bo‘lib, mamlakat miqyosida yagona monitoring tizimini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sut – yuqori oziqoviy qiymatiga ega bo‘lgan mahsulotdir

    Bidanov E.A., Rasulov U.I. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada sut tarkibidagi kimyoviy moddalar, vitaminlar, aminokislotalar, oqsillar va boshqa moddalar haqida ma‘lumotlar keltirilgan bo‘lib, qoramollardan olingan sut haqidagi adabiyot manbalari asosida keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘ylar tizaniyeziozining epizootologiyasi, qo‘zg‘atuvchisining ayrim diagnostik belgilari

    Kurbanov Sh.Kh. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada qo‘ylar tizaniyeziozi bo‘yicha adabiyot ma‘lumotlari va shaxsiy tadqiqotlarga ko‘ra uning hozirgi epizootologik holati, qo‘ylarning tizaniyezioz bilan zararlanishi, uning qo‘zg‘atuvchisining anatomo-morfologik belgilari va boshqa ichak sestodlaridan farqlash bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘ylarning anoplotsefalyatozlari va ularning qo‘zg‘atuvchilari

    Kurbanov Sh.Kh., Yunusov X.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qo‘ylar anoplotsefalyatozlarining qo‘zg‘atuvchilari va ular tomonidan sodir etiladigan kasalliklar, kasallik qo‘zg‘atuvchilari haqida umumiy ma‘lumotlar, ularning areallari, epizootologik xususiyatlari, uchrashi haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tovuqlar kolibakteriozining zamonaviy diagnostikasi: klassik bakteriologiyadan molekular-genomik yondashuvlargacha

    Xudoyberdiyeva Shaxrizoda Ilhomjon qizi, Davlatov Ravshan Berdiyevich, Xo‘jaxonov Shoxruzxon Idrisxo‘ja o‘g‘li · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Tovuqlar kolibakteriozi parrandachilikda sezilarli iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladigan bakterial kasalliklar majmuasi bo‘lib, asosan avian pathogenic Escherichia coli (APEC) izolyatlari bilan bog‘liq. Diagnostikaning murakkabligi E. colining sog‘lom parrandalar ichak mikrobiotasining tabiiy vakili ekanligi, APEC populyatsiyasining genetik jihatdan geterogenligi va barcha patogen izolyatlarni qamrab oluvchi yagona serotip yoki universal virulentlik markerining mavjud emasligi bilan izohlanadi. Ushbu narrativ-tanqidiy sharhda klinik-patologoanatomik baholash, patologik material tanlash, klassik bakteriologik va biokimyoviy identifikatsiya, serotiplash, MALDI-TOF MS, PCR va multiplex PCR, LAMP, MLST hamda WGS usullarining diagnostik imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilindi. Shuningdek, iutA, hlyF, iss, iroN, ompT, sitA, traT va boshqa virulentlik bilan bog‘liq genlarga asoslangan molekular panellarning ahamiyati ko‘rib chiqildi. Zamonaviy ma‘lumotlar APECni bitta gen yoki serotip asosida ishonchli aniqlashning cheklanganligini ko‘rsatadi. Shu sababli etiologik baholash klinik-patologik ma‘lumotlar, tegishli patologik o‘choqlardan E. coli ajratilishi, molekular virulentlik profili va antibiotiklarga sezgirlik natijalarini kompleks talqin qilishga asoslanishi lozim. Sharhda O‘zbekistonda parrandalar esherixiozining klassik bakteriologik va serologik diagnostikasi hamda G‘arbiy Qozog‘istonda parrandachilik bilan bog‘liq E. coli populyatsiyalarining qPCR va molekular AMR panellari yordamida monitoringi tahlil qilindi. O‘zbekistonda kelgusidagi tadqiqotlar uchun standartlashtirilgan multiplex PCR, MLST va WGS usullarini klinik-epizootologik metama‘lumotlar bilan integratsiyalash APECni zamonaviy molekular va epidemiologik mezonlar asosida tavsiflashning muhim yo‘nalishi sifatida taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozining klinik belgilari, mavsumiy dinamikasi va diagnostika metodologiyasi

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada intensiv quyonchilik tarmoqlarining rivojlanishiga jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi quyon eymeriozi patologiyasining klinik namoyon bo‘lish shakllari, oosistalarning tashqi muhitda sporalanish (sporulyatsiya) davri va mavsumiy tarqalish dinamikasi adabiyotlar tahlili asosida tizimli o‘rganilgan. Maqolada eymeriyalarning (E. magna, E. media, E. perforans, E. irresidua) hayotiy siklidagi endogen va ekzogen fazalari tavsiflangan. Diagnostika amaliyotida qo‘llaniladigan klassik va modifikatsiyalangan koprologik flotatsiya (Fyulleborn, Darling, Brez) usullarining qiyosiy samaradorligi baholangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozini koprologik va gematologik diagnostika qilish metodlarining samaradorligi

