Antistress preparatlarning jo‘jalar fiziologik holati va qon leykotsitlarining fagotsitar faolligiga ta‘siri
Ibragimova Feruza DavletbayevnaSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026
KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 79–83
Annotatsiya
Maqolada broyler tovuqlarining fiziologik holatlariga va qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga Nozepam, aminazin va ularning vitamin S bilan birikmalari hamda Chiktonik vitaminli kompleksining ta‘sir doiralari o‘rganilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВлияние антистрессовых препаратов на физиологическое состояние цыплят и фагоцитарную активность лейкоцитов крови
В статье исследуется влияние нозепама, аминазина, их комбинаций с витамином С и витаминного комплекса Чиктоник на физиологическое состояние бройлерных цыплят и фагоцитарную активность лейкоцитов в крови.
inglizchaEffect of anti-stress drugs on the physiological state of chicks and the phagocytic activity of blood leukocytes
The article examines the effects of Nozepam, aminazine and their combinations with vitamin C on the physiological state of broiler chickens and the phagocytic activity of leukocytes in the blood, as well as the effect of the Chiktonik vitamin complex.
Kalit so‘zlar
- tovuq
- saqlanuvchanlik
- fagotsitoz
- leykotsit
- Nozepam
- Aminazin
- askorbin kislota
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR
O‘zbek tilida UDK: 619:615:636,5:591.111 B. 79–83
ANTISTRESS PREPARATLARNING JO‘JALAR FIZIOLOGIK HOLATI VA QON LEYKOTSITLARINING FAGOTSITAR FAOLLIGIGA TA’SIRI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260911
I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N
Ibragimova Feruza Davletbayevna. Antistress preparatlarning jo‘jalar fiziologik holati va qon leykotsitlarining fagotsitar faolligiga ta’siri // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9–10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 79–83. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260911
Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz
UDK: 619:615:636,5:591.111 ANTISTRESS PREPARATLARNING JO‘JALAR FIZIOLOGIK HOLATI VA QON LEYKOTSITLARINING FAGOTSITAR FAOLLIGIGA TA’SIRI Ibragimova Feruza Davletbayevna assistent, v.f.b.f.d. (PhD), Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Maqolada broyler tovuqlarining fiziologik holatlariga va qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga Nozepam, aminazin va ularning vitamin S bilan birikmalari hamda Chiktonik vitaminli kompleksining ta’sir doiralari o‘rganilgan. Аннотация. В статье исследуется влияние нозепама, аминазина, их комбинаций с витамином С и витаминного комплекса Чиктоник на физиологическое состояние бройлерных цыплят и фагоцитарную активность лейкоцитов в крови. Abstract. The article examines the effects of nozepam, aminazine and their compounds with vitamin C on the physiological state of broiler chickens and the phagocytic activity of leukocytes in the blood, as well as the effect of the chiktonic vitamin complex. Kalit so‘zlar: tovuq, saqlanuvchanlik, fagotsitoz, leykotsit, Nozepam, Aminazin, Askorbin kislota. Ключевые слова: цыплята, выживание цыплят, фагоцитоз, лейкоцит, нозепам, аминазин, аскорбиновая кислота. Keywords: chicken, viability, phagocytosis, leukocyte, Nozepam, Aminazin, ascorbic acid. Актуальность темы. Под стрессовыми факторами понимаются общие изменения в органах и системах, происходящие из-за перенапряжения организма цыплят в неблагоприятных условиях. Цыплят вакцинируют от инфекционных заболеваний раз в неделю, начиная с 1 дня до 3 недель. Эти процедуры также приводят к перенапряжению организма. Кроме того, к стрессовым факторам относятся шум механизмов раздачи корма, проникновение посторонних лиц в курятник, частые изменения в кормовом рационе, недостаточное или избыточное количество кормовых добавок, частые перебои в освещении или недостаток воды и т. д. Для предотвращения подобных негативных последствий используются различные витаминно-микроэлементные комплексы, антибиотики и биологически активные вещества, успокаивающие нервную систему. Mavzuning dolzarbligi. Stress faktor deganda tovuqlarning noqulay sharoitda organizmining zo‘riqishi sababli organ va sistemalarda paydo bo‘ladigan umumiy o‘zgarishlar tushuniladi. Jo‘jalar 1 kunligidan boshlab to 3 haftaligiga qadar har haftada bir marta yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi. Bu muolajalar ham organizmning zo‘riqishiga olib keladi. Bulardan tashqari oziqa tarqatadigan mexanizmlarning shovqini, begona odamlarning tovuqxonaga kirishi, oziqa ratsionining tez-tez almashinuvi, tarkibida oziqa qo‘shimchalari miqdorining yetishmasligi yoki oshib ketishi, yorug‘likning tez-tez o‘chib turishi yoki suvning bo‘lmay qolishi va hokazolar kiradi.
Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida turli xil vitaminli mikroelementli premikslar, antibiotiklar va asab tizimini tinchlantiruvchi bioaktiv moddalar ishlatiladi. Tadqiqotning maqsadi. Tovuqchilik amaliyotida turli xil salbiy oqibatlar orqali stress omillar paydo bo‘lib organizmning zo‘riqishiga olib keladi, oqibatda immunobiologik reaktivlik pasayadi. Bu salbiy oqibatlarning oldini olish va davolash orqali parrandalarning saqlanuvchanligi hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat. Tadqiqotning usullari. Ilmiy tadqiqot ishlari Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasining vivariysida hamda ilmiy laboratoriyasida olib borildi. Bu borada Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga qarashli «Darg‘om parranda Fayz» shaxsiy fermer xo‘jaligidan Kobb 500 broyler zotli bir kunlik jo‘jalaridan 90 bosh olib kelinib fakultetning kichik tovuqxonasiga to‘shamalar ustiga joylashtirildi. Ularning tirik vaznlari o‘lchanib, 15 boshdan qilib uchta guruh tashkil etildi. Ulardan birinchi guruhi qiyosiy nazorat guruhi bo‘lib jo‘jalar preparatsiz toza oziqa bilan boqildi. Ikkinchi tajriba guruhi jo‘jalariga esa, Oksazepam preparatidan 3,5 mg/kg, uchinchi guruh jo‘jalariga esa Enrofloks antibiotikidan 10% li 0,55 ml/l suv bilan, to‘rtinchi tajriba guruhidagi jo‘jalarga Aliseril WS 1 mg- 2 litr suv bilan 30 kun davomida berildi. Tajribaning 7–15 kunlari qonning tarkibidagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligi Gosteva V.S. (1969) usulida aniqlandi. Olingan raqamlarga S.I.Lyutinskiy uslubi bo‘yicha statistik ishlov berildi. Raqamlar orasidagi farq Styudent jadvalidan aniqlandi. Tadqiqotning natijalari. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga qarashli «Darg‘om Parranda Fayz» shaxsiy fermer xo‘jaligidan Kobb 500 zotli bir kunlik jo‘jalar olib kelinib kafedra vivariysiga to‘shamalar ustiga joylashtirildi. Ulardan birinchi kundayoq to‘rtta guruh tuzildi, har birida 15 boshdan. Birinchi guruhdagi jo‘jalar qiyosiy nazorat guruhi bo‘lib ular xo‘jalik ratsioni asosida boqildi. Ikkinchi tajriba guruhi jo‘jalariga esa Oksazepam antistressor preparatidan 3,5 mg/kg oziqa bilan 30 kun, uchinchi tajriba guruhi jo‘jalariga Enrofiloks 10% li antibiotikidan 0,5 ml/l suv bilan 5 kun, to‘rtinchi tajriba guruhidagi jo‘jalariga esa Aliseril WS vitaminli antibiotikli premiksdan 1mg 2 litr suv bilan 30 kun davomida qo‘llanmasiga asosan berildi. Qo‘llanilgan preparatlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari guruhlardagi jo‘jalarning saqlanuvchanlik foiziga hamda tajriba oxirida o‘rtacha bir bosh tovuq tirik vaznining o‘sishiga qarab baholandi. Shunday qilib, 30 kunlik o‘tkazilgan laboratoriya tajribalarining natijalari shuni ko‘rsatdiki, ikkinchi tajriba guruhidagi jo‘jalarga Nozepam 3,5 mg/kg oziqa bilan 3 kun davomida berilganda jo‘jalarning saqlanuvchanligi 100 % ni, tajriba oxirida o‘rtacha 1 bosh tovuqning tirik vaznining o‘sishi 531,4 % ni tashkil etdi.
Uchinchi tajriba guruhidagi jo‘jalar Aminazin 30 mg/l oziqa bilan 3 kun davomida olganlarida ularning saqlanuvchanligi 100 % ni, tajriba oxirida 1 bosh tovuq tirik vaznining o‘sishi 519,2 % ni tashkil etdi. To‘rtinchi tajriba guruhidagi jo‘jalar Nozepam+Vitamin S birikmasini 30 mg/kg 3 kun va 100 mg /kg oziqa bilan tajriba oxirigacha berilganda ularning saqlanuvchanlik darajalari 100% larni hamda o‘rtacha bir bosh tovuq tirik vaznining o‘sishi 528, 4 % ni tashkil etdi. Beshinchi tajriba guruhidagi jo‘jalar Aminazin+Vitamin S birikmasini 30 mg/kg oziqa bilan 3 kun va 100 mg/kg oziqa bilan berilganda, ularning saqlanuvchanligi 100 % ni, tirik vaznining o‘sishi 524,3%ni tashkil qildi. Oltinchi tajriba guruhidagi jo‘jalar Chiktonik preparatini 1 ml/l suv bilan 30 kun berilganda saqlanuvchanligi 100 % ni, tirik vaznining o‘sishi 528,5%ni tashkil qildi. Qiyosiy nazorat guruhidagi broyler jo‘jalari xo‘jalik ratsioni bilan boqilganda saqlanuvchanligi 91,3 % ni va 1 bosh tovuq tirik vaznining o‘sishi 506,2 % ni tashkil etdi.
