Asosiy mazmunga o‘tish

Ilm bilan yuksalayotgan ayollar — taraqqiyot tayanchi

Xalikova Rahbar ErgashevnaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti2026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 112–117

Annotatsiya

Maqolada Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat yuritayotgan yetuk olimalarning ilm-fan, ta‘lim, innovatsiya, ixtirochilik va yosh mutaxassislar tayyorlash borasidagi faoliyati yoritilgan. Xususan, professorlar Paraxat Maylievna Matyakubova, Nodira Batirdjanovna Alimova va Kamola Alisherovna Muxitdinovaning ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari, innovatsion ishlanmalari, xalqaro miqyosdagi yutuqlari, ustoz-shogird an‘analarini rivojlantirishdagi hissasi hamda jamoatchilik faoliyati haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, olimalarning zamonaviy ilm-fan va ta‘lim taraqqiyotiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga hamda mamlakat ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЖенщины, достигающие высот в науке, — опора прогресса

В статье освещена деятельность видных женщин-ученых, работающих в Ташкентском государственном техническом университете, в области науки, образования, инноваций, изобретательства и подготовки молодых специалистов. В частности, приводятся сведения о научно-педагогической деятельности, научных исследованиях, инновационных разработках и международных достижениях профессоров Парахат Майлиевны Матякубовой, Нодиры Батирджановны Алимовой и Камолы Алишеровны Мухитдиновой, об их вкладе в развитие традиций наставничества, а также об их общественной деятельности. Кроме того, проанализирован вклад этих женщин-ученых в развитие современной науки и образования, подготовку высококвалифицированных кадров и повышение научного потенциала страны.

inglizchaWomen rising through science — a pillar of progress

The article highlights the work of accomplished women scientists at Tashkent State Technical University in science, education, innovation, invention and the training of young specialists. In particular, it provides information on the scientific and pedagogical work, research, innovative developments and international achievements of Professors Paraxat Maylievna Matyakubova, Nodira Batirdjanovna Alimova and Kamola Alisherovna Muxitdinova, their contribution to the development of mentoring traditions, and their public engagement. The article also analyzes these scholars‘ contribution to the development of modern science and education, the training of highly qualified personnel and the enhancement of the country‘s research potential.

Kalit so‘zlar

  • Toshkent davlat texnika universiteti
  • olimalar
  • ilm-fan
  • ilmiy salohiyat
  • ilmiy-tadqiqot faoliyati
  • innovatsiya
  • ixtirochilik
  • metrologiya
  • mexatronika
  • robototexnika
  • raqamli iqtisodiyot
  • ta‘lim
  • pedagogik faoliyat
  • ustoz-shogird an‘anasi
  • xalqaro hamkorlik
  • ilmiy kadrlar tayyorlash
  • yosh olimlar
  • ilmiy yutuqlar
  • ayol olimalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 112–117 O‘zbek

Xalikova Rahbar Ergashevna. Ilm bilan yuksalayotgan ayollar — taraqqiyot tayanchi // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 112– 117. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910017

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

ILM BILAN YUKSALAYOTGAN AYOLLAR — TARAQQIYOT TAYANCHI

Xalikova Rahbar Ergashevna Tarix fanlari doktori, professor, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti @tdtu.uz rahbarkholikova@mail.ru Annotatsiya: Maqolada Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat yuritayotgan yetuk olimalarning ilm-fan, ta’lim, innovatsiya, ixtirochilik va yosh mutaxassislar tayyorlash borasidagi faoliyati yoritilgan. Xususan, professorlar Paraxat Maylievna Matyakubova, Nodira Batirdjanovna Alimova va Kamola Alisherovna Muxitdinovaning ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari, innovatsion ishlanmalari, xalqaro miqyosdagi yutuqlari, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirishdagi hissasi

