Asosiy mazmunga o‘tish

AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA AUDITORLARNING PROFESSIONAL FIKR VA MULOHAZALARNING IQTISODIY MOHIYATI

Parpiyev Jaxongir IlhomjonovichNamangan davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 987–989

Annotatsiya

Ushbu maqolada auditorlik xulosalarida auditorlarning professional mulohazalariningasosliligini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Professional mulohaza auditjarayonining markaziy elementi bo‘lib, u auditorning bilim, tajriba, kasbiy etikaga rioya qilish va iqtisodiytahlil qobiliyatini o‘zida mujassam etadi. Maqolada xalqaro audit standartlarida (ISA 200, ISA 320, ISA701) professional fikrning o‘rni va ahamiyati yoritilib, subyektiv omillar, masalan, auditorning tajribasi,madaniy qadriyatlari va mustaqillik darajasining ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,auditorning professional mulohazasini to‘g‘ri shakllantirish audit xulosasining ishonchliligini oshiradihamda moliyaviy axborotlarning iqtisodiy mazmunini to‘g‘ri aks ettirishga xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaЭКОНОМИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАКЛЮЧЕНИЙ И СУЖДЕНИЙ АУДИТОРОВ В ХОДЕ АУДИТОРСКИХ ПРОВЕРОК

В данной статье анализируются теоретические и практические аспекты определения достоверности профессиональных суждений аудиторов в аудиторских отчетах. Профессиональное суждение является центральным элементом аудиторского процесса, воплощающим знания, опыт, приверженность профессиональной этике и навыки экономического анализа аудитора. В статье освещается роль и важность профессионального суждения в международных стандартах аудита (ISA 200, ISA 320, ISA 701) и анализируется влияние субъективных факторов, таких как опыт аудитора, культурные ценности и уровень независимости. Результаты исследования показывают, что правильная формулировка профессионального суждения аудитора повышает надежность аудиторского отчета и способствует точному отражению экономического содержания финансовой информации.

inglizchaECONOMIC ESSENCE OF AUDITORS‘ PROFESSIONAL OPINIONS AND JUDGMENTS IN AUDIT INSPECTIONS

This article analyzes the theoretical and practical aspects of determining the validity of auditors‘ professional judgments in audit reports. Professional judgment is a central element of the audit process, which embodies the auditor‘s knowledge, experience, adherence to professional ethics, and economic analysis skills. The article highlights the role and importance of professional judgment in international auditing standards (ISA 200, ISA 320, ISA 701) and analyzes the influence of subjective factors, such as the auditor‘s experience, cultural values, and level of independence. The results of the study show that the correct formulation of the auditor‘s professional judgment increases the reliability of the audit report and serves to accurately reflect the economic content of financial information.

Kalit so‘zlar

  • auditorlik xulosasi
  • professional mulohaza
  • ishonchlilik
  • mustaqillik
  • xalqaro audit standartlari
  • iqtisodiy tahlil

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AUDITORLIK TEKSHIRUVLARIDA AUDITORLARNING PROFESSIONAL FIKR VA MULOHAZALARNING IQTISODIY MOHIYATI

Parpiyev Jaxongir Ilxomjonovich Namangan davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi xulugbek1984@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada auditorlik xulosalarida auditorlarning professional mulohazalarining asosliligini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Professional mulohaza audit jarayonining markaziy elementi bo‘lib, u auditorning bilim, tajriba, kasbiy etikaga rioya qilish va iqtisodiy tahlil qobiliyatini o‘zida mujassam etadi. Maqolada xalqaro audit standartlarida (ISA 200, ISA 320, ISA 701) professional fikrning o‘rni va ahamiyati yoritilib, subyektiv omillar, masalan, auditorning tajribasi, madaniy qadriyatlari va mustaqillik darajasining ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, auditorning professional mulohazasini to‘g‘ri shakllantirish audit xulosasining ishonchliligini oshiradi hamda moliyaviy axborotlarning iqtisodiy mazmunini to‘g‘ri aks ettirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: auditorlik xulosasi, professional mulohaza, ishonchlilik, mustaqillik, xalqaro audit standartlari, iqtisodiy tahlil.

