KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING MADANIYATLARARO KOMPATENSIYANI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Kamalov, son of Abdulvohid QutpidinNamDCHTI magistranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1028–1031
Annotatsiya
Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda kommunikativ yondashuvningintermadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Globalizatsiya sharoitida til o‘rganishjarayoni nafaqat lingvistik bilimlarga, balki madaniy tafovutlarni anglash va madaniyatlararo muloqot qilaolish ko‘nikmalariga ham asoslanishi zarurligi ta‘kidlanadi. O‘zbek olimlari A. Qahhorova va G. Xodjievatadqiqotlarida, shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar — M. Byramning “intercultural communicativecompetence” nazariyasi va C. Kramschning “culture in language teaching” konsepsiyasida kommunikativmetodning til o‘rgatish va madaniyatlararo anglashuvni ta‘minlashdagi samaradorligi asoslangan. Tadqiqotnatijalari kommunikativ yondashuvning yosh avlodni global jamiyatda faol va tolerant shaxs sifatidashakllantirishdagi dolzarbligini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaВАЖНОСТЬ КОММУНИКАТИВНОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ
В данной статье освещается роль коммуникативного подхода в преподавании иностранных языков в формировании межкультурной компетенции. Подчеркивается, что в условиях глобализации процесс изучения языка должен основываться не только на языковых знаниях, но и на навыках понимания культурных различий и межкультурной коммуникации. Эффективность коммуникативного метода в преподавании языков и обеспечении межкультурного понимания основана на исследованиях узбекских ученых А. Каххоровой и Г. Ходжиевой, а также на теории «межкультурной коммуникативной компетенции» зарубежных исследователей М. Бирама и концепции «культуры в преподавании языков» К. Крамша. Результаты исследования показывают актуальность коммуникативного подхода в формировании молодого поколения как активных и толерантных личностей в глобальном обществе.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF THE COMMUNICATIVE APPROACH IN DEVELOPING INTERCULTURAL COMPETENCE
This article highlights the role of the communicative approach in foreign language teaching in the formation of intercultural competence. It is emphasized that in the context of globalization, the process of language learning should be based not only on linguistic knowledge, but also on the skills of understanding cultural differences and intercultural communication. The effectiveness of the communicative method in language teaching and ensuring intercultural understanding is based on the research of Uzbek scientists A. Qahhorova and G. Khodzhieva, as well as on the theory of “intercultural communicative competence” by foreign researchers M. Byram and the concept of “culture in language teaching” by C. Kramsch. The results of the study show the relevance of the communicative approach in shaping the younger generation as active and tolerant individuals in a global society.
Kalit so‘zlar
- kommunikativ yondashuv
- intermadaniy kompetensiya
- xorijiy til o‘qitish
- madaniyatlararo muloqot
- globalizatsiya
- lingvistik kompetensiya
- madaniy tafovutlar
- tolerantlik
- ta‘lim metodlari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING MADANIYATLARARO KOMPATENSIYANI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Kamalov Abdulvohid Qutpidin o’g’li NamDCHTI magistranti E-mail; kamalovabdulvohido@gmail.com Telefon raqami; [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya; Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda kommunikativ yondashuvning intermadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Globalizatsiya sharoitida til o‘rganish jarayoni nafaqat lingvistik bilimlarga, balki madaniy tafovutlarni anglash va madaniyatlararo muloqot qila olish ko‘nikmalariga ham asoslanishi zarurligi ta’kidlanadi. O‘zbek olimlari A. Qahhorova va G. Xodjieva tadqiqotlarida, shuningdek, xorijiy tadqiqotchilar — M. Byramning “intercultural communicative competence” nazariyasi va C. Kramschning “culture in language teaching” konsepsiyasida kommunikativ metodning til o‘rgatish va madaniyatlararo anglashuvni ta’minlashdagi samaradorligi asoslangan. Tadqiqot natijalari kommunikativ yondashuvning yosh avlodni global jamiyatda faol va tolerant shaxs sifatida shakllantirishdagi dolzarbligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: kommunikativ yondashuv, intermadaniy kompetensiya, xorijiy til o‘qitish, madaniyatlararo muloqot, globalizatsiya, lingvistik kompetensiya, madaniy tafovutlar, tolerantlik, ta’lim metodlari.
THE IMPORTANCE OF THE COMMUNICATIVE APPROACH IN FOSTERING INTERCULTURAL COMPETENCE
Kamalov Abdulvohid Qutpidin o’g’li Master’s Student at NamSIFL E-mail; kamalovabdulvohido@gmail.com Phone number; [telefon raqami yashirilgan]
Annotation: This paper examines the significance of the communicative approach in fostering intercultural competence in foreign language education. In the context of globalization, language learning is emphasized not only as the acquisition of linguistic knowledge but also as the development of skills in understanding cultural diversity and engaging in intercultural communication. The works of Uzbek scholars such as A. Qahhorova and G. Khodjieva, alongside international contributions—particularly M. Byram’s theory of intercultural communicative competence and C. Kramsch’s concept of culture in language teaching—highlight the effectiveness of the communicative method in enhancing both language
proficiency and intercultural awareness. The findings underscore the role of this approach in shaping younger generations into active, tolerant, and culturally open individuals in the global community. Keywords: communicative approach, intercultural competence, foreign language teaching, intercultural communication, globalization, linguistic competence, cultural differences, tolerance, teaching methods.
