Asosiy mazmunga o‘tish

O‘RTA ZARAFSHON HAVZASIDA TARQALGAN ASPLENIUM CETERACH TARKIBIDAGI AMINOKISLATALAR MIQDORI VA DORIVORLIK XUSUSIYATI

Muminov Dilshodjon Yakhshoy ogluIqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi Sharof Rahidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 984–987

Annotatsiya

Ushbu tezisda dorivor xususiyatlari o‘rganilayotgan Asplenium ceterach qirqquloqturining aminokislatalar tarkibi, miqdori va dorivorlik xususiyatlari o‘rganilgan

Boshqa tillarda

ruschaСодержание аминокислот и лекарственные свойства Asplenium ceterach, произрастающего в бассейне Среднего Зарафшана.

В данной диссертации изучается аминокислотный состав, количество и лечебные свойства видов рода Asplenium ceterach, лечебные свойства которых находятся в стадии исследования.

inglizchaAMINO ACIDS CONTENT AND MEDICINAL PROPERTIES OF ASPLENIUM CETERACH DISTRIBUTED IN THE MIDDLE ZARAFSHAN BASIN

This thesis studies the amino acid composition, quantity, and medicinal properties of the Asplenium ceterach species, the medicinal properties of which are being studied.

Kalit so‘zlar

  • Asplenium ceterach
  • aminokislotalar
  • yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC)

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘RTA ZARAFSHON HAVZASIDA TARQALGAN ASPLENIUM CETERACH TARKIBIDAGI AMINOKISLATALAR MIQDORI VA DORIVORLIK XUSUSIYATI

Mo‘minov Dilshodjon Yaxshioy o‘g‘li Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi Sharof Rahidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Email: dilshod.mominov@list.ru

Annotatsiya: Ushbu tezisda dorivor xususiyatlari o‘rganilayotgan Asplenium ceterach qirqquloq turining aminokislatalar tarkibi, miqdori va dorivorlik xususiyatlari o‘rganilgan Kalit so‘zlar: Asplenium ceterach, aminokislata, Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC)

AMINO ACID CONTENT AND MEDICINAL PROPERTIES OF ASPLENIUM CETERACH DISTRIBUTED IN THE CENTRAL ZARAFSHAN BASIN

Dilshodjon Muminov University of Economics and Pedagogy, Samarkand Campus Researcher, Samarkand State University named after Sharof Rashidov Email: dilshod.mominov@list.ru

Abstract: This thesis investigates the amino acid composition, quantity, and medicinal properties of the fern species Asplenium ceterach, which is known for its therapeutic value. Keywords: Asplenium ceterach, amino acid, High-Performance Liquid Chromatography (HPLC)

СОДЕРЖАНИЕ АМИНОКИСЛОТ И ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА ASPLENIUM CETERACH, РАСПРОСТРАНЁННОГО В СРЕДНЕМ ЗАРАФШАНСКОМ БАССЕЙНЕ

Муминов Дилшоджон Университет экономики и педагогики, Самаркандский кампус Аспирант Самаркандского государственного университета имени Шарофа Рашидова Email: dilshod.mominov@list.ru

Аннотация: В данной работе изучены аминокислотный состав, количество и лекарственные свойства папоротника Asplenium ceterach, обладающего лечебными свойствами. Ключевые слова: Asplenium ceterach, аминокислоты, высокоэффективная жидкостная хроматография (ВЭЖХ)

Kirish. Qirqquloqsimonlar dorivor o‘simliklar qatoriga kiradi va tibbiyotda turli kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashda keng qo‘llaniladi. Ushbu bo‘limga mansub o‘simliklar xalq tabobatida ham ko‘plab foydali xususiyatlari bilan mashhur. Bu o‘simliklardan ko‘kyo‘talni davolashda, yaralarni davolashda, oshqozon kasalliklarida, nafas olish yo‘llari infeksiyalarda foydalaniladi [1]. Ildiz va barglarining ekstrakti bakteriostatik xususiyatga ega, ichak kasalliklari, gilmintlarga qarshi foydalaniladi. Bundan tashqari antiduyritik vosita sifatida foydalaniladi [2]. Tadqiqotlarimiz mamlakatimiz florasi uchun dorivorlik xususiyatlari kam o‘rganilgan qirqquloqsimonlar Asplenium ceterach ning yer ustki vegetativ organlarining kimyoviy tarkibini aniqlashga qaratildi. Bu o‘simliklarning kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli shu o‘simliklar ustida tajribalar o‘tkazildi. O‘simliklardan namunalar Samarqand viloyati Urgut tumanidan yig‘ib olindi. Oʻsimliklarning poya va barglarining kimyoviy tarkibini aniqlash bo‘yicha izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida olib borildi. O‘simlik barg va poyalaridan 2023-yilning bahor mavsumida namunalar yig‘ildi [3]. Erkin aminokislotalarni ajratib olish: Namunalarning suvli ekstraktidan oqsillar va peptidlarni cho‘ktirish sentrifugali stakanlarda amalga oshirildi. Buning uchun 1 ml sinov namunasiga 1 ml (aniq hajm) 20% trixlorsirkakislota qo‘shildi. 10 daqiqadan so‘ng, cho‘kma 15 daqiqa davomida 8000 rpm tezlikda sentrofugalash orqali ajratildi. 0,1 ml supernatant ajratilgan va muzlatilgan holda quritilgan. Gidrolizat