Stress faktorlarning organizmga salbiy ta’sirini va bir vaqtda profilaktika qilish maqsadida antistressor preparatlarning qon tarkibidagi leykotsitlarning fagotsitoz qilish xususiyatlarini o‘rganish maqsadida tajribaning 7 chi va 15 chi kunlari jo‘jalarning qanot osti venasidan qon olinib Gosteva V.S. (1969) uslubida tekshirildi.
Tajribaning 7-15 kunlari jo‘jalarning qanot osti venasidan qon olinib, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi va indeksi tekshirilganda olingan natijalar quyidagicha bo‘ldi.
Ikkinchi tajriba guruhi jo‘jalari Nozepam preparatini qo‘llanmasiga asosan olganlarida qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligi qiyosiy nazorat guruhi jo‘jalarining qonidagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga nisbatan 7,2-5,0 % ga yuqori ekanligi aniqlandi.
Uchinchi tajriba guruhi jo‘jalari Aminazinni qo‘llanmasiga asosan olganlarida qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligi qiyosiy nazorat guruhi jo‘jalarining qonidagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga nisbatan 7,4-4.8% ga ko‘p ekanligi aniqlandi.
To’rtinchi tajriba guruhi jo‘jalari Nozepam+Vitamin S larni qo‘llanmasiga asosan olganlarida qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligi qiyosiy nazorat guruhi jo‘jalarining qonidagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga nisbatan 7.4- 3.8% larga yuqori bo‘ldi.
Beshinchi tajriba guruhi jo‘jalari Aminazin+Vitamin S larni qo‘llanmasiga asosan olganlarida qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligi qiyosiy nazorat guruhi jo‘jalarining qonidagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga nisbatan 9.9- 5.3% larga yuqori bo‘ldi.
Oltinchi tajriba guruhi jo‘jalari Chiktonik vitaminli kompleksini qo‘llanmasiga asosan olganlarida 30 kun davomida berilganda qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligi qiyosiy nazorat guruhi jo‘jalarining qonidagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga nisbatan 7.9-4.3%larga yuqori bo‘ldi.
Xulosa. Laboratoriya tajribalaridan olingan ma’lumotlarga asoslanib xulosa qilinganda tajribada qo‘llanilgan antistressorlik xususiyatiga ega bo‘lgan bioaktiv moddalar jo‘jalarning fiziologik holatlarini yaxshilabgina qolmasdan qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligini oshirar ekan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Божко А.П. Городецкая И.В.Влияние молых доз тиреоидных гормонов на изменения термостабильности сердца, вызванная тепловым стрессом // Проблемы теоретической медициниы и формацы: сб.науч тр-Витебск, 1997-с. 54-57.
- Божко А.П. Городецкая И.В Контроль тиреоидными гормонами синтеза белков теплового шока в миокарде при стрессе // Актуальные вопросы теоретичской и практической медицины и формatsi тез.докл.науч. сесси Витебск. 2001 С 8-9.
- Федоров Б.М. и др. - Профилактика стресс – фактора при вакцинaции цыплят // «Информ. листок» 1999. С. 1037 – 1080
- Эшимов Д. - Динамика фагоцитоза при смешанной инвазии и применение эймериостативов в сочетании с витаминами и выделениями тутового шенкоприяда Третий Российский конгресс по патофизиологии Дезрегуляционная патология органов и систем. Тезисы докладов. «Москва». 2004, Стр.258.
- Ибрагимова Ф.Д. и др. Профилактика и лечение эймериозов кур при экспериментальных условиях. Международной научной конференции “Актуальные вызовы современной науки” // Переяслав 2020. C- 20- 21.
- Feruza Ibragimova, Davletbay Ibragimov, Asadullo Daminov, and Gulmurod Mamadullaev. The influence of drugs with a synergistic mixture of phencides on the intensity of invasion, morphological blood parameters and leukocyte formula in chicken eimeriosis mixed with colibacillosis BIO Web of Conferences 118, 01007 (2024) https://doi.org/10.1051/bioconf/ 202411801007 TAEE-III-2024.10.1051/bioconf/
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014164
- Nashr sanasi
- 2026-10-10
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
- Jild
- 1
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/260911
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 79–83
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-28