hamda jamoatchilik faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, olimalarning zamonaviy ilm-fan va ta’lim taraqqiyotiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga hamda mamlakat ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Toshkent davlat texnika universiteti, olimalar, ilm-fan, ilmiy salohiyat, ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsiya, ixtirochilik, metrologiya, mexatronika, robototexnika, raqamli iqtisodiyot, ta’lim, pedagogik faoliyat, ustoz-shogird an’anasi, xalqaro hamkorlik, ilmiy kadrlar tayyorlash, yosh olimlar, ilmiy yutuqlar, ayol olimalar. Kirish Respublikamizning yetakchi muhandis kadrlar tayyorlaydigan nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri — Toshkent davlat texnika universitetidir. Universitet nafaqat mamlakatimiz sanoati va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelayotgan, balki ilm-fan va innovatsiyalar sohasida salmoqli ilmiy maktab yaratgan dargoh sifatida ham alohida o‘rin tutadi. Bu dargohdan ko‘plab yetuk ilm-fan darg‘alari, taniqli olim va mutaxassislar yetishib chiqqan. Asosiy qism Bugun universitetda ana shu an’analarni munosib davom ettirib, ilm-fan, ta’lim va innovatsiya rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan olimalar safida professor Paraxat Maylievna Matyakubova, professor Nodira Batirdjanovna Alimova hamda iqtisod fanlari doktori, professor Kamola Alisherovna Muxitdinovaning alohida o‘rni bor. Paraxat Matyakubova: ilm, innovatsiya va ixtirochilik uyg‘unligi Bugungi kunda Paraxat Maylievna Matyakubova Toshkent davlat texnika universitetining “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Metrologiya, asbobsozlik, avtomatlashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish zamonaviy sanoat taraqqiyoti, ishlab chiqarish sifati va texnologik jarayonlarning ishonchliligini ta’minlovchi muhim sohalardan hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlarda aniq o‘lchash vositalarini yaratish, o‘lchashlarning metrologik ta’minotini takomillashtirish, milliy va xalqaro NUKUS · 2026

standartlar uyg‘unligini ta’minlash hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Professor Paraxat Mayliyevna Matyakubovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati ana shu muhim vazifalarni amalga oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

O‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etayotgan tajribali olim sifatida P.Matyakubova 600 dan ziyod ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Uning ilmiy merosi tarkibida 12 ta monografiya, 20 ta darslik, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 32 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 18 ta patent, 25 tadan ortiq dasturiy ta’minot, ilmiy jurnallarda chop etilgan 300 ta maqola hamda 210 ta ma’ruza tezisi mavjud. Olimaning ilmiy izlanishlari asbobsozlik, metrologiya, avtomatlashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarining dolzarb masalalarini qamrab oladi. P.Matyakubovaning ilmiy-tadqiqot va ixtirochilik faoliyati xalqaro « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

miqyosda ham munosib e’tirof etilmoqda. U AQSh, Rossiya, Janubiy Koreya, Belarus, Germaniya, Fransiya, Kanada, Latviya, Qozog‘iston va Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazma, forum hamda ilmiy-innovatsion tadbirlarda o‘z ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etgan. Uning ixtirolari xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, nufuzli xalqaro tanlov va ko‘rgazmalarda oltin medallar, maxsus mukofotlar hamda boshqa e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Professorning 2026 yildagi xalqaro ixtirochilik faoliyatidagi muhim yutuqlaridan biri AQShda o‘tkazilgan Silicon Valley International Invention Festival (SVIIF) doirasidagi ishtiroki bo‘ldi. Nufuzli xalqaro innovatsion festivalda P.Matyakubova hammualliflar Jamshidbek Shamuratov va Patxulla Ismatullaev bilan birgalikda “Vibrational Viscometer for Measuring the Viscosity of Liquid” — “Suyuqliklarning qovushqoqligini o‘lchash uchun vibratsion viskozimetr” nomli ilmiy-texnik ishlanmani namoyish etdi. Mazkur ixtiro xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu ixtironing xalqaro e’tirofi oltin medal bilan cheklanib qolmadi. 2026 yil 15 avgust kuni SVIIF Special Edition 2026 Inventions doirasida mazkur ishlanma uchun professor P.Matyakubova va uning hammualliflariga “Special Award – Certificate of Achievement” maxsus mukofoti topshirildi. Taiwan Invention Association tomonidan taqdim etilgan mazkur mukofot ishlanmaning inson hayotini sezilarli darajada yaxshilash salohiyatiga ega ekanligi e’tirof etilganini anglatadi. Professorning 2026 yildagi yana bir yirik xalqaro muvaffaqiyati Janubiy Koreyada qo‘lga kiritildi. Korea International Women’s Invention Exposition — KIWE 2026 xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasida Paraxat Maylievna

