Asosiy mazmunga o‘tish

Ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi

Abdieva Aliya Talgatovna, Jumabaeva Rayxan Rustem qizi, Tajetdinov Muxamatdin MaxsutovichQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 141–144

Annotatsiya

Ushbu maqolada ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, foydali jihatlari va yetishtirish texnologiyasi yoritilgan. Shuningdek, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda undan samarali foydalanish va uni yetishtirishning ahamiyati bo‘yicha o‘rganilgan adabiyotlar tahlili bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaБиологические особенности и технология возделывания кориандра посевного (Coriandrum sativum L.)

В статье рассмотрены биологические особенности, полезные свойства и технология возделывания кориандра посевного (Coriandrum sativum L.). Изложен также анализ изученной литературы о росте и развитии этого растения, его эффективном использовании и значении его возделывания.

inglizchaBiological characteristics and cultivation technology of coriander (Coriandrum sativum L.)

This article discusses the biological characteristics, beneficial properties, and cultivation technology of coriander (Coriandrum sativum L.). It also presents an analysis of the literature on the importance of coriander cultivation, its growth and development, and its effective utilization.

Kalit so‘zlar

  • ekma kashnich
  • Coriandrum sativum L
  • ziravor o‘simlik
  • dorivor o‘simlik
  • biologik xususiyat
  • urug‘
  • vegetatsiya davri
  • agrotexnika
  • yetishtirish texnologiyasi
  • hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 141–144 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Abdieva Aliya Talgatovna, Jumabaeva Rayxan Rustem qizi, Tajetdinov Muxamatdin Maxsutovich. Ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 141–144. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910022

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

UDK: 635.7:582.794.1 EKMA KASHNICH (CORIANDRUM SATIVUM L.) O‘SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Abdieva Aliya Talgatovna e-mail: aliaabdieva669@gmail.com Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich magistranti

Jumabaeva Rayxan Rustem qizi e-mail: raykhanrustemovna@gmail.com Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich magistranti Tajetdinov Muxamatdin Maxsutovich e-mail: tmuxammetdin@gmail.com. Orcid.org/0009-008-3012-4350 Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini b.f.f.d. dotsent Annotatsiya: Ushbu maqolada ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari, foydali jihatlari va yetishtirish texnologiyasi yoritilgan. Shuningdek, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda undan samarali foydalanish va uni yetishtirishning ahamiyati bo‘yicha o‘rganilgan adabiyotlar tahlili bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: ekma kashnich, Coriandrum sativum L., ziravor o‘simlik, dorivor o‘simlik, biologik xususiyat, urug‘, vegetatsiya davri, agrotexnika, yetishtirish texnologiyasi, hosildorlik.

Abstract: This article discusses the biological characteristics, beneficial properties, and cultivation technology of coriander (Coriandrum sativum L.). It also presents an analysis of the literature on the importance of coriander cultivation, its growth and development, and its effective utilization.

Keywords: coriander, Coriandrum sativum L., spice plant, medicinal plant, biological characteristics, seeds, growing season, agricultural practices, cultivation technology, yield.

Kirish. Dorivor va ziravor o‘simliklardan oqilona foydalanish, ularning biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish hamda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bugungi kunda muhim ilmiy-amaliy masalalardan biridir. O‘simliklarning oziq-ovqat, farmatsevtika va xalq tabobatidagi ahamiyati ularni yetishtirishga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda Respublikamizda dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirish, ularni farmatsevtika sanoati uchun xom-ashyo bazasini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-251 son qaroriga muvofiq dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirishni jadallashtirish ustuvor maqsad qilib qo‘yilgan [1].

Hozirgi paytda Respublikamizda yiliga o‘rtacha 850 tonna dorivor o‘simliklar xom-ashyosi tayyorlanmoqda, uning 51% dorivor preparatlar ishlab chiqarish uchun, 42 % oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun va 7% texnik xom-ashyo olish uchun ishlatiladi [4]. Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, bioxilma-xillik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi florasi dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Respublikada 112 turdagi dorivor o‘simliklar NUKUS · 2026

tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan bo‘lib ularning 80 % ni tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi. 70 turdagi dorivor o‘simliklar esa farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda[5]. Ekma kashnich — Coriandrum sativum L. ziravor va dorivor xususiyatlarga ega bo‘lgan bir yillik o‘simlikdir. Uning barglari va pishgan mevalari oziq-ovqatda X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