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СУТЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ МНЕНИЙ И СООБРАЖЕНИЙ АУДИТОРОВ ПРИ АУДИТОРСКОЙ ПРОВЕРКЕ

Парпиев Жахонгир Илхомжонович самостоятельный исследователь, Наманганский государственный технический университет xulugbek1984@gmail.com

Аннотация. В данной статье анализируются теоретические и практические аспекты определения обоснованности профессионального суждения аудитора в аудиторских заключениях. Профессиональное суждение является центральным элементом аудиторского процесса, воплощающим знания, опыт аудитора, соблюдение профессиональной этики и способность проводить экономический анализ. В статье освещаются роль и значение профессионального суждения в международных стандартах аудита (МСА 200, МСА 320, МСА 701) и анализируется влияние субъективных факторов, таких как опыт аудитора, культурные ценности и уровень независимости. Результаты исследования показывают, что правильное формулирование профессионального суждения аудитора повышает надежность аудиторского заключения и способствует точному отражению экономического содержания финансовой информации. Ключевые слова: аудиторское заключение, профессиональное суждение, надежность, независимость, международные стандарты аудита, экономический анализ.

ECONOMIC ESSENCE OF AUDITORS' PROFESSIONAL OPINIONS AND CONSIDERATIONS IN AUDIT INSPECTIONS

Parpiyev Jaxongir Ilkhomjonovich Independent researcher, Namangan State Technical University xulugbek1984@gmail.com

Abstract. This article analyzes the theoretical and practical aspects of determining the validity of auditors' professional judgments in audit reports. Professional judgment is a central element of the audit process, which embodies the auditor's knowledge, experience, adherence to professional ethics and ability to perform economic analysis. The article highlights the role and importance of professional judgment in international auditing standards (ISA 200, ISA 320, ISA 701) and analyzes the influence of subjective factors, such as the auditor's experience, cultural values, and level of independence. The results of the study show that the correct formulation of the auditor's professional judgment increases the reliability of the audit report and serves to accurately reflect the economic content of financial information. Keywords: audit report, professional judgment, reliability, independence, international auditing standards, economic analysis.

Auditorlik faoliyatida professional fikr va mulohazalar tushunchasi bugungi kunda zamonaviy audit jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Ushbu tushunchaning nazariy shakllanishi va tarixiy rivoji auditorlik amaliyotining murakkabligi va o‘zgaruvchanligidan kelib chiqadi. Auditorlik amaliyotida har doim ham barcha holatlar aniq me’yorlar yoki standartlar bilan qamrab olinmagan bo‘lib, ko‘plab audit holatlari auditorning professional fikri asosida baholanadi. Ushbu fikr esa o‘z navbatida auditorning bilim darajasi, tajribasi, axloqiy qadriyatlari va holatni tahlil qilish salohiyatiga tayanadi.

Professional fikr auditorlik faoliyatining nazariy asoslarida dastlab ehtiyoj sifatida shakllangan. Standartlar va qonunlar barcha holatlarni bir xil tarzda tartibga sola olmasligi, ularning to‘liq va mukammal emasligi sababli auditorlar ko‘plab vaziyatlarda mustaqil fikr bildirishga majbur bo‘lganlar. Aynan ana shu holatlardan kelib chiqqan holda “professional fikr” tushunchasi shakllangan bo‘lib, u murakkab va standartlar bilan to‘liq qamrab olinmagan audit holatlarini baholashda zaruriy vosita sifatida qaraladi. Bu borada T.V.Sinitsina o‘z dissertatsiyasida shunday deydi: “Professional mulohaza - bu auditor tomonidan standart yechimga ega bo‘lmagan professional muammoni baholash chog‘ida chiqariladigan yakuniy xulosa hisoblanadi”. Bu fikrga ko‘ra, auditor professional mulohazani faqat o‘z qarashlariga asoslanib emas, balki kasbiy bilimlar, tajriba va umumiy aql mezonlari asosida shakllantiradi.

Professional fikr shakllanishi nafaqat standartlarning yetarli bo‘lmagan hollarda yuzaga chiqadi, balki buxgalteriya axborotining murakkabligi, moliyaviy ko‘rsatkichlarning ehtimoliylikka asoslanganligi va ko‘p hollarda subyektiv baholashga ehtiyoj bo‘lishi bilan bog‘liq. Masalan, aktivlarning qadrsizlanishini aniqlash, ehtimoliy majburiyatlarni baholash yoki zaxiralarni shakllantirish kabi masalalarda qat’iy hisoblash formulalaridan tashqari auditorning bahosi, tajribasi va ehtiyotkorlik tamoyiliga asoslangan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday holatlarda auditor faqat mavjud dalillar emas, balki o‘zining professionallik darajasini namoyon eta oladigan mulohazalarni bildiradi.