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazuvchi quyon eymeriozi patologiyasini zamonaviy koprologik va gematologik diagnostika qilish usullari bayon etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari 2021–2024-yillar davomida jami 1382 bosh turli zotli quyonlarda kompleks sinovdan o‘tkazilgan. Koprologik tahlillarda Darling va Fyulleborn flotatsiya usullarining qiyosiy samaradorligi o‘rganilib, parazit oosistalarini ajratish mexanizmlari optimallashtirilgan. Shuningdek, kasallik oqibatida qon tarkibidagi morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar (eritrotsitlar, leykotsitlar, gemoglobin, umumiy oqsil, AlAT, AsAT) hamda qon zardobining refraksiya koeffitsiyenti tahlil qilingan va tizimli baholangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozini davolash va kimyoprofilaktikasida samarali vositalarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga katta iqtisodiy zarar yetkazuvchi va invazion kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni egallovchi quyon eymeriozini (ichak, jigar va aralash shakllari) davolash hamda kimyoprofilaktika qilish masalalari adabiyotlar sharhi va retrospektiv tahlil asosida o‘rganilgan. Maqolada turli guruhlarga mansub kimyoterapevtik preparatlar (sulfanilamidlar, nitrofuranlar, ionofor antibiotiklar va kompleks birikmalar)ning doza rejimlariga ko‘ra terapevtik va profilaktik samaradorligi qiyosiy baholangan hamda jadval shaklida tizimlashtirilgan. Shuningdek, quyonchilik xo‘jaliklarida kasallikning oldini olishga qaratilgan zoogigiyenik va parvarishlash talablari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sigirlarda gipokobaltozning sabablari, klinik belgilari va uni aniqlash usullari

    Bakirov B., Abdumajitov V.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Mazkur maqolada sigirlarda gipokobaltoz kasalligining klinik belgilari va uni aniqlashda olib borilgan kuzatuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “ShahriyorAbbos” chorvachilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan. Har 20 kunda klinik ko‘rsatkichlar va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Kasallikning kelib chiqishiga saqlash sharoitlari, oziqlantirish sifati va kobalt yetishmovchiligi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Samarqand viloyatining ayrim xo‘jaliklarida tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari

    O‘rinova Umida, Rustamov Baxtiyor · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada parrandalarda uchraydigan askarida galli qo‘zg‘atuvchisi tomonidan chaqiriladigan tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. Parazitning rivojlanish sikli, parrandalar organizmiga yuqish yo‘llari, parazitlik qilish joylari va qo‘zg‘atuvchilarning ko‘payish jarayonlari yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Jizzax viloyatida qoramollar fassiolyozining epizootologik xususiyatlari

    O‘rolov O.O., Musinova G.A., Urokov K. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qoramollar fassiolyozining tarqalishi va oraliq xo‘jayinlari o‘rganildi. Tekshirilgan 50 ta tezak namunasining 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda Lymnaea bactriana mollyuskalari qayd etildi. Natijalar hududda fassiolyoz tarqalishi uchun qulay epizootologik sharoit mavjudligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarining samaradorligi

    Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, Nasimov Shuhrat Naimovich, Kurbanov Feruz Enatillayevich, Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, Jahongirov Sardor Saidahmadovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada karpsimon baliqlarda uchraydigan psevdomonoz kasalligining profilaktikasi haqida yoritilgan. Psevdomonoz baliqchilik xo‘jaliklarida iqtisodiy zarar keltirib chiqaruvchi bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining buzilishi, organik moddalar miqdorining ortishi, baliqlarning zich joylashtirilishi, oziqlanishdagi kamchiliklar va stress omillari muhim ahamiyatga ega. Maqolada kasallik profilaktikasida suv sifatini muntazam nazorat qilish, hovuzlarni sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, baliqlarni me‘yorida oziqlantirish, xo‘jalikka yangi keltirilgan baliqlarni muntazam kuzatib borish.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ligula intestinalis va Digramma interruptaning biologik va parazitologik xususiyatlari (adabiyotlar sharhi asosida)

    Abdug‘aniyeva S.I., Daminov A.S. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada Ligula intestinalis va Digramma interrupta sestodalarining biologik, ekologik va parazitologik xususiyatlari tahlil qilindi. Parazitlarning rivojlanish sikli, xo‘jayin–parazit munosabatlari, patogen ta‘sir mexanizmlari hamda ekologik moslashuv omillari zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritildi. Tadqiqotlar ushbu sestodalarning baliq organizmida morfofiziologik va immunobiologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Shuningdek, molekulyar diagnostika va filogenetik yondashuvlarning invaziyani aniqlashdagi ahamiyati asoslandi. Olingan ma‘lumotlar baliq populyatsiyalarida parazit invaziyalarini monitoring qilish va ekologik nazorat strategiyalarini takomillashtirishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Санитарно-паразитологическая оценка овощных консервов в системе обеспечения безопасности пищевой продукции