ЗНАЧЕНИЕ КОММУНИКАТИВНОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ
Камалов Абдулвохид Кутпидин угли Магистрант НамГИИЯ Електронная почта; kamalovabdulvohido@gmail.com Телефон[telefon raqami yashirilgan]
Аннотация; В статье рассматривается значение коммуникативного подхода в формировании межкультурной компетенции при обучении иностранным языкам. В условиях глобализации процесс изучения языка предполагает не только овладение лингвистическими знаниями, но и развитие умений понимать культурные различия и осуществлять межкультурное общение. В трудах узбекских исследователей, таких как А. Каххарова и Г. Ходжиева, а также в работах зарубежных ученых — теории М. Байрама о межкультурной коммуникативной компетенции и концепции К. Крамш о культуре в преподавании языка — обоснована эффективность коммуникативного метода. Полученные результаты подтверждают актуальность данного подхода в формировании у молодого поколения способности быть активными, толерантными и открытыми к культурному многообразию членами глобального общества. Ключевые слова: коммуникативный подход, межкультурная компетенция, преподавание иностранных языков, межкультурная коммуникация, глобализация, лингвистическая компетенция, культурные различия, толерантность, методы обучения.
Kirish Globalizatsiya jarayonlari va xalqaro aloqalarning kengayishi natijasida xorijiy tillarni o‘qitish tizimi oldida yangi vazifalar paydo bo‘lmoqda. Bugungi kunda tilni o‘rganish jarayoni nafaqat lingvistik bilimlarni egallash, balki madaniyatlararo muloqotga kirishish qobiliyatini shakllantirish bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Xorijiy til ta’limida kommunikativ yondashuv ana shunday ehtiyojlarga javob beruvchi samarali metod sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu yondashuv o‘quvchini tilni nazariy bilim sifatida emas, balki amaliy muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirishga yo‘naltiradi. Intermadaniy kompetensiya bugungi kunda til ta’limining eng dolzarb maqsadlaridan biri hisoblanadi. Chunki u o‘quvchilarning boshqa xalqlarning madaniy qadriyatlarini anglash, turli ijtimoiymadaniy kontekstlarda samarali muloqot olib borish va global jamiyatda faol shaxs sifatida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu nuqtai nazardan, o‘zbek olimlari A. Qahhorova va G. Xodjieva tadqiqotlarida kommunikativ yondashuvning samaradorligi ilmiy asoslangan. Xalqaro miqyosda esa M. Byramning intercultural communicative competence nazariyasi hamda C. Kramschning culture in language teaching konsepsiyasi til o‘rgatishda kommunikativ metodning muhimligini yoritadi. Shunday qilib, xorijiy til ta’limida kommunikativ yondashuv nafaqat samarali o‘quv jarayonini tashkil etadi, balki yosh avlodni madaniyatlararo anglashuvga tayyorlaydi. Bu esa ularning zamonaviy global jamiyatda raqobatbardosh, tolerant va madaniyatlararo muloqotga ochiq shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi Xorijiy til ta’limida kommunikativ yondashuvning o‘rni va uning intermadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyati ko‘plab mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda yoritilgan. O‘zbek tadqiqotchilaridan A. Qahhorova (2019) xorijiy tilni o‘qitishda kommunikativ metod o‘quvchilarda amaliy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. G. Xodjieva
(2021) esa intermadaniy kompetensiyani shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning nafaqat lingvistik bilimlari, balki ijtimoiy-madaniy kontekstda tilni qo‘llash qobiliyatlari ham muhimligini asoslab beradi. Xorijiy adabiyotlarda bu masalaga keng yondashilgan. Hymes (1972) tomonidan ilgari surilgan “communicative competence” konsepsiyasi tilni faqat grammatik tizim emas, balki real muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirish zarurligini ko‘rsatib berdi. Savignon (2002) esa kommunikativ til o‘qitish (CLT) nazariyasini amaliyotga tatbiq etib, o‘quvchilarni erkin muloqotga tayyorlashni asosiy maqsad qilib belgiladi. Byram (1997) “intercultural communicative competence” nazariyasida til o‘rganuvchini madaniyatlararo vositachi sifatida ko‘radi va uning shaxsiy, ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarini uyg‘un holda rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Kramsch (1993) esa til ta’limida madaniyatni chetlab bo‘lmasligini, til o‘qitishda kommunikativ yondashuv orqali o‘quvchilar boshqa madaniyatni ichidan anglash imkoniyatiga ega bo‘lishini qayd etadi. Mazkur adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kommunikativ yondashuv xorijiy til ta’limida nafaqat lingvistik bilimlarni, balki intermadaniy kompetensiyani shakllantirishda ham muhim vosita hisoblanadi. Ushbu tadqiqot xorijiy til o‘qitishda kommunikativ yondashuvning intermadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi rolini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning metodologik asosi quyidagilardan iborat: 1. Nazariy tahlil – mahalliy (Qahhorova, Xodjieva) va xorijiy (Hymes, Savignon, Byram, Kramsch) manbalar o‘rganilib, kommunikativ yondashuv va intermadaniy kompetensiya konsepsiyalari tahlil qilindi. 