Asosiy mazmunga o‘tish

Saksovulzorlarda salbiy ta‘sir ko‘rsatayotgan zararli hasharotlarga qarshi olib borilgan monitoring kuzatuv ishlari

Shamuratova Nagima Genjemuratovna1, Gapparov Furkat Axatovich2, Ajiev Alisher Baxtibayevich3, Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna, Omarova Ulday Yusupbay qizi2026

  1. 1Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av24
  2. 2O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
  3. 3Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 44–46

Annotatsiya

Orolqumning Urgu va Surgul hududida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan zararli hasharotlar haqida aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaМониторинговые наблюдения за вредными насекомыми, оказывающими негативное воздействие на саксаульники

Выявлены вредные насекомые, развивающиеся на вновь созданных черных и белых саксаулах в районах Ургу и Сургуль Аралкума.

inglizchaMonitoring surveys of harmful insects adversely affecting saxaul stands

Harmful insects that develop in newly established black and white saxaul trees in the Urgu and Surgul regions of the Aralkum have been identified.

Kalit so‘zlar

  • Orolqum
  • o‘simlik
  • hasharot
  • tarqalishi
  • zararlilik darajasi
  • turlari
  • sistematika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 44–46 O‘zbek

IQTIBOS UCHUN Shamuratova Nagima Genjemuratovna, Gapparov Furkat Axatovich, Ajiev Alisher Baxtibayevich, Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna, Omarova Ulday Yusupbay qizi. Saksovulzorlarda salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan zararli hasharotlarga qarshi olib borilgan monitoring kuzatuv ishlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 44–46. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910004

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

UDK: 63.632.7.72.727 SAKSOVULZORLARDA SALBIY TA’SIR KO‘RSATAYOTGAN ZARARLI HASHAROTLARGA QARSHI OLIB BORILGAN MONITORING KUZATUV ISHLARI Shamuratova Nagima Genjemuratovna1 Gapparov Furkat Axatovich2 Ajiev Alisher Baxtibayevich3 Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna4 Omarova Ulday Yusupbay qizi5 1 "O‘simliklar himoyasi va karantini" kafedrasi boshlig‘i, q.x.f.d., professor.

Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutı nagima@72 mail.ru O‘simliklar karantini ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodim q.x.f.d., professor O‘simliklar karantini ilmiy tadqiqot instituti furkat_g@mail.ru Biologiya kafedrasi professori, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti d.b.n, professor Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti alishiev72@gmail.com 4 " O‘simliklar himoyasi va karantini" kafedrasi 2 kurs doktorantı.

Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutı saxipjamal6556@gmail.ru 5 " O‘simliklar himoyasi va karantini" kafedrasi 4 kurs studenti.

Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutı omarovaulday3@gamil.ru Annotatsiya: Orolqumning Urgu va Surgul hududida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan zararli hasharotlar haqida aniqlandi.

Kalit so‘zlar: Orolqum, o‘simlik, hasharot, tarqalishi, zararlilik darajasi, turlari, sistematika.

Аннотация: Выявлены вредные насекомые, развивающиеся на вновь созданных черных и белых саксаулах в районах Ургу и Сургуль Аралкума.

Ключевые слова: Аралкум, растение, насекомое, распространение, степень вредоносности, виды, систематика.

Abstract: Harmful insects that develop in newly established black and white saxaul trees in the Urgu and Surgul regions of the Aralkum have been identified.

Keywords: Aralkum, plant, insect, distribution, degree of harmfulness, species, systematics.

Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik o‘zgarishlar Janubiy Orolbo‘yi hududida keng maydonlarda cho‘llanish jarayonini kuchaytirdi. Shamol eroziyasi, tuproq sho‘rlanishi va chang-tuz ko‘chishining ortishi hudud agroekotizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu muammolarni kamaytirish maqsadida keng maydonlarda saksovulzorlar barpo etilmoqda. Saksovul (Haloxylon spp.) cho‘l hududlarini mustahkamlovchi, eroziyaga qarshi samarali hisoblanadi. Yuqoridagi muammoni hal etish yo‘lida hukumat qarorlari asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 18-yanvardagi qaroriga muvofiq 2017-2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi. Orol dengizi Mo‘ynoq tumani hududida NUKUS · 2026

joylashgan qismida bundan 50-60 yil oldin chuqurligi 56 metrlik suv bo‘lgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2020-yil 6-oktyabrdagi PQ-4850-son qarori 2-ilova, 6-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l haritasi»da har yili Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish chora-tadbirlarini amalga oshirish kabi muhim qarorlar qabul qilinib, amalda ijrosi ta’minlanmoqda, mazkur hududga saksovul ekilib, o‘ziga xos o‘rmonga aylantirish choralari ko‘rilmoqda. 1-jadval. Mo‘ynoq tumani saksovul maydonlarida tarqalgan chigirtkalarning fenologiyasi Mart Aprel May Iyun 1 2 3 1 2 3 1 2 3 1 2 3 Saksovul katta bukur E E E E E E E E L L L I « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Saksovul kichik E E E E E E E E L L L I bukur chigirtkasi L L I

E-tuxum davri, L –lichinka davri, I-imago davri.

Kuzatuv jarayonida olib borilgan tadqiqot ishlari tahlil qilinib, aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda ushbu yuqoridagi jadvalda ko‘rib turganimizdek, joriy yilning mart va aprel oylari I, II va III dekadalari davomida chigirtka zararkunandalarining vakillari tuxum davrida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularning joylashuv maydoni bu saksovul o‘simligining tubidagi tuproq va ushbu tuproqlarda ularning tuxum ko‘zachalarining bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. May oyining birinchi va ikkinchi dekadalarida havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi sababli chigirtkalarning lichinkalari rivojlanib, tarqala boshlaganligi aniqlandi, uchinchi o‘n kunligida esa zararkunandalarning I va II yoshli lichinkalari rivojlana boshlaganligi va iyun oyining ikkinchi dekadasidan boshlab katta yoshdagi imagolarining rivojlanayotganligi aniqlandi. Ushbu olib borilgan tadqiqot ishlari davomida chigirtka zararkunandasining katta yoshdagi imagolarining ya’ni beshinchi yoshdagi vakillarining tarqalganligi aniqlandi (1 - jadval). Xulosalar Surgul hududi asosan Orol dengizi qurigan tubida joylashgan hudud hisoblanadi. Eng birinchi marta saksovul o‘simligini ekish ishlari 2006 yildan boshlangan, ya’ni 2017 yildan oldin saksovul o‘simligi bo‘lgan, lekin kam sonda ekish ishlari olib borilgan. Hozirgi vaqtda Surgul hududida qari va yosh saksovullarni uchratishimiz mumkin. Zararkunandalar ba’zi turlari qari saksovulga zarar bersa, ba’zi turlari yosh saksovullarga zarar berishi aniqlandi. Shu sababli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida saksovullarning yoshi ham inobatga olinishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Gapparov F.A., Zinaatdinov N.M., Xasanov J.D. Janubiy Orolbo‘yi hududida ekologik o‘zgarishlar natijasida tarqalib borayotgan chipor (Heteracris adspersa Redt.) zararli chigirtkasi haqida // Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportida o‘simliklar karantini va himoyasining o‘rni: konferensiya materiallari. – 2025. 162–164– b.
  2. Xasanov J.D., Zinatdinov N.M. Orolbo‘yi mintaqasida saksovulzorlarning X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA zararkunandalar bilan zararlanishi va ularga qarshi kurash choralarining ahamiyati // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2025. – № 4 (112). ISSN 2181-8150. 41–42–b.
  3. Xo‘jayev Sh.T. / Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. II nashr. – Toshkent, 2004. – 103-b.
  4. Shamuratova N.G. va boshq. / Aral bo‘yi aymaqlarında tarqalǵan zıyanlı shegirtkeler boyınsha usınıs. – Impress Media, 2025. 40-b. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014187
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910004
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
44–46
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31