Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekistonda gender tenglikni ta‘minlashning institutsional va huquqiy asoslari: muammolar va rivojlanish istiqbollari
Adilova Marjangul Yelmuratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada gender tenglik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning nazariy-tarixiy asoslari hamda zamonaviy jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Ilmiy maqolada BMT doirasida qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjatlar va AQShda xotin-qizlarning saylov huquqlarini tan olish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan institutsional va qonunchilik islohotlari, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, 2030 yilgacha mo‘ljallangan Gender strategik maqsadlari tahlil qilingan. Maqola yakunida gender tenglikni yanada rivojlantirish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ilgari surilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qazaq etnolingvistikasında etnografizmlerdiń izertleniwi
Adilova Gulshat Agitaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqalada etnografizmlerdiń til sistemasındaǵı roli, til biliminiń tariyxındaǵı etnolingvistikalıq mektepler, qazaq tiliniń etnolingvistikası boyınsha ilimiy miynetler qarastırıladı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qaraqalpaqstan qazaqları tiliniń ruwxıy mádeniyat leksikasındaǵı arxaizmlik etnografizmler haqqında
Adilova Gulshat Agitaevna, Quwanıshbaeva Nargiza Ayazbay qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan qazaqları tiliniń ruwxıy mádeniyat leksikasındaǵı arxaizmlik etnografizmler izertlengen. Jergilikli qazaqlar tilindegi urın barıw, urın toy, qınamende etnografizmleriniń qollanılıw ózgeshelikleri, lingvomádeniy mazmunı haqqında sóz etilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va gender tengligini ta‘minlashning huquqiy asoslari
Adilova Marjangul Elmuratovna, Gulimbetova Hurliman Yusup qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Mazkur tezisda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta‘lim va ilm-fan sohasidagi ishtirokini kengaytirish hamda gender tengligini ta‘minlashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, xotin-qizlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy, oilaviy va iqtisodiy omillar, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar ham aytiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BEDT-TSF asosidagi molekulyar kristallarda kristall tuzilish, elektron korrelyatsiya va magnit xossalarning kompleks
Adilova Xalida Shamshetdin qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
BEDT-TSF (bis(etilenditio)-tetratiafulvalen) organik elektron donori asosida sintez qilingan molekulyar birikmalarning kristall tuzilishi xususiyatlari va fizik xossalari ko‘rib chiqiladi. Turli anionlar va kristallanish sharoitlarining birikmalarning kristall qadoqlanish turiga, o‘tkazuvchanligiga va magnit xarakteristikalariga ta‘sirini tahlil qilish natijalari keltirilgan. Ushbu materiallarning organik o‘ta o‘tkazgichlar va past o‘lchamli o‘tkazgichlar sifatidagi o‘zini tutishini belgilovchi strukturaviy parametrlar va elektron xossalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
«Áyyemgi qaraqalpaqlar» romanı hám «Qoblan» dástanında tuwılıw motiviniń intertekstualizaciyası
Absattarova Nilufar Allabay qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Bul maqalada A. Ábdievtiń “Áyyemgi qaraqalpaqlar” romanındaǵı qaharmannıń tuwılıw epizodı menen qaharmanlıq dástan “Qoblan” dástanındaǵı qaharmannıń dúnyaǵa keliwi arasındaǵı intertekstuallıq baylanıs ilimiy talqıǵa alınadı. Romandaǵı bul epizodtıń jazıwshı tárepinen interpretaciyalanıw maqseti úyreniledi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘simlik xomashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olishning zamonaviy usullari