Zamonaviy audit nazariyasida professional fikrni shakllantirishda auditorning mustaqilligi va axloqiy tamoyillarga sodiqligi alohida o‘rin egallaydi. Mustaqillik prinsipining mohiyati shundaki, auditor hech bir tashqi bosim ostida bo‘lmasdan, faqat haqiqatga asoslangan, asosli va xolis fikr bildira olishi kerak. Aks holda, auditorlik fikri ishonchsiz bo‘lib qoladi. Shuningdek, auditor professional fikr bildirayotganda “skeptik” (shubha bilan qarovchi) pozitsiyada bo‘lishi, ya’ni har qanday axborotga tanqidiy yondashishi talab qilinadi. Bu yondashuv professional mulohazani shakllantirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Zamonaviy audit amaliyotida professional mulohazalarning o‘rni xalqaro audit standartlari orqali aniq belgilab qo‘yilgan. Ularning asosiy maqsadi auditorlik tekshiruvining ishonchliligi va sifatini ta'minlash, audit xulosasining haqiqatga yaqin va foydalanuvchilar uchun dolzarb bo‘lishini ta’minlashdir. Shu nuqtai nazardan, professional mulohaza - bu auditorlik faoliyatining ajralmas va majburiy elementi bo‘lib, u xalqaro audit standartlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Ayniqsa, bu jihat ISA 200 - “Auditning umumiy maqsadlari va auditorning unga erishishdagi mas’uliyati” standartida yaqqol ifodalanadi.

Mazkur standarta ko‘ra, auditor har qanday vaziyatda auditni “kasbiy shubha bilan” va “professional mulohaza asosida” amalga oshirishi shart. ISA 200.13(f) bandida “professional mulohaza” quyidagicha ta’riflanadi: “Auditorning tajriba, bilim va axloqiy mezonlar asosida, konkret vaziyatni baholashda mustaqil fikr bildirish jarayoni”. Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, auditorning professional fikri - bu standartlarning o‘zida belgilab qo‘yilgan mas’uliyatli yondashuvdir. Bu fikrni T.V.Sinitsina quyidagicha ifodalaydi: “Auditni amalga oshirish jarayonida auditor axborot yetarliligini baholaydi, risklarni tahlil qiladi va barcha qarorlarini kasbiy mulohazaga asoslangan holda chiqaradi”.

Shuningdek, ISA 320 - “Ahmiyatlilik auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va o‘tkazishda qo‘llanilishi” standarti professional mulohazalarning muhimligini yanada ta’kidlaydi. Unda auditor ahamiyatlilik mezonlarini belgilashda faqat raqamiy chegaralarga emas, balki subyektiv baholashga asoslanishi kerakligi ko‘rsatilgan. Bu holatda auditor professional mulohaza orqali real xavf va noaniqliklarni aniqlab, ularga zarur e’tiborni qaratishi kerak bo‘ladi. Batul Hasan o‘z tadqiqotida aynan ushbu jihatga urg‘u berib, shunday xulosa chiqaradi: “Xalqaro standartlar auditorlarni faqat foizli chegaralar bilan emas, balki holatning mohiyatiga e’tibor berishga undaydi” . Ya’ni, auditor materiallikni aniqlashda ko‘rsatkichlar ortidagi iqtisodiy va kontekstual holatlarni tahlil qilishi kerak bo‘ladi.

Professional mulohazaga oid yondashuv xalqaro standartlarda nafaqat audit xulosasiga, balki audit dalillarining etarliligini baholash, buxgalteriya hisobotlaridagi noaniqliklarni aniqlash va auditning muhim masalalarini (Key Audit Matters - KAM) ajratish bosqichlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ISA 701 - “Auditning muhim masalalarini aniqlash va ularni audit xulosasida bayon etish” standartida auditorning professional mulohazasi asosida KAMlar ajratilishi ta’kidlangan. Ushbu yondashuv audit xulosasining foydalanuvchilar uchun yanada tushunarli va aniqligini ta’minlaydi. Y.Cao o‘z tadqiqotida shunday deydi: “Audit menejerining imzosi, professional mas’uliyatni oshiradi va audit sifati bevosita yuksaladi”.