bug‘landi, quruq qoldiq trietilamin-asetonitril-suv aralashmasi (1:7:1) nisbatda eritildi va quritildi. Kislota neytrallash uchun bu jarayon ikki marta takrorlandi. Feniltioizosiyanat bilan reaksiyaga kirishib, Steven A., Koen D. usuli bo‘yicha aminokislotalarning feniltiokarbamil hosilalari (FTK) olingan [4]. Aminokislota hosilalarini aniqlash Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida amalga oshirildi (1-rasm).

1-rasm. Asplenium ceterach turining aminokislatalar tarkibi (DAD detektori) Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi shartlari: DAD detektorli Agilent Technologies 1200 xromatografi, 75x4,6 mm Discovery HS C18 ustuni. A eritmasi: 0,14 M CH 3COONa + 0,05% TEA pH 6,4, B: CH3CN. Oqim tezligi 1,2 ml/min, yutilish 269 nm. Gradient % B/min: 1-6%/ 0-2,5min; 6-30%/ 2,51-40min; 30-60%/ 40,1-45 min; 60-60%/ 45,1-50min; 60-0%/ 50,1-55min. Tajribada ajratib olingan erkin aminokislotalar miqdori 2-rasmda keltirilgan.

6,34 4,31 4 3,431 2,457 2,136 2 1,125 1,02 0,824 0,567 0,3630,2240,132 0,1470,2230,328 0,2290,218 0,06 0,08

2-rasm. Asplenium ceterach turining aminokislatalar tarkibi va miqdori (mg/gr) Olingan natijalarning muhokamasi. Yuqoridagi (2-rasm) ma’lumotlariga ko‘ra Asplenium ceterach turida aspartat aminokislatasi miqdori o‘rtacha 0,147068 mg/grni tashkil etdi. Cystopteris fragilis turida esa aspartat miqdori o‘rtacha 1,27344 mg/gr bo‘lib, Asplenium ceterach turiga nisbatan 1,126372

mg/gr ko‘p ekanligi aniqlandi. Glutamat miqdori Asplenium ceterach turida va Cystopteris fragilis turida o‘rtacha 0,223518 mg/gr va 0,77396 mg/gr ni tashkil etib, 0,550442 mg/grga ko‘p. Serin aminokislotasi esa Cystopteris fragilis turida Asplenium ceterach turiga nisbatan 1,508291 mg/gr ko‘p miqdorda ekanligi, glitsin aminokislotasida esa bu ikkala turda farqlar kam bo‘lib, 0,374036 mg/grni tashkil etdi. Asparagin aminokislotasi Asplenium ceterach turida 4,310733 mg/gr Cystopteris fragilis turida esa 5,072622 mg/gr bo‘lib, 0,761889 mg/grga ko‘p miqdorni tashkil etgan. Glutamin aminokislotasi esa Cystopteris fragilis turida Asplenium ceterach turiga nisbatan 0,639442 mg/gr ga ko‘proq ko‘rsatkichni berdi. Sistein aminokislotasi Asplenium ceterach turida 6,339891 mg/gr bo‘lib, Cystopteris fragilis turida esa 5,253552 mg/grni tashkil etdi. Asplenium ceterach turida treonin, argenin, alanine amin, leysin, triptofan, fenilalanin, izoleysin aminokislotalari miqdori o‘rtacha 0,132484 – 0,823953 mg/gr oralig’ida bo‘lgan. Cystopteris fragilis turida esa ushbu ko’rsatgich biroz yuqori bo’lib, 0,725728 - 1516577 mg/gr (argenindan tashqari) o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarni tashkil etgan. Aminokislotalar ichida eng yuqori miqdorda bo‘lgan prolin miqdori 10,38261 mg/gr bo‘lib (3- rasm), Asplenium ceterach turida aniqlandi, Cystopteris fragilis turida esa prolin 1,577229 mg/grni tashkil etib, 8,805381 mg/gr kam ekanligini ko‘rsatdi. Aniqlangan aminokislotalarning 8 tasi almashinmaydigan aminokislotalar (treonin, valin, metionin, izoleytsin, leytsin, triptofan, fenilalanin, lizin) bo‘lib (3-rasm), bular umumiy aminokislotalar miqdori yig‘indisining Asplenium ceterach turida 26,9 % ni, Cystopteris fragilis turida 49,2 % ni tashkil etdi.