    Kamolov N.Sh., Raxmonova G.F. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Maqolada o‘simlikchilik va qayta ishlash sanoatining ommaviy mahsuloti bo‘lgan sabzavot konservalarining parazitologik xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan. Sabzavot xomashyosining zoonoz invaziyalar, jumladan, geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, toksokaroz) va protozoozlar qo‘zg‘atuvchilari bilan kontaminatsiyalanish yo‘llariga (tuproq, suv, organik o‘g‘itlar) alohida e‘tibor qaratilgan. Zamonaviy sanitariya-parazitologik tadqiqot usullari hamda invazion elementlarning hayotchanligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi texnologik ishlov berish rejimlari (sterilizatsiya, pasterizatsiya, kislotali ishlov berish) samaradorligining tahlili keltirilgan. Konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarida risklarga asoslangan yondashuv va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Роль мониторинга и диагностики паразитарных болезней животных в обеспечении безопасности пищевой продукции животного происхождения

    Kamolov N.Sh., Muxiddinov A.R. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Maqolada zoonoz parazitar invaziyalar kontekstida hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb muammosi ko‘rib chiqilgan. “Fermadan dasturxongacha” ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarida tizimli monitoring va zamonaviy laboratoriya diagnostikasi usullarining ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan. Parazitar kasalliklarning iqtisodiy oqibatlari, normativ-huquqiy baza hamda xalqaro va milliy xavfsizlik standartlari talablari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Antistress preparatlarning jo‘jalar fiziologik holati va qon leykotsitlarining fagotsitar faolligiga ta‘siri

    Ibragimova Feruza Davletbayevna · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada broyler tovuqlarining fiziologik holatlariga va qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga Nozepam, aminazin va ularning vitamin S bilan birikmalari hamda Chiktonik vitaminli kompleksining ta‘sir doiralari o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Exinokokkoz o‘ta xavfli kasallik – unga qarshi kurashish

    Tursunqulov A.R., O‘rolov O.O., Mustafayeva T.P. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada Samarqand viloyatidagi 7 ta qishloq va ikkita fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida larval sestodozlarning tarqalishini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Hayvonlarning larval sestodozlar bilan zararlanganligi o‘rtacha 37,2% ni tashkil etgan bo‘lib, bu kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni exinokokkoz egallaydi (o‘rtacha 29,3%). Itlarning teniidalar bilan zararlanganligi o‘rtacha 25,8% ni tashkil etgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Видовой состав клещей надсемейства Ixodoidea в Узбекистане

    Aliboyev Z.A., Daminov A.S., Mahmudova L.B., Usarov G.X., Lunina G.A., Tokarevich N.K., Turitsin V.S. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Odamlar va hayvonlarda xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ko‘plab patogenlarning xo‘jayinlari va tashuvchilari bo‘lgan iksod kanalari (Acarina, Ixodidae) soni va tur tarkibini doimiy monitoring qilish transmissiv infeksiyalarni prognozlash va profilaktika qilishning zaruriy shartidir. 2023–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida Argasidae va Ixodidae oilalariga mansub kanalar standart usullar – bayroqcha usuli hamda uy va yovvoyi hayvonlardan terib olish usuli bilan yig‘ildi, shuningdek, hayvonlar saqlanadigan joylar ham tekshirildi. Yig‘ilgan barcha kanalar MBS-9 stereomikroskopi yordamida N.A. Filippovaning aniqlash jadvallari bo‘yicha tur darajasigacha aniqlandi. Argasidae oilasi bitta tur – odatda tovuqxonalarda yashaydigan Argas persicus (Oken, 1818) bilan ifodalangan. Ixodidae oilasiga mansub iksod kanalari asosan uy hayvonlaridan yig‘ildi: 3 avlodga mansub 12 turning 843 ta voyaga yetgan individi va 15 ta nimfasi. O‘zbekiston Respublikasining tekshirilgan hududlarida hayvonlardan va yovvoyi tabiatdan 2 oila va 6 avlodga mansub 14 tur kana yig‘ildi. Kanalarning eng ko‘p qismi Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yig‘ildi. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasining tekshirilgan viloyatlarida iksod kanalari sezilarli darajada xilma-xil ekanligidan dalolat beradi hamda ushbu qon so‘ruvchi parazitlar monitoringi hududini kengaytirish va ularning turli patogenlar bilan zararlanganligini aniqlash uchun molekulyar-genetik tadqiqotlar o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligini asoslaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoramollarda tizaneziozning oraliq xo‘jayinlari va ularning tarqalish xususiyatlari (adabiyotlar tahlili asosida)

    Yunusov X.B., Muxammadiyeva Sh.X., Taylakov T.I. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada qoramollarda tizanezioz qo‘zg‘atuvchisi Thysaniezia giardi sestodasining biologik xususiyatlari, rivojlanish sikli va oraliq xo‘jayinlari tahlil qilingan. Oraliq xo‘jayinlarning tarqalishiga ta‘sir etuvchi ekologik va epizootologik omillar yoritilgan. Shuningdek, tuproq namligi, harorat, yaylov sharoiti va mavsumiy o‘zgarishlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Mavjud ilmiy adabiyotlar asosida parazitning tarqalish xususiyatlari umumlashtirilgan. Olingan xulosalar tizanezioz profilaktikasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya