Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MARKAZIY OSIYO MINTAQASIGA DOIR TADQIQOTLARNING DOLZARB MASALALARI: TARIXIYLIK VA ZAMONAVIYLIK
Ochilova Khursanoy Makhmud kizi, Quvvatboyeva Sarvinoz Nurbek kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasining tarixiy taraqqiyoti va zamonaviytadqiqotlari tahlil qilingan. Mintaqaning geosiyosiy, iqtisodiy, ekologik hamda madaniy jihatlario‘rganilgan bo‘lib, tarixiylik va zamonaviylik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka e‘tibor qaratilgan. Maqoladamintaqaviy xavfsizlik, barqaror rivojlanish, integratsiya va madaniy merosni saqlash masalalari dolzarbyo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA GEOMETRIYAGA OID FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Ortikova Zulfiya Nurmakhamatovna, Kadirova Mubinakhin Zukhriddin kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometriyaga oid fazoviytasavvurlarni shakllantirish jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqoladao‘quvchilarning fazoviy tasavvur va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda innovatsion metodlar, interaktivtopshiriqlar va ijodiy yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. Natijada, geometrik tushunchalar orqalio‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va tizimli fikrlashni shakllantirishning samarali yo‘llari asoslab berilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“INCLUZIV TA‘LIMNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI HAL ETISH YO‘LLARI”
Ortikov Rustamjon, Solieva Dildora · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta‘limning dolzarb masalalari, uning mohiyati,maqsadi va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Bugungi kunda har bir bolaga, shu jumladan jismoniy, aqliyyoki sensor cheklovlari bo‘lgan o‘quvchilarga ham teng ta‘lim imkoniyatlarini yaratish masalasi butundunyo ta‘lim tizimining markaziy yo‘nalishiga aylangan. Inklyuziv ta‘lim – bu faqat alohida ehtiyojlibolalarni umumiy ta‘lim muhitiga kiritish emas, balki har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligini tan olganholda, ularning o‘qish, rivojlanish va ijtimoiylashuviga qulay sharoit yaratish tizimidir. Maqolada inklyuzivta‘limning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar, milliy qonunchilikdagi yondashuvlar, pedagoglarning rolihamda ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiytayyorgarligini oshirish, maxsus metodik qo‘llanmalar yaratish, o‘quv muassasalarini texnik va didaktikjihatdan moslashtirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot davomida inklyuziv muhitda o‘qituvchi vao‘quvchi o‘rtasida empatiya, bag‘rikenglik, ijtimoiy moslashuv va hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatiko‘rsatib o‘tiladi. Inklyuziv ta‘limni rivojlantirishning muhim sharti sifatida davlat siyosati, mahalliyboshqaruv organlari, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning birgalikdagi mas‘uliyati alohida e‘tirofetilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekistonda inklyuziv ta‘limni yanadatakomillashtirish bo‘yicha metodik, tashkiliy va psixologik tavsiyalar beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING MADANIYATLARARO KOMPATENSIYANI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Kamalov, son of Abdulvohid Qutpidin · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda kommunikativ yondashuvningintermadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Globalizatsiya sharoitida til o‘rganishjarayoni nafaqat lingvistik bilimlarga, balki madaniy tafovutlarni anglash va madaniyatlararo muloqot qilaolish ko‘nikmalariga ham asoslanishi zarurligi ta‘kidlanadi. O‘zbek olimlari A. Qahhorova va G. Xodjievatadqiqotlarida, shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar — M. Byramning “intercultural communicativecompetence” nazariyasi va C. Kramschning “culture in language teaching” konsepsiyasida kommunikativmetodning til o‘rgatish va madaniyatlararo anglashuvni ta‘minlashdagi samaradorligi asoslangan. Tadqiqotnatijalari kommunikativ yondashuvning yosh avlodni global jamiyatda faol va tolerant shaxs sifatidashakllantirishdagi dolzarbligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ЗНАЧЕНИЕ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Gaibullaeva Oirukhsor Ileskhon kizi · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025
Ushbu maqolada inklyuziv ta‘lim tushunchasi, uni maktabgacha ta‘lim muassasalarida joriy etishning ahamiyati, shuningdek, muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi. Inklyuziv ta‘limning maqsadi barcha o‘quvchilar, jumladan, nogiron bolalar uchun teng sharoitlarni ta‘minlash va sifatli ta‘lim olish imkoniyatini yaratishdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YOSHLARNING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI SAMARALI FOYDALANISHI
Gafurjonova Muslima Umid kizi, B. A. Tillayev · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada bugungi jamiyatda axborotning tutgan o‘rni, uning shakllanishi vaiste‘molchisi sifatida yoshlarning axborot ko‘nikmalari, axborot olishdagi muammolari va ularni bartarafetishda talab etiladigan ko‘nikmalar haqida ma‘lumot beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QUV JARAYONIDA EKOLOGIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Mirzaliyev Abdujabbor Mamatyusuf oglu, Musinov Asadbek Azamat oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada ta‘lim jarayonida ekologik tafakkurni shakllantirishning zamonaviyusullari, interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar va loyihaviy faoliyatning ahamiyati tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekologik tafakkurni rivojlantirish o‘quvchilarning ekologik ong vamas‘uliyatini oshiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MIYONBUZRUK SOLIHOVNING “O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIGA UMUMIY QARASH” ASARI XUSUSIDA
Alijonov Muslimbek Bakhtiyorjon oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada jadid taraqqiyparvari va milliy ziyoli Miyon Buzruk Solihovninghayoti va faoliyati hamda uning “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” nomli asarigaoid ilmiy mulohaza va tahlillar amalga oshirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
A1+ DARAJADAGI MAKTAB O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Karimova Muattar Fayzullayevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tadqiqot A1+ darajadagi o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishningmetodik asoslarini o‘rganadi. Maqsad - chet tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish vamuloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasinishakllantirishning metodik asoslarini yoritishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda tanqidiy fikrlash mashqlariorqali chet tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, dalillash va refleksiyako‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatildi. Chet tili darslarida fikrlash faoliyatini kuchaytirish,o‘quvchini faol subyekt sifatida shakllantirish, ularning idrok, tafakkur va ifoda salohiyatini kengaytirishgaqaratilgan. Natijalarga ko‘ra, tanqidiy fikrlash mashqlari o‘quvchilarning til o‘zlashtirish jarayonidamotivatsiyasini oshiradi va muloqotga tayyorlikni kuchaytiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YOSHLARNING IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI ROLI
Muhammadjonova Shahzoda Bakhtiyor kizi, B. A. Tillayev · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiyrivojlanishdagi roli va hukumatimiz tomonidan ularga berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr vamulohazalar o‘z aksini topgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNI RAQAMLI SAVODXONLIK DARAJASINI YUKSALTIRISH OMILLARI
Soliev Ikromjon Komiljonovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
O‘zbekistonning bugungi kundagi asosiy maqsadlari – iqtisodiyotni raqamlashtirish,raqamli iqtisodiyotni barpo etish, texnologik mustaqillik va infratuzilma xavfsizligini ta‘minlash orqalimamlakat raqobatbardoshligini oshirishdir. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish jarayoni, elektron savdoaylanmasi, onlayn-do‘konlar va savdo maydonchalari soni, kompyuterlardan foydalanuvchi va internettarmog‘iga kirish imkoniga ega foydalanuvchilar soni, aholining kompyuter savodxonligi darajasi vahokazolarni monitoring qilish maqsadida bunday ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PEDAGOGIK BREND: O‘QITUVCHI SHAXSIY VA KASBIY KOMPETENSIYASI UYG‘UNLASHUVIDIR.
Abdirasilova Kamola Mirodil qizi, Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada pedagogik brend tushunchasi va uning o‘qituvchi shaxsiy hamdakasbiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. O‘qituvchining shaxsiy brendi ta‘lim jarayonidasamaradorlikni oshirish, o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblar orasida ishonch va hurmat qozonishdamuhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada o‘qituvchining o‘zini namoyon qilishi uchun zarur bo‘lganfazilatlar — kasbiy mahorat, axloqiy madaniyat, kommunikativ ko‘nikmalar, tashabbuskorlik, innovatsionyondashuv kabi jihatlar tahlil qilinadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BADIIY ASARLARDA KO‘P RAKURSLILIK VA NARRATIV MURAKKABLIK TUSHUNCHALARI TAHLILI (MARIO VARGAS LLOSANING QAHRAMON ZAMONI VA ECHKINING BAYRAMI ASARLARI MISOLIDA)
Razzakov Bakhrom Abdugafurovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqola Mario Vargas Llosaning Qahramon zamoni (La ciudad y los perros,1963) va Echkining bayrami (La fiesta del chivo, 2000) romanlarini ko‘p rakurslilik (polifoniya) va narrativmurakkablik tushunchalari nuqtai nazaridan chuqur tahlil etadi. Ko‘p rakurslilik, Mixail Baxtinningnazariyasiga asoslanib, bir nechta personajlar va nuqtai nazarlar orqali voqealarni ko‘rsatish orqali adabiymatnning ko‘p ovozliligini ta‘minlaydi, bu esa totalitarizm va jamiyatdagi qudrat tuzilmalarini ko‘proqchuqur ochib beradi. Narrativ murakkablik esa vaqt, makon va hikoya qilish usullaridagi tajriba orqalio‘quvchining faol ishtirokini talab qiladi, shu bilan birga siyosiy va shaxsiy travmalarni bog‘laydi.Maqolada Qahramon zamonida harbiy maktab muhitidagi yoshlarning ichki ziddiyatlari va jamiyatkorruptsiyasi ko‘p nuqtai nazarlar (omnisent, birinchi shaxs monologlari) orqali tasvirlanishi, shuningdek,Echkining bayramida Dominikan Respublikasidagi Truxillo diktaturasi davridagi shaxsiy va tarixiyvoqealar non-lineer struktura va ko‘p perspektivalar (Uraniya, Truxillo, qotillarning ovozlari) orqalimurakkablashtirilishi ko‘rib chiqiladi. Ikki asarning taqqosiy tahlili orqali Vargas Llosaning badiiy uslubiLotin Amerika adabiyotida postmodernizm va modernizm o‘rtasidagi o‘tishni ko‘rsatadi, qudratningshaxsiy hayotga ta‘sirini ta‘kidlaydi. Tahlil Vargas Llosaning Faulkner va Flaubertdan olgan ta‘sirini,shuningdek, uning siyosiy evolyutsiyasini (chapdan liberallikka o‘tish) hisobga olgan holda olib boriladi.Maqola adabiyotshunoslikda ko‘p rakurslilikning totalitar tuzumlar tanqidida rolini va narrativmurakkablikning o‘quvchi bilan dialogini ta‘kidlaydi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INKLYUZIV TA‘LIM JARAYONIGA OILA VA JAMIYATNING TA‘SIRI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Gulnara Akhmedova, daughter of Turgunali · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqola inklyuziv ta‘lim va uning jamiyatdagi ahamiyatini, shuningdek oilava jamiyatning ta‘lim tizimiga qo‘shgan hissasini tahlil qiladi. Unda ota-onalar va jamoatning inklyuzivta‘limni qo‘llab-quvvatlashi, pedagogik kadrlarni tayyorlash, maktablarning moddiy-texnik bazasinirivojlantirish hamda nogiron bolalar uchun ijtimoiy muhitni yaxshilash zarurligi ta‘kidlanadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MOBIL TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TEXNIK YO‘NALISHDAGI TALABALARGA CHET TILLARINI O‘QITISH
Kataeva Mukarama Makhmudovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishning metodik tizimi va talabalarni mobiltexnologiyalar orqali o‘qitishga jalb etish uchun muhim bo‘lgan tamoyillar yoritilgan. Chet tilini o‘qitishmetodikasida ko‘rinishning bir necha shakllari mavjud bo‘lib, maqolada chet tili darslarida ko‘rgazmalivositalardan foydalanish g‘oyasi bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DEVELOPING LISTENING COMPREHENSION IN THE FIELD OF ELECTRIC POWER
Yunusova Nilufar Maxmudjon qizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Bugungi kunda tez rivojlanayotgan energetika sohasida samarali muloqot va tushunish muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Elektr energiyasiga global talab o‘sib borishi, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari va aqlli tarmoq tizimlaridagi doimiy rivojlanish bilan bir qatorda, texnik munozaralarni real vaqt rejimida tushuna oladigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj hech qachon bunchalik dolzarb bo‘lmagan. Elektr energetikasi sohasida ishlaydiganlar uchun eng muhim ko‘nikmalardan biri bu tinglab tushunishdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING OG‘ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUV
Ortikova Zulfiya Nurmakhamatovna, Obidova Khurshidakhon Ilhomjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirishjarayonida kreativ yondashuvning ahamiyati, metodlari hamda samarali usullari yoritilgan. Tadqiqotdao‘qituvchining pedagogik mahorati, dars jarayonida o‘quvchini erkin fikrlashga undovchi interaktiv vaijodiy topshiriqlar roli tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XARAJATLAR VA DAROMADLAR HISOBI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Isomuxamedov Akbarjon Boxodir o‘g‘li · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada korxonalarda xarajatlar va daromadlar hisobi tiziminitakomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash, daromadlarni aniq hisobga olish vamoliyaviy natijalarni shakllantirishda buxgalteriya hisobining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, milliyva xalqaro buxgalteriya standartlariga moslashtirilgan yondashuvlar, avtomatlashtirilgan hisob tizimlaridanfoydalanish va boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi analitik mexanizmlar taklif etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA AUDITORLARNING PROFESSIONAL FIKR VA MULOHAZALARNING IQTISODIY MOHIYATI
Parpiyev Jaxongir Ilhomjonovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada auditorlik xulosalarida auditorlarning professional mulohazalariningasosliligini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Professional mulohaza auditjarayonining markaziy elementi bo‘lib, u auditorning bilim, tajriba, kasbiy etikaga rioya qilish va iqtisodiytahlil qobiliyatini o‘zida mujassam etadi. Maqolada xalqaro audit standartlarida (ISA 200, ISA 320, ISA701) professional fikrning o‘rni va ahamiyati yoritilib, subyektiv omillar, masalan, auditorning tajribasi,madaniy qadriyatlari va mustaqillik darajasining ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,auditorning professional mulohazasini to‘g‘ri shakllantirish audit xulosasining ishonchliligini oshiradihamda moliyaviy axborotlarning iqtisodiy mazmunini to‘g‘ri aks ettirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘RTA ZARAFSHON HAVZASIDA TARQALGAN ASPLENIUM CETERACH TARKIBIDAGI AMINOKISLATALAR MIQDORI VA DORIVORLIK XUSUSIYATI
Muminov Dilshodjon Yakhshoy oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda dorivor xususiyatlari o‘rganilayotgan Asplenium ceterach qirqquloqturining aminokislatalar tarkibi, miqdori va dorivorlik xususiyatlari o‘rganilgan