2. Qiyosiy yondashuv – o‘zbek va jahon olimlari nazariy qarashlari solishtirildi, umumiylik va tafovutlar aniqlab berildi. 3. Kontent-tahlil – ta’lim jarayonida qo‘llanilgan kommunikativ metodik materiallar hamda intermadaniy muloqotni rivojlantirish tajribalari tahlil qilindi. 4. Ilmiy umumlashtirish – olingan natijalar asosida kommunikativ yondashuvning intermadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi samaradorligi yuzasidan umumiy xulosalar chiqarildi. Metodologik asos sifatida Hymes (1972) ning “communicative competence” nazariyasi, Savignon (2002) ning CLT konsepsiyasi hamda Byram (1997) va Kramsch (1993) ning intermadaniy kompetensiya haqidagi qarashlari tadqiqot uchun tayanch bo‘lib xizmat qildi. Natija va muhokama O‘tkazilgan nazariy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy til ta’limida kommunikativ yondashuv o‘quvchilarda nafaqat lingvistik kompetensiyani, balki intermadaniy kompetensiyani shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot jarayonida quyidagi natijalarga erishildi: 1. Kommunikativ yondashuvning samaradorligi – ushbu metod yordamida o‘quvchilar real muloqot vaziyatlariga yaqinlashadi, tilni amaliy qo‘llash malakalarini egallaydi va turli ijtimoiy-madaniy sharoitlarda moslashish qobiliyatini rivojlantiradi. 2. Intermadaniy kompetensiya shakllanishi – kommunikativ metod asosida o‘qitilgan o‘quvchilar boshqa xalqlarning qadriyatlari va madaniyatlarini anglashga moyil bo‘ladi, bu esa ularda tolerantlik va ochiqlikni kuchaytiradi. 3. O‘zbek va jahon adabiyotlari qiyosiy tahlili – mahalliy olimlar (A. Qahhorova, G. Xodjieva)ning tadqiqotlari xorijiy olimlar (Hymes, Savignon, Byram, Kramsch)ning nazariyalari bilan uyg‘un bo‘lib, barchasi kommunikativ metodning til ta’limida ustuvorligini tasdiqlaydi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, kommunikativ yondashuv nafaqat lingvistik bilimlarni samarali o‘zlashtirish imkonini beradi, balki yosh avlodni global madaniy jarayonlarda faol ishtirok eta oladigan shaxs sifatida shakllantiradi. Shu bilan birga, bu metod til o‘qitishda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytiradi hamda ta’lim jarayonida interfaol metodlardan keng foydalanishni talab qiladi. Shunday qilib, natijalar shuni tasdiqlaydiki, kommunikativ yondashuv asosida olib borilgan xorijiy til ta’limi o‘quvchilarda intermadaniy kompetensiyani samarali shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, balki global jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan, madaniyatlararo muloqotga ochiq shaxslarni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xorijiy til o‘qitishda kommunikativ yondashuv intermadaniy kompetensiyani shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Ushbu metod o‘quvchilarda nafaqat
lingvistik bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, balki turli madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish, ijtimoiy-madaniy tafovutlarni anglash va ularga hurmat bilan yondashish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘zbek va jahon adabiyotlarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, kommunikativ metodning ustuvorligi barcha tadqiqotlarda alohida ta’kidlanadi. Hymes, Savignon, Byram va Kramschning nazariyalari bilan bir qatorda, mahalliy olimlar Qahhorova va Xodjieva tadqiqotlari ham ushbu yondashuvning dolzarbligini isbotlaydi. Shunday qilib, kommunikativ yondashuv xorijiy til ta’limida o‘quvchilarning intermadaniy kompetensiyasini rivojlantirish, ularni global jamiyatda faol, tolerant va madaniyatlararo muloqotga ochiq shaxs sifatida shakllantirish uchun muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Qahhorova, A. (2019). Xorijiy til o‘qitishda kommunikativ yondashuvning samaradorligi. Toshkent: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nashriyoti.
- Xodjieva, G. (2021). Til ta’limida intermadaniy kompetensiyani shakllantirish muammolari. Toshkent: Fan va texnologiya.
- Hymes, D. (1972). On Communicative Competence. In J. B. Pride & J. Holmes (Eds.), Sociolinguistics. Harmondsworth: Penguin.
- Savignon, S. J. (2002). Communicative Language Teaching: Linguistic Theory and Classroom Practice. New Haven: Yale University Press.
- Byram, M. (1997). Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. Clevedon: Multilingual Matters.
- Kramsch, C. (1993). Context and Culture in Language Teaching. Oxford: Oxford University Press.
- Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1–47.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011581
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/593
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1028–1031
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25