Ayniqsa, xalqaro tajribada professional mulohazalarning shakllanishi shaxsiy mas’uliyat va aniqlikni kuchaytirish orqali nazorat qilinadi. Misol uchun, Yevropa Ittifoqining 2006-yilgi 8-direktivasi hamda AQSHning SEC 3211-qoidasi shaxsiy auditor ismini yoki imzosini hisobotda ko‘rsatishni majburiy deb belgilagan. Bu esa auditorni o‘z mulohazasiga nisbatan mas’uliyatni oshirishga majbur qiladi. Shu boisdan ham, professional mulohazalarni shakllantirishda xalqaro standartlar shunchaki tavsiyalar emas, balki qat’iy tartib va tamoyillarni belgilab beruvchi hujjatlar hisoblanadi.

Auditorning professional fikri va mulohazasining shakllanish jarayonida shaxsiy omillar va axloqiy yondashuv muhim rol o‘ynaydi. Har bir auditor o‘zining tajribasi, bilim doirasi, madaniyati, axloqiy qadriyatlari, hamda shaxsiy psixologik holatidan kelib chiqib, audit jarayonidagi ma’lumotlarni qabul qiladi, tahlil qiladi va ularga nisbatan xulosa chiqaradi. Shuning uchun ham professional mulohaza faqat texnik bilimga emas, balki shaxsiy yondashuvga ham bog‘liq bo‘lib, bu omillar turli auditorlar tomonidan bir xil holatga nisbatan turlicha qarashlarga olib kelishi mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar21 ta adabiyot

  1. Auditning xalqaro standartlari.
  2. Cao Y. Does the signature of the audit manager on the audit report matter? Evidence from China: Master of Research thesis. – Sydney: Macquarie University, 2018. – 101 p.
  3. Hasan B.T. Impact of gender and culture on audit judgements: Master of Research thesis. – Sydney:
  4. Macquarie University, 2017. – 89 p.
  5. Бхиде А. Требуются ответственные суждения//Harvard Business Review. - 2010. - С.46-57.
  6. Генералова Н.В. Профессиональное суждение и его применение при формировании отчетности, составленной по МСФО//Бухгалтерский учет. -2005. - №23. - С.54-61.
  7. Панкова С.В., Саталкина Е.В. Профессиональное суждение бухгалтера и аудитора: сходства и различия//Международный бухгалтерский учет. 2011. №21 (171). - С.10-15.
  8. Синицына Т.В. Границы профессионального суждения в аудите: дис. ... канд. экон. наук:
  9. 08.00.12. – Новосибирск: НГУЭУ, 2005. – 125 с.10.1159/000085493
  10. Справочник по внешнему и внутреннему аудиту хозяйствуюшчих субъектов на территории
  11. Республики Узбекистан. - Т.: Норма. 2007. - 84 с.
  12. Туякова З.С., Саталкина Е.В. Классификация профессионального суждения как современного инструментария бухгалтерского учета//Вестник ОГУ. - 2010. - №1(107). - С.90-97.
  13. 10.Шапошников А.А. Профессиональное суждение и его роль в аудите//А.А.Шапошников,
  14. Т.В.Синицына//Аудиторские ведомости. -2006. - №4. - С. 4-7.
  15. 11.Xolmirzayev, U. B. (2024). Bilimlar iqtisodiyoti jamiyat taraqqiyotini zamonaviy bosqichining asosidir. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(6).
  16. 12.Xolmirzayev, U. B. (2023). Bilimlar iqtisodiyoti va fan sohasi tushunchalari tizimining xususiyatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 1(11-12).
  17. 13.Xolmirzayev, U. B., & Xakimova, G. Z. (2024). SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION
  18. FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMI. QO‘QON UNIVERSITETI
  19. XABARNOMASI, 10, 96-98.
  20. 14.Abdulazizovich, X. U. B. (2024). MOLIYAVIY AKTIVLAR TASNIFINI
  21. TAKOMILLASHTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(2),

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011566
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/577
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
987–989
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25