O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va gender tengligini ta‘minlashning huquqiy asoslari
Adilova Marjangul Elmuratovna, Gulimbetova Hurliman Yusup qiziQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 200–202
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta‘lim va ilm-fan sohasidagi ishtirokini kengaytirish hamda gender tengligini ta‘minlashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, xotin-qizlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy, oilaviy va iqtisodiy omillar, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar ham aytiladi.
Boshqa tillarda
ruschaПравовые основы развития научного потенциала женщин и обеспечения гендерного равенства в Узбекистане
В настоящих тезисах анализируются правовые основы развития научного потенциала женщин, расширения их участия в сфере высшего образования и науки и обеспечения гендерного равенства в Узбекистане. Рассматриваются также социальные, семейные и экономические факторы, препятствующие женщинам заниматься научной деятельностью, и возможности, создаваемые государством.
inglizchaLegal foundations for developing women‘s research potential and ensuring gender equality in Uzbekistan
This paper analyzes the legal foundations for developing women‘s research potential, expanding their participation in higher education and science, and ensuring gender equality in Uzbekistan. It also discusses the social, family and economic factors that prevent women from engaging in research, as well as the opportunities being created by the state.
Kalit so‘zlar
- gender tengligi
- xotin-qizlar
- ilmiy salohiyat
- oliy ta‘lim
- teng imkoniyatlar
- davlat siyosati
- huquqiy kafolatlar
- ilm-fan
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 200–202 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Adilova Marjangul Elmuratovna, Gulimbetova Hurliman Yusup qizi. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va gender tengligini ta’minlashning huquqiy asoslari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 200– 202. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910034
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING ILMIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH VA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY ASOSLARI Adilova Marjangul Elmuratovna Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi e-mail: marjanguladilova@gmail.com Gulimbetova Hurliman Yusup qizi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi e-mail: hurlimangulimbetova.a@gmail.com Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ishtirokini kengaytirish hamda gender tengligini ta’minlashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, xotin-qizlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy, oilaviy va iqtisodiy omillar, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar ham aytiladi.
Kalit so‘zlar: gender tengligi, xotin-qizlar, ilmiy salohiyat, oliy ta’lim, teng imkoniyatlar, davlat siyosati, huquqiy kafolatlar, ilm-fan.
Bugungi kunda gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hisoblanadi. Sababi, bu inson kapitalini mustahkamlash hamda ilm-fan sohasidagi raqobatbardoshligini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir. Xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilmiy tadqiqotlar olib borishi, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishi va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi jamiyatning salohiyatini yuksaltiruvchi muhim omillardan hisoblanadi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishi uchun teng imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shunga qaramay, ayrim ijtimoiy muhitlarda an’anaviy qarashlar, oilaviy majburiyatlarning noteng taqsimlanishi, iqtisodiy qiyinchiliklar va qizlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga nisbatan cheklangan tasavvurlar ularning o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli xotin-qizlarning ilm-fandagi ishtirokini kengaytirish masalasini faqat ta’lim olish imkoniyatlarini oshirish bilan cheklab bo‘lmaydi. Bu jarayon huquqiy kafolatlar, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhit, huquqiy ong va ta’lim tizimidagi islohotlarga yanada e’tibor qaratishni talab qiladi.
O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashning konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida mustahkamlangan. Unga muvofiq, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar hamda davlat ularga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. Mazkur norma xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilmiy faoliyat yuritishi va kasbiy rivojlanishi uchun muhim huquqiy kafolat hisoblanadi. Bundan tashqari, 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun gender tengligini ta’minlashning muhim huquqiy mexanizmlaridan biridir. Ushbu NUKUS · 2026
qonunchilik yo‘nalishi xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarini teng ta’minlash, jinsi sababli kamsitilishning oldini olish va turli sohalarda teng ishtirok etish sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Mazkur huquqiy kafolatlarning amaliy ahamiyati shundaki, ayollarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi yoki rahbarlik lavozimlariga intilishi ijtimoiy qarashlar yoxud jinsga asoslangan X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
cheklovlar sababli to‘xtab qolmasligi kerakligini anglatadi. Xotin-qizlarning ta’lim sohasidagi rivojlantirishda asosiy masalalardan biri ularning ta’lim olishdan boshlab ilmiy daraja va akademik martabaga erishishigacha bo‘lgan jarayonda uzluksiz imkoniyatlarga ega bo‘la olmasligida. Birinchidan, ayrim oilalarda qizlarning oliy ta’lim olishi yoki uzoq muddatli ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga nisbatan cheklovlar uchraydi. Masalan, ayrim ota-onalar qiz farzandining boshqa hududda tahsil olishini ma’qullamasligi, oilaviy mas’uliyatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishi yoki ilmiy kasbning kelajakdagi imkoniyatlarini yetarlicha baholamasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda qizlarning mustaqil kasbiy maqsadlarini belgilash imkoniyati cheklanishi ehtimoli mavjud. Ikkinchidan, oila va « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
kasbiy faoliyatni birgalikda olib borish masalasi muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi, uy yumushlari va boshqa oilaviy vazifalarning asosiy qismi ayollar zimmasiga tushishi ularning darslarga tayyorlanishi, ilmiy maqolalar yozishi, konferensiyalarda qatnashishi va tadqiqot olib borishi uchun ajratadigan vaqtini kamaytirishi mumkin. Uchinchidan, iqtisodiy omillar ham ta’lim olish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Kontrakt to‘lovlari, turar joy, transport, ilmiy adabiyotlar va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish xarajatlari ayrim talabalar uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli huquqiy va tashkiliy mexanizmlar joriy etilgan. Jumladan, davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning belgilangan kontrakt to‘lovlari davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarori bilan tartibga solinadi. Bu imkoniyat xotin-qizlarning magistratura bosqichida ta’limni davom ettirishi va yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida qo‘shimcha davlat grantlari ajratilishi nazarda tutilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlar uchun ham qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul imkoniyatlari kengaytirilgan. Oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi bunday chora-tadbirlar xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy malakasini oshirish va jamiyatning intellektual rivojlanishida faol ishtirok etishiga xizmat qilmoqda.
Jamiyatda gender tengligini ta’minlashning mazmuni ayollar va erkaklar o‘rtasida faqat huquqiy tenglikni e’lon qilish bilan cheklanmaydi. U har bir insonning bilim, qobiliyat va intilishlariga muvofiq o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlarni yaratishni ham nazarda tutadi. Xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish esa O‘zbekistonning ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy NUKUS · 2026
taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim omildir. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014217
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910034
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 200–202
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31