Matyakubova “Humidity Meter on a High-Diameter Pipe” — “Katta diametrli quvurlarda namlikni o‘lchash qurilmasi” nomli ixtirosi bilan ishtirok etdi. 2026 yil iyul oyida Koreyada o‘tkazilgan mazkur xalqaro ko‘rgazmada olimaning ishlanmasi yuksak baholanib, “Semi-Grand Prize” maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. NUKUS · 2026

AQShdagi SVIIF doirasida qo‘lga kiritilgan oltin medal va maxsus mukofot hamda Janubiy Koreyadagi KIWE 2026 Semi-Grand Prize P.Matyakubovaning ilmiy faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, ushbu xalqaro e’tiroflarning o‘lchash vositalari va metrologik ishlanmalar bilan bog‘liqligi olimaning ilmiy izlanishlari amaliy muammolarni hal etishga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Ustozlik faoliyati ham professor P.Matyakubova ilmiy merosining muhim qismidir. Uning rahbarligida 200 dan ortiq bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishlari, 70 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari bajarilgan. 2019–2024 yillarda professor rahbarligida 4 nafar tadqiqotchi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishgan. Olimaning ilm-fan va jamiyat oldidagi xizmatlari davlat va xalqaro miqyosda munosib e’tirof etilgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilm-fan oldidagi ulkan xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2021 yilda “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni, 2023 yilda ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun “Mo‘tabar ayol” « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

ko‘krak nishoni, 2024 yilda esa ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdagi alohida yutuqlari uchun O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Nodira Alimova: zamonaviy texnika va innovatsiyalar taraqqiyoti yo‘lida Universitetning yana bir taniqli olimasi — “Mexatronika va robototexnika” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Nodira Batirdjanovna Alimovadir. Olimaning ilm-fan va jamiyat oldidagi xizmatlari davlat va xalqaro miqyosda munosib e’tirof etilgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilm-fan oldidagi ulkan xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2021 yilda “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni, 2023 yilda ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni, 2024 yilda esa ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdagi alohida yutuqlari uchun O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bugun elektron qurilmalar qo‘llanilmaydigan soha deyarli qolmadi. Aloqa, televideniye va radio, tibbiyot, avtomobilsozlik, metallurgiya, transport va logistika, robototexnika kabi ko‘plab yo‘nalishlarning rivojida elektronika, mikroelektronika va nanoelektronikaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kichik kuchlanish qiymatlarida ishlaydigan zamonaviy raqamli elektron komponentlarni yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, elektron mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi.

Professor Nodira Batirdjanovna Alimovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati ham ana shu vazifalarni amalga oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Nodira Batirdjanovna Alimova o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik NUKUS · 2026

texnologiyalarni samarali joriy etayotgan tajribali olim sifatida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda ham faol ishtirok etmoqda. U bugunga qadar 300 dan ziyod ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Ular orasida 6 ta monografiya, 10 ta darslik, 25 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta ixtiro patenti, 25 tadan ortiq dasturiy ta’minot, ilmiy jurnallarda chop etilgan 100 dan X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

ortiq maqola hamda 100 dan ortiq ma’ruza tezislari bor. Nodira Batirdjanovna o‘zining ko‘p yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab yosh mutaxassislarning kamol topishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U 50 dan ortiq bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga, 20 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. 2022–2026 yillarda professor rahbarligida 1 nafar tadqiqotchi fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga erishdi. Ayni paytda u 1 nafar doktorant va 7 nafar tayanch doktorantga rahbarlik qilmoqda. Nodira Batirdjanovna Alimova ta’lim jarayoni bilan bir qatorda turli amaliy, fundamental, innovatsion hamda xalqaro ilmiy loyihalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Latviya, Litva, Portugaliya va Xitoyda malaka oshirib, xalqaro « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

seminarlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Ayni paytda texnika fanlari doktori, professor Nodira Batirdjanovna Alimova Toshkent davlat texnika universitetining “Mexatronika va robototexnika” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, mexatronika va robototexnika sohasida xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda O‘zbekistonda mazkur sohaning ilmiy-amaliy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. Kamola Muxitdinova: ilm-fan, ta’lim va jamoatchilik faoliyati uyg‘unligi Universitetda nafaqat oliy ta’lim dargohi hayotida, balki respublika miqyosida ilm-fan, ta’lim va jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turgan olimalardan biri — iqtisodiyot fanlari doktori, professor, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, O‘zMTD partiyasining Olmazor tumanidagi Kengashi raisi, Toshkent davlat texnika universiteti “Olima” uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ambassadori Kamola Alisherovna Muxitdinovadir. Bugungi kunga qadar K.Muxitdinova 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, ilmiy maqola va tezislar muallifi sifatida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar, konferensiyalar to‘plamlarida o‘z tadqiqot natijalarini e’lon qilgan. U tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida 5 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya yaratilgan. Olimaning ilmiy maqolalari Buyuk Britaniya, Chexiya, Hindiston, Germaniya, Rossiya va AQSh kabi mamlakatlardagi nashrlarda chop etilgan. Shuningdek, u xalqaro konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

K.Muxitdinovaning faoliyati ilm-fan bilan cheklanib qolmaydi. 2025 yildan noiqtisodiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun Markaziy bank ambassadori sifatida minglab yoshlarga “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida mahorat darslari o‘tkazib, ularning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga hissa qo‘shmoqda. NUKUS · 2026

Olima yoshlar ongida vatanparvarlik, bunyodkorlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratadi. U muntazam ravishda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi bo‘yicha talabalarga ma’ruzalar o‘qib, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalar haqida tushunchalar berib kelmoqda. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Professor K.Muxitdinovaning mehnati qator tanlov va mukofotlar bilan ham e’tirof etilgan. U “Yil ayoli–2025” milliy tanlovining respublika bosqichida “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan. 2025 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi va Uzcard kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan “Moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida professor “Eng faol ambassador” sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, 2025 yil 31 yanvar kuni “Zakovat Arena”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Islohotlar bilimdoni” tanlovining respublika bosqichida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

K.Muxitdinova 2025 yilda MDH davlatlari tomonidan o‘tkazilgan tanlovda “Vatan iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2026 yilda esa maqolalar tanlovida “Ilm-fan faxriysi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan.

Olima ilmiy jamoatchilikda ham faol ishtirok etib kelmoqda. U 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash raisi, 08.00.16 — “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, OAK tarkibiga kirgan 2 ta ilmiy jurnalda ilmiy kotib va tahririyat a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

Ustoz-shogird an’analarini izchil davom ettirayotgan professor rahbarligida 6 nafar shogird PhD, 2 nafar shogird esa DSc ilmiy darajasiga erishgan. Bu natijalar olimaning yosh ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishdagi faoliyati samarasini ko‘rsatadi. Ilmli ayol — jamiyat tayanchi Bugun Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat yuritayotgan professor va olimalarning ilmiy-pedagogik faoliyati zamonaviy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liq. Ularning ilmiy izlanishlari yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar yaratishga, pedagogik faoliyati esa yuqori malakali mutaxassislar va yosh olimlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Paraxat Maylievna Matyakubovaning metrologiya va o‘lchash vositalari sohasidagi ixtirolari, Nodira Batirdjanovna Alimovaning mexatronika, robototexnika va elektronika yo‘nalishidagi ilmiy-pedagogik faoliyati, Kamola Alisherovna Muxitdinovaning iqtisodiy ilm-fan, moliyaviy savodxonlik va yoshlar bilan ishlash borasidagi tashabbuslari universitet olimalarining ilmiy salohiyati keng qamrovli ekanini ko‘rsatadi. Eng muhimi, ularning faoliyatida ilm va ta’lim, ustozlik va shogirdlik, nazariya va amaliyot, innovatsiya va jamiyat manfaati o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda. Ilm-fan yo‘lida izlanayotgan, yangi avlod mutaxassislarini NUKUS · 2026

tarbiyalayotgan bunday olimalarning mehnati mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar1 ta adabiyot

  1. https://ilm-fan-jurnal.csti.uz/news X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014200
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910017
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
112–117
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31