0,5 1,02 0,824 0,567 0,363 0,224 0 0,08 0,132 Treonin Valin Metionin Izoleysin Leysin Triptofan Fenilalanin Lizin

3-rasm. Asplenium ceterach va Cystopteris fragilis turlarininig almashinmaydigan aminokislatalar tarkibi va miqdori (mg/gr) Asplenium ceterach turida metionin, lizin, gistidin aminokislotalari 1,01308 - 2,457114 – 3,431227 mg/grni tashkil etgan, Cystopteris fragilis turida esa ushbu aminokislotalar 0,330262 - 1,23988 - 5,200743 mg/grni tashkil etdi. Gistidin aminokislotasi Cystopteris fragilis turiga nisbatan 1,769516 mg/gr ko‘p ekanligi aniqlandi. Lizin aminokislotasi esa aksincha Asplenium ceterach turida Cystopteris fragilis turiga nisbatan 1,217234 mg/gr ko‘p miqdorda ekanligi aniqlandi. Xulosa. Umuman olganda Asplenium ceterach turida eng ko‘p miqdorda bo‘lgan aminokislota prolin bo‘lib, 10,38261 mg/gr ni tashkil etgan bo‘lsa, Cystopteris fragilis turida esa bu sistein aminokislotasiga to‘g’ri keldi va 5,253552 mg/gr ni tashkil etdi. Eng kam aminokislota Asplenium ceterach turida tirozin 0,061069 mg/gr ni tashkil etgan va Cystopteris fragilis turida esa alanin aminokislotasi bo‘lib, 0,333696 mg/gr ni tashkil etdi. Cystopteris fragilis turida umumiy aminokislotalar miqdori 41,96664 mg/gr ni tashkil etgan. Asplenium ceterach turida umumiy aminokislota miqdori 34,59289 mg/ni tashkil etdi va Cystopteris fragilis turiga nisbatan 7,37375 mg/gr ga kam ekanligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Živković S., Milutinović M., Skorić M. Phytochemicals and Biological Activities of Asplenium ceterach. In: Murthy, H.N. (eds) Bioactive Compounds in Bryophytes and Pteridophytes. Reference Series in Phytochemistry. Springer, Cham. 2022. P. 3-29. https://doi.org/10.1007/978-3-030-97415-2_19-1

2. Erhirhie E.O., Ilodigwe E.E., Ajaghaku D.L., Blessing O.U., Eze P.M., Basden F. Antioxidant Activities of the Leaf Extract and Fractions of Dryopteris filix-mas (L.) Schott could be Attributed to The Abundance of Polyphenol Compounds. Biology Medicine & Natural Product Chemistry. 2020. 9(1): – P.1- 6. doi:https://doi.org/10.14421/biomedich.2020.91.1-6 3. Chao A., and Chiu C.H. Bridging the variance and diversity decomposition approaches to beta diversity via similarity and differentiation measures. Meth Ecol Evolut. 2016;7(8): P. 919–928 doi:https://doi.org/1 Magurran AE 0.1111/ 2041-210X.12551. 4. Steven A., Cohen D.J. Amino acid analysis utilizing phenylisothiocyanata derivatives // Jour. Analytical Biochemistry – 1988. V.17.-№1.-P. 3-16.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Živković S., Milutinović M., Skorić M. Phytochemicals and Biological Activities of Asplenium ceterach. In: Murthy, H.N. (eds) Bioactive Compounds in Bryophytes and Pteridophytes. Reference Series in Phytochemistry. Springer, Cham. 2022. P. 3-29. https://doi.org/10.1007/978-3-030-97415-2_19-12. Erhirhie E.O., Ilodigwe E.E., Ajaghaku D.L., Blessing O.U., Eze P.M., Basden F. Antioxidant10.1007/978-3-030-97415-2_19-1
  2. Activities of the Leaf Extract and Fractions of Dryopteris filix-mas (L.) Schott could be Attributed to The
  3. Abundance of Polyphenol Compounds. Biology Medicine & Natural Product Chemistry. 2020. 9(1): – P.1-
  4. doi:https://doi.org/10.14421/biomedich.2020.91.1-610.14421/biomedich.2020.91.1-6
  5. Chao A., and Chiu C.H. Bridging the variance and diversity decomposition approaches to beta diversity via similarity and differentiation measures. Meth Ecol Evolut. 2016;7(8): P. 919–928 doi:https://doi.org/1 Magurran AE 0.1111/ 2041-210X.12551.10.1111/2041-210x.12551
  6. Steven A., Cohen D.J. Amino acid analysis utilizing phenylisothiocyanata derivatives // Jour.
  7. Analytical Biochemistry – 1988. V.17.-№1.-P. 3-16.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011565
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/576
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
984–987
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25