Abishova G.U., Ubaydullayeva A.K. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Sharhda oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasi uchun o‘simlik xomashyosidan biologik faol moddalar (BFM) olish texnologiyasidagi uchta istiqbolli yo‘nalish — ultratovush bilan ishlov berish, membrana texnologiyalari va yuqori gidrostatik bosim ostida ajratib olish tahlil qilinadi. Har bir usulning fizik tamoyillari, optimallashtirishning asosiy parametrlari, afzalliklari va cheklovlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Agrosanoat majmuasining qayta ishlanadigan xomashyosidan polifenollar, antotsianlar, saponinlar va boshqa qimmatli birikmalarni olishda ulardan samarali foydalanish misollari keltiriladi. Ushbu yondashuvlar funksional oziq-ovqat ingrediyentlarini olishning «yashil», resurstejamkor texnologiyalarini yaratishda yuqori samaradorlikka ega degan xulosaga kelinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Olma siqindisidan olingan pektin ekstrakti asosida funksional ichimlik texnologiyasini ishlab chiqish
Abishova G.U., Dayrabayev R.A. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada olma sharbati ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan siqindidan oqilona foydalanish va uning asosida funksional ichimlik yaratish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi olma sharbati va olma siqindisidan olingan suyuq pektinli ekstraktni uyg‘unlashtirish orqali funksional ichimlik texnologiyasini ishlab chiqish hamda tayyor mahsulotning asosiy sifat ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat. Tadqiqot davomida «Renet Simirenko» navi olmasining siqindisidan 0,1 foizli limon kislotasi eritmasida, 80±2 °C haroratda uch soat davomida gidroliz-ekstraksiya o‘tkazildi. Ekstrakt va tayyor ichimlikning fizik-kimyoviy hamda organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ishlab chiqilgan texnologiya olma siqindisini qayta ishlash, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish va yuqori organoleptik xossalarga ega funksional mahsulot olish imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
K.Karimovtıń «Ullı dasht bórileri» romanında ertedegi túrkiy xalıqlar tariyxınıń súwretleniwi
Abishova Aybolsın · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqalada qaraqalpaq jazıwshısı K.Karimovtıń «Ullı dasht bórileri» tariyxıy romanında túrkıy xalıqlardıń 7 ásirdegi tarıyxıy turmısın súwretlewdegi, jazıwshınıń qaharman obrazın dóretiwdegi sheberligin analiz qılıp óttik.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi va transport tizimida xotin-qizlarning o‘rni va qo‘shgan hissasi (1991–2025-yillar)
Abdusalomova Sevara Raxmonqulovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada 1991–2025-yillarda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi va transport tizimida xotin-qizlar ishtirokining tarixiy, huquqiy va kasbiy jihatlari tahlil qilingan. Gender tenglikni ta‘minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, aviakompaniyalarda kadrlar tayyorlash amaliyoti hamda ICAO, IATA va ILO ma‘lumotlari asosida soha kadrlar tarkibidagi kasbiy tafovutlar aniqlangan: bort kuzatuvchilar safiga ayollar faol jalb etilayotgan bo‘lsa-da, uchuvchilar orasida ularning ulushi hali ham juda past. Maqolada soha bo‘yicha gender kesimidagi ochiq statistikani shakllantirish zarurligi asoslangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va issiqxona gazlari chiqindilarining ajralishi: dekarbonizatsiya ssenariylari va yashil multiplikatorlar
Abdullayev Ruslan Ramanovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada O‘zbekistonda jadal iqtisodiy o‘sish sharoitida YaIM va issiqxona gazlari chiqindilari o‘rtasidagi ajralish (decoupling) darajasi hamda yashil investitsiyalarning multiplikativ samarasini baholash masalasi ko‘rib chiqilgan. Issiqxona gazlarining eng so‘nggi rasmiy inventarizatsiyasi (2010–2022 yillar) asosida chiqindilarning YaIM bo‘yicha elastikligi hisoblanib, BAU, mo‘tadil va jadallashtirilgan dekarbonizatsiya ssenariylari bo‘yicha 2035 yilgacha bo‘lgan chiqindilar trayektoriyasi hisoblangan. Yashil investitsiyalarning ishlab chiqarish, qo‘shilgan qiymat, bandlik, import va uglerod bo‘yicha multiplikativ samaralarini «xarajat – ishlab chiqarish» (Input-Output) jadvallari asosida baholashning metodologik tizimi taklif etilgan. Natijalar nisbiy ajralish mavjudligini, biroq mutlaq ajralish uchun YaIMning uglerod sig‘imi yiliga 5,8 foizdan tezroq kamayishi zarurligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Biologiya darslarida sun‘iy intellekt texnologiyalari yordamida maktab o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish
Abdraimova K.T., Naqishpan A. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada biologiya darslarida maktab o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun‘iy intellektning pedagogik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotchilik kompetensiyasi muammo va farazni shakllantirish, tadqiqotni rejalashtirish, ma‘lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, dalillarga asoslangan xulosa chiqarish hamda natijalarni taqdim etish malakalarining yaxlit majmui sifatida talqin etiladi. Nazariy-metodik tahlil asosida sun‘iy intellektga tayangan tadqiqotning besh bosqichli modeli, o‘quv topshiriqlari namunalari, baholash mezonlari va xavfsiz foydalanish shartlari taklif etiladi. Sun‘iy intellektning ta‘limiy qiymati tayyor javob berishda emas, balki o‘quvchilarning savol qo‘yish, dalillarni tekshirish, ma‘lumotlarni talqin qilish va refleksiya ko‘nikmalarini mustahkamlashda ekani asoslab beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
The role of family and national values in the spiritual and moral development of children
Abdimuratova Nilufar Paraxatovna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Maqolada bolalarning ma‘naviy-axloqiy kamolotida oila va milliy qadriyatlarning o‘rni o‘rganiladi. Oilaviy an‘analar, xalq donishmandligi, maqollar hamda Sharq mutafakkirlari pedagogik g‘oyalarining tarbiyaviy salohiyatiga alohida e‘tibor qaratiladi. Tadqiqot bolalar dastlabki axloqiy tamoyillar, ijtimoiy odatlar va madaniy qadriyatlarni oilada egallashini ko‘rsatadi. Qoraqalpoq maqollari va an‘anaviy hikmatli so‘zlari ota-onani hurmat qilish, mas‘uliyat, mehribonlik, oila birligi va ta‘limning ahamiyatini ta‘kidlab, axloqiy yo‘l-yo‘riqning muhim namunalarini beradi. Tadqiqotda milliy madaniy merosni zamonaviy ta‘lim amaliyotiga integratsiyalash axloqan mas‘uliyatli va madaniy jihatdan ongli yoshlarni shakllantirishga xizmat qilishi mumkinligi asoslanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qaraqalpaqstanda tariyxıy hám mádeniy turizmdi rawajlandırıwdıń áhmiyetli máseleleri
Abdimuratova Nazira Kaniyazovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Qaraqalpaqstan aymaǵınıń tábiyatı hám tábiyiy resursları, tariyxıy-mádeniy miyrası, arxeologiyalıq estelikleri, muzeyleri, milliy dástúrleri hám mádeniy baylıqlarınıń turizmdi rawajlandırıwdaǵı ornı áhmiyetli. Sonday-aq, tariyxıy hám mádeniy turizmniń házirgi jaǵdayı, onı rawajlandırıwǵa kesent berip atırǵan tiykarǵı máseleler, turizm infrastrukturasın jetilistiriw, tariyxıy esteliklerdi saqlaw hám olardı turistlerge tanıstırıw máselesine itibar qaratıladı. Maqalada Qaraqalpaqstannıń turistik múmkinshiliklerin nátiyjeli paydalanıw, mádeniy miyrastı qorǵaw hám aymaqtıń turistik tartımlılıǵın arttırıw boyınsha tiyisli usınıslar keltirilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Suw háwizlerin pataslanıwdan saqlaw jolları
Abdiganieva Gulshad, Abdijalieva Gulayim · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Bu maqolada suv havzalari tabiiy va sun‘iy yo‘llar bilan ifloslanishi va suv havzalarini iflos bo‘lishdan saqlash yo‘llari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi
Abdieva Aliya Talgatovna, Jumabaeva Rayxan Rustem qizi, Tajetdinov Muxamatdin Maxsutovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Ushbu maqolada ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, foydali jihatlari va yetishtirish texnologiyasi yoritilgan. Shuningdek, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda undan samarali foydalanish va uni yetishtirishning ahamiyati bo‘yicha o‘rganilgan adabiyotlar tahlili bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Integrating AI into communicative grammar teaching
U. Abatbaeva, D.T.Xadjieva · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026
Sun‘iy intellekt (SI), xususan, generativ sun‘iy intellektning (GenAI) jadal rivojlanishi tillarni o‘qitish va o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratdi. So‘nggi tadqiqotlar GenAI shaxsiylashtirilgan ta‘lim, kontent yaratish, ta‘lim oluvchilarning faol ishtiroki, qayta aloqa va til amaliyoti imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlay olishini ko‘rsatmoqda, biroq aniqlik, unga ortiqcha tayanib qolish, maxfiylik va o‘qituvchi yo‘l-yo‘rig‘iga ehtiyoj bilan bog‘liq xavotirlar saqlanib qolmoqda (Law, 2024; Lee, 2024; Lo et al., 2024). Maqolada grammatik shaklga e‘tiborni tilning mazmunli qo‘llanishi bilan uyg‘unlashtirish vositasi sifatida SI ko‘magidagi kommunikativ grammatik topshiriqlarning imkoniyatlari o‘rganiladi. Topshiriqlarga asoslangan til o‘qitish, kommunikativ til o‘qitish va shaklga yo‘naltirilgan ta‘lim tamoyillariga tayangan holda, SIdan grammatika mazmunli natijalarga erishish resursi bo‘lib xizmat qiladigan dinamik kommunikativ vaziyatlar yaratishda foydalanish mumkinligi asoslanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Вклад узбекских и польских исследовательниц в развитие научного диалога об истории и памяти независимого Узбекистана
Maria Aleksandrovna Zukowska · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Maqolada tanlab olingan o‘zbek va polyak tadqiqotchi ayollarining mustaqillikka erishilgandan keyin O‘zbekiston tarixi, polietnikligi va madaniy xotirasini o‘rganishga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Qiyosiy tarixshunoslik tahlili asosida o‘zaro bog‘liq uchta yo‘nalish aniqlangan: sovet qatag‘onlarini tadqiq etish; migratsiyalar, deportatsiyalar va diasporalarni o‘rganish; O‘zbekistondagi polyaklar tarixini qayta tiklash. O‘zbek olimlarining ilmiy ishlari ko‘p millatli jamiyatni o‘rganishning tushunchaviy va manbaviy asosini shakllantirgan, polyak mualliflar esa Polsha fuqarolari tajribasi va xotira joylariga oid tadqiqotlarni rivojlantirgan. Z. R. Ishanxodjayeva, R. X. Murtazayeva, D. M. Inoyatova, A. X. Raxmanqulova, K. D. Saipova, T. I. Doroshenko, M. M. Xashimova, S. Sh. Pirimqulova, A. Koział, A. Zapalec va E. Ziółkowska ishlariga alohida e‘tibor qaratilgan. Muloqotni yanada rivojlantirish arxivlar ustida birgalikda ishlashni, manbalardan raqamli foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni va mikrotarixni xotiraga oid qiyosiy tadqiqotlarga kiritishni talab etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Гидрологическая трансформация водных ресурсов Амударьинской дельты в условиях изменения антропогенной нагрузки
T.R.Xojamuratova, A.Berdimuratova, S.I.Saytova · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026
Amudaryo deltasi Markaziy Osiyodagi eng zaif tabiiy-antropogen suv tizimlaridan biri bo‘lib, bu yerda daryo oqimining o‘zgarishi, suvdan jadal foydalanish, sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi va gidroiqlim sharoitlarining o‘zgarishi hududning suv bilan ta‘minlanishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotning maqsadi Amudaryoning quyi oqimi hududida ko‘p yillik suv oqimi dinamikasini baholash, uning makoniy-zamoniy transformatsiyasining asosiy qonuniyatlarini aniqlash hamda Amudaryo deltasi suv resurslarining hozirgi tuzilmasida kollektor-drenaj oqimining rolini belgilashdan iborat bo‘lgan. Ishda Amudaryoning Samanboy gidropostidagi 1965–2009-yillarga oid o‘rtacha oylik suv sarflari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining yirik magistral va xo‘jaliklararo kollektorlari bo‘yicha 2018–2023-yillardagi suv sarfi va oqim hajmi ma‘lumotlaridan foydalanilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘zbekistonda olima ayollarning iqtisodiy tadqiqotlar va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni
Lola Xalikova Nazarovna, Ashurova Jasmina Jo‘ra qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026
Maqolada O‘zbekistonda olima ayollarning iqtisodiy tadqiqotlar va innovatsion rivojlanishdagi ishtiroki rasmiy statistik ma‘lumotlar asosida baholangan. Tadqiqotda statistik, dinamik, qiyosiy va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. 2025-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajargan 43,1 ming tadqiqotchining 17,4 ming nafari, ya‘ni 40,4 foizi ayollar bo‘lgani aniqlandi. Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan ayollar soni 2019-yildagi 824 nafardan 2025-yilda 4 859 nafarga yetib, qariyb 5,9 baravar oshgan. 2022–2025-yillarda “Olima ayollar” tanloviga taqdim etilgan 1 612 loyihadan 156 tasi 127,3 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirilgan. Tahlil natijasida ilmiy salohiyatning o‘sishi bilan tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, korxonalar bilan hamkorlik va iqtisodiy samarani o‘lchash o‘rtasida uzviy mexanizm zarurligi asoslandi. Ayol olimlar loyihalarini muammo–tadqiqot–tajriba sinovi–tijoratlashtirish–iqtisodiy samara zanjiri asosida boshqarish, natijadorlik ko‘rsatkichlarini joriy etish va hududiy innovatsion buyurtmalarni shakllantirish taklif qilindi.