ziravor sifatida ishlatiladi. Kashnich mevalari tarkibidagi efir moylari va boshqa biologik faol moddalar uning dorivor ahamiyatini belgilaydi[2]. Ekma kashnich dorivor o‘simlik sifatida qadimdan Sharq tabobatida keng qo‘llanilgan bo‘lib, uning barglari va urug‘lari oziq-ovqat sanoatida ziravor sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘simlikning urug‘i (mevasi) tarkibida biologik faol moddalarning ko‘pligi sababli dorivorlik xususiyatlari yuqori baholanadi [6]. Kashnich turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirilishi mumkin. O‘simlikning rivojlanishi, hosildorligi va urug‘larining sifati ko‘p jihatdan ekish muddati, tuproqning tayyorlanishi, namlik, oziqlanish va parvarish tadbirlariga « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

bog‘liq. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqot materiallari sifatida ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) o‘simligining biologik xususiyatlari va yetishtirish agrotexnikasiga oid ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy manbalardan foydalanildi. O‘simlikning biologik xususiyatlarini o‘rganishda uning ildiz tizimi, poyasi, barglari, to‘pguli, gullashi, mevasi va urug‘larining shakllanishiga e’tibor qaratildi. Yetishtirish texnologiyasini yoritishda yerga ishlov berish, urug‘larni ekish, parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirish va hosilni yig‘ib olish kabi agrotexnik tadbirlar tahlil qilindi. Ekma kashnichning biologik xususiyatlari. Ekma kashnich Coriandrum sativum L. Apiaceae — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. O‘simlikning ildizi o‘q ildiz tipida bo‘lib, tuproqning ma’lum chuqurlik qatlamlariga kirib boradi. Poyasi tik o‘sadi, silliq, yuqori qismidan shoxlanadi. Barglari poyada turlicha shaklda joylashadi. Pastki barglari bandli va nisbatan yaxlitroq, yuqori barglari esa mayda bo‘laklarga ajralgan bo‘ladi. Gullari mayda, oq yoki och pushti rangda bo‘lib, murakkab soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kashnichning mevasi ikki urug‘chali qo‘shaloq meva bo‘lib, pishganda o‘ziga xos hidga ega. Urug‘larida efir moyi mavjud bo‘lib, aynan shu moddalar o‘simlikning o‘ziga xos xushbo‘y hidini shakllantiradi. Kashnich nisbatan salqinsevar o‘simlik bo‘lib, urug‘lari unib chiqishi uchun yetarli namlik talab etadi. O‘simlikning dastlabki rivojlanish davrida tuproqda namlikning yetarli bo‘lishi nihollarning bir tekis unib chiqishi uchun muhimdir.

Ekma kashnichni yetishtirish texnologiyasi. Kashnich ekiladigan maydonlarni kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 20-25 tonna mahalliy o‘g‘it va 40-45 sof superfosfat bilan oziqlantirib 25-27 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‘yiladi. Kashnich unumdor va ochiq yerlarda yaxshi o‘sadi. Yerni kuzda haydalganda tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, 215 havo almashinishi va oziqa NUKUS · 2026

rejimi yaxshilanadi. Begona o‘tlar urug‘i, zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar miqdori kamayadi. Kashnich sovuqqa chidamli o‘simlik, uning urug‘i 8-10°S unib chiqa boshlaydi, shuning uchun uning urug‘larini bir tekis undirib olish uchun bir xil chuqurlikda ekish, normasiga rioya qilish, ko‘chat qalinligi bir xil bo‘lishi tuproq X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

namidan vaqtida foydalanishiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Kashnich urug‘ini kuzda yoki erta bahorda tor qatorlab yoki qator oralari 45 sm, 3-4 sm chuqurlikda sabzavot ekadigan uskunalarda gektar hisobiga 10-15 kg urug‘ sarflab optimal (tuproq harorati 14- 15°S) muddatlarda ekilsa ko‘chatlar 7-8 kunda to‘liq o‘sib chiqadi va sug‘oriladi. Maysalar o‘sib chiqqandan keyin begona o‘tlardan tozalanadi, ildizga zarar yetkazmasdan oralariga ishlov beriladi. Kashnich ekiladigan maydon begona o‘tlardan toza, unumdor va tekis bo‘lishi lozim. Ekin ekishdan oldin maydon tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda tayyorlanadi. Tuproqqa asosiy ishlov berishda yerning yumshatilishi va tekislanishiga e’tibor beriladi. Urug‘larni bir tekis chuqurlikda joylashtirish uchun « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

ekish oldidan tuproq mayin holatga keltiriladi. Kashnichning vegetatsiya davri 90-120 kun davom etadi. Kashnich rivojlanish davrida oziqa elementlarga juda talabchan hisoblanadi. Uning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish bilan birga gektar hisobiga 30-40 kg dan azot, 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Kashnich gullash va kesish davrida ikkinchi marta gektariga 40 kg dan azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Kashnich quruqlikka chidamli o‘simlik bo‘lishiga qaramasdan o‘sish va meva tugish davrida ko‘p namlikni talab qiladi. Maysalarni yuvib ketmaslik uchun sug‘orish ishlari ehtiyotkarlik bilan olib borilishi lozim. Vegetatsiya davomida 10- 12 martagacha sug‘oriladi. Agrotexnik tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilgan maydonlardan gektaridan 1000-1200 kg hosil yig‘ib olish mumkin. Kashnichning oziq-ovqat va dorivor ahamiyati. Kashnichning yashil barglari oziq-ovqat mahsulotlariga xushbo‘y hid va o‘ziga xos ta’m berish uchun ishlatiladi. Pishgan mevalari esa turli taomlar va ziravor aralashmalarida qo‘llanadi. Kashnich mevalarida efir moylari va boshqa biologik faol moddalar mavjud. Shu sababli o‘simlikdan xalq tabobatida ham qadimdan foydalanib kelinadi. Kashnichning xushbo‘y va biologik faol komponentlari uni oziq-ovqat hamda farmatsevtika yo‘nalishlari uchun qimmatli o‘simliklardan biriga aylantiradi. Kashnich mevasining efir moyi antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydovchi hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo‘llaniladi, shuningdek, farmatsevtikada ichiladigan dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi. Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda parfyumeriyada qo‘llaniladi.

Dorivor preparatlari damlama, kukun (poroshok) va spirtli suvi. Mevasi me’da va bavosil kasalliklarida ishlatiladigan hamda o‘t haydovchi yig‘malar – choylar tarkibiga kiradi. Xulosa. Ekma kashnich (Coriandrum sativum L.) oziq-ovqat, ziravor va dorivor ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli bir yillik o‘simliklardan biridir. Uning NUKUS · 2026

biologik xususiyatlari, ayniqsa, urug‘larining unishi, vegetativ rivojlanishi, gullashi va meva hosil qilishi yetishtirish texnologiyasini to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Kashnichdan yuqori va sifatli hosil olish uchun ekiladigan maydonni to‘g‘ri tanlash, tuproqqa sifatli ishlov berish, sifatli urug‘lardan foydalanish, optimal X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

muddatda ekish, ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orish, qator oralarini yumshatish va begona o‘tlarga qarshi kurashish zarur. Shuningdek, kashnichning biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasini mahalliy tuproq-iqlim sharoitlari asosida o‘rganish uning hosildorligini oshirish va sifatli dorivor hamda ziravor xomashyo yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, agronomik tadqiqotlar ekma kashnichni navbatlab ekish usulini qo‘llash hosildorlikni oshirish va plantatsiyalar samaradorligini yaxshilashga yordam berishini ko‘rsatadi. Demak, ekma kashnich dorivor va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli o‘simlik sifatida tibbiyot, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilishi mumkin. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ251 son qarori. https://lex.uz/docs/-6027139.
  2. Nadeem M., Anjum F.M., Khan M.I., Tehseen S, El-Ghorab A, Sultan J.I. Nutritional and medicinal aspects of coriander (Coriandrum sativum L.) A review. Brit. Food J. 2013. 115(5):743-755.
  3. Verma A, Pandeya S.N., Sanjay K.Y., Styawan S. A Review on Coriandrum sativum (Linn.) An Ayurvedic Medicinal Herb of Happiness. J. Adv. Pharm. Healthcare Res. 2011. 1(3):28-48.
  4. Amanova G.R. Efir moyli (Kashnich, arpabodiyon va qora zira) o‘simliklarning ahamiyatli jihatlari xususida. // Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. 2024. -B.174-
  5. Ahmedov O‘. Ergashev A. Abzalov A. Yulchiyeva M. Mustafakulov D. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Darslik. Toshkent 2018. -B. 214-215.
  6. Xolmatov Х.Х. va boshqalar Ruscha-lotincha-o‘zbekcha dorivor о‘simliklar lug‘ati, Toshkent, 1992.
  7. Sanoev Z. I., Turdiyev P. Q., Alimova N. X., Berdimurodov B. P. Farmakognoziya: darslik. – Toshkent: “Yetakchi nashriyoti”, 2023. – 416 b. – B. 144–145.
  8. Qoyli’baevna A. M. et al. QORAQALPOG ‘ISTONNING SHO ‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA O ‘SIMLIKLARNI KO ‘PAYTIRISHDA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALAR //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 240-242.
  9. Осербаева Т., Сабирова Ш., Утепбергенов М. ОПРЕДЕЛЕНИЕ ВСХОЖЕСТИ СОРТОВ СОИ НА МАЛОЗАСЕЛЕННЫХ ПОЧВАХ В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА //ПРОГРЕССИВНЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ-ОСНОВА СОВРЕМЕННОЙ ИННОВАЦИОННОЙ СИСТЕМЫ. – 2021. – С. 52-57.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014205
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910022
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
141–144
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31